Mesapatomiyada Urning lll sulolasi davrida tashqi siyosat va diplomatiyasi
Mavzu: Mesapatomiyada Urning lll sulolasi davrida tashqi siyosat va diplomatiyasi.
Urning III sulolasi asoschisi bo‘lgan Ur-Nammu Utuxengelning kuyovi va Ur shahridagi ensisi (noib-qo‘mondoni–shaganasi) edi. Oliy hukmdorning o‘limidan so‘ng Ur-Nammu (mil.avv.2112-2095-yy.) hokimiyatni qo‘lga kiritib, poytaxtni Urga ko‘chiradi. Hokimiyatni to‘la qo‘lga kiritgandan keyin o‘ziga “Shumer va Akkad o‘lkalarining podshosi” unvonini oladi. Uning vorisi bo‘lgan Shulgi (mil.avv.2094-2047-yy.) davrida ushbu unvonga “To‘rt tomonning podshosi” (Koinot podshosi) unvoni qo‘shildi. Mesopotamiyaning bu bosqichi Urning III sulolasi yoki “Shumer renessansi” nomlari bilan atalgan
Tarixiy adabiyotlarda bu sulolaning hukmronligi bosqichi tashqi siyosiy voqealari haqida, asosan Elam bilan olib borilgan urushlarni hisobga olmaganda, juda kam ma’lumotlar keltirilgan. Shimolda ham sulola hukmdorlari g‘alabali urushlar olib borib, Mari va Frotning O‘rta oqimidagi boshqa shaharlarni, shuningdek, Xabur daryosi vodiysini egallaganlar. Suriya va Finikiyagacha uzoq vaqtga bo‘lmasada, kirib kelganlar
Elam bilan bo‘lgan urushning katta qismi muvaffaqiyatli bo‘lgan, ammo Urning III sulolasi hukmdorlari va undan keyingi vorislarga Elam ustidan mustahkam hukmronlik o‘rnatish nasib qilmagan. Boshqa qizini 31-yilida Anshan (Elamning birinchi poytaxti sifatida ko‘rsatiladi) hukmdoriga beradi. Lekin hukmdorligining 34- yilida Anshanni yakson qiladi, boshqacha aytganda bu nikohdan ko‘zlangan siyosiy maqsad amalga oshmaydiSulolaning eng taniqli vakili bo‘lgan, ikkinchi podshosi Shulgi (tax. mil.avv.2093-2046-yy.) hukmronligining 18- yilida qizini Marxashi (yoki Varaxsa) hukmdori nikohiga beradi. Faqat bu bosqichda amalga oshirilgan bir qancha nikoh diplomatiyasiga oid ma’lumotlar yetib kelgan.
,,Shumer va Akkad òlkalarining podshosi '' unvonini kim olgan? A. Utuxengel B.Ur-Nammu D.Shulgi ,,Turt tomon podshosi ''unvoni kimning davrida qushiladi? A.Shulgi B.Ur-Nammu D. Utuxengel Guteylar Mesapatomiyadan soliq yiģimlarini qayerga yuborgan? A. Uruk B. Lagash. D. Umma Shulgi hukimronligining 18 yilida qizini qayerning hukumdoriga nikohlab beradi? A.Lagash B. Uruk D. Marxashi Shulgi hukmronligining nechanchi yilida Anshanni yakson qiladi? A. 18 B. 34 D. 31