Hujjat turlari va xususiyatlari


Hujjat turlari va xususiyatlari
RE JA : 1. Nazariy mavzuni o zlashtirish.ʻ 2. Matn ustida ishlash. 3. Amaliy mashg ulot ʻ topshiriqlarni bajarish.
Tayanch so‘zlar: hujjat, material, bayon, yig‘ilish, topshiriq, majlis, xizmat, tashkilot, muassasa, ta’lim, jarayon, nutq, rasmiy, idora, hisobot
Bilib oling: O‘zbek tilining rasmiy- idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo‘lsa- da, amalda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi past edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi. Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma- xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir.