Klavixoning O’rta Osiyo haqidagi ma’lumotlari
“ Klavixoning O’rta Osiyo haqidagi ma’lumotlari”
Klavixo, Rui Gonsales de Klavixo Kastiliya qiroli Genrix III ning Amir Temur huzuriga yuborgan 2-elchiligi rahbari. K lavixo badavlat xonadonda tug ilgan. Elchilar 1403-yil 22-mayda Kadis shahridan yo lga ʻ ʻ chiqib, 15 oydan so ng Samarqandga yetib kelgan. K ʻ lavixo tomonidan yozilgan elchilik kundaligi (1403—06) bosib o tilgan manzillar (Kadis, Balear o.lari, Gaeta, Messina, ʻ Rodos, Xios, Konstantinopol, Trapezunt, Arzirum, Tabriz, Tehron, Nishopur, Mashhad, Balx, Buxoro, Samarqand)ning batafsil bayoni va etnografik ma lumotlardan tashqari, ʼ Amir Temur saltanatining mukammal siyosiy-iqtisodiy tafsilotidan iborat. K lavixo ning safar xotiralari 1-marta 1582 -yili Argonte de Molina shahrida "Buyuk Temur tarixi" nomi bilan nashr etilgan. Asarda Amir Temurning Samarqanddagi Bog i Dilkushoda o tkazgan ʻ ʻ qabul marosimi, ushbu bog tavsifi, shuningdek, Amir Temurning obodonchilik soxasida ʻ olib borgan siyosati batafsil bayon etilgan. U Yaqin Sharq va O rta Osiyo xalqlari tarixi ʻ bo yicha qimmatli manba hisoblanadi. ʻ
Klavixo, Rui Gonsales de Klavixo
Klavixoning Amir Temur yurtiga qilgan elchilik sayohati 1403 yilning 22 mayida boshlanib, o‘n besh oy deganda u Samarqandga yetib keldi. Bu sayohatda Klavixoga ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) Alfonso Paes de Santa Mariya, qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh bo‘ldilar. Klavixoning safari Amir Temurning 1402 yilda Ispaniyaga xoja Muhammad qozi boshchiligida yo‘llagan elchiligiga javoban qilingan edi. Tarixiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, XIV asrning 80—90-yillarida Temur davlatining shon-shuhrati Ovro‘po mamlakatlaritacha borib yetdi.
«Samarqandga - Temur saroyiga 1403-1406- yillardagi sayohat kundaligi» . Klavixoning «Kundalik»lari uning 1403-1404-yillari Turkiya, Eron va Movarounnahrda, xususan, Amir Temur saroyida ko`rgan bilganlarini o`z ichiga olgan muhim asardir. Klavixoning Samarqandga safari juda uzoq, xavf-xatar va mashaqqatlarga to`la bo`lgan. Klavixo va uning hamrohlari Ispaniyaning janubi-sharqida joylashgan Kadis shahridan kemada O`rtayer dengizi bo`ylab suzib, so`ngra Turkiyaning Istanbul, Trabzon, Arzirum, Eronning Tabriz, Tehron, Mashhad va Xurosonning Marv va Balx shaharlari orqali quruqlikda uzoq yo`l bosishgan. Klavixo va uning sheriklari Termiz shahri yonida Amudaryodan kechib o`tishgan.