HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI VA METODLARI
![HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA
FANINING TUZILISHI VA METODLARI.
1 Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi?
2 Hozirgi zamon psixologiya fanining metodlari?
3 Psixologiya fanining asosiy prinsiplari?](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_1.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_2.png)
![HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA
FANINING TUZILISHI.
•
Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog’langan, g’oyat tarmoqlanib ketgan fanlar
tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo`yicha klassifikatsiya qilish mumkin:
1) konkret faoliyatning psixologik tomoni;
2) taraqqiyotning psixologik tomoni;
3) insonning (taraqqiyot va faoliyat sub’ekti sifatida) jamiyatga bo`lgan munosabatining psixologik tomoni.
Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo`yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko`rsatish
mumkin.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_3.png)
![MEHNAT PSIXOLOGIYASI .
Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini,
mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik asoslarini o`rganadi.
Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat
malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganish, ishlab
chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi
kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta’sirini o`rganish mehnat psixologiyasining
vazifasiga kiradi.
INJENERLIK PSIXOLOGIYAS.
. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash,
ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi muammolarni o`rganadi.
Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqaruvchi
operatorlarning faoliyatini o`rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik
psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib
chiqdi.
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING.
predmeti ta’lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o`rganishdan iborat.
Bu soha o`quvchilarda tafakkurning tarkib topishini, intellektual faoliyat
malakalari va usullarini o`zlashtirishni boshqarish muammolari, ta’lim
samaradorligiga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o`quvchilar
orasidagi munosabatlarni, o`quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga
olishni, psixik taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish kabi
muammolarni o`rganadi. Pedagogik psixologiyaning ta’lim psixologiyasi, tarbiya
psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anamol rivojlangan bolalarga
ta’lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko`plab tarmoqlari mavjud.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_4.png)
![YURIDIK PSIXOLOGIYA
- huquq tizimida turli tadbirlarni amalga oshirish
mobaynida yuzaga keladigan ko`plab masalalarni ko`rib
chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psixologiyasi, kriminal
psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati
psixologiyasi.
HARBIY PSIXOLOGIYA
-
jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvori,
boshliqlar va ularning qo`l ostidagilarning o`zaro
munosabatlarining psixologik tomonlari, "psixologik
urush" olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni
o`rganadi.
SPORT PSIXOLOGIYASI
- sportchi va uning shaxsiy xususiyatlari, ularni
psixologik jihatdan tayyorlash shart-sharoitlari va
vositalari, sport musobaqalarini tashqil qilish va o`tkazish
kabi masalalarni o`rgandi.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_5.png)
![SAVDO PSIXOLOGIYASI - xaridorlar psixologiyasini, talablarini, ularning
individual xususiyatlarini hisobga olish, xizmat ko`rsatishning psixologik omillari,
reklamalarni tayyorlash, ularning xaridorga ta’siri kabi masalalarni o`rganadi.
YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI
- psixik xususiyatlarning yosh
davomidagi dinamikasini, psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o`rganadi. Yosh
davrlari psixologiyasi quyidagi tarmoqlarga ega: bolalar psixologiyasi, o`smirlar
psixologiyasi, o`spirin yoshlar psixologiyasi, katta yoshli kishilar psixologiyasi,
gerantopsixologiya (qariyalar psixologiyasi).
SOSIAL PSIXOLOGIYA
(ijtimoiy psixologiya ham deb yuritiladi) kishilar
orasidagi munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni o`rganadi.
Uning predmeti turli xildagi uyushgan va uyushmagan, rasmiy va norasmiy
birlashmalardagi shaxslararo munosabatlarni o`rganish. Sotsial psixologiya
ijtimoiy kayfiyatni, taqlid qilish hodisasini, "psixologik yukish"ni, guruhlarda
tabaqalanish va liderlik hodisalarini o`rganadi.
Shu tartibda psixologiya fanining boshqa sohalarini ham ko`rib chikish
mumkin. Biz ulardan ba’zilarni sanab o`tish bilan cheklanamiz xalos. Bularga
differentsial psixologiya, siyosiy psixologiya, iqtisod psixologiyasi, boshqaruv
psixologiyasi, anomal taraqqiyot psixologiyasi va uning tarmoqlari, qiyosiy
psixologiya (zoopsixologiya ham deb yuritiladi) va boshqalar.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_6.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_7.png)
![PSIXOLOGIYA FANINING ASOSIY
PRINSIPLARI.
Hozirgi zamon psixologiya fanining quyidagi printsiplari ko`rsatib o`tish mumkin:
determinizm printsipi, ong va faoliyat birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi
printsipi.
Determinizm printsipiga ko`ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va yashash
sharoiti o`zgarishi bilan o`zgaradi. Agar hayvon psixikasi haqida gapiradigan bo`lsak,
uning taraqqiyoti biologik qonuniyatlar asosida ruy beradi. Inson psixikasining
taraqqiyotiga esa ishlab chiqarish usullari, ijtimoiy tarixiy omillar ta’sir qiladi.
`](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_8.png)
![Ong va faoliyat birligi - ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, ular bir butunlikni tashqil
qiladilar. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning dasturini tashqil etadi.
Psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsipiga ko`ra psixika taraqqiyot mahsuli, faoliyat natijasi deb
qaraladi. Faoliyat jarayonida (o`qish, o`yin, mehnat) odam ijtimoiy tajribani o`zlashtiradi, bu esa psixik
taraqqiyotning faqat insongagina xos shaklini tarkib toptiradi.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_9.png)
![HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA
FANINING METODLARI
Barcha fanlar kabi psixologiya fani ham o`zining tadqiqot ob’ektiga va o`z tadqiqot metodlariga
ega. Psixologiyaning tadqiqot metodlari juda turli-tuman bo`lishiga qaramay ularning barchasi
umumiy talablarga va qoidalarga bo`ysunadi. Bular tadqiqotning dialektik metod bilan, ob’ektiv
ravishda olib borilishi va genetik printsipga amal qilishdir.
DIALEKTIK METODga ko`ra barcha psixik hodisalarni o`zgarishda va shu psixik hodisa bilan
bog’liq bo`lgan boshqa narsa va hodisalarga bog’lab o`rganilishi shart.
Ilmiy psixologik metodlarning OB’EKTIVLIGI. Psixikani o`rganishda psixik hodisalar paydo
bo`lishining ob’ektiv shart-sharoitlari va ob’ektiv nomoyon bo`lishlari tekshiriladi. Bu talab
bajarilmasa maxsus tayyorgarlikka ega psixolog ham ilmiy jihatdan asosli ma’lumotlar to`play
olmaydi.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_10.png)
![Eksperiment - kishini maxsus jihozlangan laboratoriya sharoitlarida
o`rganish. Psixologik eksperiment psixologik faktni aniq nomoyon qilishga
yordam beradigan sharoitni yuzaga keltirish maqsadida tadqiqotchining
tekshiriluvchi faoliyatiga aralashishini taqoza qiladi. eksperimentning ustunlik
tomonlaridan biri, eksperimentator tajriba davomida eksperimentning borishini
nazorat qiladi va boshqarishi, bir necha marta takrorlashi mumkin.
eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya eksperimenti
va tabiiy eksperiment.
Laboratoriya eksperimenti laboratoriya sharoitida maxsus psixologik
jihozlar yordamida o`tkaziladi. Tekshiriluvchi kishining nima qilishlari
lozimligi ularga oldindan ogoxlantirib kuyiladi](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_11.png)
![FAOLIYAT NATIJALARINI PSIXOLOGIK TAHLIL QILISH - psixologik metodlarning bir ko`rinishidir.
Faoliyat natijalarini tahlil qilish jarayonida natijaning o`zi emas, balki shu natijani hosil qilish bilan bog’liq faoliyat
psixologik jihatdan baholanadi. Bu metod, ayniqsa, bolalar psixologiyasida keng qo`llaniladi. Bolalarning chizgan
rasmlarini o`rganish orqali ularning psixikasi va taraqqiyoti haqida ma’lumotlar olinadi.
Yuqorida ko`rsatilgan metodlar asosan tadqiqot maqsadida qo`llaniladi. Bundan tashqari ba’zi psixologik metodlar
sinash maqsadida ham qo`llaniladi. Bunda maqsad psixologiya faniga, ilmiy bilimlarga biror yangilik kiritish,
qonuniyat ochish emas. Bu metodlarning o`rganilayotgan shaxsda biror xususiyatning mavjudligi, uning taraqqiyot
darajasi, turli meyorlarga mos kelishi darajasini aniqlashdir. Shunday metodlarning barchasi umumiy nom bilan
TEST deb yuritiladi.
TEST - qisqa muddat ichida bajariladigan, standart vazifalardan iborat. Ularning natijalarini sifat va miqdor
jihatdan tahlil qilish orqali kishida o`rganilayotgan psixik funktsiya va xususiyatlarning nechoglik takomillashganligi
va rivojlanganlik darajasi baholanadi. Testlar yordamida kishining biror kasbga layoqatliligi, aqliy rivojlanish
darajasi, bilim darajasi o`rganiladi. Testlarning samaradorligi ularni tuzish uchun asoslanilgan metodologiya, test
tuzilishining ko`plab talablarga javob berishi, o`tkazish sharoiti va talablarning adekvatligi bilan aniqlanadi.
