logo

Mahmudxoja Behbudiy va uning faoliyati

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

2186.4091796875 KB
Mahmudxoja Behbudiy va uning 
faoliyati
RE JA:
1.MAHMUDXOJA BEHBUDIYNING YOSHLIK YILLARI
2.MAHMUDXOJA BEHBUDIY DINNING YIRIK 
MUTAXXASISI
3.BEHBUDIYNING XALQ OLDIDAGI XIZMATLARI   Maxmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) alloma, 
yozuvchi, jamoat arbobi va o‘zbek dramaturgiyasi 
asoschisi. Jadidchilik harakati, ya’ni yangicha o‘quv 
metodikasi lideri.
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 20 yanvar kuni 
Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga 
kelgan. Bexbudiy voyaga yetgan atrof-muhit 
uning dunyo qarashiga hech qanday ta’sir 
ko‘rsatmagan.
Mahmudxo‘janing otasi islom dinining yirik 
mutaxassisi bo‘lgan va dinga oid qator maqolalar 
yozgan, ilmiy ishlar olib borganligi bois, ushbu 
atrof-muhim bolakayning dunyoqarashiga 
ta’sirsiz bo‘lmagan.
Behbudiy adabiyot, tarix fanlari bilan birga u 
siyosatni ham o‘rgangan. Gazeta va jurnallar 
orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan 
tanishib borgan. Makka, Misr hamda Stambulga 
bo‘lgan sayohatlari uning dunyoqarashini 
butunlay o‘zgartirib yuborgan. U gazeta va 
jurnallar bilan hamkorlikni o‘rnatib, o‘z 
maqolalarini chop eta bolshladi, ularda maktab va 
san’atni yaxshilash masalalarini ko‘tarar edi.      Behbudiy “Oyna” gazetasi asoschisi, muharrir I.Gasprinskiyning “Tarjumon” 
gazetasini doimiy muallifi bo‘lgan. Mahmudxo‘ja 200 dan ziyod o‘zbek va tojik 
tillaridagi nashrlar muallifi. Xususan, "Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy" - "Kiskacha 
umumiy jug‘rofiya" (1903), "Kitob-ul-atfol" - "Bolalar uchun kitob" (1904) va 
boshqalar. Bexbudiyning yozuvchilik poydevori nuqtasi 1911 yil Samarqandda 
yozilgan “Padarkush” dramasi sanaladi. Unda yosh avlod ma’lumotli va 
madaniyatli bo‘lishi kerakligi keltirilgan. Drama ilk bor 1912 yil “Turon” gazetasida 
bosib chiqarilgan, 1913 yilda esa alohida kitob ko‘rinishida nashr etilgan.
Behbudiyning sahna asari katta muvaffaqiyat qozongan va Samarqand, Buxoro 
hamda Toshkent shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitsion nuqtai 
nazardan asar odimona ko‘rinsada, g‘oyaviy juda murakkab va drama janrining 
barcha talablariga javob bera oladi. O‘zbek dramaturgiyasining birinchi 
qaldirg‘ochi bo‘lib, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Mirmuxsina-Fikriyaning 
“Farzandsiz Ochildiboy” va Hamzaning bir qator asarlarining yaratilishida turtki 
bo‘ldi.
Behbudiy 1919 yil Qarshida sayohat davri qo‘lga olindi va Said Olijonning 
buyrug‘iga binoan qatl etildi.   Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti 
munosabati bilan bunday yozgan: 
«Jafokash shoir Behbudiyning nomini 
musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, 
chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va 
insoniy qadru qimmatini bilgan barcha 
mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat 
uchun kurashga chorlab keldi».
Qarshi shahri 1920-1930 yillarda Behbudiy 
nomi bilan atalgan. Behbudiy nomi 1937 
yilga kelib qatag‘on qilinadi va 1956 yilda 
oqlanadi.
Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va 
rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy 
meros o‘z xalqining istiqloliga xizmat 
qilmoqda.
1977 yil Behbudiyning “Saylanma”si chop 
etildi. Ushbu to‘plam o‘z ichiga darslik va 
o‘quv-qo‘llanmalarni olgan, hozirgi kunda 
