logo

IKKINCHI JAHON URUSHI VAQTLARIDA XALQARO MUNOSABATLAR

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3159.5 KB
IKKINCHI JAHON URUSHI 
VAQTLARIDA  XALQARO 
MUNOSABATLAR. 
1. "Sovuq urush"ning boshlanishi

          1945-yil 6 va 9-avgustda AQSH harbiy-
havo kuchlari bombardimonchilari Xirosima va 
Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom bom-
basi tashladi. Bu, bemisl qudratli yangi 
ommaviy qirg'in quroli edi. Xirosimada 90 ming, 
Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok 
bo'ldi. Ikkala shahar to'liq vayron etildi, yuz 
minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor 
bo'ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli 
o'limga olib keldi. Bu, AQSHning urushdan 
so'nggi dunioga yakkahokimlikka da'vosi edi.  
          Rasman "sovuq urush"ning boshlanishi 1946-yil 5-
martda sobiq Angliya bosh vaziri Cherchillning Fultondagi 
amerika universitetida so'zlagan nutqida e'lon qilindi. 
U.Cherchill "sharqiy kommunizm" bilan kurash uchun 
ingliz-amerika harbiy inttifoqini tashkil etishga chaqirdi. U 
urushdan so'ng totalitarizm ta'siriga tushib qolgan 
Sharqiy Yevropani erkin demokratik g'arbdan ajratib 
turuvchi "temir parda" haqida so'zladi. SSSR bilan 
natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning 
o'ziga qarshi birlashdi.

        "Sovuq urush" — Sharq va G'arb marnlakattariga 
nis-batan (1945—1991-yy.) qarama-qarshilik, bir-biriga 
dush-manlik, o'zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich.

         Biroq Sovet xavfi oldidagi qo'rquv soxta bo'lib, asos-
ga ega emas edi. Sovet Ittifoqi urush paytida ko'p talafot 
ko'rgan bo'lib, yangi qarama-qarshilikka jur'at etmasdi. 
g'arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi 
xabardor edi. Buning ustiga 1949-yilgacha AQSH atom 
bombasiga monopol hukmron bo'lib, uni qo'llash haqidagi 
birgina do'q-po'pisaning o'zi har qanday tajovuzkorlikni 
to'xtatish uchun yetarli edi. 
         Gap bunda emas edi. G'arb mamlakatlarining o'zida 
aholi o'zgarishlarni kutardi. Osiyo va Afrika siyosiy 
erkinliklar berilishini talab etmoqda edi. Cherchill aslida 
mavjud ahvolni saqlab qolishga chaqirdi.

           Yadro quroli "sovuq urush" vositasi bo'ldi. AQSH 
uni ishlab chiqarish va bu sohadagi tadqiqotlar ustidan 
xalqaro nazorat o'rnatish rejasini ishlab chiqdi. Bu reja 
1946-yilda BMTga taqdim etildi va u istalgan mam-
lakatda bunday tadqiqotlarni tekshirish huquqini ko'zda 
tutdi. SSSR bu rejani inkor qildi va 1949-yMa o'z atom 
bombasini ilk bor sinovdan o'tkazdi. Shundan boshlab 
"sovuq urush" yadroviy qurollanish poygasi darajasiga 
ko'tarildi.

        AQSH va SSSrdan tashqari atom qurolini boshqa 
mamlakatlar ham yaratishga kirishdi, ular buning uchun 
moliyaviy va texnik imkoniyatga ega bo'lishdi. 1952-yilda 
Angliya, 1960-yilda - Fransiya, 1964-yilda Xitoy o'z atom 
bombasini sinovdan o'tkazdi. 1974-yilda Hindiston, 1999-
yilda Pokiston o'z atom bombalariga ega bo'ldi. 
             Yadro quroli takomillashib bordi. 60-yillarda endi taktik 
qurol turlari yaratila boshladi, ulardan odatdagilari bilan bir 
qatorda kichik miqyoslarda foydalanish mumkin edi. 1953-yilda 
SSSRda ilk marta vodorod bombasi yaratildi, u o'z 
vayronagarchilik kuchiga ko'ra atom va neytron bombasidan 
minglab marta kuchli edi.

