logo

Manbashunoslikning fan sifatida rivojlanishi.

Загружено в:

16.11.2024

Скачано:

0

Размер:

518.181640625 KB
Mavzu: Manbashunoslikning 
fan sifatida rivojlanishi. Reja:
1. Manbashunoslik fanining maqsad 
va vazifalari.
2. Manbalar turlari.
3. Manbashunoslik fanining 
yordamchi sohalari. 1.Manbashunoslikning ilmiy fan sifatida 
shakllanishi 18-asrning ikkinchi choragida 
boshlangan. 
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va 
muhim sohalaridan biri bo’lib, Turli yozma 
manbalarni o’rganish hamda ulardan ilmiy  
foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini 
tadqiq etadi.    Manba deganda o’zida ma’lum 
ma’lumotga ega yodgorlik tushuniladi.
Chunki tarixiy manbalardagi 
ma’lumotlar tarixiy, ilm asosoini tashkil 
qiladi. 
Manbashunoslik fani ijtimoiy fan 
sohasida, asosan ikki xil bo’ladi, bular “ 
tarixiy manbashunoslik va adabiy 
manbashunoslik” dir.   2.Manbalarning turlari 5 ta guruhga 
bo’linadi,
1.Yozma manbalar 2. Moddiy 3. 
Etnografik 4. Lingvistik 5. Xalq og’zaki 
adabiyotidir. 1. Yozma manbalar tarixiy manbalarning 
muhim va asosiy turidir. Yozma manbalar o’z 
navbatida ikki guruhga bo’linadi: 1. oliy va 
mahalliy hukumdorlar mahkamasidan chiqqan 
rasmiy hujjatlar “ yorliqlar, farmonlar, 
moliyaviy hisobod”va boshqa hujjatlardir. 2. 
Narrativ yozma manbalar. Bunday 
manbalardan biz tarixiy, geografik va 
kosmografik biografik sayyoh va elchilarni 
esdaliklarini ko’rib chiqamiz.  2.Moddiy manbalarni  topish bo’yicha  
arxeologiya ilmiy kengashi shug’illanadi.
Moddiy manba deganda ibtidoiy 
odamlarning istiqomat qilgan joyi Qa’la 
qasirlar hunarmandchilik ustaxonalari 
suv inshotlari va boshqa narsalar kiradi.  3.  Etnografik manbalar. Xalqlarning kelib 
chiqishi bilan bog’liq bo’lgan materiallar va 
ma’lumotlar etnografik manba hisoblanadi. 
Masalan:  xalq ,qabila, urug’, qurol – aslahalar, 
urf – odat va an’analari , etnografik manba 
hisoblanadi.
4. Lingvistik manbalar, deb tilimizdagi, 
aniqrog’I uning leksik so’z boyligi tarkibidagi 
uzoq o’tmishdan qolgan, ijtimoiy- iqtisodiy, 
ma’muriy va yuridik atamalarga  aytiladi.  5.Xalq og’zaki adabiyoti, og’zaki adabiyot 
madaniyatning eng qadimgi qismi bo’lib 
uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm 
tuzumiga borib taqaladi. Og’zaki 
adabiyotning ayrim namunalari qadimgi 
yunon tarixchilari, shuning Tabariy, Ma’sudiy, 
Beruniy, Firdavsiy, kabi sharq olimlarining 
asarlari orqali bizgacha yetib kelgan.   3.  Manbashunoslik fanining bir qator 
yordamchi sohalari – paleografiya, 
diplomatika, geraldika, sfragistika, 
epigrafika, numizmatika, metrologiya va 
xronologiya qo’lga kiritgan yutuqlariga  
tayanadi. 
Bulardan tashqari manbashunoslik 
filologiyaning matinshunoslik fani bilan 
yaqindan hamkorlik qiladi, uning tajribasiga 
asoslanib tadqiqot olib boradi.  Oʻzbekistonda Manbashunoslikning taraqqiyotiga S. A. 
Azimjonova, M. A. Salye, A. A. Semyonov, A. K. Arende, 
P. G. Bulgakov, I. Abdullayev, B. Ahmedov, B. 
Valixoʻjayev, B. Vahobova, A. B. Vildanova, L. M. 
Yepifanova, R. Jalilova, N. I. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. 
Karimov, S. Mirzayev, Q. Munirov, S. Mutalibov, G. 
Ostanova, A. P. Qayumov, A. Rasulov, A. Rustamov, H. 
Sulaymonov, U. Uvatov, T. Fayziyev, A. Xoʻjayev, X. 
Hikmatullayev, Sh. M. Shoislomov, Olim Sharafuddinov, 
P. Shamsiyev, D. Yusupova, A. Oʻrinboyev kabi olimlar 
katta hissa qoʻshdilar. Ularning saʼyharakatlari va 
betinim tadqiqotlari tufayli Oʻzbekistonda milliy 
Manbashunoslik maktabi tashkil topdi.  Xulosa.
Xulosa o’rinida aytish joizki 
Manbashunoslik fani tarix ilmining 
fundamental yo’nalishi bo’lib, bu 
sohada faoliyat olib borish uchun bir 
nechta tilni bilish va yozma manbalar 
to’g’risida katta bilim va tajribaga ega 
bo’lish kerak. Adabiyotlar:
A.Madraimov, G.Fuzailova, 
Manbashunoslik
Toshkent 2008.   E’tiboringiz uchun raxmat
205 –guruh talabasi Abdulbarov 
Murodjon.

Mavzu: Manbashunoslikning fan sifatida rivojlanishi.

Reja: 1. Manbashunoslik fanining maqsad va vazifalari. 2. Manbalar turlari. 3. Manbashunoslik fanining yordamchi sohalari.

1.Manbashunoslikning ilmiy fan sifatida shakllanishi 18-asrning ikkinchi choragida boshlangan. Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muhim sohalaridan biri bo’lib, Turli yozma manbalarni o’rganish hamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etadi.

Manba deganda o’zida ma’lum ma’lumotga ega yodgorlik tushuniladi. Chunki tarixiy manbalardagi ma’lumotlar tarixiy, ilm asosoini tashkil qiladi. Manbashunoslik fani ijtimoiy fan sohasida, asosan ikki xil bo’ladi, bular “ tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik” dir.