logo

Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va joriy qilinishi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

20389.501953125 KB
ILMIY TADQIQOT 
NATIJALARINI 
RASMIYLASHTIRISH VA 
JORIY QILINISHI   Reja:
1. Ilmiy tadqiqot natijalarini 
rasmiylashtirish
  2. Dissertasiya va unga 
qo’yilgan talablar
3. Magistrlik dissertasiyasini 
mazmuni, tarkibiy qismlari va 
rasmiylashtirish qoidalari 
1. Ilmiy tadqiqot natijalarini 
rasmiylashtirish
Qo’lyozma matni abzaslarga bo’linadi. Abzas satr boshi bo’lib, u 5 ta 
harf joyi tashlangandan keyin boshlanadi. Har bir abzas bir yoki bir 
nechta hukmlarda ifodalangan mustaqil fikrni o’z ichiga oladi. Bir 
butun abzas stalistikva mantiqiyizchillikni ta’minlaydi, o’qishni 
osonlashtiradi.
Matnda qaytarishlar bo’lmasligi lozim, faqat bir fikr tugallangandan 
keyin boshqa ma’noga ega bo’lgan fikrga o’tiladi.
Jumla va iboralar qisqa, tushunarli va aniq tarzda yoziladi. Tadqiqot 
predmetiga oid mavjud nuqtai nazarlar tanqidiy tahlil asosida 
xolisona ko’rib chiqiladi.
Matnni raqamlar va ixtiboslar bilan to’ldirib yuborish tavsiya 
etilmaydi, bu diqqatni asosiy masaladan chetga tortadi. Ixtibos 
(matnda keltirilgan asos) adabiyoti va manbai aniq ko’rsatiladi.
So’z qisqartmalari standart simvollar orqali beriladi. Masalan, 10 
tonna 10 tn yoki 10 t. emas, faqat 10 t (nuqtasiz) shaklida yoziladi. Hisobot, risola yoki maqola yozishda 
quyidagi strukturaga rioya qilinadi.
Oldin ishni nomi 
belgilanadi. Ishni nomi 
sar varaq hisoblangan 1-
betga olib chiqiladi. Shu 
betda muallif yoki 
mualliflar familiyalari, 
lavozimi, vaqt, muassasa 
va shahar nomlari 
yoziladi. Ishni nomi 
imkoniyat darajasida 
qisqa, aniq bo’lishi va 
bajarilgan ish 
mazmuniga mos kelishi 
kerak. Sar varaqdan keyin 
mundarija joylashtiriladi. 
Mundarijada ishning 
barcha bo’limlari va 
qismlari (boblar, 
paragraflar, raqamlar 
bilan ifodalangan 
sahiyaalar), ularning 
nomlari belgilanadi. Ishni kirish qismida 
tanlangan mavzu 
dolzarbligi, belgilangan 
vazifalarni maqsad va 
mazmuni asoslanadi, 
tadqiqot obyekti va 
predmeti, izlanishning 
metodologik bazasi, 
shu sohadagi yetakchi 
olimlar qo’lga kiritgan 
natijalar, axborot 
manbalari ko’rsatiladi. Ishni asosiy qismida qo’lga 
kirilgan natijalar bayoni, 
xususan, materiallar tahlili, 
tezislar, mmulohazalar, yangi 
g’oya yoki yondashuv va 
talqinni asoslaydigan faktlar 
va argementlar, 
umumlashma va xulosalar 
keltiriladi. Tadqiqot jarayonida 
jadvallar va grafik 
modellardan 
foydalanishga to’g’ri 
keladi. Har bir jadval yoki 
rasmni nomi va tartib 
raqami beriladi. Ishni oxirida xulosa tuzilib, u qo’lga 
kiritilgan yakuniy natijalarning 
mantiqiy umumlashmasini tashkil 
qiladi. Xulosada qo’lga kiritilgan 
yangi natijalarni asoslanganligi 
ko’rsatiladi, hal etilishi zarur bo’lgan 
masalalar va istiqboliy muammolar 
belgilanadi. Ro’yxatda keltirilgan 
adabiyotlarni qayd qilish 
qoidasi: muallif familiyasi, 
ismi-sharifi, ishni nomi, 
shahar, nashriyot, nashr 
etilgan yil, ishni hajmi, agar 
to’plam bo’lsa, bo’lim hajmi 
keltiriladi. Bajarilgan ish yuzasidan annotasiya va referat 
tuzishga to’g’ri keladi. Annotasiya bajarilgan ishni 
mazmuni, vazifasi, shakli haqidagi qisqacha 
ma’lumotdir. Annotasiya axborot funksiyasini 
bajarib, mazkur
ishda nima haqida mulohaza yuritilayapti, degan 
savolga javob beradi. Referet ilmiy ishni
qisqartirilgan bayonidir. Unda faktik
ma’lumotlar, mulohazalar va xulosaning qisqacha 
bayon beriladi. Muallif magistrlik yoki doktorlik 
dissertasiyasiga referat yozsa, unda u avtoreferatga 
