logo

TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

9720.5 KB
    Tabiiy geografik jarayonlarning
tabiiy omillar ta’sirida sodir 
bo‘ladigan, ya’ni nurash, sel, eroziya,
abraziya, surilma, karst, sho‘rlanish 
kabilarning kelib chiqish sabablarini
o‘rganish va sodir bo‘lish jarayonlarini 
tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.  Tabiatda sodir bo‘layotgan jarayonlarga 
ta’sir qiluvchi antropogen omillar: masalan, 
yerlarning sho‘rlanishi,  irrigatsiya eroziyasi,
o‘pirilishlar,  cho‘llashish  kabilarni tahlil 
qilish, ularning oldini o lish
choralarini ishlab chiqish muhim ekanini 
mavzuni o‘rganish davomida
bilib olasiz. Tabiiy geografik 
jarayonlar deb,  Yerning 
tashqi (ekzogen) 
kuchlari
va inson xo‘jalik 
faoliyati ta’sirida sodir 
bo‘ladigan jarayonlarga 
aytiladi.  Ular rivojlangan 
hududlarda turli xil 
inshootlarni joylashtirish,
qurish va ishlatishda 
ma’lum bir qiyinchiliklar 
yuzaga keladi. Shuning uchun bunday 
jarayonlar rivojlangan va 
tarqalgan joylarda
turli xil inshootlar 
qurishning ilmiy asoslarini 
ishlab chiqish muammosi
vujudga kelmoqda. Sel, surilma, ko‘chki, 
botqoqlanish, ko‘p yillik 
muzloq, qurg‘oqchilik,
o‘pirilma tarqalgan joylarda 
qurilish ishlari olib borish 
uchun hozirgi
paytda maxsus qoidalar, 
yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan. sel Tabiiy omillar, o‘z 
navbatida, ikki katta 
guruhga bo‘linadi: 
Yerning
ichki kuchlari bilan 
bog‘liq va tashqi kuchlar 
bilan bog‘liq bo‘lgan
omillar. Yerning ichki kuchlari endogen 
(yunoncha «endo» – ichki, 
«genos»– kelib chiqish) kuchlar deb 
ataladi. Ular ta’sirida vulqonlar 
otiladi,zilzilalar, tektonik harakatlar 
sodir bo‘ladi. Bunday jarayonlar 
endogen
yoki geologik jarayonlar deb ataladi. ICHKI  KUCHLAR VULQON ZILZILALAR   Fizik nurash, asosan, harorat va 
namlikning o‘zgarishi natijasida sodir
bo‘ladi. Kunduzi havo haroratining 
ko‘tarilib ketishi natijasida tog‘ jinslarida
darzlar hosil bo‘lib, ular bo‘laklarga 
bo‘linib ketadi. Ammo tog‘ jinslarining 
kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydi. Fizik nurash 
cho‘llarda va qoyali
tog‘larda keng tarqalgan. Kimyoviy nurash deb, havo, 
suv ta’sirida tog‘ jinslarining 
yemirilishi
va kimyoviy o‘zgarishiga 
aytiladi. Kimyoviy nurash 
ta’sirida barqaror
minerallar hosil bo‘ladi. Organik nurash deb,  tog‘ 
jinslarining organizmlar 
(o‘simlik, hayvonot
dunyosi, mikroorganizmlar) 
ta’sirida yemirilishiga aytiladi. NURASH  Eroziya (lotincha «erosio» – yemirish, yuvilish) deb 
tog‘ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida 
yuvilishiga aytiladi. Eroziya yuzalama va chiziqli 
turlarga bo‘linadi. Yuzalama eroziya jarayoni tog‘ 
yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Uning oqibatida tog‘ 
yonbag‘irlaridagi  jinslar yuvilib, pastga tushadi. 
Yumshoq jinslardan tashkil topgan qiya joylarda 
yuvilish natijasida jarlar vujudga keladi. Chiziqli 
eroziya daryo eroziyasi deb ham ataladi. Buning 
natijasida daryo o‘zanlari va qirg‘oqlari yuviladi. 
