MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI TRANSPORT TIZIMIDAGI ASOSIY MUAMMOLAR
MAVZU. MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI TRANSPORT TIZIMIDAGI ASOSIY MUAMMOLAR Reja : 1. Mintaqaviy transport tizimini boshqarishning nazariy-myetodologik asoslar 2. Markaziy Osiyo transport tizimini boshqarishning xalqaro hamkorlik mexanizmlari 3. Markaziy Osiyo transport tizimini boshqarish mexanizmining samaradorligini oshirish yo’llari
• Bugungi kunda tranzit va xalqaro tashuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq • munosabatlarni tartibga solish yuzasidan xalqaro amaliyotda hamda ilmiy doiralarda turlicha • talqinlarning mavjudligi, mazkur sohaga oid asosiy tushunchalarni to‘g‘ri interpretatsiya qilish • lozimligini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan holda, eng avvalo «mintaqaviy transport • integratsiyasi» hamda «mintaqaviy transport tizimi» kabi tushunchalarga oydinlik kiritilishini • taqozo etadi. Bir necha davlat hududidan o‘tuvchi transport koridorlarining samarali ishlashi • uchun tegishli mintaqada transport sohasidagi integratsiyalashuv talab etiladi. Shunday ekan, • mazkur yo‘nalishda dastlab «mintaqaviy transport integratsiyasi» tushunchasi bo‘yicha ham • yagona ta’rif ishlab chiqish talab etiladi.
Mazkur tushuncha bo‘yicha olimlarning va mutaxassislarning fikr va yondashuvlarini umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: mintaqaviy transport integratsiyasi – bu mintaqa davlatlari tomonidan transport sohasida o‘zaro samarali va barqaror aloqalarni kuchaytirish, bu boradagi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarni muvofiqlashtirish hamda tegishli me’yoriy- huquqiy bazani takomillashtirish jarayoni va uning natijasida yuzaga keluvchi holat hisoblanadi. 5 Aytish joizki, qayd etilgan talqinlarni barcha mintaqa uchun, xususan Markaziy Osiyo transport tizimi uchun to‘g‘ridan- to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki, boshqa mintaqalardagi (masalan, YEvropa Ittifoqida) transport sohasidagi munosabatlarda barcha transport turlari ishtirokini kuzatish mumkin. Markaziy Osiyo mintaqasida esa alohida tizim sifatida shakllanishi uchun shart-sharoitlar va zarurat asosan avtomobil va temir yo‘l transporti turlari uchun mavjud.
• Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, «mintaqaviy transport tizimi» tushunchasini Markaziy Osiyoga nisbatan qo‘llaganda, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: mintaqaviy transport tizimi bu – murakkab tizim turiga kirib, mintaqa davlatlarining umumiy manfaatlarni ko‘zlovchi, mustaqil boshqaruv tizimiga va xususiy maqsadiga ega milliy transport tizimlarining (avtomobil va temir yo‘l tarmoqlari kesimida) o‘zaro muvofiqlashgan majmui hisoblanadi. • Mazkur mintaqaviy tizimning mukammalligi hamda samarali faoliyati ushbu mintaqa davlatlari o‘rtasidagi transport sohasidagi hamkorlik darajasiga va uchinchi davlat uchun yaratilgan sharoitga bog‘liq. • Umuman, mazkur tadqiqotda mintaqaviy transport tizimi, tranzit va transport koridorlari haqida to‘xtalganda, quruqlik orqali o‘tuvchi transport turlari, xususan avtomobil va temir yo‘l transporti nazarda tutiladi. • Transport tizimini samarali boshqarishda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun soha muntazam monitoring qilib borilishi va monitoring natijalari boshqaruv apparatiga taqdim etilishi lozim.