aylanadi.
Referat va avtoriferatda mavzu, muammo obyekti va 
prdmeti, ishni xarakteri va maqsadi, tadqiqotni 
uslubiy asoslari, bob va paragraflar mazmuni, qo’lga 
kiritilgan natijalar tavsiyalar aks etiladi. Qo’lyozma ustida ishlashni muhim 
tomonini tahrir tashkil qiladi. Tahrir 
qilishdan maqsad asarda keltirilgan 
mulohazalarni jamiyat va o’quvchi
manfaatlari nuqtai nazardan
tanqidiy baholash va 
takomillashtirishdir. Bu yerda 
birinchi navbatda muallifni o’zi o’z 
asariga muharrirlik qilishi lozim. 
2. Dissertasiya va unga qo’yilgan 
talablar
Dissetasiya (lot dissertatio – mulohaza, 
tadqiq) – bu ilmiy kengash majlisida 
himoya qilinadigan ilmiy tadqiqotning 
maxsus shaklidir. U fan doktori va 
magistrlik akademik darajasini olish 
maqsadida bajariladi.
tni abzaslarga bo’linadi. Abzas satr 
boshi bo’lib, u 5 ta  yoziladi. Dissertasiyaning ilmiy va amaliy 
darajasi ta’lim dasturiga to’liq 
javob berishi, ilm-fanning hozirgi 
zamon muammolarini yechishga, 
ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab 
chiqarish samaradorligini 
oshirishga xizmat qilishi kerak. 
Bu dissertasion tadqiqot oldiga 
qo’yilgan asosiy vazifa va talabdir. Dissertasiya mavzusi 
muassasaning ilmiy ishlar 
rejasiga kiritiladi, oliy 
ta’lim va ilmiy-tadqiqot 
muassasi Ilmiy kengashi 
tomonidash 
tasdiqlananadi. Dissertasiyani yozishda 
muallifdan mustaqil ilmiy 
izlanishlar olib borish, kasbiy 
masalakasini shakllantirish, ilmiy 
va kasbiy muammolarni hal 
qilishning qoida va usullarini 
bilish, olingan natijalarni 
amaliyotga tatbiq qila olishga 
doir ko’nikmalarga ega bo’lish 
talab etiladi. Magistrlik dissertasiyasi oldiga qo’yilgan 
talabni muhim jihati ishni yozishdan 
maqsadda o’z ifodasini topadi. 
Dissertasiyani tayyorlashdan maqsad-mavzu 
bo’yicha magistrantning shaxsiy kuzatishlari, 
tajriba natijalari jamlangan ilmiy va amaliy 
ma’lumotlar va dalillarni to’plash, tartibga 
keltirish, muammo tahlili va qilingan ijodiy, 
hamda, ilmiy-uslubiy yechimni bayon qilish, 
tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilish 
bo’yicha tavsiya va takliflar berishdan 
iboratdir. Tadqiqotdan kutilayotgan samaradorlikni inobatga 
olib, yuqorida qayd qilingan vazifalarni yanada 
konkretlashtiramiz:
- tanlangan mavzu dolzarbligini asoslash;
- sohaga doir ilmiy muammo holatini tahlil qilish;
- muammoning samarali yechimini ilmiy, konstruktorlik, 
texnologik va texnik-iqtisodiy jihatdan asoslab berish;
- muammo yechimining patentga loyiqligini aniqlash va 
patent sofligini belgilash;
- tadqiqot natijalari bo’yicha xulosalar va takliflarni ishlab 
chiqish, hamda, ularni iqtisodiyot va ishlab chiqarishning 
tegishli tarmoqlarida tatbiq qilish imkoniyatini aniqlash 
kerak.
Magistrlik dissertasiyasiga nisbatan belgilangan vazifa va 
talablarni to’la, yuqori saviyada bajarish umum qabul 
qilingan xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan 
ilmiy ishni tayyorlash va himoya qilish imkoniyatini beradi. 3. Magist rlik  dissert asiy asini mazmuni, t ark ibiy  
qismlari v a rasmiy lasht irish qoidalari
1. Magistrlik dissertasiyasi –
magistraturada ta’lim alayotgan 
talabaning yakunlovchi ishi hisoblanadi. 
Dissertasi ishi talabaning o’qish davrida 
egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida 
bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir.
Magistrlik dissertasiyasining mazmuni 
bajarilgan ishning ijodiy o’ziga xosligi, muallif 
bilimi, uning individual tajribasi va qarashlarini 
ilmiy ifodalanishi bilan ajralib turishi kerak. Magistrlik dissertasiyasi tuzilishi:
