logo

Mirzo Ulug’bekning geografiyaga oid ta’limotlari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

14047.219726562 KB
MAV ZY :Mirzo Ulug’bek ning 
geografi y aga oid t a’limot lari  RE J A

HAYOTI VA IJODI

GEOGRAFIYA VA ASTRANOMIYAGA QO’SHGAN HISSASI

PEDAGOGIK QARASHLARI   
Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug`bekning 
nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, 
geometriya, geogra fiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi, O`rta asrlarda 
amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib 
kelmoqda.

   Mirzo Ulug`bekning nomi butun dunyoga buyuk mutafakkir sifatida ma’lum. Ammo u 
dastlab, bobosi Amir Temurga va so`ng otasi Shohruxga turli yurishlarda hamroh bo`lgan. 
Movarounnahr hukmdori bo`lgach, keyinchalik o`zi ham mamlakatning turli qismlarini 
kezgan. Safarlari davomida ko`rganlarini o`zining ilmiy faoliyatida keng qo`llagan. Shuning 
uchun Ulug`bekni sayyoh-olimlar qatoriga kiritishimiz mumkin.  
Mirzo Ulug`bek (to`liq ismi sharifi - Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug`bek 
Ko`ragon) 1394-yil 22-martda Amir Temurning harbiy yurishlari chog`ida Eron 
Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temur suyukli nabirasining 
tarbiyasini katta rafiqasi Saroymulkxonimga topshiradi va ana shundan keyingi 11 yil 
davomida berilgan tarbiya Mirzo Ulug`bekning buyuk inson bo`lib shakllanishida katta rol 
o`ynagan.

   1409-yilda temurzoda Shohrux o`g`li Ulug`bekni Samarqand hokimi etib tayinlagan va 1411-
yildan boshlab esa Mirzo Ulug`bek butun Movarounnahr boshqaruvini qo`lga olib, 
Samarqandni ilm- fan markaziga aylantirdi.  Mirzo Ulug`bek fan xomiysi bo`lish bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda bir emas, 
uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqanda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi Gijduvondadir (1433). Hatto, Buxorodagi 
Madrasa peshtokiga hadisdan olingan lavhani: «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», deb yozdirib qo`ygan.   
Tarixchilarning yozishicha, Ulug`bek kuchli xotira sohibi: geo metriya, matematika, 
astronomiya, tarix, adabiyot, mantik, musiqadan hamda Qur’on, hadis va fiqh ilmlaridan 
yaxshi xabardor bo`lgan. Ammo Mirzo Ulug`bek hayotining asosiy qismini astronomiyaga 
bag`ishlagan va ushbu fanning XV asrdagi rivojida uning xizmati beqiyos. Chunki O`rta 
asrlargacha mavjud bo`lgan yo`lduzlar jadvalining sifati, ya’ni aniqligi, O`sha zamoy 
astronomlarini qoniqtirmas edi. Shu bois, osmon jismlarini kuzatish uchun Samarqandda 
Mirzo Ulug`bek boshchiligida rasadxona bunyod etish va uni jihozlash ishlari amalga 
oshirilgan.  
Ma’lumki, rasadxona 1427-1429 yillarda ko`rilgan va uni barpo etish rejasi bo`lajak alloma Mirzo 
Ulug`bekda bolalik chogidayoq tug`ilgan edi. Chunki olim yoshligida Tehron yonidagi Maroga 
observatoriyasini ko`rib, havas bilan «men ham shundayni ko`raman», deb ahd qilgan ekan. 
Ulug`bekning yoshi 26-27 larga yetganda u olimlar bilan yaqindan tanishgan va ular bilan ko`p 
suhbatlar ko`rgan. 1420-yillarga kelib uning atrofida 60-70 tacha matematik va astronom olimlar 
to`plangandi. Ulug`bek ko`rdirgan rasadxonaning asosiy qismi radiusini 40,2 metrdan iborat 
kvadrant tashkil etgan va unda astronomik o`lchashlarni amalga oshirish uchun bir qator boshqa 
asbob-uskunalar ham o`rnatilgan.

   Rasadxona binosi uch qavatli binodan iborat bo`lgan. Mirzo Ulug`bek o`zi bunyod ettirgan 
rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalardagi 100 dan ortiq ilm ahlini to`plab, keng 
jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali 
Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Qavofiy, Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin 
Koshiy kabi o`z zamonasining zabardast olimlari edi.  
Afsuski, rasadxona binosi Ulug`bek vafotidan keyin qarovsiz qolib, asta-sekin yemirila 
boshlagan va XVII asrning oxiriga kelib, ustki qismi butunlay buzilgan. Inshootning yer 
ostidagi qismi esa tuproq ostida qolib, ko`milib ketgan. Rus arxeolog olimi V.Vyatkinning 1908 
va 1914 yillardagi Samarqandda olib borgan arxeologik izlanishlari natijasida Ulug`bek 
rasadxonasi qoldiqlari joyi aniqlanib, keyinchalik uni o`rganish ishlari da vom ettirilgan.

