iqtisodiy ishlarni sudda ko'rishga tayyorlash
Samarqand dav lat univ ersit et i y uridik fak ult et i iqt isodiy ishlarni sudda k o'rishga t ay y orlash
Reja: 1. Iqtisodiy sud protsessida ishni sud muhokamasiga tayyorlashning ahamiyati va vazifalari 2. Ishni sudda ko'rishga tayyorlash 3. Da'voni ta'minlash choralari va asoslari 4. Sud ishtirokchilarini xabardor qilish va sudga chaqirish
foy dalanil gan adabiy ot l ar:1. O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual Kodeksi 2. Iqtisodiy protsessual huquq darslik-Mualliflar jamoasi. Toshkent- 2020 3. Iqtisodiy protsessual huquq darslik-Mualliflar jamoasi. Toshkent- 2024 4. internet manbalari: -tsul.library.uz lex.uz
Sudya ishni sud muhokamasiga tegishli tarzda tayyorlashi zarur, chunki bu nizoni to'g'ri va o'z vaqtida hal qilishning asosiy sharti hisoblanadi. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichi da'vo arizasi qabul qilingandan keyin boshlanadi. Sudya taqdim etilgan materiallar orqali da'vo arizasini qabul qilish, rad etish yoki qaytarib yuborish uchun asos bor yoki yo'qligini aniqlaydi. Sid ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqida ariza ish yuritishga qabul qilish va ish qo'zg'atish to'g'risidagi ajrimda mavjud asoslarni ko'rsatadi.
I shni k o'rishga t ay y orlashning asosiy v azifalari : • nizoli huquqiy munosabatning xarakteri va qo'llanilishi lozim bo'lgan qonun hujjatlarini, ishni to'g'ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni aniqlash; • ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibi va iqtisodiy protsessning boshqa ishtirokchilarini aniqlash masalalarini hal etish; • ishda ishtirok etuvchi shaxslarga zarur bo'lgan dalillarni taqdim etishda qo'llaniladi; • taraflarni murosaga keltirish kabilardan iborat. I shni sudda k o'rishga t ay y orlash bosqichida sudy a ariza k elib t usgan k undan boshlab 5 k un ichida quy idagi harak at larni amalga oshiradi: 1. Ishtirok etish uchun boshqa shaxslar yoki uchinchi shaxslarni jalb etish masalasini ko'radi; 2. Ishni yuritish to'g'risida manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi; 3. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning vakillariga muayyan harakatlarni bajarishni, shuningdek, nizoni hal etish uchun ahamiyatli hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishni taklif etadi;