Mahmudxo’ja Behbudiy va uning faoliyati
Mavzu: Mahmudxo’ja Behbudiy va uning faoliyati.
Reja: 1 . Mahmudxo’ja behbudiy hayoti haqida. 2. Mahmudxo’ja behbudiyning Jadidchilikka qo’shgan hissasi. 3. Mahmudxo’ja behbudiyning asarlari.
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 20 yanvar kuni Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga kelgan. Bexbudiy voyaga yetgan atrof-muhit uning dunyo qarashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Mahmudxo‘janing otasi islom dinining yirik mutaxassisi bo‘lgan va dinga oid qator maqolalar yozgan, ilmiy ishlar olib borganligi bois, ushbu atrof-muhim bolakayning dunyoqarashiga ta’sirsiz bo‘lmagan. Behbudiy adabiyot, tarix fanlari bilan birga u siyosatni ham o‘rgangan. Gazeta va jurnallar orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishib borgan. Makka, Misr hamda Stambulga bo‘lgan sayohatlari uning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborgan. U gazeta va jurnallar bilan hamkorlikni o‘rnatib, o‘z maqolalarini chop eta bolshladi, ularda maktab va san’atni yaxshilash masalalarini ko‘tarar edi.
.Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-04), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod» («Savod chiqarish kitobi», 1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy» («Aholi geografiyasiga kirish», 1905), «Muntahabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiya», 1906), «Kitobat ul-atfol» («Bolalar xati», 1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi.