KO`CHIRMA VA O`ZLASHTIRMA GAPLAR
MAVZU : KO`CHIRMA VA O`ZLASHTIRMA GAPLAR .
O`zganing gapi hech o`zgarishsiz nutqqa olib kirilgan gap ko`chirma gap, mazmuni saqlanib , shakli o`zgartirilgan gap o`zlashtirma gap hisoblanadi:. Misollarni qiyos qiling: O.Hojieva yozadi: « Xalqni og`ir sinovlar, mashaqqatlar ulug` o`zgarishlar jipslashtiradi , uning kuch- qudratini imtihon qiladi». - ko`chirma gap; O. Hojieva xalqni og`ir sinovlar, mashaqqatlar , ulug` o`zgarishlar jipslashtirishini, uning kuch-qudratini imtihon qilishini yozadi. - o`zlashtirma gap.
KO`CHIRMA GAPLARNI O`ZLASHTIRMA GAPGA AYLANTIRISH . Ko`chirma gap o`zlashtirilma gapga aylantirilganda, ko`chirma gapli qo`shma gap sodda gap shaklini oladi. Haydarov otadan so`radi: «Qayergacha quvib bordingiz?» - Haydarov otadan qayergacha quvib borganligini so`radi. Ko`chirma gap quyidagi shakliy o`zgarishlar bilan o`zlashtirma gapga aylanadi:
Darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi: «Qo`li gullar cho`lni bo`ston etar», - dedi bobom. – Bobom qo`li gullar cho`lni bo`ston etishini aytdi. ko`chirma gapning egasi o`zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga aylanadi: Bola dedi: «O`zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman». – Bola o`zining boshqa mamlakatdan kelib qolganligini aytdi. muallif gapining kesimi – dedi - o`zlashtirma gapda – aytdi – so`zi bilan almashtiriladi: «Kitob – aqlning kaliti», - dedi o`qituvchimiz. – O`qituvchimiz kitobning aql kaliti ekanligini aytdi . muallif gapining egasi ko`chirma gap egasi bo`lib, gap boshida keladi: «Asli ismim Akramjon», - dedi yigit. – Yigit asli ismi Akramjon ekanligini aytdi. so`roq, buyruq shaklidagi ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapda darak gapga aylanadi: O`ktam so`radi: «Qanday yangiliklar bor?» - O`ktam qanday yangiliklar borligini so`radi. ko`chirma gap tarkibidagi undalma o`zlashtirma gapda chiqish kelishigi shaklidagi to`ldiruvchiga aylantiriladi: «Nodira, bugun biznikiga kelmaysanmi?» - deb so`radi Fotima. – Fotima Nodiradan bugun ularnikiga kelishini so`radi . ko`chirma gap tarkibidagi undov , kirish so`zlar tushirib qoldiriladi: «Etib keldik, shekilli», - dedi Ochil. – Ochil yetib kelishganini aytdi.
Ko’chirma gap so’zlashuv, badiiy uslubda keng qo’llanadi. Ko’chirma gap (ko’chirilgan gap) muallif gapidan avval , keyin, muallif gapining ichida kelishi mumkin. O’z navbatida muallif gapi ko’chirma gap orasida berilishi mumkin: Nasiba dedi: “Sovuqdan oyoqlarim zirqirab og’riyapti”