logo

MASHINASOZLIK VA UNING TARMOQLARI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

10264.833007812 KB
MASHINASOZLIK VA UNING 
TARMOQLARI 11-dars mavzusidan mashina s о zlikning  yalpi san о at 
mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang. Mashinasozlik majmuasi  – iqtisodiyotning barcha 
sohalari uchun mashina va asboblar ishlab chiqaruvchi, 
aholini televizor, muzlatkich singari xilma-xil is’temol 
buyumlari bilan ta’minlovchi sanoat tarmoqlari
uyg‘unligidir. Mashinasozlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor 
majmuasi hisoblanadi  (40-rasm). Chunki 
iqtisodiyotning hech bir tarmog‘i mashinalar bilan 
ta’minlanmay turib rivojlana olmaydi.  Hozirgi zamon mashinasini tayyorlash uchun ko‘p 
miqdorda metall, plastmassa, bo‘yoqlar, rezina, 
gazlama, yog‘och-taxta kerak bo‘ladi. Mashinalar minglab detallardan tayyorlanadi. Bu qadar 
xilma-xil detallarni bittagina zavodda yasash noqulay va 
samarasizdir. Shu sababli mashinasozlikda  detallar 
yasashga ixtisoslashish , ya’ni tayyor mahsulotning 
ayrim detallari va qismlarini yasash keng rivojlangan. Ammo bunday ishlab chiqarishni transportsiz amalga 
oshirib bo‘lmaydi. Shu sababli mashinasozlik 
tarmoqlarini joylashtirishda qulay transport 
magistrallarining mavjudligi, albatta, hisobga olinadi. Binobarin, mashinalar uchun ayrim detallarni ishlab 
chiqaruvchi ko‘pdan ko‘p mashinasozlik zavodlari bir-
biri bilan, shuningdek, metall, plastmassa, rezina va 
hokazolarni yetkazib beruvchi (boshqa tarmoq) 
korxonalari bilan ishlab chiqarish aloqalari bo‘lishini,
ya’ni  kooperativlashish larini talab qiladi.  Mashinasozlik korxonalari uchun malakali ishchi va 
ilmiy-texnik mutaxassislar yetarli bo‘lishi kerak. Shu 
sababli mashinasozlik korxonalarini joylashtirishda
iste’molchining yaqinligi va metallurgiya bazasi ham 
hisobga olinadi. Mashinasozlik buyumlari murakkab dastgohlar 
vositasida, yuqori malakali mehnat evaziga yaratiladi. 
O‘rta hisobda har bir mashinaning tannarxi unga 
sarflangan xomashyo – metall tannarxidan yuzlab marta 
ortiq bo‘ladi (41-rasm). Mashinasozlikning turli tarmoqlari bir xil miqdorda 
metall ishlatmaydi.Agar bir dona mashinani yasash 
uchun ko‘p metall (yoki boshqa material ko‘p) kerak 
bo‘lsa, bunday mashinasozlikni  ko‘p metall yoki ko‘p 
material talab qiluvchi mashina sozlik  deyiladi. Kon va 
metallurgiya asbob-uskunalari, temiryo‘l vagonlarini 
ishlab chiqarish bunga misol bo‘ladi. Shunday qilib, sarf qilinadigan material va malakali 
mehnat miq dori, xomashyo hamda tay yor ma shi na 
larni tashish sharoiti mashinasozlik zavodlarini:
a) transport magistrallari; b) malakali kadrlar; d) 
iste’molchilar; e) yirik metallurgiya korxonalari mavjud 
yerlarda joylashtirish tamoyillarini belgilab beradi. O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun an’anaviy ixtisosli 
sohalar hisoblangan paxta, pilla, kanop yetishtirish va 
