markaziy afrika xalqlari manaviy madaniyati
AFRIKA XALQLARI ➢ Etnik tarixi ➢ Irqiy qiyofasi va tillari ➢ Xo’jaligi va moddiy madaniyati ➢ Ma’naviy madaniyati Bajardi:Ro’ziqulov Akbar
ETNIK TARIXI Yuqori paleolitga oid qoyatosh suratlari Sharqiy Afrikadagi Kondor -Oradi g’orlaridan topilgan.Ilk paleolitga oid mehnat qurollari ham topilgan . Ular ichidan eng qadimgisi Kafudan (Uganda) dan chiqqan . Neolitga o’tish qit’aning turli hududlarida turli davrda ro’y berib eng avvalo uning Shimoli -Sharqiy hududlarida ro’y bergan.Neolit inqilobi:dehqonchilik va chorvachilikning yuksalishi , aholi sonining oshishi hamda yangi hududlarga ko’chib ularni o’zlashtirishga olib keladi.Sahroyi Kabir qurib cho’lga aylanishi ham mil.avv.III mingyillikda ro’y beradi.Unda yashagan aholi Nil vohasi va sharqiy hududlarga ko’chib o’tgan . Olimlarning fikricha , sahroda shakllangan xalqlardan biri fulbe bo’lib , ularning soch turmaklashlari , ilonning ramziy belgisi ekanligi , mayitlarni mo’miyolashlari shundan darak beradi .
▪ Temir asriga oid topilma Nok mil.avv.IX asr bilan belgilanib , Shimoliy Nigeriyadan topilgan.Shimoli -Sharqda Afrikadan mil. avv. I mingyillik boshlariga oid yana bir temir madaniyati - Meroe ham topilgan (Nil daryosining o’rta oqimida). ▪ Bantularning ko’chishlari va Kongo daryosi havzasiga joylashishlari ham temir asrida bo’lgan.Bu ko’chishlar mil.avv.II mingyillikning boshlariga qadar davom etgan. ▪ Madagaskar oroliga malgashlarning kelib joylashishlari mil. avv. XVI asrdan X asrga qadar davom etgan. ▪ Afrikaning ovchi va terimchi qabilalari:bushmenlar (butazor odamlari ) ,gottentotlar(saan) va boshqalardir.Bushmenlar:xeykum, auen , kung guruhlariga bo’linib , ularning soni 50000 kishidir. ▪ Bushmenlar terib -termachlash mahsulotlarini qo’shni bantu xalqlari bilan mais(makka doni)ga almashadilar.