logo

Afaziya va uning turlari

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

925.08984375 KB
MAVZU: AFAZIYA VA UNING            
TURLARI REJA:
•
NEYROLINGVISTIKA.
•
AFAZIYA  VA UNING TURLARI.         Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan ham uzviy 
aloqada. So‘ngi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik 
fanlarining oralig‘ida nevrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi  yangi fan 
tarmog‘i vujudga keldi.
         Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekani, miya 
kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini o‘rganadi. Sodda 
qilib aytganda, neyrolingvistikaning o‘rganish obyekti afaziyadir.
Neyrolingvistika grek tilidan olingan bo‘lib,  VЕÜVOV  -  
nerv,  LINGUA  – til degan ma’nolarini bildiradiradi Afaziya yunoncha so‘z bo‘lib,  a  – inkor 
qo‘shimchasi,  phasis  – gapira olmaslik degan 
ma’noni anglatadi.
Afaziya – bu bosh miyaning shikastlanishi 
natijasida nutqni to‘liq yoki qisman 
yo‘qotishdir. Afaziya bilan og‘rigan 
bemorlar Afaziya bilan og‘rigan bemorlar.         AFAZIYAGA BOSH MIYA PO‘STLOQ QAVATIDAGI SO‘ZLASHISH 
MARKAZINING O‘ZGARISHI SABAB BO‘LADI. NUTQIY 
KAMCHILIKLARINI O‘RGANUVCHI SOHA   AFAZIOLOGIYA  BO‘LIB, KENG 
TADQIQOTLAR OLIB BORILGAN SOHALARDAN BIRI HISOBLANADI. O‘NG 
QO‘LDA YOZADIGANLAR VA ISH QILADIGANLARDA NUTQIY ZONALAR 
CHAP YARIMSHARDA JOYLASHGAN BO‘LADI. SHUNDAY EKAN 
AFAZIOLOGIYA CHAP YARIMSHARNING TADQIQI BILAN 
SHUG‘ULLANADI. Afaziyaning turlari
Motor afaziya
Sensor afaziya Amnestik afaziya
Akustik-mnestik afaziya Motor afaziya
     Motor afaziya  inson miyasidagi Broka markazi shikastlanishi 
natijasida yuzaga keladi. Afaziyaning bu turida afaziyaga 
chalinganlar nutqni tushuna oladi, lekin gapirmoqchi bo‘lganda 
so‘zlarni topa olmasligi sababli gapira olmaydi. Bu bosh miya 
o‘ng yarimshar maydonini harakatga keltiruvchi a’zolarning 
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi.       Akustik–mnestik afaziya  – bu miyaning 
ma’lumotni ushlab qolish hajmining buzilishi, 
eshitish va nutqqa oid xotiraning tormozlanishidir. U 
chap chakkaning o‘rta qismlarining shikastlanishida 
yuzaga kelishi mumkin.
Optik-mnestik afaziya  – bu ko‘rib eslab qolish 
xotirasining  buzilishi, so‘zlar obrazini ko‘rishning 
susayishidir.U miya  chap yarimshari chekka qismining 
orqa ostki qismining shikastlanishida yuzaga keladi. Kattalardagi nutq buzilishi Amnestik afaziya  – bosh suyagining chakka tepa 
qismi atrofi shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. 
Kamchiligi ular narsalarning nomlarini qiyinchilik 
bilan saqlab qoladi.
    Semantik afaziyaning  asosida nutqni simultan tahlil 
qilish va uni sintez qilish yotadi. U miya chap 
yarimsharining yuqori chekka, gardan qismlarining 
uchlamchi zonalarining shikastlanishida yuzaga kelishi 
mumkin.  Semantik afaziya  – bu grammatik murakkab 
iboralar ma’nosini anglash, fleksiyalar yordamida 
ifodalanuvchi so‘zlar o‘rtasidagi munosabatlar, atributiv 
konstruksiyalar buzilishi bilan xarakterlanuvchi simptom 
majmuidir.        Inson miyasi murakkab funksional sistema bo‘lib, eng kamida uchta asosiy
blok ishtirokida muttasil faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan biri pardaning tetiklanishini
ta’minlaydi va tanlash, selektiv faoliyat shaklini uzoq amalga oshirish imkonini
beradi. Boshqasi axborotni olish, qayta ishlash va saqlashni ta’minlaydi. 
Uchinchisi esa faoliyatni programmalashtirish, boshqarish va nazorat qilish 
vazifasini bajaradi.
       Yuqorida bayon qilingan bloklarning zararlanishi ularning bir me’yordagi
vazifasiga salbiy ta’sir etadi. Birinchi blokka mansub apparatlarning zararlanishi
psixik faoliyatnn tanlash, selektiv imkoniyatini cheklaydi. Ikkinchi blok
apparatlarining zararlanishi axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash
qobiliyatini yo‘qotadi. Uchinchi blokning zararlanishi esa programmalashtirish, 
barqaror ravishda boshqarish va nazorat qilish imkonini cheklaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
•
  NURMONOV A., YO‘LDOSHEV B. TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR. 
– TOSHKENT: SHARQ, 2002.
•
NURMONOV A. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI TARIXI. – TOSHKENT: 
O‘ZBEKIRTON, 2002. E’TIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

MAVZU: AFAZIYA VA UNING TURLARI

REJA: • NEYROLINGVISTIKA. • AFAZIYA VA UNING TURLARI.

Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan ham uzviy aloqada. So‘ngi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig‘ida nevrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog‘i vujudga keldi. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekani, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini o‘rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o‘rganish obyekti afaziyadir. Neyrolingvistika grek tilidan olingan bo‘lib, VЕÜVOV - nerv, LINGUA – til degan ma’nolarini bildiradiradi

Afaziya yunoncha so‘z bo‘lib, a – inkor qo‘shimchasi, phasis – gapira olmaslik degan ma’noni anglatadi. Afaziya – bu bosh miyaning shikastlanishi natijasida nutqni to‘liq yoki qisman yo‘qotishdir.

Afaziya bilan og‘rigan bemorlar