Muhammad Xorazmiyning geografiyaga oid ta’limotlari
Mavzu:Muhammad Xorazmiyning geografiyaga oid ta’limotlari
REJA Xorazmiyning hayoti va ijodi Xorazmiyning geografiya faniga qo’shgan hissasi Xorazmiyning pedagogik jihatdan qarashlari
Qadimiy Xorazm Sharqda ilm-fanning rivojlanishida juda katta o`rin tutgan. Tarixchilarning tasdiqlashlaricha, Xorazmda aniq fanlar - geometriya, trigonometriya, astronomiya, topografiya, kimyo, mineralo giya va boshqa tabiiy fanlar VIII—IX asrlardayoq yuksak darajada taraqqiy etgan. Geogra fik bilimlarning yuksak darajada bo`lishi va jamlanishi xorazmlik savdogarlarga uzoq mamlakatlarga sayohatlarga bora olish imkonini bergan. Xorazm arab xalifaligi tarkibiga kirgach, xorazmlik olimlar o`z iqtidori va qomusiy bilim darajasining yuksakligi tufayli tez orada shuhrat qozonib, bir qator fanlar asoschilari orasida yetakchi o`ringa chiqib oldilar. Xorazm ilmiy maktabining ilk ko`zga ko`ringan namoyandasi Muhammad Xorazmiy bo`lib, u amerikalik sharqshunos D.Sarton ta’biri bilan aytganda «barcha zamonlarning eng ulug matematiklaridan biri» edi.
• Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (qisqacha Al-Xorazmiy) Xorazmda tug`ilgan va Bag`dodda vafot etgan. Olimning tug`ilgan va vafot etgan yillari aniq ma’lum emas. Ammo ba’zi manbalarda Al-Xorazmiy 780-yilda tug`ilgan va 847- yilda vafot etgan, deb taxmin qilinadi. Qadimda yashagan bir qator olimlar kabi Al-Xorazmiy ham u yoki bu fan bilan chegaralanib qolmay, qomusiy ilm sohibi bo`lgan. Jumladan, olimning tarix matematika, astronomiya va geo grafiya sohasida yozib qoldirgan ilmiy merosi jahon ilm ahli tomonidan dunyo fani rivojiga qo`shilgan bebaho hissa sifatida tan olingan.