logo

Multimediali dastur yaratish texnologiyalari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

67.587890625 KB
Multimediali dastur yaratish 
texnologiyalari              Reja:
1.  Multimedia  tushunchasi
2.  Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi
3.  Multimedia ilovalari shakllari
4.  Multimedia ilovalari yaratish uchun vositalar              
Multimedia  atamasining  lug’aviy  ma’nosi  multimuhitni  anglatadi. 
Ammo  multimedia  tushunchasining  aniq  ta’rifi  mavjud  emas.  Odatda 
multimedia  deganda  turli  shakldagi  ma’lumotlarni  qayta  ishlovchi 
vositalar  majmuasi  tushuniladi.  Ayni  vaqtda  bu  avvalo  tovushlar, 
videoelementlarni  qayta  ishlovchi  vositalardir.  Shu  bilan  birga 
multiplikatsiya  (animatsiya)  va  yuqori  sifatli  grafika  hollarida  ham 
multimedia  haqida  gapirish  mumkin.  Kelajakda  multimedia  vositalari 
ma’lumotning  boshqa  turlari,  masalan,  virtual  voqelik  bilan  ishlash 
imkonini berishi ehtimoldan holi emas.              
Tovushlar  va  videoelementlar  (video)  bilan  ishlash 
multimedia  vositalari  deb  ataladigan  maxsus  texnik  va 
uskunaviy  qurilmalar  bilan  amalga  oshiriladi.  Bunday 
texnik  vositalar  bilan  jihozlangan  komputer  multimedia  - 
kompyuter deb ataladi.              
Multimediaga  mansub  texnik  vositalar  mos  ma’lumotni, 
masalan,  tovush  va  videoelementlarni,  taqlidli,  uzluksiz 
shakldan  kompyuter  tushunadigan  raqamli  shaklga 
o’tkazadi.  Shu  bilan  birga  saqlangan  va  qayta  ishlangan 
mos  ma’lumotni  inson  adekvat  qabul  qila  olishi  uchun 
multimedia  qiziqtirayotgan  raqamlardan  zarur  obrazlar, 
masalan tovush va videoelementlar yaratadi.              
Video  bilan  to’laqonli  ishlash  uchun  videoma’lumotni  kompyuterga 
mos  shaklga  va  asliga  qaytaruvchi  moslama  -  videokarta  zarur.  Unga 
videoka-mera,  videomagnitofon  va  televizor  kabi  moslamalar  ulanishi 
mumkin.  Ammo  videoshakllarni  kompyuterda  qayta  ishlash  bilan 
odatda  tor  doiradagi  mutaxassislar  shug’ullanadi  xolos.  Aksariyat 
foydalanuvchilar  uchun  videoelementlarni  monitorda  ifodalay  olish 
etarli bo’ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy 
kompyuterda mavjud bo’lgan videoadapter va monitor etarlidir.              
Multimedia  ilovalari  yaratish  texnologiyasini  o‘rganishda  ularning 
qanday  yaratilishini  ifodalovchi  ssenariy  ishlab  chiqiladi.  Bundan  kelib 
chiqib,  har  bir
multimedia  ilovasi  turli  tarkibiy  qismlardan  tashkil  topadi, 
yaratilayotgan multimedia ilovasi uchun mavzu tanlash, ish maydonini 
belgilash , kadrlar, qatlamlardan foydalanish, turli shakllar simvollarini 
yaratish,  dasturlash  tilida  o‘zgaruvchilar  kiritish  va  skriptlar  yozish, 
tovushli  fayllar  bilan  ishlash,  matn  qo‘shish,  effektlar  yaratish, 
rasmlardan  foydalanish  va  import  qilish,  kutubxonadagi  tayyor 
komponentlardan  foydalanish,  navigatsiyani  yaratish,  matn 
razmetkasi tillari va skriptlash tillaridan foydalanish.              
Chiziqli  taqdimot  –  murakkab  grafika,  videoqo‘yilma,  ovoz  jo‘rligidagi  va 
navigatsiya tizimiga ega bo‘lmagan dinamik rolik.

Kadrlar  animatsiyasi  –  tasvirlar  harakati  taassurotini  beradigan  suratlarning 
kadrlar bo‘yicha almashishi.

Ko‘ngil  ochuvchi  o‘yinlar  –  foydalanuvchiga  bo‘sh  vaqtini  o‘tkazishga  imkon
beradigan dasturlar.

  Film kadrlari harakatini shakllantirish – harakat taassurotini uyg‘otuvchi rasmlar, 
kadrlar ketma-ketligini, tasvirlarni tayyorlash va joylashtirish.

  Bitta  ovozli  fayl  o‘qish  qurilmasi  –  wav,  mp3  va  boshqa  formatdagi  ovozli  faylni 
multimedia ilovaga qo‘shish va uni qaytadan eshitish.              
  Bannerlar – internetdagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U 
reklama beruvchining Veb-saytiga yoki mahsulot yoxud xizmat turi atroflicha 
bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat. Bannerlar tashrifchilarni 
jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resursni siljitish uchun turli 
Internet resurslarda  joylashtiriladi.

Virtual musiqa instrumentlari – haqiqiy musiqa instrumentlari imitatsiyasi.

Panorama – katta ochiq maydonni erkin tomosha qilishga imkon beruvchi keng 
va katta plandagi manzara.

Turli ovozli fayllarni o‘qish qurilmasi – bitta ovozli fayl o‘qish qurilmasiga 
o‘xshash, lekin bajarish ketma ketligini o‘zgartirish imkoniyati qo‘shilgan holda.              
Multimediali  mahsulot  yaratish  uchun  ko‘plab  texnik  instrumentlar  mavjud.
Yaratuvchi  gipermatn  sahifalarini  yaratishda  ishlatiladigan  dasturni  tanlab 
olishi  kerak.  To‘liq  funksional  multimedia  dasturlarini  yaratishga  imkon 
beruvchi  bir  qator  kuchli  multimedia  yaratish  vositalari  mavjud.  Macromedia 
Director,  Macromedia  Flash  yoki  Authoware  Professional  kabi  paketlar  yuqori 
darajadagi  professonal  va  qimmat  vositalar  hisoblanadi,  shu  bilan  birga 
FrontPage,  mPower  4.0,  HyperStudio  4.0  va  Web  Workshop  Pro  ularning 
oddiyroq  va  arzonroq  analoglari  hisoblanadi.  PowerPoint  va  matn 
muharrirlari (masalan, Word) kabilardan ham chiziqli va chiziqsiz multimediali 
resurslar  yaratishda  foydalanish  mumkin.  Borland  Delphi  ham  multimediali 
ilovalar ishlab chiqish vositasi hisoblanadi.

Multimediali dastur yaratish texnologiyalari

Reja: 1. Multimedia  tushunchasi 2. Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi 3. Multimedia ilovalari shakllari 4. Multimedia ilovalari yaratish uchun vositalar

 Multimedia atamasining lug’aviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan holi emas.

 Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan komputer multimedia - kompyuter deb ataladi.

 Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi.