Krit va Miken sivilizatsiyasi va uning
1 Krit va Miken sivilizatsiyasi va uning rivojlanishi . Mundarija: ll. Asosiy qism I BOB Qadimgi yunoniston tarixiga kirish 1.1. Qadimgi Yunonistonning geografik o‘rni va aholisi 1.2. Qadimgi Yunonistonning moddiy manbalari va yozma manbalari 1.3. Qadimgi Yunoniston davlatining davrlashtirilishi II. BOB Qadimgi Yunoniston tarixida Krit-Miken davlatining tutgan o`rni 2.1. Krit-Miken sivilizatsiyasining rivojlanish xususiyati 2.2. Krit-Miken davlatining madaniyatlar 2.3. Mil. avv. XI-IX asrlar Gomer davri (“Zulmat asri”)da Yunoniston lll. XULOSA. lV. Foydalanilgan adabiyot va manbalar ro yxatiʻ .
2KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Kurs ishining dolzarbligi shundan iboratki bu sivilizatsiyaning asosiy boyligi hisoblangan yodgorliklar va boyliklar hulas bu sivilizatsiyani dunyo tarixida chindan ham mavjud bo`lganligini isbotlash va bu sivilizatsiya haqida yanada ko`proq bilimga ega bo`lishdan iborat Krit va miken davlat hududidagi asosiy yodgorliklar turli sabablarga ko`ra yo`q bo`lib ketgan bularga birinchidan vulqon tasir ko`satgan bo`lsa ikkinchidan vulqon tasirida juda katta sunami paydo bo`lib bu sivilizatsiyaning butun yodgorliklarini yo`q bolishiga sabab boldi lekin uzoq izlanishlar natijasini ko`rsatmay qolmadi. bu sivilizatsiyaga oid daslabki yodgoyliklar topib o`rganildi va uning tasirida boshqa yodgorliklar ham topilib dunyo olimlari tomonidan bu sivilizatsiya mavjudligi isbotlandi. Kurs ishining maqsadi. Krit va Miken sivilizatsiyasini o`rganishdan asosiy vazifa shundan iboratki bu sivilizatsiya qachon qanday sharoitda vujudga kelgan va qanday madaniyatlarga sabab bo`lgan uning alomatlari hozirgi kunda qaysi davlatlarda yaqol saqlanib qolganligi va ularning yunoniston davlatining keying taraqiyotiga qanchalik darajada tasir ko`rsata olgani haqida malumotlar to`plash va ular asnosida kurs ishini boyitishdan iborat . Kurs ishining vazifasi: kurs ishining vazifasi butun dunyo tarixida ilk bor sivilizatsiya ro`y bergan yunon davlati hisoblanmish Krit va Miken haqida uni o`rganilishiga nimalar tasir ko`rsatgan va ularning asosiy maqsadi nimadan iboray bo`lgan nega bu sivilizatsiya o`rganilishi kerakligini tushuntirib berishdan iborat. madaniyatlarga sabab bo`lgan uning alomatlari hozirgi kunda qaysi davlatlarda yaqol saqlanib qolganligi va ularning yunoniston davlatining keying taraqiyotiga qanchalik
3I BOB Qadimgi yunoniston tarixiga kirish 1.1.Qadimgi Yunonistonning geografik o‘rni va aholisi. U tarixiy rivojlanishga ko‘ra g`arb va kengayib turgan. Qadimgi yunon sivilizatsiyasining asosiy hududi Egey havzasi, ya’ni, Egey dengizining Bolqon, Frakiya va Kichik Osiyo sohillari va ko‘p sonli orollar bo‘lgan. Mil. avv. VIII-V1 asrlarga kelib, buyuk yunon kolonlashtirishidan so‘ng yunonlar Janubiy Italiya va Sitsiliya hududlari, shuningdek, Qora dengiz sohillarini o‘zlashtirganlar. Natijada Buyuk Yunoniston tushunchasi vujudga keldi. Mil. avv. IV asming oxirida Makedoniyalik Aleksandrning g`olibona yurishlari va Ahmoniylar davlati egallanganidan so‘ng Yaqin va 0‘rta Sharqda ellin davlatlari tashkil topdi va bu hududlar qadimgi yunon dunyosining bir qismiga aylandi. Ellinizm davrida yunon dunyosi g‘arbda Sitsiliyadan sharqda Hindistongacha, shimolda Shimoliy Qora dengiz sohillaridan janubda Nilning birinchi irmoqlarigacha bo‘lgan ulkan hududlarni qamrab oldi. Biroq, butun qadimgi yunon tarixi davomida uning markaziy qismi Egey havzasi hisoblangan. Chunki, bu yerda yunon davlatchiligi va madaniyati paydo bo‘ldi va gullab yashnadi. Qadimgi Sharq mamlakatlaridan farqli o‘laroq, qadimgi Yunonistonda etnik rang-baranglikni kuzatish mumkin. Yunonistonning markaziy hududlari, ya’ni Egey havzasi va Bolqon yarim orolining janubiy qismlarida asosan yunon tilli xalqlar yashagan bo‘lib, ulami axeylar, doriylar, ioniy va zoliylar tashkil etgan. Bu qabila guruhlari o‘z dialektlarida gaplashganlar hamda diniy qarashlar va urf- odatlarida ham o‘ziga xoslikni kuzatish mumkin, biroq bu farqlar unchalik sezilarli bo`lmagan. Barcha yunonlar bir tilda gaplashgan, bir-birini yaxshi tushungan va o‘zlarini bitta xalqqa va bitta sivilizatsiyaga Qadimgi yunon tarixining tegishli ekanligini his qilgan. Mazkur xalqlar orasida birmuncha qadimiyroq qabila guruhi axeylar bo‘lib, ular mil. avv. lll mingyillikning oxirida Bolqon Yunonistonining janubiy qismiga kelib o‘rnashganlar. Mil. avv. II mingyillikda zamonaviy Epir va Makedoniya hududlaridan harakatlangan doriy qabilalalari bosimi ostida axeylar qisman assimilyatsiyalashadi va bir qismi tog‘li hududlarga siqib chiqariladi. Doriylaming katta qismi Peleponnes (Lakonika Messeniya, Argolida, Elida), Egey dengizining janubidagi orollaming katta qismi, xususan, Krit va Rodos, Kariya va Kichik Osiyo hududlarining ba’zi qismlarida o‘rnashganlar. Attika ioniy shevada gaplashgan uchinchi qabila guruhi Attika, Eivbeya, Samos, Xios, Lemnos kabi Egey dengizining markaziy qismidagi orollari va Kichik Osiyo sohillaridagi Ioniya viloyatida joylashganlar. To`rtinchi qabila guruhlari bo‘lmish eoliylar Beotiya, Fessaliya va Kichik Osiyo sohillaridagi Ioniya viloyatini
4shimolidagi Eolida viloyati va Lesbos orolida yashaganlar. Egey havzasida yunonlardan tashqari yunongacha bo'lgan qabilalar qoldiqlari, jumladan, Ieleglar, pelasglar, kariylar yashagan bo‘lib, ular mil. avv. 1 mingyillikda Yunoniston aholisining etnogenezida unchalik katta rol o‘ynamagan. Shuningdek, yunondavlatchiligida muhim o‘rin tutgan xalqlardan biri sifatida tog‘li Frakiyaliklarni qayd etish maqsadga muvofiqdir. Egey havzasida yunonlardan tashqari yunongacha bo'lgan qabilalar qoldiqlari, jumladan, Ieleglar, pelasglar, kariylar yashagan bo‘lib, ular mil. avv. 1 mingyillikda Yunoniston aholisining etnogenezida unchalik katta ro`l o‘ynamagan. Shuningdek, yunon davlatchiligida muhim o‘rin tutgan xalqlardan biri sifatida tog‘li Frakiyaliklarni qayd etish maqsadga muvofiqdir. Mamlakat hududining katta qismi tog`liklardan iborat bo‘lib, faqatgina 20% ni tekislik va vodiylar tashkil etgan. Yunonistonda tabiiy boyliklardan - marmar, temir rudasi, mis, kumush qazib olingan, shu bilan birga kulolchilik uchun soz tuproqlarni ko‘p uchrashi hunarmandlarga xomashyo manbai bo‘lib xizmat qilgan. Qadimgi Yunoniston tarixini uchta katta bosqichga bo‘lish mumkin: l)ilk sinfiy jamiyat va mil. avv. II mingyillikda davlat uyushmalarining shakllanishi (Krit va Axey Yunonistoni); 2) Polislarning shakllanishi va gullab yashnashi, klassik ko'rinishdagi qulchilik munosabatlari, yuqori madaniyatni yaratilishi (mil. avv. XI-IV asrlar); 3)Yunonlar tomonidan Fors davlatini bosib