Janubiy Amerikaning tabiiy-geografik o‘lkalari
Janubiy Amerikaning tabiiy- geografik o‘lkalari. Aholisi
Tabiiy geografik o`lkalari • Janubiy Amerika hududining relyefidagi tafovutlariga asoslanib, unda ikkita yirik tabiiy-geografik o‘lka ajratilgan - Tog‘li G‘arb va Tekislikli Sharq. O‘z navbatida, bu o‘lkalar tabiiy xususiyatlariga qarab bir necha kichikroq tabiat komplekslariga bo‘linadi. Jumladan tog‘li hududida Shimoliy, Markaziy va Janubiy And, tekislikli hududida esa Orinoko, Amazoniya, Gviana va Braziliya yassitog‘lari, Patagoniya kabi kichik tabiiy- geografik o‘lkalarni ajratish mumkin. Quyida ayrim tabiat komplekslariga qisqacha tavsif beramiz.
Amazoniya • Amazoniya materikning eng katta botqoqlashgan pasttekisligidir. U Gviana va Braziliya yassitog‘liklari oralig‘ida joylashgan. Bu pasttekislik platformaning botiq qismi dengiz, ko‘l va daryo yotqiziqlari bilan to‘lishi natijasida paydo bo‘lgan. • Amazoniya Yer yuzidagi issiq va nam iqlimli o‘lka hisoblanadi.