Hisoblash texnikasida axborotni kodlashning zamonaviy usullari


Mustaqil ishi Mavzu : Hisoblash texnikasida axborotni kodlashning zamonaviy usullari
Zamonaviy hisoblash texnikasi ko‘pincha axborotni signallarning ketma-ketligi yordamida kodlashning ikki usulidan foydalaniladi magnitlangan va magnitlanmagan, yuqori yoki past kuchlanishli va hokazo. Bir holatni 0 bilan, ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyilib, 0 va 1 raqamlari bitlar (ing. Dit-dinary-digit-ikkilik raqam) deb ataladi. Bunda har bir murakkab tushuncha , ikkilik belgilari ketma-ketligida ifodalanadi. Shunday qilib quyidagilar bajariladi. O nlik raqamlarni ikkilikda (binarli) kodlash. ʽ Alifbo belgilarini ikkilikda kodlash (axborot almashinishning alifbo standart kodi (ASCII). Kodlar ikki xil: tekis va tekis bulmagan turda bo‘lishi mumkin. Tekis ikkilik kodlari ketma-ketligi bir xil ikkilik belgilariga ega bo‘lsa, tekis bulmagan turi teng bulmagan ikkilik belgilariga ega.
ASCII jadvali quyidagi guruhlarga ajratilgan: boshqaruvchi belgilar, arifmetik amallar belgilari , raqamlar, maxsus belgilar , lotin alifbosi, milliy alifbo, psevdografika belgilari , matematik belgilar.
Tekis bo lmagan kodga Morze alifbosi misol bo la ʽ ʽ oladi, chunki unda har bir harf va raqamga uzun va qisqa signallarning ikkilik ketma-ketligi mos keladi. Masalan, E harfiga birgina nuqta mos kelsa , R harfiga to rtta nuqta mos keladi. ʽ Hisoblash texnikasida odatda tekis kodlardan foydalaniladi. Matni axborotni ikkili kodlashda har bir belgiga uning kodi-belgilangan mikdorldagi nollar va birlar ketm a- ketligi mos quyiladi. Ko‘pgina zamonaviy EHM larda har bir belgiga bayt deb ataladigan 8 ta nol va birlardan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi. Ular ja’mi 256 ta bo‘lib, ular 256 xil turli harflarni , raqamlar, tipish belgilari va hokazolarni kodlash imkonini beradi.