logo

LISONIY SINTAKTIK QOLIPLAR

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

59.662109375 KB
LI SONI Y  
SI NTA K TI K  
QOLI PLA R
LSQ 
t ushunchasi                 Nutqiy  sintaktik  birlik  sifatida  nutqda 
qo'llanadigan,  sezgi  a’zolariga  ta’sir  qiladigan, 
o'qish,  yozish,  aytish,  eshitish  mumkin  bo'lgan  so'z 
birikmasi va  gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik 
esa  so'z  birikmasi  va  gap  hosil  qilish  qolipi.  Lisoniy 
sathga  tegishli  bo'lganligi  uchun  ularni  lisoniy 
sintaktik qolip (qisqacha LSQ)  deb ataymiz.                      LSQ  g'isht  qolipiga  o'xshaydi.  Inson 
ongida  ham  so'zlash,  nutqni  shakllantirish 
maqsadida  leksemalarni  so'z  birikmasi 
shakliga  keltirish,  gap  hosil  qilish  qolipi 
mavjud.  Ular  LSQ,  model,  konstruksiya, 
qurilma   deb  nomlansa-da,  aslida  bir 
tushunchani  ifodalaydi.  Masalan,  kitobni 
o'qimoq  kabi  cheksiz  birikmani  chiqaradigan 
[ot,tushum  kelishigi+  fe’l]  so'z  birikmasi 
qolipi  qanday  nomlanmasin,  uning  mohiyatiga 
ta’sir qilmaydi.                       Qolip va nutqiy hosila (so'z birikmasi va 
gap)lar dialektik birlikda. Qolip nutqiy hosilasiz o'lik 
va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo'lishi mumkin 
emas.                       1.  LSQning  moddiylikdan  xoliligi  va  nutqiy  hosilaning 
moddiyligi.  LSQ  jamiyat  a’zolari  ongida  mavjud  bo'lib, 
kishilarning  erkin  birikma  hosil  qilish  ko'nikmasi  sifatida 
uzoq  davr  mobaynida  shakllanadi.  Deylik,  biror  tilni, 
masalan,  ingliz  tilini  o'rganmoqchi  bo'lgan  kishi  ongida  bu 
tilga  xos  birikma  tuzish  ko'nikmasi  —  LSQ  shakllanmagan 
bo'lsa,  masalan,  o'zbekcha  kitob  va  o'qimoq  so'zining  ingliz 
tilidagi  a  book  va  to  read  muqobilini  bilsa-da,  birikma  hosil 
qila  olmaydi  yoxud  o  ‘zbek  tiliga  xos  [ot,ushum  kelishigi  + 
fe’l]  qolipi  asosida  a  book  to  read  deya  oladi,  xolos.  Ingliz 
tilida  esa  kitobni  o'qimoq  birikmasini  hosil  qiluvchi  LSQ  [to 
V+  the  N]  ko'rinishida  bo'lib,  undan  to  read  the  book,  to 
write the letter kabi hosila paydo bo'ladi.                       2. LSQning ijtimoiyligi va nutqiy birikmaning 
individualligi .  LSQ bir kishi tomonidan emas, 
balki shu tilda so'zlashuvchi jamiyatning barcha 
a’zolari tomonidan uzoq vaqt davomida 
shakllantirilgan. Shuningdek, ular bir kishi uchun 
emas, balki jamiyatning shu tilda so'zlashuvchi 
barcha a’zosi uchun birday xizmat qiladi. Bu 
LSQning ijtimoiy tabiatga egaligini ko'rsatadi. 
LSQ asosida vujudga keluvchi nutqiy hosila har 
bir kishi nutqida o'ziga xos. Masalan, kitobni 
o'qimoq so'z birikmasi har bir so'zlovchi nutqida 
o'zgacha. Bu nutqiy hosilaning har biri kimning 
nutqiga tegishliligi, aytilgan o‘rni va zamoni, 
aytilish maqsadi va sharoiti kabi qator belgisi 
bilan farqlanadi.                       3.  LSQning  takrorlanuvchanligi  va  nutqiy  hosilaning 
betak-  rorligi.   Qolip  har  bir  g'ishtda  o'z  izini  qoldiraverganligi 
kabi  LSQ  ham  har  bir  so'z  birikmasi  va  gapda  takrorlanaveradi. 
Lekin ikkinchi g'isht birinchi g'ishtning takrori boimaganligi kabi, 
nutqiy  hosilaga  ham  betakrorlik  xos.  Aslida  borliqda  bevosita 
kuzatishda  berilgan  birorta  hodisada  takroriylik  yo'q.  Kesilgan 
daraxtni  qayta  ekib  bo'lmaganidek,  qolipdan  chiqqan  so'z 
birikmasini  takror  aytish,  yozish  mumkin  emas.  Ikkinchi  bor 
aytilgan  yoki  yozilgandek  tuyulgan  so'z  birikmasi,  aslida,  boshqa 
hosila.                       4.  LSQning  cheklanganligi  va  nutqiy  hosilaning 
cheksizligi.  G'isht  qolipi  bitta,  undan  chiqqan  g'isht 
hisobsiz.  Shuningdek,  deylik,  [ot,tushum  kelishigi+fe’l] 
qolipi  bitta  bo'lib,  undan  kitobni  o'qimoq,  qalamni  sotmoq 
kabi  ming-minglab  so'z  birikmasini  hosil  qilish  mumkin. 
Bugungi kunda o'zbek tilida so'z birikmasi hosil
qilishning  18  ta  ustuvor  qolipi  aniqlangan  (ular  haqida 
«So’z  birikmasi»  faslida  bahs  yuritiladi).  Bu  qoliplardan 
chiqqan,  chiqayotgan  va  chiqadigan  nutqiy  so‘z  birikmasi 
miqdorini  tasavvur  ham  qilib  bo’lmaydi.  Gap  qolipi  va 
ularning hosilalari ham xuddi shunday.                      5.  LSQning  majburiyligi  va  nutqiy  hosilaning 
ixtiyoriyligi.  O‘zbek tilida so'zlashuvchi kishi nutq jarayonida so‘z 
birikmasi  tuzishga  ehtiyoj  sezar  ekan,  bunda  LSQning  yuqorida 
aytilgan  18  ta  turidan  foydalanishga  majbur.  Ularning  LSQni 
o‘zgartirishiga,  yangi-yangi  LSQ  tuzishiga  til  «qonunchiligi» 
tomonidan  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Biroq  nutqiy  so‘z  birikmasi 
yaratishda so‘zlovchi er kin.                      LSQ ning shakliy tomoni  LSQ  mohiyatan  riyoziy  tenglamaga  o'xshaydi 
va  u  butunlik  sifatida  tenglik  belgisidan  chap  hamda 
o‘ng  tomonlardan  iborat  bo‘ladi.  Xususiy  shakl 
sifatida  nutqiy  so‘z  birikmalari  namoyon  bo'ladi. 
Demak,  xususiy  shakl  deganda  moddiy  shaklda  — 
so'z  va  qo‘shimcha  vositasida  ifodalangan,  o‘qilishi, 
yozilishi,  aytilishi,  eshitilishi  mumkin  bo'lgan  shakl 
tushuniladi.                       LSQ ning mazmuniy tomoniLSQning  o‘ng  tomoni  uning  mazmuniy  jihati. 
«Rang-barang  munosabat»  deganda  har  bir  nutqiy  so‘z 
birikmasidan  anglashiladigan  turli  ma’no  va  munosabat 
tushuniladi.  Masalan:  mening  kitobim  —  «qarashlilik», 
stolning oyog'i — «butun-qism», e'tiborsizlik oqibati  —
  «sabab-oqibat»,  yashashning  zavqi  —  «holat  va  uning 
natijasi».                        E’tiboringiz 	
uchun tashakkur!                     Bajardi: Ishmuratova M.
•
Tekshirdi: G ‘afforov A .