         Yadro quroli bilan bir qatorda ularni nishonga yetka-zib 
berish vositalari ham ishlab chiqildi. Jumladan, 1948-yili AQSH 20 
km balandlikda 12 ming km uzoqlikka qadar ucha oladigan B-52 
qifalararo bombardimonchi samolyotga ega bo'ldi, u yetti yildan 
so'ng SSSRda ham yaratildi. 1957-yili Sovet Ittifoqida Tinch 
okeani akva-toriyasida 10 ming kmudan ziyodroq masofada 
nishonni aniq uruvchi qifalararo ballistik raketa sinovdan o'tkazil-
di, bir yildan so'ng AQSHda ham shunday raketa yaratil-di. 
Deyarli bir paytning o'zida AQSH va SSSRda uzoq masofaga 
suzuvcbi atom suvosti kemalari yaratildi. Shu munosabat bilan 
raketaga qarshi mudofaa tizimlarini rivojlantirishga katta e'tibor 
berildi. Ular SSSRda 1966-yilda, AQSHda 1974-yilda barpo etildi. 
         Qurollanish poygasi yildan-yilga tezlashib bordi. 
Yangidan-yangi mamlakat va qifalar unga tortildi, 70-
yillarning birinchi yarmida jahonda harbiy xarajatlar har 
yili 350 milliard dollarni, o'n yillik oxiriga kelib esa 400 
milliard dollarni tashkil etdi, 80-yillarda insoniyat har yili 
qurollanish uchun 600 milliard dollarni sarf etdi. 
Qurollanish poygasi dunio xo'jaligi rivojlanishiga ulkan 
zarar yetkazdi, insoniyat salomatligiga zarar keltirdi. 
Har yili yuzlab yadro qurollari sinovdan o'tkazildi va 
yadroviy changlar barcha qifalar bo'ylab atmosferaning 
yuqori qatlamlariga tarqaldi. Bu hol xavfli 
kasalliklarning tarqalishi va tuproqning buzilishiga olib 
keldi. 
2. Yevropaning birlashuvi

         Yevropada urushdan keyingi vaziyat Ikkinchi jahon 
urushi tufayli Yevropada yuzaga kelgan iqtisodiy va 
siyosiy inqiroz jahon siyosatida Yevropa davlatlari 
rolining pasayishiga olib keldi. Bir paytlar jahon 
miqyosida yuqori mavqeli bo'lgan Angliya, Fransiya, 
Germaniya va Italiya ikki buyuk davlat oralig'ida qolib, 50-
yillar oxirlarida oddiy "Yevropa" davlatlariga aylandi va 
to'liq mustaqil davlatlar bo'lmay qoldi. "Marshall rejasi", 
NATO amerika yadro quroli Yevropa siyosati va 
iqtisodiyoti rivojlanishida uzoq vaqt ustuvor rol o'ynashini 
anglatardi. Yevropa, xususan, Germaniya Sovet Ittifoqi 
va AQSH o'rtasidagi davomiy qarama-qarshiliklar 
maydoniga aylandi va ular taqdtri bu ikki buyuk davlat 
munosabatlaridagi keskinlik darajasiga bog'liq bo'lib 
qoldi.

         Xalqaro munosabatlardagi bipolyar tlzim -— ikki 
buyuk davlat qarama-qarshiligiga asoslangan va ular 
tomonldan yaratilgan harbiy-siyosiy bloklar tizlmidir.   
         Yevropa qit'asining asosiy muammosi Germaniya 
edi. Koreya urushi boshlanishi bilan AQSH nemis qurolli 
kuchlarini yaratish uchun faol harakatlar qildi. Amerikalik 
strateglarning fikricha, bu qurolli kuchlar amerikaliklar 
Uzoq Sharqda urush olib borayotgan paytda Yevropani 
muhofaza qilishlari lozim edi. Angliya Germaniyani qayta 
qurollantirish bo'yicha amerikaliklar loyihasini to'liq 
ma'qulladi. Biroq yangi variantning paydo bo'lishi istiqboli 
Fransiyani mutlaqo qoniqttrmasdi.

         Yevropa hamkorligi asosan iqtisodiy sohada mavjud 
bo'ldi. Bunday hamkorlik suverenitetni yo'qotishni ko'zda 
tutmasdi. Aksincha, undan olingan foyda hukumat 
tomonidan xalq ehtiyojini qo'llab-quvvatlashi mumkin edi. 
Yevropa mamlakatlari rahbarlari o'rtasida iqtisodiy 
cheklanishlardan voz kechibgina mamlakatdagi iqtisodiy 
qiyinchiliklarni bartaraf etish mumkin, degan fikr ustuvor 
turdi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman (1886
—1963), GFR kansleri Konrad Adenauer (1876—1967), 
Italiya bosh vaziri Algido de Gasperi (1881—1954) va 
Belgiya bosh vaziri Pol Anri Spaak (1899—1972) kabilar 
Yevropadagi bu yangi harakatda yetakchi siymolar 
bo'lishdi. 
           1950-yili R.Shuman g'arbiy Yevropada ko'mir va 
po'latni birlashgan holda ishlab chiqarishni yaratish 
taklifi bilan chiqdi. Fransiya, Italiya, g'arbiy Germaniya 
va Benilyuks (Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg) 
mam-lakatlari Yevropa ko'mir va po'lat birlashmasi 
(YKPB)ni tashkil qildi. Uning faoliyati faqat bir soha 
bilangina bog'liq bo'lsa-da, biroq butun sanoat ishlab 
chiqarishi uchun muhim ahamiyatga ega edi. 

         Yevropa ishlab chiqarishi yuksala boshladi. 1955-
yilga kelib ko'mir ish-lab chiqarish 23 foiz, temir va 
po'lat ishlab chiqarish qariyb 150 foizga o'sdi. 
Hamjamiyat bu mahsulotni ish-lab chiqarishdan ham, 
g'arbiy Yevropa iqtisodiyoti umumiy o'sishidagi 
bevosita ulushidan ham rivojlanib bordi. Uning yutug'i 
ko'p jihatdan muvofiqlashtirish va iqtisodiy 
integratsiyalash konsepsiyasi tarafdorlari qarashlarini 
kuchaytirdi. 
         YKPB — Yevropa ko'mir va po'lat birfashmasi - 1951-yiti 
Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Gollandiya va Lyuksemburg 
o'rtasida tuzllgan shartnoma bo'lib, bu mam-lakatlar uchun 
ko'mir va po'lat umumiy bozortni yaratish va bojxona to'lovlarini 
man etishni ko'zda tutgan.

          1956-yil Yevropa mamlakat-lari uchun urushdan keyingi 
voqelikni qayta baholash yili bo'ldi. Mamlakatlar yo'1-boshchilari 
integratsiya jarayonini tezlashtirishga qaror qilishdi. 1957-yil 
YKPBga a'zo mamlakatlar Rim pro-tokollari deb ataladigan 
hujjatlarni imzolashdiki, bu hoi Yevropa iqtisodiy hamjamiyati 
(YIH) yoki "Umumiy bozor"ga asos soldi. Bu hujjatlarga imzo 
chekkan mam-lakatlar 12 yil mobaynida bojxona to'siqlarini 
tugatish, umumiy soliqlarni o'rnatish, keyinchalik esa umuman 
yo'q qilish, ishchi kuchi erkin harakat qilishini ta'minlash 
majburiyatini olishdi, shuningdek, bir xil ijtimoiy kafolatlar va 
yagona ish haqi to'g'risida kelishib olishdi.

       Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH}-"Umumiy bozor" — 
1957-yilda tashkil etilgan bo'lib, ishtirokchi mamlakatlar o'rtasida 
savdoda barcha cheklanishlarni sekin-asta bar-taraf etish va 
bojxona siyosatini otib borishni ko'zda tutadi. 
           Rim protokollari imzolangan dastlabki yillar umidli 
natijalarni bera boshladi. 1968-yilga kelib "Umumiy bozor" 
mamlakatlari o'rtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi. Bu 
hoi rejalashtirilgan muddatdan oldin-roq ro'y berdi. Yevropaning 
bundan keyingi birlashuvi Fransiya va Germaniya o'rtasidagi 
zid-diyatlarga duch keldi. Umumiy siyosiy manfaatlar ikkala 
tomonni bk bitimga kelishga majbur etdi. 1958-yili Fransiya 
prezidenti bo'lgan general de Goll va 1949-yildan GFR kansleri 
bo'lib kelgan KAdenauer murosaga kelishga qaror qi lishdi. 
KAdenauer Fransiyaga Yevropada siyosiy gege-moniyaga 
erishishga, prezident de Goll esa SSSR bilan german 
masalasida hech qanday kelishuvlarga yo'l qo'ymaslikka 
yordam berishga majburiyat oldi.

        1958-yil 14-sentabrda Fransiya prezidenti de Goll va 
kansler Adenauer muzokaralari natijasida mazkur mam-lakatlar 
o'rtasidagi kelishmovchiliklarning tugagani e'lon qilingan 
qo'shma bayonotnoma qabul qilindi. 
           Bonn va Parij ittifoqi Yevropa integratsiyasiga 
siyosiy tus berdi va Yevropaning bundan keying! 
birlashishi yo'lidagi muhim to'siqlarni olib tashladi. 
Keying! 5 yil ichida bu ittifoq chuqurlashdi va Yevropa 
integratsiyasining muhim rag'batchisiga aylandi. To 'g'ri, 
ular o'rtasida kelishmovchiliklar ham bo'ldi, biroq ikkala 
taraf ham ularga alohida urg'u bermay, har qanday 
qarama-qarshilikdan qochishga harakat qi-lishdi. 
Ayniqsa, ikki muammo — NATO va Angliya bilan 
munosbatlar muhim bo'ldi. De Goll Fransiyaning bu 
harbiy blokda ishtirok etishiga qafiy qarshi bo'lgan va 
1966-yil iyulida uning barcha tash-kilotlaridan Parijni tark 
etishni talab qilgan. 1967-yilda NATOning shtab-kvartirasi 
o'zining barcha bo'lin-malari bilan birga Bryusselga 
ko'chib o'tadi. Fransiya esa blokning harbiy tuzilmalaridan 
chiqqanini e'lon qiladi. Fransiya g'arbiy Yevropa 
mamlakatlari orasida Amerika vasiyligidan ozod bo'lgan 
va o'z mustaqil tashqi siyosatini yuritgan dastlabkisi 
bo'ldi. 
            Ayni paytda Fransiya YIHga yangi 
a'zolar oqimi kelishiga qarshilik ko'rsata olmadi. 
Uning qarshiligiga qaramay, YIHga 1973-yil 
Angliya, Irlandiya va Daniya, 1981-yilda 
Gretsiya, 1986-yilda Ispaniya va Portugaliya 
qabul qilindi. 1991-yil dekabrda YIH inte-
gratsiyani chuqurlashtirishga yana bir muhim 
qadam qo'ydi. Hamjamiyatning 12 a'zosi 
golland shahri Maastrixtda yagona Yevropani 
yaratishni ko'zda tutuvchi Maastrixt bitimlari deb 
ata-luvchi hujjatlarni imzolashdi. Maastrixt 
bitimlarida uch guruh shartnomalar — yagona 
Yevropa valyutasi tashkil etish, Yevropa siyosiy 
ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini 
tasdiqlash ko'zda tutildi. 
YIH o'z nomini Yevropa hamjamiyati (YH) deb o'zgartirdi. YH 
mamlakatlari Yevropa siyosiy ittifoqi (Yevroittifoqi)ni yaratish 
yo'li bilan tashqi siyosat va mudofaani muvofiqlashtirish hamda 
bu yo'nalishda yagona asoslarni ishlab chiqishni mo'ljal qilishdi. 
Kelgusida yagona tashqi va umumiy harbiy siyosatni 
shakllantirish ko'zda tutilgan Maastrixt bitimlarining uchinchi 
guruhi Yevropa komissiyasini tuzishga tegishli. U Bryusselda 
ishlay boshlashi va YH mamlakatlari sog'liqni saqlash, xalq 
ta'limi, qishloq xo'jaligi va ekologiya sohalari siyosatini tartibga 
soluvchi muassasa bo'lishi lozim edi. Yevropa komissiyasi 
davlat ustidan turuvchi hukumat boshqaruvi funksiyalariga ega 
bo'la bordi va YHning barcha mamlakatlari unga o'z vakolat-
larini berishi lozim edi. Bu milliy suveren huquqlarni cheklash 
bo'lardi, biroq YH mamlakatlari yo'lboshchi-lari bu yo'ldan 
yagona Yevropani mustahkamlash uchun borishdi. 
YH bu orada yangi a'zolar — Finlyandiya, Shvetsiya va 
Norvegiya bilan to'ldi. Endi uning tarkibida 15 davlat bor va bir 
necha davlat qabul qilinishini kutmoqda.