Bulardan tashqari psixologiya fanida ANKETA, SUHBAT, BIOGRAFIK metodlar keng qo`llaniladi.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_12.png)
![PSIXOLOGIK TADQIQOT O`TKAZISHNING ASOSIY BOSQICHLARI
Har qanday tadqiqot va o`rganishlar o`z maqsadiga, yo`nalishiga, qo`llanilayotgan vositalarning xususiyatiga, amaliy yoki
nazariy ahamiyatiga ko`ra turlicha o`tkaziladi. Shu bilan birga ularning umumiy tomonlari ham mavjud. Masalan, har qanday
tadqiqot to`rt bosqichda o`tkaziladi.
Birinchi bosqich - tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda material turli vositalar bilan o`rganiladi, o`rganilayotgan hodisalar haqida
dastlabki materiallar to`planadi. To`plangan materiallar tahlil qilinadi. Bu bosqichda tadqiqotchida ma’lum gipoteza (faraz) paydo
bo`la boshlaydi. Bu faraz tadqiqot jarayonida yoki tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Har qanday tadqiqotning samadorligi, to`g’ri
tadqiqot yo`lini tanlash ko`p jihatdan tayyorgarlik bosqichiga bog’liq.
Ikkinchi bosqich - bevosita
tadqiqot o`tkazish bosqichi. Bunda tadqiqotning konkret metodikalari ishga solinadi. Bu bosqichda
tadqiqotchi o`z tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda bir yoki bir necha konkret metodikalardan (eksperimentlardan)
foydalanadi. Tekshirish (eksperiment) o`tkazilib zaruriy tadqiqot (eksperimental) ma’lumotlar yig’iladi.
Uchinchi bosqich tadqiqot davomida to`plangan ma’lumotlarni miqdor
jihatdan ishlab chiqish. Psixologiya fanida, bu
bosqichda ko`plab samarali matematik metodlardan, statistik usullardan foydalaniladi.
Tadqiqotning to`rtinchi bosqichi
olingan natijalarni tushuntirib berish dan iborat. Bu bosqichda to`plangan va matematik
metodlar yordamida ishlab chiqilgan ma’lumotlar psixologik nuqtai-nazardan izohlanadi va tadqiqot gipotezasining to`g’ri yoki
noto`g’riligi uzil kesil hal qilinadi.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_13.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_14.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_15.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_16.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_17.png)
![Psixikaning taraqqiyoti uning harakati, o`zgarishidir.Qadimgi filosoflar ruhiy hodisalarning
rivojlanishini turlicha talqin etib keldilar, uni ilohiy kuchga bog`lab tushuntirishga harakat qiladilar.
Masalan, grek filosofi Fales (eradan avvalgi 624-547 yillar) odamning ruhiy hayotini bug` shaklida
tasavvur qilgan va uning asosida suv yotadi degan. Anaksimen esa (eradan avvalgi 588-525 yillar)
ruhiy hayotning manbai havodir deb ta’lim bergan. Geraklit (eradan avvalgi 544-488 yillar) ruhiy
hayotning manbaini olov deb targ`ib qilgan.
Qadimgi filosofiyaning mashhur namoyandalari Sokrat (eradan avvalgi 469-399) va Platon
(eradan avvalgi 427-347 yillar) ham inson psixikasi, ruhiy hayoti haqida butunlay boshqacha
nazariyani olg`a surganlar. Ularning fikricha, tana va jon boshqa-boshqa qismlardir. Guyoki jon
inson tanasiga “ideal” dunyodan kiradi-yu, ma’lum vaqtdan so`ng yana o`sha dunyoga qaytib
ketadi.
Mashhur filosof Demokrit esa (eradan avvalgi 460-370 yillar) inson organizmi atomlardan tashkil
topgan, uning ruhi mayda atomlardan iborat degan fikrni olga suradi.
Psixologiya tarixida psixika va uning taraqqiyoti haqida turli-tuman fikrlar yuqoridagilardan
tashqari ham juda ko`p.
Psixik hodisalarni materialistik nuqtai nazardan talqin etishda mashhur grek filosofi
Aristotelning(eradan avvalgi 384-322 yillar) xizmati kattadir.