-sar varaq, dissertasiyasi tuzilishi; hisoblanabi, 
qat’iy belgilangan qoidalar asosida to’ldiriladi1;
- mundarija; - kirish;
- asosiy qism;
- xulosa va takliflar;
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; - ilova
Kirish qismini tuzilishi;
- tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
- dissertasiyaning maqsadi va vazifalari; - muammoning ishlanganlik darajasi;  tadqiqotning 
ilmiy yangiligi;
- muammoning ishlanganlik darajasi; - 
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
- tadqiqot obyekti va predmeti;
- tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati;
- foydalanilgan metodologik va uslubiy 
yondashuvni belgilash - tadqiqotning nazariy va 
gipotetik asosi;
- himoyachi olib chiqilgan asosiy g’oyalar, ularning 
yangiligi; - tadqiqot natijalarini ilmiy va amaliy 
ahamiyati
- tadqiqot aprobasiyasi, izlanish natijalarini
sinov va muhokamalardan o’tkazilganligi, 
nashrlarda e’lon qilinganligi. Ishning asosiy qismida tadqiq jarayoni 
bayoni, materiallar tahlili, qo’lga 
kiritilgan natijalarni umumlashmalari, 
yangi fikr va holatlarni asoslaydigan 
dalillar, qisqacha xulosa keltiraladi.
Xulosa qismi magistrlik dissertasiyasi 
umumiy hajmini 10-155 tashkil qlib, 
unda tadqiqot natijalari 
umumlashtiriladi, taklif va tavsiyalar 
beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Hozirgi 
vaqtda bunday ryo’xatni manba va
adabiyot turlari bo’yicha
shaxobchalangan va konkretlashtirilgan 
tarzda keltirish qabul qilingan.
Ilova-boshlang’ich ma’lumotlar, 
diagrammalar, sinov va tatbiq etish 
dalolatnomalari va shunga o’xshash 
materiallar keltirilgan bo’lim.
Magistrlik dissertasiyasi nashriyoti 
amaliyoti qabul qilingan standartga 
muvofiq muqovalangan bo’lishi kerak. Magistrlik dissertasiyasining 
umumiy hajmi 70-80 varaq matndan 
(ilovadan tashqari) iborat bo’li, A4 
(21*29) format qog’ozga kompyuterda 
1,5 intervalda Times nev Roman, 14 
shriftda yozilgan bo’ladi. Matningchap 
tomoni 30 mm. yuqori 25 mm, 
o’ngtomoni 15 mm. va quyi tomonida 
2125 mm. bo’sh maydon bo’lishi lozim. 
Betning tartib raqami sahifaning osti 
o’rtasiga qo’yiladi. Magistrlik dissertaisyasini 
himoya qilishdan oldin tadqiqot 
mavzusi bo’yicha kamida bitta 
ilmiy maqola va mazkur 
yo’nalish bo’yicha ilmiy-
texnikaviy anjumanlarda 
ma’ruza bilan qatnashib, tezis 
va materiallar to’plamida chop 
qilinishi lozim. Yana bir marta 
qaytaramiz!
1. Rasmiylashtirilgan ish 
ijtimoiy qadriyat va 
intellektual mulkka 
aylanadi.. 2. Dissetasiya(lot dissertatio– 
mulohaza, tadqiq) –bu 
ilmiykengash majlisida himoya 
qilinadigan ilmiy tadqiqotning 
maxsus shaklidir. U fan doktori va 
magistrlik akademik darajasini 
olish maqsadida bajariladi. 3. Dissertasiyani tayyorlashdan
maqsad-mavzu bo’yicha 
magistrantning shaxsiy kuzatishlari, 
tajriba natijalari jamlangan ilmiy va 
amaliy ma’lumotlar va dalillarni 
to’plash, tartibga keltirish, muammo 
tahlili va qilingan ijodiy, hamda, 
ilmiy-uslubiy yechimni bayon qilish, 
tadqiqot natijalarini amaliyotga 
tatbiq qilish bo’yicha tavsiya va 
takliflar berishdan iboratdir. 4. Texnika sohasidagi muammolarga 
bag’ishlangan dissertasiyalar oldiga 
zamonaviy postnoklassik fan va 
texnologiya darajasida turgan texnologik 
jaaryonlarni o’rganish va ishlab chiqish, 
yuqori unumdorlikka ega bo’lgan mashina 
va uskunalar kompleksini yaratish, yangi 
materiallarni olish, ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish va 
kompyuterlashtirish, hamda, texnikaning 
muhim nazariy va funksional 
muammolarini hal etish kabi vazifalar 
qo’yiladi. E’tiboringiz 
uchun rahmat

