logo

Nutq va muomala

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

271.5419921875 KB
Mav zu: N ut q v a muomala
Reja:
1.Nut q odobi t ushunchasi.
2.Nut qning shak llanishidagi shart -sharoit lar .
3.Nut qiy vaziy at  va nut q odobi.              To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha 
bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi 
Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, 
Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap 
shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga 
ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan.  Yunon  
notig‘i   Demosfen  (eramizdan oldingi 384-322) va	
  Rim	 notig‘i   Sitseron  	(eramizgacha 
106-43) larning hayoti bunga misol bo‘la oladi.
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bi	
 lan shug‘ullanish 
o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan. Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud 
Koshg‘ariyning	
  «Devonu lug‘otit	 turk» , Yusuf Xos 
Hojibning	
  «Qutadg‘u	 bilig»  	asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib 
kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar	
  «nutq odobi»	 deb   yuritilgan sodda va 
o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, 
keksalar va ustozlar oldida gapirganda odob saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish, 
yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni qoralash	
 singari bir qator qoida va ko ’ rsatmalar 
bugun biz	
 «nutq madaniyati»	 deb atab kelayotgan tushunchaning aynan	 o‘zidir .              Mahmud Koshg’ariy
Mahmud  
Koshg‘ariyning  «Devon» ida nutq odobi 
uchun ahamiyatli bo‘lgan til ma’lumotlari 
bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, 
nutqiy go‘zallikka oid qimmatli ma’lumotlar 
mavjud.	
  Birgina misol:  	Ko‘p sukutga qush 
qo‘nar, Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar, ya’ni, 
shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga 
qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z (maqtov) 
keladi. Yana:	
  Ardam	 boshi til,	  ya’ni odob va 
fazilatning boshi tildir.
               Alisher N av oiy  

  U lug‘ shoir va mutafakkir Alisher 
Navoiyning nomini alohida ehtirom bilan 
tilga olamiz. O‘z ijodi bilan so‘z qudrati va 
notiqlik san’atini yuksak darajaga ko‘targan 
alloma nutq madaniyati nazariyasi bilan ham 
jiddiy shug‘ullangan. U  «Mahbub-ul 
qulub»  	
asarining 24-bobini voizlikka 
(notiqlik san’atiga) 
bag‘ishlagan,	
  «Muhokamat-ul 
lug‘atayn»  	
va	  «Majolis-un nafois»  	asarlari 
esa bevosita tilshunoslikning nazariy 
muammolarini hal qilishga, turkiy (o‘zbek) 
tilining boshqa tillar orasidagi o‘rnini 
belgilab berishga hamda nutq madaniyatini 
o‘rganishga qaratilgan edi. 
«Xamsa»  	
ning har bir dostonida so‘zga 
bo‘lgan ehtiromini alohida qayd qiladi. 
Quyida dostonlarning nasriy bayonidan 
ayrim parchalarni keltiramiz.	
  «Hayratul 
abror» dan:	
  So‘z gavharining	 sharafi 
shunchalik yuksakki, gavhardek	
 qimmat -
baho narsa horn unga sadaf bo‘la olmaydi.

So‘z jon bo‘lib, ruh uning qotipidir. Tanida 
ruhi bor odam unga ehtiyoj sezadi. So‘z 
dunyodagi barcha ko‘ngillarning qutisidagi 
javhar, hammaning og‘iz qutisidagi 
qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir 
po‘lat zanjir bo‘lsa, so‘z unga qadalgan 
injulardir. Til shu chamanning ochilgan 
bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan 
shabnamlardir. So‘z odamning tanasiga  ро k 
ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik ruh 
halok bo‘lishi mumkin.              Jumladan ,  uning muomala madaniyati va muloqot odobi haqidagi 
qarashlari ana shu umuminsoniy fazilatlarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. 
Koshifiy quyidagilarni yozadi: «Tilning odobi qaysi deb so‘rasalar, bu olti narsaga 
tilni ochish va sakkiz narsadan tilni saqlash deb aytgil. Tilni ochish kerak bo‘lgan 
narsalar qaysi deb so‘rasalar, aytgil: hojat zarurati yuzasidan ko‘ngillarda yashirin 
bo‘lgan rozni izhor etish, mazlumlar faryodiga javob berish va marhumlar imdodi 
uchun so‘z aytish. Chunki bu so‘zlar orqali zolimning zulmi mazlumlar boshidan 
ko‘tarilishi mumkin.
Tilni saqlash lozim bo‘gan narsalar qaysi deb so‘rasa lar, 
aytgil:  birinchidan,  yolg‘on gapirishdan, zero, yolg‘onchi xudoning 
dushmanidir.  Ikkinchi , va’daga xilof gapirish va munofiqona so‘z 
aytishdan.  Uchinchi ,  g‘iybat va bo‘hton  gaplardan , chunki bo‘hton fosihlar 
ishidir.  To‘rtinchi  behuda bahsu munoqashadan, ayb qilishdan va gap tashishdan. 
Bular shayton vasvasasiga kiradi.  Beshinchi,  o‘zini maqtash va ta‘riflashdanki, bu 
xudbinlikka olib keladi.  Oltinchi , navkar va xizmatkorlarni la’natlashdan.  Yettinchi , 
qarg‘ashdan, duoibad qilishdan, chunki bu jonu dilning ofatidir. Sakkizinchi, 
mazax-masxara qilish va hazil - huzuldan».              Olim shu bobning  «Suhbat odobi haqida»  	deb nomlangan oltinchi faslida til odobi 
haqidagi mulohazalarini davom ettirib, quyidagilarni bayon qiladi: «Bilgilki, odamzodning sharafi 
nutq bilan va nutq odobiga rioya qiladigan odam bu sharafdan bebahradir. So‘z hamma vaqt savob 
uchun ishlatilishi, to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa, jim turgan ma’qui. 
Shayxlar va boshqa martabaga erishganlar uchun ham, hali martabaga erishmagan kishilar, 
muridlar uchun ham rioya qilinishi zarur bo‘lgan bir qancha suhbat odobi mavjud .  Agar 
martabaga erishganlar suhbatda qaysi qoidalarga amal qilishi kerak deb so‘rasalar, aytgilki, 
quyidagi sakkiz qoidani saqlash kerak:	
 
B irinchidan,  	
har kimning ahvoliga qarab, munosib so‘z aytsin.	 
Ikkinchidan,  	
dag‘allik	 qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin.
Uchinchidan,  	
gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin.	 
To‘rtinchidan , ovozini baland ko‘tarmasin, eshituvchilarga malol kelmaydigan qilib 
gapirsin.	
 
Beshinchidan , odamlarga nafi tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin.	
 
