Mahalladagi nogironligi mavjud bo’lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish
Mavzu: Mahalladagi nogironligi mavjud bo’lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish
Reja: • 1)Mahallalarda nogironligi mavjud bo’lgan shaxslar bilan ijtimoiy xizmat olib borish • 2) Nogironligi mavjud bo’lgan shaxslar ijtimoiy muhofaza turlari va ularning tizimlari • 3) Mahalladagi nogironligi mavjud bo’lgan shaxlarni aniqlash va ro’yxatga kiritish
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirishning e’tiborli tomoni shundaki, dastlab uning strategik maqsadlari aniqlab olinib, islohotlarni bosqichmabosqich amalga oshirish nazarda tutildi. Unga ko’ra, islohotlarning birinchi bosqichi 1991-1994 yillarni o’z ichiga olib, ikkitta hal qiluvchi vazifa, ya’ni, birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ikkinchidan, respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish ilgari surildi. Islohotlarning butun birinchi bosqichi davomida respublika ijtimoiy siyosati uch asosiy yo’nalishda olib borilib muhtoj, ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalarni himoya qilish maqsadida davlat byudjeti hisobidan 30 turli soha va yo’nalishlar bo’ylab ijtimoiy himoya amalga oshirildi.[1] Xususan, ijtimoiy siyosatning birinchi yo’nalishga ko’ra, davlatning ushbu sohada vakolatli bo’lgan muassasalari: Mehnat va aholini ijtimoiy himoya Vazirligi, Moliya Vazirligi, Sog’liqni saqlash Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, Madaniy ishlar Vazirligi, shuningdek, «Mahalla», «Sog’lom avlod uchun» kabi jamoatchilik tashkilotlari, Xotin-qizlar qo’mitasi va hokazolar tomonidan amalga oshirila boshlandi va soha xarajatlari respublika byudjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi. Jumladan, miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompensasiyalar, imtiyozlar va turli dotasiyalar shaklidagi bevosita to’lovlar ham keng qo’llanildi. Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo’ldi. Korxonalarning o’z xodimlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi byudjet mablag’lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarining ko’pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o’rni qoplandi.
Ayni vaqtda, qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlarning butun bir majmui, xususan, boshlang’ich sinf o’quvchilari va yolg’iz pensionerlar, 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o’quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashuvi kabi imtiyozlar amal qilib turdi. Ko’pgina toifadagi fuqarolarga turar joy shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to’lashda yengilliklar joriy etildi. Iqtisodiy ahvol murakkab bo’lishiga qaramay, moddiy va moliyaviy imkoniyatlar cheklangan sharoitda ham ijtimoiy ahamiyatga loyiq vazifalarni hal etish uchun zarur vositalar qidirildi. Islohotlarning ushbu bosqichi zimmasiga yuklangan vazifa va pirovard samaraga ko’ra, shartli ravishda narxlarni erkinlashtirilishi, pulning qadrsizlanishi darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish chora-tadbirlari tizimdagi ustuvor yo’nalish bo’ldi. Bu yo’nalish istisnosiz barcha tabaqalarni qamrab oldi. Ikkinchi muhim yo’nalish, respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq- ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlarini ko’rilishi bo’ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq ittifoqning ko’pgina davlatlarida aholining asosiy ommasi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda, ushbu tadbir muhim ahamiyatga ega bo’ldi va iste’mol bozorini qisman bo’lsa-da himoya qildi.Uchinchi muhim yo’nalish, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyani qo’llash borasida kuchli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablarning, mehribonlik uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoya va ularning mehnatini rag’batlantirish maqsadida qo’shimcha moddiy ne’matlar, kvartira haqi va kommunal to’lovlar sohasida imtiyozlar berildi
pensiyalar nafaqalar imtiyozlarBir martalik yordamhizmatlarijtimoiy yordamning turlari