logo

Yevrosiyo. Tabiiy-geografik o‘rni, o‘rganish tarixi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4081.5 KB
Yevrosiyo.  
Tabiiy-geografik  o‘rni,  
o‘rganish  tarixi Asosiy xususiyatlari. 
•
Yer yuzasidagi eng katta, eng baland supermaterik 
( 8848 m), Shimoliy yarimsharning «sovuqlik qutbi» 
mavjud eng yirik yarimoroli, eng chuqur g‘ori, eng 
chuqur va eng katta ko‘li bor, eng uzun (300 m) 
lianalar ham shu yerda o‘sadi, Shimoliy 
yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat 
zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, Yer 
sharidagi (sakkizminglik) 14 ta cho‘qqining barchasi 
shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar 
maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, berk havzalar 
maydoniga ko‘ra yetakchi, «Qor chizig‘i - balandlik 
qutbi» eng balanddan o‘tgan joy (6400 m, Markaziy 
Tibet) shu yerda.    Tabiiy-geografik o‘rni 
•
Yevrosiyo materigi Shimoliy yarimsharda to‘liq 
joylashgan. Faqat Osiyo qit'asining orollari Janubiy 
yarimsharga kirib boradi. Qirg‘oqlarini to‘rtta okean 
suvlari o‘rab turadi. 
•
Yevrosiyo materigi quruqlik maydonining deyarli 36,5 
% ini egallaydi. Bu materik Yevropa (maydoni 10 mln 
kv. km) va Osiyodan (maydoni 44 mln kv. km) tashkil 
topgan.  Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning 
(assiriya) Yerep - g‘arb va Osiyo atamasi esa Osu 
sharq so‘zlaridan kelib chiqqan.  Yevrosiyo materigi 
sharqda Bering bo‘g‘izi orqali Shimoliy Amerikadan 
ajralsa, g‘arbda Gibraltar bo‘g‘izi uni Afrikadan ajratib 
turadi.   •
Yevrosiyoning Atlantika va Tinch okean 
qirg‘oqlari kuchli parchalangan. Materikning 
atrofida minglab orol va ko‘plab yarimorollar 
joylashgan. Bu borada Tinch okean 
sohillarida zanjirsimon ulanib ketgan orollar 
halqasi alohida ajralib turadi. Agar 
materikning chekka nuqtalari orollardan 
hisoblansa, Shimoliy qutbga atigi 10° qoladi, 
Janubiy yarimsharga esa 11° kirib boradi.   O‘rganish tarixi. 
•
Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazi 
hisoblanadi. Jumladan, qadimgi Vaviloniya, 
Hindiston, Xitoy hududida madaniyat bir necha 
ming yilliklar avval rivojlangan. Dastlabki 
geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda 
kashf etilgan. Eratosfen va Ptolemey tuzgan 
xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Afrika aks 
ettirilgan. Materik to‘g‘risidagi dastlabki 
geografik ma'lumotlar qadimgi faylasuf, 
tabiatshunos allomalardan Gerodot (er. av. 
485-425 yillar), Geraklit (er.av. IV asr), Strabon, 
Aflotun, Aristotel, Ptolemey va boshqalarning 
asarlarida berilgan.  Eratosfen chizgan xaritasi •
Yevrosiyoning ichki o‘lkalari tabiatini o‘rganishda o‘rta 
osiyolik geograf olimlarning xizmatlari juda katta. O‘rta 
Osiyo va Arab geografiyasiga asos solgan Muhammad 
ibn Muso al-Xorazmiyning (780-847) xizmatini alohida 
ta'kidlash lozim. Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida 
tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o‘rganishga 
alohida e'tibor bergan. Uning boshchiligida 70 ga yaqin 
olimlar «Jahon xaritalari»ni tuzishgan. Bu xaritalar 
asosida Xorazmiy «Kitob surat al-arz» (Yerning surati) 
kitobini yozgan. Kitobga o‘nlab xaritalar va ularning 
izohi ilova qilingan. Ko‘plab geografik ob'yektlarga 
tavsif berib, koordinatalarini o‘lchagan va Yer 
kurrasining kattaligini aniqlagan.  Muso al-Xorazmiyning 
(780-847)
•
Xorazmiy yunon olimi Ptolemeydan 
keyin yashagan buyuk geograflaridan 
birinchisi sanaladi. Uning "Surat 
alArz" asari (boshqa nomi "Al Xorazm 
geografiyasi", to`liq nomi Ptolemey 
taklif etgan "Geografiya" kitobidan 
Abu Ja`far Muhammad ibn Muso 
alXorazmiy taskin etgan Yer surati — 
shaharlar, tog`lar, dengizlar, orollar 
va daryolar kitobi") fan tarixidagi 
muhim manbalardan biridir. Kitob 
Ptolemeyning "Geografiya"si asosida 
yozilgan bo`lsada, shunchaki sharh 
emas, balki mustaqil asar 
hisoblanadi. Unda birinchi marta Yer 
sirtini yetti iqlimga bo`lish ilmiy 
yondashuv bilan, iqlimlarning 
geografik kattaliklari asosida berilgan. Abu Rayhon Beruniy
•
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Hindistonda 
yashagan davrida o‘lkaning daryolari, 
tog‘lari, o‘simlik va hayvonot olamini batafsil 
o‘rganib, «Hindiston» asarini yaratdi. U 
Amudaryo misolida «daryolar keltirayotgan 
tog‘ jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv 
oqimining tezligiga to‘g‘ri proporsional» 
ekanligini aniqladi.  •
Bu, keyinchalik, Beruniy 
qonuni deb aytiladigan 
bo‘ldi. Beruniy Qoraqum va 
Qizilqum hududlarining 
paydo bo‘lishini, 
materiklarning siljish 
g‘oyasini birinchilardan 
bo‘lib aytgan. Beruniy 1010-
1017 yillarda Xorazmda 
olimlarni birlashtirib «Fanlar 
akademiyasi» («Ma'mun 
akademiyasi»)ni barpo etdi. 
Olimlar orasida Ibn Sino ham 
bo‘lgan. Olimlar geografiya, 
astronomiya  ,  geodeziya  , 
matematika, kartografiya, 
geologiya kabi fanlarni 
rivojlantirganlar.

Yevrosiyo. Tabiiy-geografik o‘rni, o‘rganish tarixi

Asosiy xususiyatlari. • Yer yuzasidagi eng katta, eng baland supermaterik ( 8848 m), Shimoliy yarimsharning «sovuqlik qutbi» mavjud eng yirik yarimoroli, eng chuqur g‘ori, eng chuqur va eng katta ko‘li bor, eng uzun (300 m) lianalar ham shu yerda o‘sadi, Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, Yer sharidagi (sakkizminglik) 14 ta cho‘qqining barchasi shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, berk havzalar maydoniga ko‘ra yetakchi, «Qor chizig‘i - balandlik qutbi» eng balanddan o‘tgan joy (6400 m, Markaziy Tibet) shu yerda.

Tabiiy-geografik o‘rni • Yevrosiyo materigi Shimoliy yarimsharda to‘liq joylashgan. Faqat Osiyo qit'asining orollari Janubiy yarimsharga kirib boradi. Qirg‘oqlarini to‘rtta okean suvlari o‘rab turadi. • Yevrosiyo materigi quruqlik maydonining deyarli 36,5 % ini egallaydi. Bu materik Yevropa (maydoni 10 mln kv. km) va Osiyodan (maydoni 44 mln kv. km) tashkil topgan. Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep - g‘arb va Osiyo atamasi esa Osu sharq so‘zlaridan kelib chiqqan. Yevrosiyo materigi sharqda Bering bo‘g‘izi orqali Shimoliy Amerikadan ajralsa, g‘arbda Gibraltar bo‘g‘izi uni Afrikadan ajratib turadi.