islom sivilizatsiyasining asosiy xarakterlari, o’z belgilari, o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi bosqichlari
ISLOM SIVILIZATSIYASINING ASOSIY XARAKTERLARI, O’Z BELGILARI, O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI
ISLOM SIVILIZATSIYASI RIVOJLANISHING APOGEYASI (O’Z TARAQQIYOTINING CHO’QQISI) HAMDA UNING TARAQQIYOTI VIII ASRDAN XII ASRGACHA BO’LGAN DAVRNI O’Z ICHIGA OLADI. BUNGA HAMMA ROZI. FAQAT ISLOM SIVILIZATSIYASI SO’NISHINING SANASINI ANIQLASH MUAMMOLIDIR. DOIMIY FIKRGA ASOSLANADIGAN BO’LSA, UNDA ISLOMNING SO’NISHI XIII ASRDA BOSHLANGAN. BIROQ BUNDAY O’YLASH – IKKITA UMUMAN HAR XIL HOLATLARNI CHALKASHTIRISHDIR: ISLOM QUDRATINING SO’NISHI HAMDA ISLOM SIVILIZATSIYASINING SO’NISHI.
Shubhasizki, XIII asrda aniq ravshanki islom o’zining liderlik pozitsiyasini yo’qotdi. Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng yomoni, islom tomonidan rivojlanish dinamikasining yo’qotilishi XVIII asrda boshlangan. Agar sivilizatsiyaning sekinlik bilan rivojlanishini hisobga oladigan bo’lsak, bu unchalik uzoq vaqt emas. Islom sivilizatsiyasining taqdiri – bu ko’plab millatlarni taqdiridir. Bu millatlarni hozirda sust rivojlangan deb aytishadi, sababi ular industrial revolyutsiyani – xalqaro rivojlanishni juda tezlashtiradigan birinchi revolyutsiyani o’tkazib yuborishgan. Bu sohadagi yutuqlarning yo’q bo’lishiga qaramasdan, islom sivilizatsiya sifatida tanazzulga yuz tutmagan. U faqat Yevropadan moddiylik nuqtayi nazaridan ikki asrga ortda qolgan.
Islom siyosiy reallik sifatida bi necha yil ichida shakllandi. Arablar bosqinchilik urushlari vositasida imperiyani yaratishdi. Biroq islom sivilizatsiyasi shu imperyianing hamda qadimdan mavjud bo’lgan sivilizatsiyalar qorishmasining nattijasi bo’ldi. Bunga ko’p vaqt hamda ko’p avlod kerak bo’ldi. Arablarning o’z diniga e’tiqodlar kam edi, ko’o narsa o’sha davrda ketayorgan jarayonlarga bog’liq edi: arablarning birinchi bosqinchilik davri davlatni, imperiyani yaratdi, biroq sivilizatsiyani emas.
Вставка рисунка Ba’zi bir tadqiqotchilarga ko’ra , dastlab arab bosqinchilari mag’lub bo’lganlarni o’z e’tiqodiga o’tkazishga ham, ularning e’tiqodiga o’tishga ham harakat qilishmagan. Ular faqat bo’ysundirilgan sivilizatsiyalardan foydalanishgan, undan ziyotisi emas: Fors, Suriya, Misr, Rim Afrikasi (arablar bu yerni Ifrika deb atashgan, uning hududi bugungi kunda Tunisga to’g’ri keladi), Ipaniya (hozirgi Andaluziya). Agar o’sha davrda xristianlar islomni qabul qilishga harakat qilishsa, ularni tayoq bilan jazolashgan. Bu jarayon soliqlar faqat musulmon bo’lmaganlardan olingani uchun bo’lgan, yangi xo’jayinlar esa o’zlarining doromadining kamayishiga qarshi edi.