ko‘chalar va maktablarga uning nomi 
berilgan.   U 1899 yilda hajga borib, u yerdan muftiy unvoniga 
ega bo‘lib qaytgan. Behbudiy o‘zbek va fors-tojik 
tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar 
yaratgan. Qarshi shahri 1920-1930 yillarda 
Behbudiy nomi bilan atalgan.
Behbudiy o‘zbek va fors-tojik tillarida ikki yuzdan 
ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, 
«Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha 
umumiy jug‘rofiya» 1903), «Kitob-ul-atfol» («Bolalar 
uchun kitob», 1904), «Muxtasari tarixi islom» 
(«Islomning qisqacha tarixi», 1904), «Amaliyoti 
islom» (1905), «Rusiyaning qisqacha jug‘rofiyasi» 
(1908) kabi darslik va kitoblar yozgan.
Uning 1901 yildan boshlab «Turkiston viloyati 
gazeti», «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Tujjor», 
«Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», 
«Ulug‘ Turkiston», «Najot», «Mehnatkashlar 
tovushi», «Tirik so‘z», «Tarjumon», «Sho‘ro», «Vaqt», 
«Toza hayot», «Samarqand», «Oyna» kabi gazeta va 
jurnallarda chop etilgan maqolalari esa 
taraqqiyiarvar kishilar va, ayniqsa, yoshlarning 
diqqat-e’tiborini qozongan.   1899–1900 yillarda Behbudiy haj 
safariga boradi. Dunyo koʻrish 
izsiz ketmaydi. Safar yangi 
maktab haqidagi qarashlarini 
mustahkamlaydi. Uning 
tashabbus va gʻayrati bilan 1903 
yilda Samarqand atrofidagi 
Halvoyi (S. Siddiqiy), Rajabamin 
(A. Shakuriy) qishloqlarida yangi 
maktablar tashkil topdi. Adib bu 
maktablar uchun darsliklar 
tuzishga kirishadi. Ketma-ket 
“Risolai asbobi savod” (1904), 
“Risolai jugʻrofiyai umroniy” 
(1905), “Risolai jugʻrofiyai Rusiy” 
(1905), “Kitobatul-atfol” (1908), 
“Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi 
islom” (1909) kabi kitoblari paydo 
boʻladi.   Mustamlakachilar “50 yil ilm-maʼrifatdan chetda saqlab kelgan”lari (Kuropatkin) 
Turkistonni osonlik bilan qoʻldan chiqarmas edilar. Fitna va igʻvo tinimsiz davom 
etardi. Shundaylardan biri 1917-yilning bahorida Buxoroda yuz bergan edi. Amir 
fevral oʻzgarishlarini hisobga olib, rus elchixonasining maslahati bilan islohot eʼlon 
qiladigan boʻladi. Va bu farmonni ushbu elchixonaning boshligʻi janob Miller 
tayyorlaydi. Har xil ang lashilmovchiliklarning oldini olish maqsadida sobiq 
general-gubernator, endilikda Rusiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komissari 
Kuropatkin topshirigʻiga koʻra Samarqand ijroiya qoʻmitasi Buxoroga bir necha 
kishilik hayʼat yubordi. Ular orasida Behbudiy ham bor edi. 7-aprel islohot eʼloni 
oldindan moʻljallanganidek tantanaga, tantana esa fojiaga aylanadi. Amir va 
yoshlar, mullalar va jadidlar oʻrtasida oʻtib boʻlmas choh paydo boʻladi. Miller 
buning aybini Behbudiyga qoʻyadi. Faqat Miller emas, Toshkentda 9-aprelda 
boshlangan Turkiston ishchi va soldat deputatlari sovetlarining birinchi oʻlka 
syezdida ayrim rus deputatlari Buxoro fojiasining sababini Samarqanddan «oʻz 
ixtiyorlari ilan» borgan deputatlarga toʻnkaydilar. Millatni ich-ichidan qayrash va 
nizo chiqarish izchil davom etadi. Behbudiy mazkur syezdda minbarga chiqib, bor 
voqeani tushuntirib bergan va bu haqda «Buxoro voqealari va dafʼi tuhmat» 
(“Hurriyat” gazetasi, 1917-yil 1-may) degan maxsus maqola yozgan edi.   2020-yilda  xalqimiz  tarixining 
murakkab  damlarida,  maʼrifat 
mashʼalasini  baland  koʻtarib  chiqqan 
ulugʻ  alloma  va  jamoat  arbobi 
Mahmudxoʻja  Behbudiy  tavalludining 