2002-yil 1-yanvardan e'tiboran Maastrixt bitimlariga muvofiq 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida (Angliyadan tashqari) 
Yevropaning yangi pul birligi— "yevro" muo-malaga kiritildi. 15 
mamlakat xalqlari hech bk afsus-nadomatsiz o'zlarining eski 
valyutalari — gulden,  frank,  marka,  taler,  shillinglari  bilan 
xayrlashishdi va yangisini qabul qilishdi.

Yevropa siyosiy ittifoqini yaratish sohasida muvaf-faqiyatlarga 
erishildi. NATOning 1998-yil Serbiyaga qarshi harbiy 
operatsiyasi Yevropa davlatlarining birga-likdagi siyosatini 
ishlab chiqish jarayonini tezlashtirdi. Shu bois, 1999-yil 
dekabrda Xelsinkidagi Yevropa Ittifoqi sammitida unga kiruvchi 
15 g'arbiy Yevropa davlatlari rahbarlari inqirozli joylarda 
tinchlikni saqlash uchun o'z Yevropa qurolli kuchlarini yaratish 
haqida qaror qabul qildi, Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari ken-
gashi qoshida harbiy masalalar va xavfsizlik bo'yicha doimiy 
qo'mita tashkil etildi, unga YH mamlakatlari bosh shtablari 
rahbarlari kirgan.

IKKINCHI JAHON URUSHI VAQTLARIDA XALQARO MUNOSABATLAR.

 1. "Sovuq urush"ning boshlanishi  1945-yil 6 va 9-avgustda AQSH harbiy- havo kuchlari bombardimonchilari Xirosima va Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom bom- basi tashladi. Bu, bemisl qudratli yangi ommaviy qirg'in quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo'ldi. Ikkala shahar to'liq vayron etildi, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo'ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o'limga olib keldi. Bu, AQSHning urushdan so'nggi dunioga yakkahokimlikka da'vosi edi.