Oltinchidan , agar so‘zning qimmati – qadri bo‘lmasa ,  uni tilga olmasin, chunki 
ulug‘larning so‘zi bamisoli urug‘dir, agar urug‘ puch yoki chirigan bo‘lsa ,  uni qay yerga ekmang, 
unib chiqmaydi.              Voiz Koshifiy mana shu tarzda asarning oltinchi bobining ikkinchi faslida ma’raka 
tuzuvchi so‘z ahli, ya’ni notiqlar haqida ma’lumot berib,  ularni	 uch	 toifaga	 
ajratadi:   «birinchi	
 toifa  	– maddohlar, g‘azalxonlar va saqqolar (meshkobchilar).	  Ikkinchi toifa  	– 
xossago‘ylar (dorifurushlar) va bisotandozlar (ko‘rgazmachilar).	
  Uchinchi toifa  	– qissa 
so‘ylaguvchilar va afsona aytuvchilar.
Ularning har birining fazilatlari haqida so‘z yuritib, adab shakllarini birma-bir ko‘rsatib, nutq 
so‘zlaganlarida me’yorni saqlash lozimligini bir necha bor takrorlaydi.
O‘rta Osiyo notiqligining o‘ziga xos xususiyati uning xalq ommasi hayotining turli 
jabhalarini qamrab olganligida edi. O‘sha davr nutqiy san’at ustalarining nadimlar, qissago‘ylar, 
masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar, 
qasidaxonlar deb yuritilganliklari ham slumdan dalolat beradi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, muomala odobini saqlash nihoyatda og‘ir va mas’uliyatli 
vazifa. Garchi uning umuminsoniy va milliy qoidalari mavjud bo‘lsa ham, u har bir kishida 
ularning o‘zligini ko‘rsatuvchi alohida fazilat sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham bir 
vaziyatdagi muomala jarayoni ikkinchi holatda qaytarilmasligi mumkin. Har qalay, biz odobning 
umuminsoniy aqidalaridan xabardor bo‘lishimiz zarur.              Muloqot
Tushunishimizcha, nutq odobining zarur sharti 
yoshi, jinsi, jamiyatda tutgan mavqeidan qat’i 
nazar, suhbatdoshlar o‘rtasidagi samimiy 
munosabat va hurmat-ehtirom bo‘lib 
hisoblanadi. Mana shu omillar bo‘lgan joyda 
so‘zlovchining o‘z shaxsini ustun qo‘yishiga, 
suhbatdoshini mensimasligiga, fikrini ortiqcha 
ovoz va harakatlar bilan ifoda etishiga o‘rin 
qolmaydi. Bunday paytlarda, odatda, suhbat 
ijobiy yakunlanadi.
Muloqot jarayonida har ikki omil  	
–	  til va tildan 
tashqaridagi  	
omillar baravar ishtirok etganligi 
hamda birdek ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun 
bu o‘rinda ularni ajratishga harakat qilmaymiz. 
Asosiy e’tiborni jarayonning o‘ziga qaratamiz.              Harqalay ,  bugunga kelib nutq madaniyatiga bo‘lgan talab tubdan o‘zgardi. Chunki 
mustaqil O‘zbekiston kelajakda o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu yo‘lda 
adashmay borish uchun miliiy istiqiol g‘oyasini ishlab chiqdi. Ana shu milliy istiqlol g‘oyasini 
xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda nutqiy ta’sirchanlik ham alohida mavqega 
ega.  «O‘rnida	 ishlatilgan so‘zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, bama’ni fikr har doim 
odamlarning xulq-atvoriga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi.	
 Muloqot	 jarayonida	 fikrga ,  sog‘lom	 g‘oyaga	 ega	 bo‘lish	 masalaning	 bir	 jihati.	 Uning 
boshqa bir	
 muhim	 jihati ana shu fikrlarni bayon eta olish qobiliyatidir».  	O‘zbek xalqi dunyoda o‘z 
ma’naviyati va madaniyati mavjud bo‘lgan turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda 
ham qadimiy an’analari, odat va ko‘nikmalariga ega. Zero, ana shu ana’ana va odatlar har bir 
xalqning o‘zligini ko‘rsata oladigan belgilar sanaladi. Ona tilimizning bu ijtimoiy jihatlari 
tadqiqotchilarimizning ham e’tiborini tortgan. Ammo keyingi o‘n yillikda ushbu mavzuga 
bag‘ishlangan ikkita yirik tadqiqot – S. Mo‘minov va Sh. Iskandarovalarning monografik ishlari 
maydonga keldiki, biz mazkur mavzuni yoritishda bevosita ana shu kuzatishlar natijalariga 
asoslanamiz.
Ma’lumki, inson faoliyati uning jamiyat mahsuli sifatida mavjudligi sanalib, ana shu 
faoliyat jarayonida u ma’lum harakatlarni amalga oshiradi hamda jamiyat a’zolari bilan til 
muomalasida: muloqotda, fikr almashishda bo‘ladi. Ammo bu muomala tildan 
foydalanuvchilarning madaniyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar uzoq davrni bosib o‘tishi tabiiy. 
O‘zbek nutqi ham bugungi taraqqiyot bosqichiga yetgunga qadar ana shunday vaqt sinovidan 
o‘tgan.              Foy dalanilgan adabiy ot lar ro’y x at i:
1.  Aristotel. Ritorika.  М., 1978. 
2 .   Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Ill tom. Toshkent, “Fan”, 1982. 
3 .  Abu Homid G'azzoliy. Mukoshafat ul-qulub. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2004. 
4 .  Amir Temur Ko'rog'on. Temur tuzuklari. Toshkent, 1991. 
5 .  Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug'atayn. Toshkent, “Fan”, 1982. 
6 .  Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Toshkent, Fan, 1982. 
7 .  Alisher Navoiy. Nazm ul-javohir. Toshkent, Fan, 1982. 
8 .  Alisher Navoiy. Majolis un-nafois” Toshkent, Fan, 1982. 
9 .  Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. Toshkent, O'qituvchi, 1969. 
1 0 .  Ahmedov A. Notiqlik san'ati. Toshkent, O'zbekiston, 1967.