Daryo qirg‘oqlarining yuvilishi Xorazm va 
Qoraqalpog‘istonda «deygish» deyiladi. Amudaryo 
1925-yilda sobiq To‘rtko‘l shahrining yaqinidan 
oqqan. 1938-yilga kelib Amudaryo shaharni yuvib 
keta boshladi, 1950-yilga kelib esa daryo To‘rtko‘l 
shahrini butunlay yuvib ketgan.
Keyinchalik daryodan ancha uzoqda yangi, hozirgi 
To‘rtko‘l shahri bunyod etildi. EROZIYA Abraziya (lotincha «abrasio» – 
qirish, qirtishlash) deb, okean, 
dengiz va ko‘l qirg‘oqlarining 
to‘lqinlar tomonidan yemirilishi va 
tekislanishiga aytiladi. Abraziya 
natijasida okean va dengiz, ko‘l 
qirg‘oqlarida tekisliklar hosil bo‘ladi. 
Respublikamizdagi yirik ko‘llar va 
suvomborlarining qirg‘oqlarida 
abraziya jarayonini kuzatish 
mumkin.  Sel – tog‘ vodiylari, soylar va jarlardan qisqa vaqt ichida 
juda katta tezlik bilan oqib keluvchi tosh aralash loyqa 
suv oqimi. Sellar tog‘li o‘lkalarda jala yog‘ishi natijasida 
yuzaga keladi. Sellar o‘zi bilan birga loyqa va toshlarni 
olib keladi. Tezligi soatiga 10–15 km ni tashkil etishi 
mumkin. U yo‘lda uchragan hamma narsani yuvib ketadi 
va juda katta moddiy va ma’naviy zarar yetkazadi. Sel 
hodisasi O‘rta Osiyoda, Kavkaz, G‘arbiy Yevropa, 
Shimoliy va Janubiy Amerikaning tog‘li o‘lkalarida 
ko‘proq sodir bo‘ladi. Respublikamizning tog‘li 
hududlarida ham sel hodisalari tez-tez bo‘lib turadi. 
Ularning zararini kamaytirish va sel suvlaridan 
foydalanish uchun tog‘ yonbag‘irlari va tog‘oldilarida 
selxonalar qurilgan. sel Karst deb, suvda yaxshi eriydigan tog‘ jinslarining yer usti 
va osti suvlari ta’sirida eritilib, oqizib ketilishiga va 
yerostida turli xil bo‘shliqlar (g‘orlar)ning, yer yuzasida 
esa o‘pirilmalar va chuqurliklar hosil bo‘lishiga
aytiladi. Suvda tez eriydigan jinslarga ohaktosh, dolomit, 
bo‘r, mergel, gips va turli xil tuzlar kiradi. Bunday jinslar 
tarqalgan joylarda qurilish ishlari olib borish ancha 
murakkab jarayon hisoblanadi. Surilma deb, tog‘ jinslarining og‘irlik kuchi ta’sirida yonbag‘ir 
bo‘ylab pastga surilib tushishiga aytiladi. Surilmalar, asosan, 
tog‘li o‘lkalarda sodir bo‘ladi .Ko‘pincha suvli va suv 
o‘tkazmaydigan gilli qatlamlar ustma-ust joylashgan tik 
yonbag‘irlarda ro‘y beradi. Surilmalar ham sellar kabi 
xo‘jalikka juda katta moddiy zarar yetkazadi. Yonbag‘irlar
tuproq va o‘simliklarini olib ketib, yo‘l va inshootlarni 
ko‘mib yuboradi.
