logo

Iqbol mirzo sheriyatida lirik kechinma

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3058.7333984375 KB
MAVZU: IQBOL MIRZO 
SHERIYATIDA LIRIK 
KECHINMA   ◦
Iqbol  Mirzo  1967  yilning  1  may  kuni 
Farg‘ona  viloyatining  Bag‘dod  tumanidagi 
Qo‘shtegirmon  qishlog‘ida  tug‘ilgan.  1984 
yili  o‘rta  maktabni  tugatgach,  Farg‘ona 
Davlat  pedagogika  institutining  o‘zbek  tili 
va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, uni 
1991  yili  muvaffaqiyatli  yakunlagan. 
O‘zbekiston  xalq  shoiri.  Respublika  Senati 
a’zosi.  Yozuvchilar  uyushmasi  raisining 
o‘rinbosari. ◦
Iqbol Mirzo ijodi 90-yillardan boshlangan bo‘lib, shu 
kungacha uning o‘nlab she’riy to‘plamlari chop etilgan. 
Shoir she’riyati inson ruhi, qalb harorati silsilali 
tuyg‘ularini o‘zgacha ifodalashi bilan ajralib turadi. ◦
Iqbol  Mirzo  ijodida  muhabbat  mavzusidagi  she`rlarning  ajoyib 
namunalarini  uchratish  mumkin.  Masalan,  Iqbol  Mirzoning 
«Farishta»,  «YOnimga  kel,  yorim»,  «Seni  moo’inib»,  «Istaysizmi-
yo`qmi»,  «Muhabbat»,  «Ko`nglingda  nima  bor?»,  «Seni  bugun 
ko`rmasam bo`lmas» kabi she`rlarida sof-samimiy,, pokiza muhabbat, 
unga  intilish  va   shu   orqali   tozargan   qalb ,  ruhi  poklangan  jism,  botini 
harirlashgan  banda,	
  majoziy   muhabbatdan   ilohiy   ruh ,  ilohiy  go`zallik 
izlagan  inson  tasviri  gavdalanadi.  Bu  she`rlarning  ayrimlari  qo`shiq 
sifatida ijro etilib xalq qalbidan joy olishga ham ulgurgan. ◦
Lirik  she`rlar,  ya`ni  muhabbat  mavzuidagi  she`riyat 
namunalari.  Hamma  zamonlardagi  kabi  davrimiz 
she`riyatida  ham  muhabbat  mavzusi  o`zining  etakchilik 
mavqeini  saqlab  qoldi,  yangidan  yangi  ijod  namunalari 
hisobiga  kengaydi.  Muhabbat  mavzuidagi  she`rlar 
zamirida  yotgan  badiiy-falsafiy  yuk  ramziy  ishora  va 
obrazli  ifodalarga  boy  bayon  tarzi  bilan  yanada  teran 
ma`no kasb etdi.  ◦
SHuningdek, mumtoz 
she`riyatimizda  mavjud   ilohiy  
va   majoziy   ishq , yor jamolining 
Olloh jamoli tajallisi ekanligi, 
oshiq o`zini ma`shuqa bilan bir 
deb bilishi kabi tasavvufiy 
g’oyalar aks etgan she`rlarining 
tez-tez ko`zga tashlanib turishi 
ham bugungi o`zbek she`riyati 
uchun xos yana bir xususiyatdir  ◦
Ijtimoiy  lirika  –  bu   guruhga
 Vatan ,  Istiqlol,  mamlakatdagi 
turli o`zgarishlar, kamchilik va 
yutuqlar  kabi  turli  xildagi 
masalalardan  bahs  yurituvchi 
she`rlarni  kiritish  mumkin. 
Bunday  she`rlarni  ikkinchi 
nom  bilan  zamonaviy 
mavzudagi  she`rlar  deb 
atashimiz ham mumkin. ◦
Davrimiz  she`riyatida,  tabiiyki  turli  muammolar  aks  etgan  she`rlar 
ham  uchraydi.  Masalan,  jamiyatimizda  mehr-oqibatning 
ko`tarilayotganligi, hamma narsa  texnikaga asoslanilib, odamlar bir-
birlarini  tanimay  qolayotganligi,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitini  ayrim 
odamlar  o`zicha  tushunib ,  insofu  diyonat,  adolatni  unutib 
qo`yayotganligi,  hattoki  vatanfurushlar  paydo  bo`layotganligi  kabi 
masalalardan bahs etuvchi she`rlar ham uchraydi.  ◦
Iqbol  Mirzoning  «Qo`shiq», 
«G’iybatchilar,  hormanglar», 
«G’irrom  dunyo»,  Usmon 
Azimning  «Po`latdan  zirh  kiyar 
Evropa»,  Sirojiddin  Sayyidning 
«Bozor  ijodiyoti»  sarlavhasi  ostida 
berilgan  bir  qancha  she`rlari, 
masalan,  «Bozor  iqtisodiyoti  va 
she`r»,  «Duo  so`rab»,  «Tijorat 
mulkida»,  «Tijoratchi  do`stim 
Tursunboyga  hazil manzuma» kabi 
asarlari shular jumlasidandir. ◦
Ularda  mavjud  siyosiy-madaniy  hayot,  jamiyat  odamlararo  
munosabatlar ,  bugungi  kun  yangiliklari  va  ularning  insoniyat 
tarqqiysi  uchun  qilayotgan  ezguliklari  yoki  aksincha  harakatlari 
tahlilga  tortiladi.  SHoirlarning  jamiyatdagi  o`zgarishlarga 
munosabtalari  aynan  mana  shu  mavzudagi  she`rlarning  tahlil 
ob`ektiga  kiradi.  Bunday  she`rlarning  aksariyati  uchun xos  xususiyat 
shundaki,  kutilmagan  yangi  bir  voqea-hodisa  yo  muammo,  yoki 
tasvir  haqida  so`z	
  ochiladi -  yu ,  she`r  so`nggida  shoir  aytmoqchi 
bo`lgan asosiy fikr ijtimoiy-siyosiy mavzuga ulab ketiladi.  ◦
Demakki,  ushbu  mavzudagi  she`rlarda  ko`proq  insonlar 
o`rtasidagi  ko`zbo`yamachilik,  o’ayirlik,  qalloblik,  mehr-
oqibatning  ko`tarilayotganligidan  qayo’urish,  fan-texnika 
asrining  ayrim  odamlarni  telba,  shoshqaloq  qilib 
qo`yayotganligi-yu,  milliylik ,  sabr-toqatlilik,  ko`ngilning 
hissiy  kechinmalariga  farzandlar  tarbiyasi-yu,  qarilarga 
e`tiborning  ham  ma`lum  bir  o`lchovga  solib 
borilayotganlgidan qayo’urish muammolari aks ettirilgan. Iqbol Mirzo
ShE’RLAR
◦
Deraza pardasi
◦
Deraza pardasi yelkanday shishdi,
Yana seni o‘ylab ko‘nglim uvishdi.
Seni olib ketdi qaysi daryolar?
Hamrohing bo‘ldilar qanday sabolar?
◦
Xonamga nastarin bo‘yi bo‘yladi,
Sochlari rayhonim, seni o‘yladim.
Bo‘ying to‘kildimi olis bog‘larga?
Ko‘ngling ko‘nikdimi qarg‘a, zog‘larga?
◦
  ◦
Kaptarlar bir-birin suyib o‘pishdi,
Xayolim sen tomon qush bo‘lib uchdi.
Sen nechun ketding, men nechun ketkazdim?
Qanotimga o‘zim shikast yetkazdim.
◦
Deraza raxiga boshimni qo‘yib,
O‘yladim, yomg‘irsiz o‘tdimi to‘ying?
Yig‘lamadim, faqat xo‘rsindim xolos,
Boladek jimgina o‘ksindim xolos.
◦
   ShE’RLAR
◦
Ko‘lanka
◦
Xushnud lahzalarim bo‘ldimi? Bo‘ldi…
O‘choqdan quchoqqa keldi alanga.
Paymona sharobga to‘ldimi? To‘ldi…
Qalbda esa o‘sha og‘ir ko‘lanka.
◦
Xurram soniyada har bir hujayram
Atirguldek bo‘lib oqdi yurakka.
Qumrilar ovvora men uchun sayrab…
Qalbda esa o‘sha og‘ir ko‘lanka.
◦
  ◦
Xushbaxt onlarimni eslayman: dalda,
Ko‘milib yotibman o‘tu o‘langa.
Chigirtka bilan oy avj kelgan palla…
Qalbda esa o‘sha og‘ir ko‘lanka.
◦
Shu yerga eltadi yo‘l nihoyasi,
Shu joyda hammasi ajrar bo‘lakka.
Bu – Uning ko‘zimdan kirgan soyasi…
Qalbda esa o‘sha og‘ir ko‘lanka.
◦
   ShE’RLAR
◦
Kechagina g‘o‘r shoir edim…
◦
Kechagina g‘o‘r shoir edim,
G‘o‘r edim-u, zo‘r shoir edim.
◦
She’r to‘qirdim dangal, qo‘rqmasdan
Va o‘qirdim har gal qo‘rqmasdan.
◦
Bugun esa o‘ylab yozaman,
Bitta she’rni oylab yozaman.
◦
G‘azal bitsam, biror jononga
Tegmasmikan quda tomonga?
◦
  ◦
Atrofimda qiz ko‘p, ayol ko‘p,
Javob beray desam savol ko‘p.
◦
Na ko‘nglimni to‘ka olaman,
Na o‘g‘limni so‘ka olaman.
◦
Shabbodalar so‘z bo‘lib oqar,
Yulduzlar ham ko‘z bo‘lib boqar.
◦
Unvoni bor katta shoirman,
Lek o‘lguday latta shoirman.
◦
Kechagina g‘o‘r shoir edim,
G‘o‘r edim-u, zo‘r shoir edim…  E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT

MAVZU: IQBOL MIRZO SHERIYATIDA LIRIK KECHINMA

◦ Iqbol Mirzo 1967 yilning 1 may kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi Qo‘shtegirmon qishlog‘ida tug‘ilgan. 1984 yili o‘rta maktabni tugatgach, Farg‘ona Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1991 yili muvaffaqiyatli yakunlagan. O‘zbekiston xalq shoiri. Respublika Senati a’zosi. Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari.

◦ Iqbol Mirzo ijodi 90-yillardan boshlangan bo‘lib, shu kungacha uning o‘nlab she’riy to‘plamlari chop etilgan. Shoir she’riyati inson ruhi, qalb harorati silsilali tuyg‘ularini o‘zgacha ifodalashi bilan ajralib turadi.

◦ Iqbol Mirzo ijodida muhabbat mavzusidagi she`rlarning ajoyib namunalarini uchratish mumkin. Masalan, Iqbol Mirzoning «Farishta», «YOnimga kel, yorim», «Seni moo’inib», «Istaysizmi- yo`qmi», «Muhabbat», «Ko`nglingda nima bor?», «Seni bugun ko`rmasam bo`lmas» kabi she`rlarida sof-samimiy,, pokiza muhabbat, unga intilish va shu orqali tozargan qalb , ruhi poklangan jism, botini harirlashgan banda, majoziy muhabbatdan ilohiy ruh , ilohiy go`zallik izlagan inson tasviri gavdalanadi. Bu she`rlarning ayrimlari qo`shiq sifatida ijro etilib xalq qalbidan joy olishga ham ulgurgan.

◦ Lirik she`rlar, ya`ni muhabbat mavzuidagi she`riyat namunalari. Hamma zamonlardagi kabi davrimiz she`riyatida ham muhabbat mavzusi o`zining etakchilik mavqeini saqlab qoldi, yangidan yangi ijod namunalari hisobiga kengaydi. Muhabbat mavzuidagi she`rlar zamirida yotgan badiiy-falsafiy yuk ramziy ishora va obrazli ifodalarga boy bayon tarzi bilan yanada teran ma`no kasb etdi.