LI SONI Y SI NTA K TI K QOLI PLA R LSQ t ushunchasi

Nutqiy sintaktik birlik sifatida nutqda qo'llanadigan, sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan, o'qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo'lgan so'z birikmasi va gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik esa so'z birikmasi va gap hosil qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli bo'lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip (qisqacha LSQ) deb ataymiz.

LSQ g'isht qolipiga o'xshaydi. Inson ongida ham so'zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so'z birikmasi shakliga keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruksiya, qurilma deb nomlansa-da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o'qimoq kabi cheksiz birikmani chiqaradigan [ot,tushum kelishigi+ fe’l] so'z birikmasi qolipi qanday nomlanmasin, uning mohiyatiga ta’sir qilmaydi.

Qolip va nutqiy hosila (so'z birikmasi va gap)lar dialektik birlikda. Qolip nutqiy hosilasiz o'lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo'lishi mumkin emas.

1. LSQning moddiylikdan xoliligi va nutqiy hosilaning moddiyligi. LSQ jamiyat a’zolari ongida mavjud bo'lib, kishilarning erkin birikma hosil qilish ko'nikmasi sifatida uzoq davr mobaynida shakllanadi. Deylik, biror tilni, masalan, ingliz tilini o'rganmoqchi bo'lgan kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko'nikmasi — LSQ shakllanmagan bo'lsa, masalan, o'zbekcha kitob va o'qimoq so'zining ingliz tilidagi a book va to read muqobilini bilsa-da, birikma hosil qila olmaydi yoxud o ‘zbek tiliga xos [ot,ushum kelishigi + fe’l] qolipi asosida a book to read deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa kitobni o'qimoq birikmasini hosil qiluvchi LSQ [to V+ the N] ko'rinishida bo'lib, undan to read the book, to write the letter kabi hosila paydo bo'ladi.