logo

Jahon tilshunosligida qo‘shma gap talqini

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

244.4912109375 KB
                         Reja:     
1.Jahon tilshunosligida qo‘shma gap talqini
2.Rus tilshunosligida qo‘shma gapga oid qarashlar
3.A.  M.  Peterson  va  M.  A.  Peshkovskiyning  qo‘shma  gapga    doir 
tadqiqotlari
 
Tilshunoslik fanida qo’shma gap mavzusi azaldan muammoli bo’lib keldi va 
bugungi  kunda  ham  uni muammolardan holi deb bo’lmaydi.Buning  asosiy 
boisi  shundaki,qo’shma  gap  fikr  ifodasi  sintaktik  shaklning  eng  yuqori  va 
murakkab pog’onalardan birini tashkil etadi.                Jahon  tilshunosligida  qo’shma  gap  talqiniga 
bag’ishlangan  ilmiy  monografik  tadqiqotlar  ko’p 
bo’lishiga  qaramay,bu  sohada  hali  yechilmagan 
jumboqlar anchagina.  
Ular  jumlasiga  qo’shma  gap  tarkibiy  qismlarining 
nomlanishi,   ularning  tub  strukturaga  munosabati,tarkibiy 
qismlarning  o’zaro  bog’lanishini  ta’minlovchi 
Grammatik  va  ekstralingvistik  omillarning  funksional 
salmog’ini  aniqlash,qo’shma  gapning  ustpredikativ 
belgisi,uning  sintaktik  derivatsiyasiga  taalluqli 
muammolarni  va  umuman,”qo’shma  gap”  termining 
qo’llanilishi bilan bog’liq ko’plab munozarali masalalarni 
kiritish mumkin.              Monografiyada  M.N.Peterson  sintaksisning  iboralar 
ta’limoti  sifatidagi  ta’rifini  mustahkamladi,  rus  adabiy  tilida 
iboralar  tasnifini  yaratdi  va  rus  tili  sintaksisini  o‘rganishda 
birinchi  bo‘lib  statistik  yondashuvni  qo‘lladi.  Peterson  tilni 
sintaktik  tavsiflashda  quyidagi  asosiy  vazifalarni  ko'rib  chiqdi: 
1)  barcha  turdagi  iboralarni  tavsiflash  (tavsif  sintaksisi)  va  2) 
ibora  turlari  va  ularning  birikmalarining  kelib  chiqishini 
aniqlash,  iboralarning  asosiy  funktsiyalarini  aniqlash  va 
tavsiflash.  bu  funksiyalarning  evolyutsiyasi  (tarixiy  sintaksis). 
Bu  tamoyillar  boshqalar  qatori  tilning  faol,  mahsuldor 
modellarini  tilda  uning  rivojlanishining  avvalgi  davrlari  qoldig‘i 
sifatida  saqlanib  qolgan  eski  elementlardan  ajratishni  to‘liqroq 
asoslash imkonini berdi.              Qo’shma  gap  komponentlarining  munosabati  turlarini 
o’rganish  XX  asrning  yigirmanchi  yillarida  tilshunoslik  fanida 
asosiy  mavzulardan  biri  bo’ldi  va  bu  sohada  tilshunoslar  o’rtasida 
ilmiy bahs va munozaralar boshlandi.
Jumladan,   rus  tilshunosligida,   M.N.  Petersonning  “Ocherk 
sintaksisa  ruskogo  yazik”nomli  asarida  qo’shma  gap  haqida 
bildirilgan  mulohazalari  sabab  bo’ldi.M.N.Peterson  qo’shma  gap 
tarkibiy qismlarining tobe va teng bog’lanishi xususida tilshunoslar 
tomonidan aytilayotgan fikrlarning g’oyat chalkash va chuqur ilmiy 
asosga  ega  emasligini  ta’kidlaydi  va  quyidagilarni  yozadi:”Mavjud 
kriteriyalar bosh gapni tobe gapdan,shuningdek,ergash bog’lanishni 
teng  bog’lanishdan  farqlash  uchun  asos  bo’lmaydi.Demak,ergash 
va teng bog’lanish tushunchalarida lingvistik ma’no yo’q”.                M.N.  Peterson  nafaqat  komponentlarni  teng  bog’lanishi,   balki 
tarkibiy  qismlari    ergash  bog’lanishli  qo’shma  gapning  ham 
mavjudligini inkor etadi.  
Uning  fikriga  ko’ra,  qo’shma  gaplarga  taalluqli  sintaktik 
tadqiqotlarda  teng  va  ergash  bog’lanishlar  xususida  emas,balki  so’z 
birikmalarining o’zaro munosabati haqida mulohaza yuritish lozim.Bu 
o’rinda  ,albatta  ,so’z  birikmasi  keng  ma’noda  tushuniladi  va  gapning 
ham so’zlarning o’zaro birikuvidan tashkil toppish nazarda tutiladi.