145-yilligi  keng  nishonlanadi. 
Mutafakkirning  ilmiy,  ijodiy,  pedagogik 
faoliyati  va  merosi  alohida  ahamiyatga 
molik.  XX  asr  oʻzbek  adabiyoti  va 
sanʼatida,  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarida 
faol  ishtirok  etgan,  millat  maʼrifati, 
ozodligi,  hurligi  yoʻlida  mardonavor 
kurashgan  bu  ulugʻ  allomaning 
sermashaqqat  va  sermahsul  faoliyati 
tarix  sahifalaridan  mangu  oʻrin 
egalladi,  avlodlar  uchun  ibrat  maktabi 
boʻlib qoldi.
Zero, Mahmudxoʻja Behbudiy nomidagi 
stipendiyani  tashkil  etilishi  ham 
yurtimiz  yoshlari  qalbida  yuksak  bilim 
va  maʼrifatlik,  vatanparvarlik  tuygʻulari 
joʻsh urib turadi, faxr va iftixor tuyadi.   Mahmudxoʻja Behbudiy mana shu Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, 
boshlab beruvchisi edi. U 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi 
Baxshitepa qishlogʻida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxoʻja 
Solihxoʻja oʻgʻli turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan 
bobosi Niyozxoʻja urganchlik boʻlib, amir Shohmurod zamonida (1785–
1800)Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda otasi, imom-xatiblik bilan shugʻullanib 
kelgan Behbudxoʻja vafot etadi. Yosh Mahmudxoʻja togʻasi qozi Muhammad Siddiq 
tarbiyasi va qaramogʻida oʻsib voyaga yetadi. Arab sarfu nahvini kichik togʻasi Mulla 
Odildan oʻrganadi. 18 yoshida qozixonada mirzolik qila boshlaydi. Oʻz ustida qunt 
bilan ishlab, shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha koʻtariladi. 
Yosh Mahmudxoʻja dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidchilik 
harakatining asoschisi Ismoilbek Gasprinskiyning xizmati katta boʻlgan. U 1892 
yilda Turkistondagi maktablarni isloh kilish, “usuli savtiya”ni joriy etish taklifi bilan 
general gubernator N. O. Rozenbaxga murojaat etadi. Javob olmagach, 1893 yilda 
oʻzi Toshkentga keldi. Samarqand, Buxoroda boʻldi. Mahalliy xalq bilan gaplashib, 
dastlabki yangi usul maktablarni ochishga muvaffaq boʻldi. Behbudiy oʻz 
xotiralarida ustozi bilan uchrashuvlarini ixlos va muhabbat bilan tilga oladi.   Umuman Behbudiyning publitsist sifatida faoliyati adib 
isteʼdodini juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi. U oʻz umri 
davomida yuzlab maqolalar yozdi. Oʻzining Millat va Vatan, 
jamiyat va axloq haqidagi fikrlarini koʻproq maqola va 
chiqishlarida ifoda etdi. Baʼzilar uning maqolalari 200, 
boshqalar 300 deb belgilaydilar. Uning barcha maqolalari 
aniqlab chiqilmagan. Muhimi shundaki, u XX asr boshidagi 
Turkistonning yirik siyosiy arbobi edi. Uning Millat va Vatan 
taqdiri haqidagi barcha qarashlari, avval, mana shu 
maqolalarida aks etgan edi. Bu jihatdan, uning 1906 yil 10 
oktyabrda “Xurshid” (6-son) gazetasida bosilgan “Xayrul 
umuri avsotuho” (“Ishlarning yaxshisi oʻrtachasidur”) 
maqolasi diqqatga sazovordir. Bu maqola uzoq yillar Sovet 
tarix fani nuqtai nazaridan baholanib, Behbudiyni qoralash 
uchun nishon boʻlib keldi. Gap shundaki, Behbudiy oʻsha 
1906 yildayoq sotsialistik taʼlimotni va uni Rusiyada amalga 
oshirishga bel bogʻlaganLenin partiyasini keskin rad etgan 
edi. U ham ustozi I. Gasprinskiy kabi sotsializmni zoʻrovonlik 
hisoblaydi, sotsial tenglikni adolatsizlik deb bildi. Shaxs 
manfaatdorligida, millat ravnaqida taraqqiyotning buyuk 
omilini koʻrdi. Xuddi shu eʼtiqod uni Turkistonning 
mustaqilligi uchun kurashga yetakladi.

