Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari
Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari zamonaviy ilovalar, dasturlashning rivojlanish bosqichlari, zamonaviy dasturlash muhitlari
. Zamonaviy ilovalar. Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlar operatsion tizimga ega. Operatsion tizim ilovalari ular yordamida amaliy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Ilovalarga misol sifatida ofis ilovalari: MicroSoft Word (qisqacha MS Word), MS Excel, MS Access, MS Power Pointlarni keltirish mumkin.
Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning buyruqlari (mashina k odi) ketma- ketligi ko‘rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul bo‘lgan. Bu ishni bir oz bo‘lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari uchun qisqa nomlar kiritilgan va maxsus dastur bunday nomlarni mashina kodi (mikroprotsessor buyruqlari)ga o‘girib bergan. Hosil bo‘lgan dastur kodi bevosita kompyuterda bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler t ilida dasturlash deb atalgan.
Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (uchinchi avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash endi kompyuterning mashina kodiga bevosita bog‘liq bo‘lmay qoldi. Dasturlash tili odamlar orasidagi muloqot tiliga ko‘proq o‘xshab bora boshladi.