logo

Misr Arab Respublikasi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

9287.857421875 KB
Misr A rab  Respublik a siБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   
Maydoni – 1001,4 ming km².
  Aholisi (2018-y) – 97 mln.
  Poytaxti – Qohira                Suvaysh kanali, Sinoy yarimoroli, Nil daryosi, 
             Asvon suv ombori, tropik va subtropik iqlim, 
              aholi zichligi, sug‘orma dehqonchilik, tarixiy-
madaniy meros.   Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida 
hamda kichik qismi Osiyo qit’asidagi Sinoy yarimorolida 
joylashgan. Qirg‘oqlari shimolda O‘rta, sharqda Qizil 
dengiz suvlari bilan yuviladi.    Suvaysh kanali bu ikki dengiz ni tutashtiradi hamda ayni paytda, 
Afrika va Osiyoning chegarasi hisoblanadi. Suvaysh ka	
 nalining 
o‘tganligi, Osiyo va Afrika tutashgan hududda joylashganligi Misr 
iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi. 
Qizil dengiz
Suvaysh kanali     Boshqaruv shakli – prezidentlik respublikasi. Siyosiy-ma’muriy 
jihatdan 27 ta “muhafazat” ga bo‘linadi. Misr poytaxti – Qohira 
shahri Nil deltasida joylashgan (83-rasm). 
Misr prezidenti Abdul- Fattoh 
al-Sisi    Tabiiy sharoiti va resurslari. 
Misrning hududi, asosan, 
tekisliklar dan iborat. Faqat 
Qizil dengizga yaqin qismi 
hamda Sinoy yarimorolida 
tog‘lar mavjud. Sinay 
yarim 
oroli
Qizil 
dengiz    Foydali qazilmalardan Misrda, asosan, neft, tabiiy gaz, 
temir rudasi, fosforit konlari mavjud.    Misr hududining katta qismi tropik, O‘rta dengiz sohili 
esa subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Yozi juda 
issiq, qishi iliq. Yog‘in juda kam yog‘adi, yillik miqdori, 
odatda, 200 mm dan oshmay di. Shuning uchun 
mamlakat hududi, asosan, tropik cho‘llar bilan band. 
Subtropik
Tropik       Issiq va quruq iqlim sharoitida Misr uchun suv resurslarining 
yetishmovchiligi xos. Mamlakatning yagona daryosi – uning 
hududini janubdan shimolga kesib o‘tib, O‘rta dengizga 
quyiladigan Nil – cho‘llar orasidan oqib o‘tadigan tranzit daryodir 
(84-rasm). Nil daryosida jahondagi eng yirik suv omborlaridan 
biri – Asvon suv ombori barpo etilgan. 
Asvon suv ombori  to‘g‘oni     Aholisi. 
Misr Afrika davlatlari 
orasida aholi soni bo‘yicha 
Nigeriya va Efiopiyadan 
keyingi uchinchi o‘rinda 
turadi. Aholining tabiiy 
o‘sishi nisbatan yuqori 
darajada saqlanib 
kelmoqda. Misr aholisi 
yiliga deyarli 2,5 % ga, 
ya’ni 2 milliondan ziyod 
kishiga ko‘payadi.     Misrda shahar aholisining ulushi 45 % atrofida va bu ko‘rsatkich 
Shi moliy Afrikaning boshqa davlatlariga nisbatan pastroq 
darajada. Eng yirik shaharlari qatoriga Qohira, Iskandariya va 
Giza kiradi. 
Qohira Iskandariya
Giza   Misr bir millatli davlat hisoblanadi, chunki aholisining 
99 % i arablardan iborat. Keng tarqalgan din – islom. 
Lekin misrliklarning 10 % ga yaqin qismi xristian diniga 
mansub.    Misrda aholi juda notekis joylashgan. Misrliklarning 90 % idan 
ziyod qismi aholi zichligi bilan jahon miqyosida ajralib turadigan 
Nil vodiysi va deltasida yashaydi. Shuningdek, Suvaysh kanali 
bo‘yida, O‘rta va Qi zil dengizlar sohillarida ham aholi zichligi 
birmuncha yuqori.    Iqtisodiyoti. 
Misr Afrika qit’asidagi 
davlatlar orasida eng 
katta iqtisodiy 
salohiyatga ega 
davlatlardan biri. 
Mamlakat iqtisodiyoti 
agrar-industrial 
xarakterga ega. 
Misr pul birligi - Funt    Sanoati, asosan, neft-gaz, to‘qimachilik, oziq-ovqat va kimyo 
tarmoqlariga ixtisoslashgan. Shuningdek, metallurgiya, 
mashinasozlik sanoati ham rivojlanib bormoqda.    Qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchi likka tayanadi. 
Asosiy ekinlar – paxta, sho	
 li, makkajo‘xori, sabzavot, 
meva va poliz ekinlari. Chorvachilikning asosiy tarmog‘i 
qoramolchilik hisoblanadi.      Misr Arab Respublikasining davlat byudjeti uchun 
Suvaysh kanali orqali ke malar tranzitidan tushadigan 
bojlar muhim daromad manbayidir.    Misr iqtisodiyotining muhim tarmoqla ridan biri turizm 
hisoblanadi. Turizmning rivojlanishiga Misr dengizbo‘yi 
hududlarining tabiiy sharoiti hamda mam
 lakatning juda boy 
tarixiy-madaniy merosi katta ta’sir ko‘rsatadi (85-rasm).    © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. 
Fedorko  – Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9- 
sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – 
“O‘zbekiston” – 2019
•
Atlas, 9-sinf Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy 
geografiyasi), nusxasi telegram kanaldan olindi.

Misr A rab Respublik a siБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Maydoni – 1001,4 ming km². Aholisi (2018-y) – 97 mln. Poytaxti – Qohira

Suvaysh kanali, Sinoy yarimoroli, Nil daryosi, Asvon suv ombori, tropik va subtropik iqlim, aholi zichligi, sug‘orma dehqonchilik, tarixiy- madaniy meros.

Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoli-sharqida hamda kichik qismi Osiyo qit’asidagi Sinoy yarimorolida joylashgan. Qirg‘oqlari shimolda O‘rta, sharqda Qizil dengiz suvlari bilan yuviladi.

Suvaysh kanali bu ikki dengiz ni tutashtiradi hamda ayni paytda, Afrika va Osiyoning chegarasi hisoblanadi. Suvaysh ka nalining o‘tganligi, Osiyo va Afrika tutashgan hududda joylashganligi Misr iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi. Qizil dengiz Suvaysh kanali