Mahmudxoja Behbudiy va uning faoliyati RE JA: 1.MAHMUDXOJA BEHBUDIYNING YOSHLIK YILLARI 2.MAHMUDXOJA BEHBUDIY DINNING YIRIK MUTAXXASISI 3.BEHBUDIYNING XALQ OLDIDAGI XIZMATLARI

Maxmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) alloma, yozuvchi, jamoat arbobi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi. Jadidchilik harakati, ya’ni yangicha o‘quv metodikasi lideri. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875 yil 20 yanvar kuni Samarqand shahrida muftiylar oilasida dunyoga kelgan. Bexbudiy voyaga yetgan atrof-muhit uning dunyo qarashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Mahmudxo‘janing otasi islom dinining yirik mutaxassisi bo‘lgan va dinga oid qator maqolalar yozgan, ilmiy ishlar olib borganligi bois, ushbu atrof-muhim bolakayning dunyoqarashiga ta’sirsiz bo‘lmagan. Behbudiy adabiyot, tarix fanlari bilan birga u siyosatni ham o‘rgangan. Gazeta va jurnallar orqali dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishib borgan. Makka, Misr hamda Stambulga bo‘lgan sayohatlari uning dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborgan. U gazeta va jurnallar bilan hamkorlikni o‘rnatib, o‘z maqolalarini chop eta bolshladi, ularda maktab va san’atni yaxshilash masalalarini ko‘tarar edi.

Behbudiy “Oyna” gazetasi asoschisi, muharrir I.Gasprinskiyning “Tarjumon” gazetasini doimiy muallifi bo‘lgan. Mahmudxo‘ja 200 dan ziyod o‘zbek va tojik tillaridagi nashrlar muallifi. Xususan, "Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy" - "Kiskacha umumiy jug‘rofiya" (1903), "Kitob-ul-atfol" - "Bolalar uchun kitob" (1904) va boshqalar. Bexbudiyning yozuvchilik poydevori nuqtasi 1911 yil Samarqandda yozilgan “Padarkush” dramasi sanaladi. Unda yosh avlod ma’lumotli va madaniyatli bo‘lishi kerakligi keltirilgan. Drama ilk bor 1912 yil “Turon” gazetasida bosib chiqarilgan, 1913 yilda esa alohida kitob ko‘rinishida nashr etilgan. Behbudiyning sahna asari katta muvaffaqiyat qozongan va Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan. Kompozitsion nuqtai nazardan asar odimona ko‘rinsada, g‘oyaviy juda murakkab va drama janrining barcha talablariga javob bera oladi. O‘zbek dramaturgiyasining birinchi qaldirg‘ochi bo‘lib, A. Qodiriyning “Baxtsiz kuyov”, Mirmuxsina-Fikriyaning “Farzandsiz Ochildiboy” va Hamzaning bir qator asarlarining yaratilishida turtki bo‘ldi. Behbudiy 1919 yil Qarshida sayohat davri qo‘lga olindi va Said Olijonning buyrug‘iga binoan qatl etildi.

Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday yozgan: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi». Qarshi shahri 1920-1930 yillarda Behbudiy nomi bilan atalgan. Behbudiy nomi 1937 yilga kelib qatag‘on qilinadi va 1956 yilda oqlanadi. Hozirgi kunda alloma qoldirgan boy va rang-barang adabiy, madaniy va ma’rifiy meros o‘z xalqining istiqloliga xizmat qilmoqda. 1977 yil Behbudiyning “Saylanma”si chop etildi. Ushbu to‘plam o‘z ichiga darslik va o‘quv-qo‘llanmalarni olgan, hozirgi kunda ko‘chalar va maktablarga uning nomi berilgan.