Shimoliy Amerikaning geografik o‘rni, o‘rganish tarixi,
Shimoliy Amerikaning geografik o‘rni, o‘rganish tarixi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefi
Asosiy xususiyatlari. • Dunyodagi eng katta oroli bor materik (Grenlandiya, 2,1 mln km kv.), eng katta arxipelag shu materikda (Kanada Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng uzun g‘ori (Flint-Mamont, 500 km), eng go‘zal va maftunkor sharsharasi bor (Niagara, bir yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 m).
Geografik o‘rni • Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan Qutb tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi. • Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilan tutashgan. Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi (kengligi 85 km) orqali ajralib turadi. Shimoliy va sharqiy qirg‘oqlari kuchli parchalangan.
O` rganish tarixi. • Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi. XVII asrda G.Gudzon, A.Makenzi va boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o‘rganishdi. XX asr boshida R.Amundsen birinchi bo‘lib materikning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab suzib o‘tdi va Shimoliy magnit qutbining geografik o‘rnini aniqladi.1732- yilda rus sayyohlaridan I.Fyodorov va M.Gvozdev materikning shimoli-g`arbiy sohillarini o`rgandi.Aleut orollari va Alyaska sohillarini o`rganish va xaritaga tushirish ishlarini V.Bering, A.Chirikovlar bajarishdi (1741-y) . Savdo- sotiq ishlarini yo`lga qo`yishda G.Shelexovning xizmatlari katta bo`ldi.O`sha paytda Shimoli-g`arbiy Amerikani Alyaska deb atashgan. U 1798- yilda ruslar tomonidan monopoliyaga aylantirilgan va "Rus Amerikasi" nomi bilan atala boshlangan. 1867- yilda Alyaska AQSHga sotib yuborilgan, •