Nikolo Makiavelining Hukmdor asari tarix falsafasi
Nik olo Mak iav elining ''Huk mdor " asari t arix falsafasi
Italiyalik faylasuf Makiavelli Florentsiyadagi aslzoda, ammo uncha boy bo‘lmagan oilada o‘sdi. Uning tarjimai holida ko‘pgina noaniqliklar mavjud. Makiavelli 1498 yildan davlat xizmatchisi bo‘lib ishlay boshladi. Makiavelli garchi yuqori mansablarda ishlamasa- da, katta siyosatning sir-asrorlarini yaxshi bilardi. 1512 yil hukumat tepasiga Medichi kelishi bilan Makiavelli Florentsiyadan quvib chiqarildi. U keyinchalik hibsga olinib, qiynoqqa solingani haqida ham ma’lumotlar bor. Makiavelli ham barcha kashfiyotchi ijodkorlar kabi ta’qib va tazyiqlarga duchor bo‘lgan. Jan Boden va Tommazo Kampanella birinchi bo‘lib Makiavelli qarashlarini qoralashgan.
Makiavelli an’anaviy ravishda siyosat olamining faylasufi hisoblanib kelgan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Hukmdor» (1513), «Tit Liviyning birinchi 10 ta kitobiga doir mulohazalar» (1516- 1517), «Mandragora» (1518), «Harbiy san’at to‘g‘risida» (1519-1520), «Andriya» (1519), «Katruchcho Kastrakani hayoti» (1520), «Florentsiya tarixi», «Til haqida so‘zlashuv». Bularning orasida eng mashhuri «Hukmdor» asaridir. 1559 yilda Makiavellining hamma asarlari ilk «Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati»ga kiritilgan.
Nikkolo Makiavellining " Hukmdor " asari o‘rta asrlarda yaratilgan bo‘lib, bugungi kungacha siyosatchilar, jamoat arboblari,tadqiqotchilar va falsafaga qiziquvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Yozuvchi o‘z davlat tuzilishi, uni boshqarish tamoyillari, xalqqa qanday munosabatda bo‘lish haqida tavsiyalar bergan va fikrlarini bayon etgan. Kitobda ma’lum va mashhur shaxslar, hukmdorlar, tarixiy voqealar, davlat arboblari hayotidan ko‘plab misollar keltirgan, shu bois u hamma davrlarda o‘ziga xos qo‘llanma sifatida o‘rganib kelingan. Harbiy nazariyotchi kuchli davlatning kuchli hukmdori o‘ziga ishonishi, dadil qaror qbul qilishi, adolatga tayangan holda vaziyatga moslashishi kerak deb biladi va xuddi shu fazilatlar, Makiavellining fikricha, hukmdor yuritayotgan siyosatning muvaffaqiyatini tashkil qildai. Asar o‘ta jiddiy mavzuga bag‘ishlanib, unda o‘ta jiddiy masalalar muhokama qilingan bo‘lsada, ungil hazil-mutoyibaga ham yo‘g‘rilkanki, kitob bundan besh asr ilgari emas, ayni bizning zamonamizda zilganga o‘xshaydi.
Maqsad vositani oqlaydi. * * * Faqirligim — halolligim va sodiqligim isboti. * * * Har qanday vaziyatda ham marhamatli bo‘lishni istovchi odamga ko‘plab marhamatsiz kishilar orasida halok bo‘lishdan o‘zga yo‘l qolmaydi. * * * Hokimiyatni saqlab qolishni istovchi odam zolimlikka tayanishi kerak. * * * Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga erishilgan-erishilmaganiga ko‘ra baholaydilar. * * * Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan kimsaning hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz o‘girgan odam baxtsizlikka mahkum.