ularni qayta ishlash qo‘l mehnatini ko‘p talab qiladi. Shu sababli qishloq xo‘jaligining ixtisoslashgan 
sohalarini mexanizatsiyalashni ta’minlovchi, ya’ni yer 
haydash, ekin ekish va ishlov berish, hosilni yig‘ib olish
hamda tayyor xomashyoni qayta ishlashda 
qo‘llanadigan mashina va asboblar ishlab chiqaradigan 
mashinasozlik tarmoqlari vujudga keldi. Toshkentdagi  «Toshqishloqmash», «O‘zbek-
qishloqmash»  va Chirchiqdagi  «Chirchiqqishloqmash» 
kabi zavodlar qishloq xo‘jaligi mashinasozligining 
asosiy korxonalaridir.
Chirchiqqishloqmash
Toshqishloqmash   Bu zavodlar paxtachilik uchun traktor seyalkalari, 
kultivatorlar, g‘o‘zapoya yuladigan, ko‘rak teradigan va 
chuviydigan, o‘g‘it aralashtiradigan, qishloq xo‘jaligi 
zararkunandalarini yo‘qotishda zaharli moddalarni 
purkaydigan mashinalar ishlab chiqaradi. 1994-yilda O‘zbek–Isroil qo‘shma korxonasida paxta 
teradigan mashinaning yangi modeli yaratildi (37-rasm). Suv omborlari, kanallar qurilishi va ularni loyqadan 
tozalashda, suvni yuqoriga ko‘tarishda, umuman, irri 
gatsiyada qo‘llaniladigan mashinalar ishlab chiqaruvchi 
irrigatsiya mashinasozligi  ham agrosanoat majmuasi 
ehtiyojiga ko‘ra vujudga keldi. Irrigatsiya mashina-
sozligining markazi Andijon viloyati hisoblanadi. Paxtachilik rivojlangani sayin traktorlarga, paxta 
tashiydigan mashina va mexanizmlarga ehtiyoj orta 
bordi. Shuning uchun Toshkent traktor zavodi – TTZda 
universal traktorlar, paxtani qop-qanorsiz tashishga
mo‘ljallangan ag‘darma tirkamalar ishlab chiqarila 
boshlandi. Toshkent, Andijon, Samarqand va Kattaqo‘rg‘onda 
paxta tozalash hamda yog‘ sanoati uchun mashina va 
uskunalar ishlab chiqaruvchi mashinasozlik zavodlari 
joylashgan.  Milliy iqtisodiyotda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida 
mashina va mexanizmlar ko‘plab qo‘llanilayotganidan 
ularga ehtiyot qismlar yetkazib beradigan hamda 
sozlaydigan korxonalar deyarli barcha viloyatlarda 
barpo etilgan. Samarqanddagi «Paxtamash» zavodi ehtiyot qismlar
ishlab chiqaradigan korxonalarning eng yirigidir.
Bog‘dorchilik, uzumchilik va polizchilikda qo‘llanila-
digan mashina va moslamalar «O‘rta Osiyoqishloq-
mash» birlashmasida ishlab chiqarilmoqda. O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab  elektrotexnika 
sanoati  alohida tarmoq tarzida shakllandi. O‘ndan ortiq 
elektrotexnika zavodlari ishladi. EHM ishlab
chiqaradigan «Algoritm» zavodiga asos solindi.  EHM uchun mikroelektronika elementlari, mikro 
sxemalar, masofadan turib boshqarish sistemalari va 
boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan «Zenit» zavodi 
ishga tushirildi.  1990-yilda konsern «O‘zeltexsanoat» uyushmasiga 
aylantirildi. Uyushma tarkibida 50 dan ortiq korxona 
faoliyat ko‘rsatmoqda.  Uyushma korxonalari bilan Rossiya, Turkiya, Janubiy 
Koreya, AQSH, Singapur va boshqa mamlakatlar 
firmalari hamkorligida 20 dan ortiq qo‘shma korxonalar 
tashkil etildi. Radioelektronika va elektrotexnika  Respublika 