ILMIY TADQIQOT NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH VA JORIY QILINISHI

Reja: 1. Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish 2. Dissertasiya va unga qo’yilgan talablar 3. Magistrlik dissertasiyasini mazmuni, tarkibiy qismlari va rasmiylashtirish qoidalari

1. Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish Qo’lyozma matni abzaslarga bo’linadi. Abzas satr boshi bo’lib, u 5 ta harf joyi tashlangandan keyin boshlanadi. Har bir abzas bir yoki bir nechta hukmlarda ifodalangan mustaqil fikrni o’z ichiga oladi. Bir butun abzas stalistikva mantiqiyizchillikni ta’minlaydi, o’qishni osonlashtiradi. Matnda qaytarishlar bo’lmasligi lozim, faqat bir fikr tugallangandan keyin boshqa ma’noga ega bo’lgan fikrga o’tiladi. Jumla va iboralar qisqa, tushunarli va aniq tarzda yoziladi. Tadqiqot predmetiga oid mavjud nuqtai nazarlar tanqidiy tahlil asosida xolisona ko’rib chiqiladi. Matnni raqamlar va ixtiboslar bilan to’ldirib yuborish tavsiya etilmaydi, bu diqqatni asosiy masaladan chetga tortadi. Ixtibos (matnda keltirilgan asos) adabiyoti va manbai aniq ko’rsatiladi. So’z qisqartmalari standart simvollar orqali beriladi. Masalan, 10 tonna 10 tn yoki 10 t. emas, faqat 10 t (nuqtasiz) shaklida yoziladi.

Hisobot, risola yoki maqola yozishda quyidagi strukturaga rioya qilinadi. Oldin ishni nomi belgilanadi. Ishni nomi sar varaq hisoblangan 1- betga olib chiqiladi. Shu betda muallif yoki mualliflar familiyalari, lavozimi, vaqt, muassasa va shahar nomlari yoziladi. Ishni nomi imkoniyat darajasida qisqa, aniq bo’lishi va bajarilgan ish mazmuniga mos kelishi kerak. Sar varaqdan keyin mundarija joylashtiriladi. Mundarijada ishning barcha bo’limlari va qismlari (boblar, paragraflar, raqamlar bilan ifodalangan sahiyaalar), ularning nomlari belgilanadi. Ishni kirish qismida tanlangan mavzu dolzarbligi, belgilangan vazifalarni maqsad va mazmuni asoslanadi, tadqiqot obyekti va predmeti, izlanishning metodologik bazasi, shu sohadagi yetakchi olimlar qo’lga kiritgan natijalar, axborot manbalari ko’rsatiladi. Ishni asosiy qismida qo’lga kirilgan natijalar bayoni, xususan, materiallar tahlili, tezislar, mmulohazalar, yangi g’oya yoki yondashuv va talqinni asoslaydigan faktlar va argementlar, umumlashma va xulosalar keltiriladi.

Tadqiqot jarayonida jadvallar va grafik modellardan foydalanishga to’g’ri keladi. Har bir jadval yoki rasmni nomi va tartib raqami beriladi. Ishni oxirida xulosa tuzilib, u qo’lga kiritilgan yakuniy natijalarning mantiqiy umumlashmasini tashkil qiladi. Xulosada qo’lga kiritilgan yangi natijalarni asoslanganligi ko’rsatiladi, hal etilishi zarur bo’lgan masalalar va istiqboliy muammolar belgilanadi.