Masalaning  bunday  qo’yilishi,   albatta,   tilshunoslardan  javob 
kutardi.   Mazkur  tanqidiy  mulohazaga  birinchilardan  bo’lib,  A.M. 
Peshkovskiy  izoh  beradi  hamda  teng  va  ergash  bog’lanish 
tushunchalarining  zamirida  lingvistik  ma’no  borligini  atroflichs 
yoritib berishga harakat qiladi.              Olim  teng  bog’lanish  asosida  shakllanuvchi  qo’shma  gaplar 
tobe  bog’lanish  asosida  shakllanuvchi  ergash  gapli  qo’shma 
gaplardan  birinchi  galda  bog’lovchi  vositalar  orqali  farqlanishini  va 
mazkur  vositalarning  qo’shma  gap  strukturasidagi  sintaktik  o’rinlari 
ham o’ziga xosligini  alohida ta’kidlaydi.
Bunda  teng  bog’lovchi  bog’langan  qo’shma  gapning  har  ikki 
tarkibiy  qismida  takroran  qo’llanishi  yoxud  tarkibiy  qismlar 
oralig’ida  kelishidan  qat’ i   nazar,   ergashtiruvchi  bog’lovchi  ergash 
gapning  nafaqat  ritmik  nuqtai  nazardan  ,balki  uning  organic  tuzilishi 
jihatidan ham
O’zbek  tilshunosligida  ham  sintaktik  muammolarga  ta’siri   
kuchli  bo’lgan    A.M.Peshkoviskiyning    “Russkiy  sintaksis  v 
nauchnom  osveshenii”  nomli  asarining  ham  kata  bir  qismi 
bog’langan  ,bog’lovchisiz  ergash  gapli  qo’shma  gaplar  tahliliga 
bag’ishlanadi. ajralmas qismi ekanini to’g’ri eslatadi.              Bu  asarda  rus  tilshunosligida  bog’langan  hamda  ergash 
gapli  qo’shma  gaplarning  lingvistik  mohiyatini  ochib  berishga 
harakat qilinganini ko’ramiz.  
A.M.Peshkovskiyning  eng  muhim  xulosalaridan  biri 
shunda  ko’rinadiki,u  qo’shma  gap  xususida  so’z  yuritganida 
ohangni  til  unsuri  hisoblanuvchi  bog’lovchi  bilan  hech  qachon 
tenglashtirib  bo’lmasligini,   ohang  bunda  yordamchi  vosita 
ekanligini to’g’ri ta’kidlaydi.
                      A.M.Peshkovskiy  qo’shma  gap  tushunchasining  ba’zi 
g’aliz  tomonlari  borligini  eslatadi  va  bu  haqida  quyidagilarni 
yozadi:”   U  bir  necha  gapni  bir  gap  deb  atagani  uchun  turli 
anglashilmovchiliklarga sabab bo’lmoqda”.              A.M.Peshkovskiy bog’langan va ergash gapli qo’shma gaplarni teng 
va  ergash  bog’lanishli  so’z  birikmalariga  o’xshatadi,zotan,mazkur 
birikmalarning  ham  birinchisining  komponentlari  munosabatlari  teng 
huquqlikka ,ikkisiniki esa ergash bog’lanishga asoslanadi.
Bundan  tashqari  olim  o’z  tadqiqotlarida  bog’lovchisiz  qo’shma 
gaplar xususida ham so’z yuritadi va ularni qo’shma gapning alohida bir turi 
sifatida tavsiflaydi.
         A.M.Peshkovskiy ,garchi o’z tadqiqotlarida qo’shma gap tushunchasini 
asoslab berishga uringan bo’lsa ham ,aslida,”qo’shma gap’’ terminiga qarshi 
edi.Uning fikriga ko’ra, til birliklari o’z o’zi bilan qorishib yangi pog’onani 
hosil qila olmaydi.
Masalan,morfema  tarkibiga  Ikkinchi  so’z  sig’maydi.Demak,gap 
tarkibiga ham ikkinchi gap sig’maydi.              Darhaqiqat,   til  sistemasining  asosiy  birliklari 
munosabatiga  e’tibor  berganimizda  ham,   fonemaning 
faollashuvi  morfema  sathida,   morfema  aktualizatsiyasi 
so’z  doirasida,   so’zning  real  qo’llanishi  esa  gap 
qolipida iyerarxik tarzda voqealanishini ko’ramiz.  
Bu  o’z  navbatida,   A.M.Peshkovskiyning 
“qo’shma  gap’’termini  xususidagi  etirozi  asosli  ekanini 
ko’rsatadi.Chunki  har  bir  til  birligining  qo’llanishi 
o’zidan katta birlik og’ushida amalga oshadi.  
Demak,   gapning  faollashuvi  gap  sathida  emas 
balki mikro yoxud makromatn tarkibida sodir bo’ladi.              E’tiboringiz uchun 
tashakkur!

