Ma’lumotlar strukturalarining zamonaviy konsepsiyasi
“ MA’LUMOTLAR STRUKTURA LARINING ZAMONAVI Y KONSEPSIYASI ” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Reja 1, Ma’lumotlarning elementar tiplari 2, Belgili satrlar 3, Foydalanuvchi tomonidan aniqlanuvchi ketma ket tiplar
Ma’lumotlarning elementar tiplari ■ Ma’lumotlarni qayta ishlash orqali kompyuter natijalarga erishadi. Ushbu jarayonni bajarishning osonligi ma’lumotlar tipi ushbu masalaga qanchalik muvofiqligi bilan o‘lchanadi. Buning natijasida, mos tiplarning xilma xilligi va ma’lumotlar strukturalarini qo‘llab quvvatlash tilda oldindan ko‘rib chiqilishi juda muhim. ■ Ma’lumotlar tiplarining zamonaviy konsepsiyalari oxirgi 40 yillardan beri rivojlanib kelmoqda. Boshlang‘ich dasturlash tillarida aniq bir masalalarga mos keluvchi barcha ma’lumotlarning strukturalari ushbu tilda qo‘llaniluvchi ma’lumotlarning asosiy strukturalarining kichik miqdori bilan shakllantirilgan. Masalan, FORTRAN 90 tiligacha ishlab chiqilgan FORTRAN tili versiyalarida aloqa ro‘yxati va ikkilik daraxtlar, odatda, massivlar yordamida modellashtirilgan.
■ 1970 yillar oxirlarida paydo bo‘lgan ma’lumotlar tiplarini shakllantirish konsepsiyasi foydalanuvchi tomonidan aniqlanuvchi tiplar g‘oyalarini birlashtirish natijasida Ada 83 tiliga kiritilgan edi. Foydalaluvchi tomonidan aniqlanuvchi ma’lumotlar tiplari asosida yotuvchi metodologiyasi shundan iboratki, dasturchi o‘zgaruvchilarning har bir alohida sinflari uchun alohia tip yaratishi lozim va u vazifaning predmetli sohasida aniqlanadi. Bundan tashqari, vazifaning predmetli sohasidan o‘zgaruvchilar abstraksiyasi bo‘lgan tiplar unikalligini dasturlash tili ta’minlashi lozim.
Ma’lumotlarning elementar tiplari ■ Ma’lumotlarning strukturaviy tiplarini yaratish uchun tilda ma’lumotlarning asosiy tiplari bir yoki bir nechta konstruktorlari bilan birga qo‘llaniladi. ■ Sonli tiplar ■ Ko‘pchilik boshlang‘ich dasturlash tillarida faqat sonli elementar tiplar mavjud bo‘lgan. Zamonaviy tillarda ushbu tiplar oldingidek asosiy rolni o‘ynaydi. ■ Butun sonlar ■ E ng ko‘p tarqalgan elementar sonli tip butun son hisoblanadi. Hozirda ko‘p kompyuterlar butun sonlarning bir qancha o‘lchamlarini qo‘llaydi va ushbu imkoniyatlar dasturlashning ba’zi tillarida o‘z aksini topgan. Ada tili amalga oshirilganda, masalan, butun sonlarning uch o‘lchamliligiga yo‘l qo‘yiladi: SHORT INTEGER, INTEGER va LONG INTEGER. S kabi ba’zi dasturlash tillari butun sonlarning ishorasiz tiplariga ega va ushbu tiplar o‘zida ishorasiz butun sonlarni taqdim etadi. ■ Barcha butun sonlar bitlar satrlari ko‘rinishida kompyuterda beriladi, bunda bitlardan biri (qoidaga ko‘ra, chapdan oxirgisi) ishora taqdim etadi. Ma’lumotlarning butun tiplari uskunaviy ta’minot orqali ta’minlanadi.