logo

Janubiy Amerika materigi geografik o'rni

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

6111.7412109375 KB
MAVZU:  
JANUBIY AMERIKA 
MATERIGINING  
GEOGRAFIK O’RNI, 
O’RGANISH TARIXI, 
GEOLOGIK TUZILISHI, 
FOYDALI 
QAZILMALARI. 
RELYEFI Dunyodagi  eng  uzun  va  eng  sersuv
daryosi,  eng  baland  va  eng  keng  sharsharasi,  eng 
katta iloni, eng mitti „odamxo‘r“ balig‘i, eng uzun 
tog‘i,  eng  katta  daryo  havzasi,  eng  balandda 
joylashgan  chuchuk  suvli  katta  ko‘li,  eng  baland 
harakatdagi  vulqoni,  eng  qalin  Amazoniya 
o‘rmonlari  —„sayyoramiz  o‘pkasi“  bor.  Eng 
sernam materik.   Janubiy Amerika to‘liq G‘arbiy 
yarimsharda
joylashgan. Uning shimoliy 
qismidan ekvator kesib o‘tadi. 
Shimoldan janubga 7 000 km, 
g‘arbdan sharqqa 5 000 km 
cho‘zilgan. U Amerika qit’asining 
bir bo‘lagi. Shimoliy va Janubiy
Amerika materiklarining chegarasi 
shartli ravishda Panama kanali 
orqali o‘tkaziladi. Materikni 
shimolda Karib dengizi, g‘arbda
Òinch okean, sharqda esa 
Atlantika okeani suvlari yuvib 
turadi   JANUBIY 
AMERIKA O‘rganilish tarixi  
Amerikaning  kashf  etilishi  haqida  aniq 
ma’lumotlar  yo‘q.  X.  Kolumbgacha,  ya’ni  XV 
asrdan  oldin  Amerikaga  xitoylar,  yaponlar, 
finikiyaliklar,  arablar,  inglizlar, 
skandinaviyaliklar,  okeaniyaliklar  borganligi 
haqida  dalillar  topilmoqda. Vatandoshimiz Abu 
Rayhon  Beruniy  o‘zining  „Hindiston“  asarida 
Amerika  quruqligining  mavjudligini  X. 
Kolumb  kashfiyotidan  450  yil  oldin  bashorat 
qilgan.   X.  Kolumb  „Yer  shar  shaklida“ 
degan  g‘oyaga  asoslanib,  Hindistonga 
g‘arbdan  yaqin  dengiz  yo‘li  bilan 
borish uchun safarga chiqadi. U 1492- 
yilning  12-  oktabr  kuni  San-Salvador
(ispancha  xaloskor  degani)  oroliga 
keladi.  Bu  sana Amerika  kashf  etilgan 
kun  tariqasida  geografiya  tarixiga 
kiritilgan.  Buyuk  geografik 
kashfiyotlar davrini boshlab bergan X. 
Kolumb  o‘zining  to‘rt  marta 
Amerikaga  qilgan  safarlari  chog‘ida 
ham  o‘zi  borgan  yerlarini  Hindiston 
deb o‘ylagan   X. Kolumb
A. Vespuchchi       A. Gumbold
E. Bonplan
G.I. Langsdorf
N.G.Rubsov
A.I.Vayeykov
N.I. Vavilov A. Nino 
R. Bastidas 
V. Ya. Pinson 
D. Lepe 
X. D. Solis P. Ya. Kabral  F. Magellan 
F. Dreyk 
D. Deyvis 
D. Strong 
A. S. Ionin 
N. M. Albov Janubiy Amrikani o’rgangan sayohatchi olimlar          Geologik tuzilishi
Qadimda  Janubiy  Amerika  yirik  Gondvana 
quruqligi  tarkibida  bo‘lgan.  Keyingi  geologik 
davrlarda  mustaqil  materikka  ajralgan  Tektonik 
harakatlar ta’sirida Janubiy Amerika platformasining 
cho‘kkan  joylarida  botiqlar  (Amazonka,  Orinoko, 
LaPlata)  va  ko‘tarilgan  qismlarida  yassitog‘liklar 
(Gviana,  Braziliya)  tarkib  topgan.  Yassitog‘liklarda 
lava  —  vulqon  yotqiziqlari  ko‘p  uchraydi. Alp  tog‘ 
burmalanishida  yosh  And  tog‘  tizmalari 
shakllangan.  Bu  yerlarda  harakatdagi  vulqonlar, 
kuchli zilzilalar bo‘lib turadi. Shu xususiyatiga ko‘ra 
sohil  zonasi  Tinch  okean  „olovli  halqasi“ga 
kiritilgan    Foydali qazilmalari 
Materikda  rudali  va  noruda  qazilma 
boyliklar  ko‘p  tarqalgan.  And  tog‘larining 
magmatik va metamorfik jinslarida  mis, qalay, 
qo‘rg‘oshin,  oltin,  kumush,  platina ,  noruda 
konlardan  oltingugurt,  bor,  yod,  tabiiy  selitra 
mavjud.  Braziliya  yassitog‘ligidagi  bazaltli  va 
metamorfik  jinslarda  temir,  olmos,  uran, 
marganes,  nikel,  kobalt,  volfram  zaxiralari 
ko‘p.  Cho‘kindi  tog‘  jinslari  to‘plangan 
botiqlarda  neft,  tabiiy  gaz,  toshko‘mir  konlari 
bor.    Relyefi 
Janubiy  Amerika  hududi  relyef  tuzilishiga  ko‘ra  ikki
qismga  bo‘linadi.  Birinchisi  tog‘li  g‘arb .  Bu  deyarli  meridianal
yo‘nalishdagi  eng  uzun  (9  000  km)  And  tog‘  tizmalaridir.  And
tog‘lari  ko‘p  qismida  tog‘  tizmalarini,  markaziy  qismida  tog‘lik
va  yassitog‘liklarni  (3  500  —  4  500  m)  hosil  qiladi.  Bu  yerda
dunyodagi  eng  baland  harakatdagi  vulqon  —  Lyulyaylyako  (6 
723 m), materikning eng baland nuqtasi Akonkagua (6 960 m) va
boshqalar bor.      Dunyodagi  eng  baland  tog‘  ko‘llaridan  biri  (Titikaka, 
3  810  m)  ham  shu  yerda  joylashgan.  Materikning 
ikkinchi  —  sharqiy  qismi  katta  maydonlarni  egallagan 
tekislik  va  yassitog‘liklardan  iborat. Dunyodagi eng yirik 
Amazonka,  nisbatan  kichikroq  La-Plata  va  Orinoko 
pasttekisliklari,  ular  oralig‘idagi  Braziliya  va  Gviana 
yassitog‘liklari shu hududda joylashgan.               E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT

MAVZU: JANUBIY AMERIKA MATERIGINING GEOGRAFIK O’RNI, O’RGANISH TARIXI, GEOLOGIK TUZILISHI, FOYDALI QAZILMALARI. RELYEFI

Dunyodagi eng uzun va eng sersuv daryosi, eng baland va eng keng sharsharasi, eng katta iloni, eng mitti „odamxo‘r“ balig‘i, eng uzun tog‘i, eng katta daryo havzasi, eng balandda joylashgan chuchuk suvli katta ko‘li, eng baland harakatdagi vulqoni, eng qalin Amazoniya o‘rmonlari —„sayyoramiz o‘pkasi“ bor. Eng sernam materik.

Janubiy Amerika to‘liq G‘arbiy yarimsharda joylashgan. Uning shimoliy qismidan ekvator kesib o‘tadi. Shimoldan janubga 7 000 km, g‘arbdan sharqqa 5 000 km cho‘zilgan. U Amerika qit’asining bir bo‘lagi. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining chegarasi shartli ravishda Panama kanali orqali o‘tkaziladi. Materikni shimolda Karib dengizi, g‘arbda Òinch okean, sharqda esa Atlantika okeani suvlari yuvib turadi

JANUBIY AMERIKA

O‘rganilish tarixi Amerikaning kashf etilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. X. Kolumbgacha, ya’ni XV asrdan oldin Amerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar, skandinaviyaliklar, okeaniyaliklar borganligi haqida dalillar topilmoqda. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o‘zining „Hindiston“ asarida Amerika quruqligining mavjudligini X. Kolumb kashfiyotidan 450 yil oldin bashorat qilgan.