O‘RTA OSIYONING KICHIK O‘LKALARI VA TABIIY RAYONLARI
O‘RTA OSIYONING KICHIK O‘LKALARI VA TABIIY RAYONLARI
• 1. O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasining o‘ziga xos tabiiy xususiyatlari nimalardan iborat? • 2. Turon va Qozog‘iston kichik o‘lkalarini ajratib turuvchi tabiiy chegaraning qayerlardan o‘tganini xaritadan ko‘rib chiqing.
Т uron kichik o‘lkasiga g‘arbda Kaspiy dengizi sohillaridan sharqda Farg‘ona va Ko‘kshag‘altog‘ tizmalari tutashgan yergacha, shimolda Qizilo‘rdadan janubdan 34° shimoliy kenglikkacha yoyilgan juda katta hudud kiradi. 3 4 21
Shimoliy chegaralari Ustyurtning janubiy chinklari va Qizilqumning shimolidagi tekisliklar orqali o‘tsa, sharqiy va janubiy chegaralari Qoratov, Talas Olatovi, Farg‘ona, Sariko‘l, Hindukush, Safedko‘h, Nishopur, Elbrus tog‘larining suvayirg‘ichlaridan o‘tadi. 1 8 75432 911 10
Kichik o‘lka hududining taxminan yarmini tashkil etadigan shimoli-g‘arbiy qismi yer yuzasi dengiz sathidan 200 m gacha baland bo‘lgan pasttekisliklardan iborat. Kaspiy dengizi sohillari esa dengiz sathidan ham past. 1 2 Qizilqum Qoraqum