 Rasman "sovuq urush"ning boshlanishi 1946-yil 5- martda sobiq Angliya bosh vaziri Cherchillning Fultondagi amerika universitetida so'zlagan nutqida e'lon qilindi. U.Cherchill "sharqiy kommunizm" bilan kurash uchun ingliz-amerika harbiy inttifoqini tashkil etishga chaqirdi. U urushdan so'ng totalitarizm ta'siriga tushib qolgan Sharqiy Yevropani erkin demokratik g'arbdan ajratib turuvchi "temir parda" haqida so'zladi. SSSR bilan natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning o'ziga qarshi birlashdi.  "Sovuq urush" — Sharq va G'arb marnlakattariga nis-batan (1945—1991-yy.) qarama-qarshilik, bir-biriga dush-manlik, o'zaro ishonchsizlikni ifodalovchi bosqich.  Biroq Sovet xavfi oldidagi qo'rquv soxta bo'lib, asos- ga ega emas edi. Sovet Ittifoqi urush paytida ko'p talafot ko'rgan bo'lib, yangi qarama-qarshilikka jur'at etmasdi. g'arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi xabardor edi. Buning ustiga 1949-yilgacha AQSH atom bombasiga monopol hukmron bo'lib, uni qo'llash haqidagi birgina do'q-po'pisaning o'zi har qanday tajovuzkorlikni to'xtatish uchun yetarli edi.

 Gap bunda emas edi. G'arb mamlakatlarining o'zida aholi o'zgarishlarni kutardi. Osiyo va Afrika siyosiy erkinliklar berilishini talab etmoqda edi. Cherchill aslida mavjud ahvolni saqlab qolishga chaqirdi.  Yadro quroli "sovuq urush" vositasi bo'ldi. AQSH uni ishlab chiqarish va bu sohadagi tadqiqotlar ustidan xalqaro nazorat o'rnatish rejasini ishlab chiqdi. Bu reja 1946-yilda BMTga taqdim etildi va u istalgan mam- lakatda bunday tadqiqotlarni tekshirish huquqini ko'zda tutdi. SSSR bu rejani inkor qildi va 1949-yMa o'z atom bombasini ilk bor sinovdan o'tkazdi. Shundan boshlab "sovuq urush" yadroviy qurollanish poygasi darajasiga ko'tarildi.  AQSH va SSSrdan tashqari atom qurolini boshqa mamlakatlar ham yaratishga kirishdi, ular buning uchun moliyaviy va texnik imkoniyatga ega bo'lishdi. 1952-yilda Angliya, 1960-yilda - Fransiya, 1964-yilda Xitoy o'z atom bombasini sinovdan o'tkazdi. 1974-yilda Hindiston, 1999- yilda Pokiston o'z atom bombalariga ega bo'ldi.

 Yadro quroli takomillashib bordi. 60-yillarda endi taktik qurol turlari yaratila boshladi, ulardan odatdagilari bilan bir qatorda kichik miqyoslarda foydalanish mumkin edi. 1953-yilda SSSRda ilk marta vodorod bombasi yaratildi, u o'z vayronagarchilik kuchiga ko'ra atom va neytron bombasidan minglab marta kuchli edi.  Yadro quroli bilan bir qatorda ularni nishonga yetka-zib berish vositalari ham ishlab chiqildi. Jumladan, 1948-yili AQSH 20 km balandlikda 12 ming km uzoqlikka qadar ucha oladigan B-52 qifalararo bombardimonchi samolyotga ega bo'ldi, u yetti yildan so'ng SSSRda ham yaratildi. 1957-yili Sovet Ittifoqida Tinch okeani akva-toriyasida 10 ming kmudan ziyodroq masofada nishonni aniq uruvchi qifalararo ballistik raketa sinovdan o'tkazil- di, bir yildan so'ng AQSHda ham shunday raketa yaratil-di. Deyarli bir paytning o'zida AQSH va SSSRda uzoq masofaga suzuvcbi atom suvosti kemalari yaratildi. Shu munosabat bilan raketaga qarshi mudofaa tizimlarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Ular SSSRda 1966-yilda, AQSHda 1974-yilda barpo etildi.