Mav zu: N ut q v a muomala Reja: 1.Nut q odobi t ushunchasi. 2.Nut qning shak llanishidagi shart -sharoit lar . 3.Nut qiy vaziy at va nut q odobi.

To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Yunon notig‘i Demosfen  (eramizdan oldingi 384-322) va Rim notig‘i Sitseron (eramizgacha 106-43) larning hayoti bunga misol bo‘la oladi. O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bi lan shug‘ullanish o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan. Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» , Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar «nutq odobi» deb yuritilgan sodda va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, keksalar va ustozlar oldida gapirganda odob saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish, yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni qoralash singari bir qator qoida va ko ’ rsatmalar bugun biz «nutq madaniyati» deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o‘zidir .

Mahmud Koshg’ariy Mahmud Koshg‘ariyning «Devon» ida nutq odobi uchun ahamiyatli bo‘lgan til ma’lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go‘zallikka oid qimmatli ma’lumotlar mavjud. Birgina misol: Ko‘p sukutga qush qo‘nar, Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar, ya’ni, shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z (maqtov) keladi. Yana: Ardam boshi til, ya’ni odob va fazilatning boshi tildir.  

Alisher N av oiy    U lug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning nomini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. O‘z ijodi bilan so‘z qudrati va notiqlik san’atini yuksak darajaga ko‘targan alloma nutq madaniyati nazariyasi bilan ham jiddiy shug‘ullangan. U «Mahbub-ul qulub» asarining 24-bobini voizlikka (notiqlik san’atiga) bag‘ishlagan, «Muhokamat-ul lug‘atayn» va «Majolis-un nafois» asarlari esa bevosita tilshunoslikning nazariy muammolarini hal qilishga, turkiy (o‘zbek) tilining boshqa tillar orasidagi o‘rnini belgilab berishga hamda nutq madaniyatini o‘rganishga qaratilgan edi.  «Xamsa» ning har bir dostonida so‘zga bo‘lgan ehtiromini alohida qayd qiladi. Quyida dostonlarning nasriy bayonidan ayrim parchalarni keltiramiz. «Hayratul abror» dan: So‘z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek qimmat - baho narsa horn unga sadaf bo‘la olmaydi.  So‘z jon bo‘lib, ruh uning qotipidir. Tanida ruhi bor odam unga ehtiyoj sezadi. So‘z dunyodagi barcha ko‘ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og‘iz qutisidagi qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir po‘lat zanjir bo‘lsa, so‘z unga qadalgan injulardir. Til shu chamanning ochilgan bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir. So‘z odamning tanasiga ро k ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin.

Jumladan ,  uning muomala madaniyati va muloqot odobi haqidagi qarashlari ana shu umuminsoniy fazilatlarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Koshifiy quyidagilarni yozadi: «Tilning odobi qaysi deb so‘rasalar, bu olti narsaga tilni ochish va sakkiz narsadan tilni saqlash deb aytgil. Tilni ochish kerak bo‘lgan narsalar qaysi deb so‘rasalar, aytgil: hojat zarurati yuzasidan ko‘ngillarda yashirin bo‘lgan rozni izhor etish, mazlumlar faryodiga javob berish va marhumlar imdodi uchun so‘z aytish. Chunki bu so‘zlar orqali zolimning zulmi mazlumlar boshidan ko‘tarilishi mumkin. Tilni saqlash lozim bo‘gan narsalar qaysi deb so‘rasa lar, aytgil:  birinchidan,  yolg‘on gapirishdan, zero, yolg‘onchi xudoning dushmanidir.  Ikkinchi , va’daga xilof gapirish va munofiqona so‘z aytishdan.  Uchinchi ,  g‘iybat va bo‘hton  gaplardan , chunki bo‘hton fosihlar ishidir.  To‘rtinchi  behuda bahsu munoqashadan, ayb qilishdan va gap tashishdan. Bular shayton vasvasasiga kiradi.  Beshinchi,  o‘zini maqtash va ta‘riflashdanki, bu xudbinlikka olib keladi.  Oltinchi , navkar va xizmatkorlarni la’natlashdan.  Yettinchi , qarg‘ashdan, duoibad qilishdan, chunki bu jonu dilning ofatidir. Sakkizinchi, mazax-masxara qilish va hazil - huzuldan».