olinishi, ellinistik jamiyatlar va davlatlaming tashkil topishi. Birinchi bosqich uchun xos bo‘lgan xususiyat shundan iboratki, unda Krit oroli va unga tutash hududlarda dastlabki sinfiy jamiyat paydo bo‘ladi. Shu bilan birga ilk davlatchilik an’analarini vujudga kelishi hamda rivojlanishi, Yuksak sivilizatsiya belgilarini namoyon bo`lishi kuzatiladi. Odatda bu davr Krit podshosi Minos sharafiga “Minoy sivilizatsiyasi” deb ham ataladi. Mazkur davr mil. avv. 3000 ming yillikdan - mil. avv. 1200-yilni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqichni tarixchilar “polislar davri” deb atashadi. Bu davr ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rivojlanish darajasiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi. 1. Gomer davri yoki ‘"zulmat asri” .Ushbu davr polisgacha yuz bergan tarixiy jarayonlami qamrab olgan holda mil. avv. XI-IX asrlami o‘z ichiga oladi. 2. Arxaik davr mil av. VIII-VI asrlarni qamrab oladi. Mazkur bosqichda polis jamiyati va davlatlarining shakllanishi, aholining O'rtayer hamda Qora dengiz bo‘ylariga kelib joylashuvi kuzatiladi (Buyuk yunon kolonlashtirishi).
53. Klassik yoki mumtoz davr (mil. avv. V-IV asrlar). Unda qadimgi yunon sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, davlatchilik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jarayonlarini ko‘rish mumkin. “Ellin bosqichi” bilan Yunonistonning qadimgi tarixi nihoyasiga etadi. Biroq, mazkur bosqichda yunon va sharq tarixi bilan bog'liq jarayonlar aks etgani bois, tarixchilar uni 3 davrga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi: 1. Aleksandr Makedonskiyning sharqqa yurishlari va ellin davlatlari tizimining vujudga kelishi (Mil. avv. IV asrning 30-yillaridan- mil. avv. Ill asming 80- yillariga qadar). 2. Ellin davlatlari va jamiyatining mavjud bo‘lishi (mil. avv. Ill asming 80 yillaridan-mil. avv. II asr o‘rtalarigacha). 3. Ellin tizimining inqirozi va ellin davlatlarining g‘arbda Rim imperiyasi, sharqda Parfiya tomonidan egallanishi (mil. avv. II o‘rtalaridan - mil. avv. I asrlargacha). Rim imperiyasi tomonidan mil. avv. 30-yilda Misrdagi Ptolemeylar sulolasini bosib olinishi qadimgi Yunoniston tarixida ellin bosqichini tugallanganligini anglatadi. Aslida, manbalar - tarix xomashyosi bo‘lib, tarixchilar undan tarixni yaratadilar. Deyarli, butun qadimdan saqlanib qolgan topilmalar - qadimgi tarix uchun potensial manbalardir. Bu davrga oid manbalar ikki katta guruhga - suyakdan tortib binolargacha bo‘lganlami o‘z ichiga oladigan moddiy manbalar va yunonlaming bevosita o‘zi haqida yoki qadimda ular haqida yozilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan yozma manbalarga bo‘linadi. Albatta, moddiy manbalardagi yozuvlar ba’zida sopolning bir qismi shikastlanishi yoki tosh ustundagi yozuvning kesib olinishi natijasida tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin. Yunoniston tarixiga oid asosiy manbalar ko‘p hollarda ikki ming yil va undan qadimiyroq bo‘lgani uchun qo‘llanilishidan oldin ularni qayta tiklash va rekonstmksiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda arxeologlar topilmalarga ishlov berishi, paleograflar papirus va pergamentlarga yozilgan yozuvlarni rasshifrovka qilish va tushuntirib berishi; epigraflar va numizmatlar esa tosh va tangalardagi yozuvlami izohlab berishi kerak bo‘ladi.