mashinasozlik majmuasining jadal rivojlanuvchi, 
istiqbolli tarmog‘i (38-rasm). Mamlakatimizda oltin, kumush, mis, rux, kremniy, 
volfram, kaolin, kvars qumi, uran xomashyosi kabi 
nodir ruda konlari hamda yetarlicha ishchi kuchi 
mavjudligi tarmoqning barqaror rivojlanishini 
ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda mashinasozlik tarmoqlarida 100 mingga 
yaqin kishi mehnat qilmoqda. To‘qimachilik 
sanoatining yuksalishi xomashyogagina bog‘liq 
bo‘lmay uni zamonaviy to‘quv dastgohlar, asbob-
uskunalar bilan ta’minlashga ham bog‘liqdir.  Bunday jihozlarni «O‘zbek to‘qimachilikmash» 
birlashmasida ishlab chiqariladi. Birlashma korxonalari 
Toshkent, Qo‘qon, Jizzax shaharlarida joylashgan. Kimyo va neft-kimyo mashinasozligi  1941-yilda tashkil 
topgan. Uning  yirik korxonasi Chirchiq shahridagi 
«O‘zbek kimyomash» zavodi dastavval kimyo, 
mikrobiologiya, selluloza-qog‘oz sanoati korxonalari 
uchun uskuna-jihoz ishlab chiqarar edi.  Hozirda kimyo uskunalari, turbokompressorlar, 
ventilatorlar, nasoslar ishlab chiqarmoqda.  Toshkent «Kompressor» zavodida qo‘shma kompressor 
stansiyalar ishlab chiqariladi. Namanganda esa neft va 
gaz quduqlari uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Kommunal xo‘jaligi mashinasozlig i  tarmog‘ida 
Samarqand liftsozlik zavodi ishlamoqda. Zavodda 
yo‘lovchi va yuk liftlari, yog‘ochga ishlov beradigan 
stanoklar ishlab chiqariladi.  Mashinasozlik korxonalarining istiqboli va hududiy 
joylashuvini inson omili belgilaydi. Qishloq aholisini 
ish bilan ta’minlash maqsadida mashina qismlarini 
ishlashga ixtisoslashgan kichik korxonalar qishloqlarda 
barpo etilmoqda. O‘tgan asrning o‘rtalarigacha O‘zbekiston 
mashinasozligi qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab 
chiqargan  va ularni ta’minlash hamda paxtani qayta 
ishlovchi   korxonalarga mashina va uskunalar yetkazib 
bergan edi .   Endilikda esa mashinasozlik majmuyining yarmigina 
agrosanoat majmuasi  bilan bog‘liq.  Keyingi   davrlarda 
O‘zbekiston mashina-sozligida an’anaviy tarmoqlarni 
rivojlantirish bilan bir qatorda oz metall va ko‘p 
mehnattalab tarmoqlar jadal rivojlandi .  Natijada ko‘p 
tarmoqli   mashinasozlik tarkib topdi. Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2014,2019 / 
www.eduportal.uz

MASHINASOZLIK VA UNING TARMOQLARI

11-dars mavzusidan mashina s о zlikning yalpi san о at mahsul о tidagi salm о g‘ini aniqlang.

Mashinasozlik majmuasi – iqtisodiyotning barcha sohalari uchun mashina va asboblar ishlab chiqaruvchi, aholini televizor, muzlatkich singari xilma-xil is’temol buyumlari bilan ta’minlovchi sanoat tarmoqlari uyg‘unligidir.

Mashinasozlik mamlakat iqtisodiyotining ustuvor majmuasi hisoblanadi (40-rasm). Chunki iqtisodiyotning hech bir tarmog‘i mashinalar bilan ta’minlanmay turib rivojlana olmaydi.

Hozirgi zamon mashinasini tayyorlash uchun ko‘p miqdorda metall, plastmassa, bo‘yoqlar, rezina, gazlama, yog‘och-taxta kerak bo‘ladi.