logo

O‘RTA OSIYONING GEOGRAFIK O‘RGANILISH TARIXI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8961.080078125 KB
O‘RTA OSIYONING GEOGRAFIK 
O‘RGANILISH
TARIXI         
           1. «Buyuk i р ak yo‘li» haqida nimalarni bilasiz? 
           2. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rgangan allomalardan 
     
               kimlarni  bilasiz?
           3. O‘rta Osiyo hududida qadimda mavjud  
               bo‘lgan  davlatlardan qaysilarini 
               «O‘zbekiston tarixi» darsliklaridan 
              o‘rgangansiz? O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish juda qadim davrlardan 
boshlangan. Chunki O‘rta Osiyo G‘arb va Sharq 
davlatlari o‘rtasidagi muhim xalqaro savdo yo‘lida 
joylashgan. O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Gerodot,
Strabon, Arrian, Ptolemey va boshqalarning asarlarida 
uchratish  mumkin. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish tarixi 
bir necha  bosqichdan iborat. Birinchi bosqich —«Buyuk i р ak yo‘li» mavjud bo‘lgan 
davr. Ipak yo‘li miloddan avvalgi II asrdan milodning 
XVI asrigacha asosiy savdo yo‘li hisoblangan. Bu 
davrda O‘rta Osiyo tabiati xitoy, arab va mahalliy 
olimlar tomonidan o‘rganildi. Xitoy sayyohi Chjan-Syan 13 yil davomida (miloddan 
avvalgi 138—126- yillar) Issiqko‘l atrofi, Farg‘ona va 
Xorazm tabiatini, aholisi va xo‘jaligini o‘rgandi. Milodning VII asrida Syuan-Szan 16 yil davomida (629
—645- yillar)  Т yanshan, Yettisuv, Chu vodiysi, 
Т oshkent, Samarqand va Pomir tabiatini
o‘rganib, muhim geografik asar yozib qoldirgan. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo tabiati arab olimlari 
tomonidan o‘rganilgan. Arab sayyohlari va olimlari 
tomonidan O‘rta Osiyo tabiati va uning tabiiy geografik 
o‘lkalari haqida juda ko‘p geografik ma’lumotlar yozib 
qoldirilgan. Abul Hasan Ali Ma’sudiy (X asr) O‘rta Osiyo va 
Kavkaz geografiyasi haqida asar yozgan, Abu Is’hoq 
Istaxriy (X asr) «Iqlimlar kitobi»,  Yoqut ibn Abdulla (XII—XIII asrlar) «Mamlakatlarning 
alifbo tartibida ro‘yxati» nomli asar yozgan. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga shu yerlik olimlar ham 
juda katta hissa qo‘shgan. Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy (IX  asr) O‘rta Osiyo geografiyasiga asos 
solgan, uning «Yer  tasviri» nomli asari o‘z zamonasida 
eng mukammal geografik asar bo‘lgan. Bu asar 1878- 
yilda rus tiliga tarjima qilingan. O‘rta Osiyo tabiati, geologik tuzilishi, foydali 
qazilmalari, xo‘jaligi, tarixi haqida buyuk olim Abu 
Rayhon Beruniy (X—XI asrlar) juda qimmatli 
ma’lumotlar yozib qoldirgan. Uning dunyo xaritasida O‘rta Osiyodagi ko‘p joylar va 
ularning nomlari berilgan. Mahmud Koshg‘ariy (XI asr) ham O‘rta Osiyoni, uning 
tabiatini o‘rgangan bo‘lib, o‘zining mashhur «Devon-u 
lug‘otit turk» asarida ko‘p joy nomlari va geografik
atamalar haqida yozib qoldirgan. Zahiriddin Muhammad  Bobur (XV—XVI asrlar) 
«Boburnoma» asarida O‘rta  Osiyo tabiati, ayniqsa, 
Farg‘ona vodiysidagi joylar haqida muhim ma’lumotlar 
keltirgan. Ikkinchi bosqich—bu davr O‘rta Osiyoning Rossiya 
imperiyasi tomonidan bosib olinishi arafasidan to oktabr 
to‘ntarishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘rta 
Osiyo bu bosqichda har tomonlama turli maqsadlarda, 