Aristotel qadimgi filosoflardan birinchi bo`lib psixologiyani alohida fan sifatida qaradi, psixik
hodisalarga materialistik nuqtai nazardan yondashdi. Mashhur filosofning “Etika”, “Ritorika”,
“Metafizika”, “Hayvonlar tarixi” kabi asarlarida turli psixik hodisalarga oid fikrlar juda ko`p. Buyuk
olimning “Jon haqida” nomli asari psixologiya tarixida birinchi sof psixologik asardir.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_18.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_19.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_20.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_21.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_22.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_23.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_24.png)
![“ Ideal shahar aholisining fikrlari” asarida ruhiy jarayonlar to`g`risidagi ta’limotni asoslab - insonda tug`ilganidan
oziqlantiruvchi birinchi quvvat paydo bo`lib, uning yordamida inson ovqatlanadi, ikkinchidan, sezish quvvati paydo bo`lib, bu
quvvat yordamida inson issiq, sovuq kabilarni sezadi, uchinchi xayol quvvati bo`lib, hissiy qabul etilgan timsollarning tartibda
kombinatsiya qilish funktsiyasini bajaradi, to`rtinchi - aqliy quvvat vujudga kelib, uning yordamida inson ongli va abstrakt fikr
yuritadi, san’at va fan haqida bilimga ega bo`ladi, aqli yetadigan narsalar bilan shug`ullanadi, go`zallikni xunuklikdan ajratish
qobiliyatiga ega bo`ladi, deydi.
Forobiy inson ruhiy quvvatlarini ikkiga ajratadi; tashqi va ichki quvvatlar. Bularning turlarini ko`rsatadi va ularga tavsif
beradi.
Tashqi quvvatni;
1. Teri sezgisi.
2. Ta’m bilish sezgisi.
3. Hid bilish sezgisi.
4. Eshitish sezgisi.
5. Ko`rish sezgisi kabi besh turga bo`lib, ularning bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga kelishini
ta’kidlaydi. Bularning insonga ham, yuqori tashkil topgan hayvonlarga ham xos ekanligini ko`rsatib o`tadi.
Ichki quvvatlar quyidagilardan iboratdir;
1. Xotira - tasavvur quvvati.
2. Xayol quvvati.
3. Tuyg`u – emotsiyaquvvati.
4. Nutq quvvati.
5. Mantiqiy fikrlash quvvati.
“ Xayol qilish va so`zlash, fikr yuritish , aql quvvatini Forobiy faqat insongagina xos deb to`g`ri tushunadi. Inson o`zinang shu
quvvatlari, qobiliyatlari bilan hayvonot olamidan tubdan farq qiladi.](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_25.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_26.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_27.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_28.png)
![](/data/documents/17ab0ffe-1ec7-4cfb-9ddb-3782c5e81549/page_29.png)
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI VA METODLARI. 1 Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi? 2 Hozirgi zamon psixologiya fanining metodlari? 3 Psixologiya fanining asosiy prinsiplari?
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI. • Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog’langan, g’oyat tarmoqlanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo`yicha klassifikatsiya qilish mumkin: 1) konkret faoliyatning psixologik tomoni; 2) taraqqiyotning psixologik tomoni; 3) insonning (taraqqiyot va faoliyat sub’ekti sifatida) jamiyatga bo`lgan munosabatining psixologik tomoni. Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo`yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko`rsatish mumkin.
MEHNAT PSIXOLOGIYASI . Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik asoslarini o`rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta’sirini o`rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi. INJENERLIK PSIXOLOGIYAS. . Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi muammolarni o`rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o`rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING. predmeti ta’lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o`rganishdan iborat. Bu soha o`quvchilarda tafakkurning tarkib topishini, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o`zlashtirishni boshqarish muammolari, ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o`quvchilar orasidagi munosabatlarni, o`quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish kabi muammolarni o`rganadi. Pedagogik psixologiyaning ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anamol rivojlangan bolalarga ta’lim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko`plab tarmoqlari mavjud.
YURIDIK PSIXOLOGIYA - huquq tizimida turli tadbirlarni amalga oshirish mobaynida yuzaga keladigan ko`plab masalalarni ko`rib chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi. HARBIY PSIXOLOGIYA - jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvori, boshliqlar va ularning qo`l ostidagilarning o`zaro munosabatlarining psixologik tomonlari, "psixologik urush" olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni o`rganadi. SPORT PSIXOLOGIYASI - sportchi va uning shaxsiy xususiyatlari, ularni psixologik jihatdan tayyorlash shart-sharoitlari va vositalari, sport musobaqalarini tashqil qilish va o`tkazish kabi masalalarni o`rgandi.