Reja: 1.Jahon tilshunosligida qo‘shma gap talqini 2.Rus tilshunosligida qo‘shma gapga oid qarashlar 3.A. M. Peterson va M. A. Peshkovskiyning qo‘shma gapga doir tadqiqotlari Tilshunoslik fanida qo’shma gap mavzusi azaldan muammoli bo’lib keldi va bugungi kunda ham uni muammolardan holi deb bo’lmaydi.Buning asosiy boisi shundaki,qo’shma gap fikr ifodasi sintaktik shaklning eng yuqori va murakkab pog’onalardan birini tashkil etadi.

Jahon tilshunosligida qo’shma gap talqiniga bag’ishlangan ilmiy monografik tadqiqotlar ko’p bo’lishiga qaramay,bu sohada hali yechilmagan jumboqlar anchagina. Ular jumlasiga qo’shma gap tarkibiy qismlarining nomlanishi, ularning tub strukturaga munosabati,tarkibiy qismlarning o’zaro bog’lanishini ta’minlovchi Grammatik va ekstralingvistik omillarning funksional salmog’ini aniqlash,qo’shma gapning ustpredikativ belgisi,uning sintaktik derivatsiyasiga taalluqli muammolarni va umuman,”qo’shma gap” termining qo’llanilishi bilan bog’liq ko’plab munozarali masalalarni kiritish mumkin.

Monografiyada M.N.Peterson sintaksisning iboralar ta’limoti sifatidagi ta’rifini mustahkamladi, rus adabiy tilida iboralar tasnifini yaratdi va rus tili sintaksisini o‘rganishda birinchi bo‘lib statistik yondashuvni qo‘lladi. Peterson tilni sintaktik tavsiflashda quyidagi asosiy vazifalarni ko'rib chiqdi: 1) barcha turdagi iboralarni tavsiflash (tavsif sintaksisi) va 2) ibora turlari va ularning birikmalarining kelib chiqishini aniqlash, iboralarning asosiy funktsiyalarini aniqlash va tavsiflash. bu funksiyalarning evolyutsiyasi (tarixiy sintaksis). Bu tamoyillar boshqalar qatori tilning faol, mahsuldor modellarini tilda uning rivojlanishining avvalgi davrlari qoldig‘i sifatida saqlanib qolgan eski elementlardan ajratishni to‘liqroq asoslash imkonini berdi.

Qo’shma gap komponentlarining munosabati turlarini o’rganish XX asrning yigirmanchi yillarida tilshunoslik fanida asosiy mavzulardan biri bo’ldi va bu sohada tilshunoslar o’rtasida ilmiy bahs va munozaralar boshlandi. Jumladan, rus tilshunosligida, M.N. Petersonning “Ocherk sintaksisa ruskogo yazik”nomli asarida qo’shma gap haqida bildirilgan mulohazalari sabab bo’ldi.M.N.Peterson qo’shma gap tarkibiy qismlarining tobe va teng bog’lanishi xususida tilshunoslar tomonidan aytilayotgan fikrlarning g’oyat chalkash va chuqur ilmiy asosga ega emasligini ta’kidlaydi va quyidagilarni yozadi:”Mavjud kriteriyalar bosh gapni tobe gapdan,shuningdek,ergash bog’lanishni teng bog’lanishdan farqlash uchun asos bo’lmaydi.Demak,ergash va teng bog’lanish tushunchalarida lingvistik ma’no yo’q”.

M.N. Peterson nafaqat komponentlarni teng bog’lanishi, balki tarkibiy qismlari ergash bog’lanishli qo’shma gapning ham mavjudligini inkor etadi. Uning fikriga ko’ra, qo’shma gaplarga taalluqli sintaktik tadqiqotlarda teng va ergash bog’lanishlar xususida emas,balki so’z birikmalarining o’zaro munosabati haqida mulohaza yuritish lozim.Bu o’rinda ,albatta ,so’z birikmasi keng ma’noda tushuniladi va gapning ham so’zlarning o’zaro birikuvidan tashkil toppish nazarda tutiladi. Masalaning bunday qo’yilishi, albatta, tilshunoslardan javob kutardi. Mazkur tanqidiy mulohazaga birinchilardan bo’lib, A.M. Peshkovskiy izoh beradi hamda teng va ergash bog’lanish tushunchalarining zamirida lingvistik ma’no borligini atroflichs yoritib berishga harakat qiladi.