shu jumladan, harbiy maqsadda o‘rganildi. O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib 
olinguniga qadar uning tabiati I. Xoxlov(1620), B. 
Pazuxin (1669—1673), Benevini (1718—1725), F. 
Yefremov,  G. S. Karelin va boshqalar tomonidan 
o‘rganildi. Ular, asosan, Xorazm, Qoraqum, Qizilqum, Markaziy 
Qozog‘iston, Orol dengizi tabiatini o‘rgandilar.  O‘rta Osiyo Rossiyaning mustamlakasiga 
aylantirilgandan keyin tabiiy boyliklaridan ko‘proq, 
to‘liqroq foydalanish maqsadida uning tabiatini 
o‘rganish yana ham kengaydi. Bu davrda uning tabiati, xo‘jaligini P. P. Semyonov-
Т yanshanskiy (1856—1897), N. A. Seversov
(1864—1878), A. P. Fedchenko (1868—1871), I. V. 
Mushketov  (1877—1880), V. A. Obruchev, L. S. Berg 
va boshqalar o‘rgandilar. Natijada, O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi, foydali
qazilmalari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi haqida 
muhim ilmiy ma’lumotlar olindi. Uchinchi bosqich  — oktabr to‘ntarishidan O‘zbekiston
mustaqillikka erishgungacha bo‘lgan davr. Bu davrda 
O‘rta Osiyo tabiiy boyliklari tez sur’atlar bilan 
o‘zlashtirila boshlandi. Uning geologiyasi, relyefi, 
iqlimi, ichki suvlari, tuprog‘i, o‘simligi va hayvonot 
dunyosi, chuqur va har tomonlama o‘rganildi. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga
N. L. Korjenevskiy, D. I. Sherbakov, D. V. Nalivkin, 
H.M. Abdullayev, Q. Zokirov,  Т.  Zohidov, V. L. Shuls, 
L. N. Babushkin, N. D. Dolimov, M. Qoriyev, H. 
Hasanov, N. A. Kogay va boshqa olimlar katta hissa 
qo‘shdilar. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin 
geografik tadqiqotlar tabiatdan, uning boyliklaridan 
to‘g‘ri foydalanish, muhofaza qilish masalalarini 
o‘rganishga yo‘naltirildi.  Ayniqsa, suv boyligimiz va uni muhofaza qilish, atrof-
muhitni toza tutish, tabiiy geografik jarayonlarni, inson 
va tabiat munosabatlari
masalalarini o‘rganishga e’tibor berilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P.Baratov, M. Mamatqulov –Geografiya (O‘rta Osiyo 
tabiiy geografiyasi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi) 
– umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun 
darslik — Toshkent; „O‘qituvchi“ NMIU, 2017 / 
www.eduportal.uz

O‘RTA OSIYONING GEOGRAFIK O‘RGANILISH TARIXI

1. «Buyuk i р ak yo‘li» haqida nimalarni bilasiz? 2. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rgangan allomalardan kimlarni bilasiz? 3. O‘rta Osiyo hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlardan qaysilarini «O‘zbekiston tarixi» darsliklaridan o‘rgangansiz?

O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish juda qadim davrlardan boshlangan. Chunki O‘rta Osiyo G‘arb va Sharq davlatlari o‘rtasidagi muhim xalqaro savdo yo‘lida joylashgan.

O‘rta Osiyo haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Gerodot, Strabon, Arrian, Ptolemey va boshqalarning asarlarida uchratish mumkin. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganish tarixi bir necha bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich —«Buyuk i р ak yo‘li» mavjud bo‘lgan davr. Ipak yo‘li miloddan avvalgi II asrdan milodning XVI asrigacha asosiy savdo yo‘li hisoblangan. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiati xitoy, arab va mahalliy olimlar tomonidan o‘rganildi.