Surilmaning oldini olish uchun yonbag‘irlarda suvli qatlamga 
tushadigan suv miqdorini kamaytirish tadbirlari amalga 
oshiriladi. Antropogen omillarga insonning turli xil xo‘jalik faoliyati 
kiradi:qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, konchilik sanoati, 
metallurgiya, qurilish,transport va boshqalar. Antropogen 
omillar ta’sirida antropogen yoki texnogen
jarayonlar sodir bo‘ladi. Bunday jarayonlarga
surilmalar, yer yuzasining cho‘kishi,
o‘pirilma lar, yerosti suvlari sathining
ko‘tarili shi yoki pasayishi, daryo va
ko‘llarning qurishi, yangi suv havzalarining
vujudga kelishi, yerlarning sho‘rlanishi
kabilar kiradi. Mazkur jara yonlar
xo‘jalik faoliyatiga katta zarar yet kazadi.  MAV ZUGA OID TESTLAR.
1.“Asr surilmasi” nomini olgan surilmani toping.
a)Angren
b)Dukent
c)Ohangaron
d)Otchasoy
2.Ohangaron vodiysida hosil bo‘lgan surilma natijasida qaysi 
qishloq tamoman boshqa joyga ko‘chirildi?
a)Teshiktosh
b)Dukent
c)Niyozboshsoy
d)Qorabag‘ir
3.Havo, suv ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishi va o‘zgarishi- bu 
…
a)kimyoviy nurash
b)fizik nurash
c)organik nurash
d)yuzalama erroziya 4.Nima sababdan Ohangaron vodiysida uzunligi 44 kilometr, kengligi 22 
kilometr, maydoni 55 kvadrat kilometr, chuqurligi 100- 120100−120 metr, 
hajmi 700- 800700−800 million kub metr bo‘lgan ulkan surilma vujudga 
keldi?
a)Ohangaron daryosida yangi to‘g‘on qurilib, suvning bir qismi kanal 
orqali yuborilayotganligi tufayli
b)Ohangaron daryosining yangi o‘zan bo‘ylab o‘zgarishi tufayli
c)tog‘ yonbag‘irlarida yangi sanoat korxonalari va dam olish 
maskanlarining qurilish tufayli
d)uzoq vaqt davomida ko‘mirni gazga aylantirish oqibatida
5.Abraziya hodisasi qayerda ko‘p bo‘lib turadi?
a)tog‘ va tog‘oldi hududlarida
b)okean va dengiz qirg‘oqlarida
c)daryo sohillarida
d)daryo va ko‘l qirg‘oqlarida
6.Chiziqli eroziya yana qanday ataladi?
a)daryo eroziya
b)qirg‘oq eroziya
c)chuqur eroziya
d)yuzaki eroziya 7.“Deygish” hodisasi tufayli 19501950- yili yuvilib ketgan shahar qaysi?
a)Nukus
b)To‘rtko‘l
c)Mang‘it
d)Beruniy
8.Zilzila hodisalarini o‘rganuvchi fan qaysi?
a)geofizika
b)seysmologiya
c)geologiya
d)neotektonika
9.Quyidagi ta’rif asosida zilzila kuchi va balini aniqlang. “Imoratlar kuchli 
shikastlanadi, tog‘larda surilmalar paydo bo‘ladi”.
a)8,8 ball, vayron qiluvchi
b)6,6 ball, kuchli
c)9,9 ball, juda vayron qiluvchi
d)7,7 ball, juda kuchli
10.Nazarbekda qachon zilzila bo‘lib o‘tgan?
a)19591959- yili
b)19461946- yili
c)19761976- yili
d)19801980- yili UYGA VA ZIFA :TABIIY  
GEOGRAFIK   JARAYONLAR 
HAQIDA MA’LUMOTLAR 
TO’PLAB VA
O’ZBEKISTONDAGI 
ANTROPOGEN JARAYONLAR 
 HAQIDA O’Z FIKRINGIZNI 
BILDIRASIZLAR .
  :

Tabiiy geografik jarayonlarning tabiiy omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan, ya’ni nurash, sel, eroziya, abraziya, surilma, karst, sho‘rlanish kabilarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va sodir bo‘lish jarayonlarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.