   Mirzo Ulug`bek Samarqandda rasadxona zamirida «Ulug`bek akademiyasi»ga asos solgan va 
bu yerda olib borilgan ilmiy kuzatishlari natijasida «Ziji jadidi Ko`ragoniy» («Ko`ragoniyning 
yangi astronomik jadvali») va «To`rt ulus tarixi» kabi mashhur asarlari yaratilgan. Tarixchi olim 
Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, «Ulug`bek geometriya borasida Evklidga, 
astronomiya sohasida esa Ptolomeyga o`xshardi».  Ulug`bekning yozib qoldirgan asarlarida bir qator geografik 
ma’lumotlar ham mavjud. «Ziji jadidi Ko`ragoniy»dagi jadvallarda 
dunyodagi 683 ta aholi punktining geografik koordinatlari 
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Ulug`bekning 
yozishicha, u yaratgan rasadxona 39°37'28" geografik kenglikda 
joylashgan. Hozirgi vaqtdagi o`lchashlar shundan dalolat 
beradiki, ushbu inshootning joylashgan o`rni 39°40'37" geografik 
kenglikka to`g`ri keladi. Agar O`rta asrlardagi kuzatish uskunalari 
va uslublarini hisobga oladigan bo`lsak, Ulug`bek amalga 
oshirgan ulchash natijalarini juda aniq, deb e’tirof etish mumkin.  
«Ziji jadidi Ko`ragoniy» asarida 1018 ta harakatlanmaydigan yo`lduzning koordinatlari hayron qolarli 
darajadagi aniqlikda ko`rsatib berilgan. Mutaxassislarning tan olishicha, ushbu yo`lduzlar jadvali grek 
olimlaridan miloddan avvalgi II asrda yashagan Gipparx va milodiy I-II asrlarda ijod qilgan Ptolomey 
tuzgan jadvallardan keyingi davrda yaratilgan eng aniq astronomik manba hisoblanadi.

   «Ziji jadidi Ko`ragoniy»dagi trigonometrik jadvallar ham o`zining aniqligi bilan alohida ajralib turadi. 
Jumladan, Mir zo Ulug`bek astronomiyadagi muhim o`zgarmas miqdor - bir darajaning sinusi 
qiymatini verguldan keyin 18 ta belgi miqdoridagi aniqlikda hisoblashga muvaffaq bo`lgan.

   Quyosh bir yilda bir marta aylanib chiqadigan fazoviy doira - ekliptikaning og`ishi qiymatini 
aniqlashda Mirzo Ulug`bek dunyo astronomiya fanida eng oldingi o`rinlarda turadi. Uning 1437-yilda 
amalga oshirgan hisob-kitoblariga ko`ra, ekliptikaning og`ishi 23°30'17"ga teng va bu qiymat hozirgi 
zamondagi hisob-kitoblardan bor-yo`g`i 0'32"ga farq qiladi. Shuning uchun ham Ulug`bek tomonidan 
hisoblangan bir astronomik yil 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekundga teng va bu hozirgi zamon 
ma’lumotlaridan atigi 58 sekundga farq qiladi.   ETIBORIN GIZ UCHUN  
RAHMAT

MAV ZY :Mirzo Ulug’bek ning geografi y aga oid t a’limot lari

RE J A  HAYOTI VA IJODI  GEOGRAFIYA VA ASTRANOMIYAGA QO’SHGAN HISSASI  PEDAGOGIK QARASHLARI

 Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug`bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Uning astronomiya, matematika, geometriya, geogra fiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo`shgan o`lkan hissasi, O`rta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda.    Mirzo Ulug`bekning nomi butun dunyoga buyuk mutafakkir sifatida ma’lum. Ammo u dastlab, bobosi Amir Temurga va so`ng otasi Shohruxga turli yurishlarda hamroh bo`lgan. Movarounnahr hukmdori bo`lgach, keyinchalik o`zi ham mamlakatning turli qismlarini kezgan. Safarlari davomida ko`rganlarini o`zining ilmiy faoliyatida keng qo`llagan. Shuning uchun Ulug`bekni sayyoh-olimlar qatoriga kiritishimiz mumkin.

 Mirzo Ulug`bek (to`liq ismi sharifi - Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug`bek Ko`ragon) 1394-yil 22-martda Amir Temurning harbiy yurishlari chog`ida Eron Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temur suyukli nabirasining tarbiyasini katta rafiqasi Saroymulkxonimga topshiradi va ana shundan keyingi 11 yil davomida berilgan tarbiya Mirzo Ulug`bekning buyuk inson bo`lib shakllanishida katta rol o`ynagan.    1409-yilda temurzoda Shohrux o`g`li Ulug`bekni Samarqand hokimi etib tayinlagan va 1411- yildan boshlab esa Mirzo Ulug`bek butun Movarounnahr boshqaruvini qo`lga olib, Samarqandni ilm- fan markaziga aylantirdi.

Mirzo Ulug`bek fan xomiysi bo`lish bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda bir emas, uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqanda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi Gijduvondadir (1433). Hatto, Buxorodagi Madrasa peshtokiga hadisdan olingan lavhani: «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», deb yozdirib qo`ygan.