logo

Nutq va muomila

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

443.5 KB
1. Nutqning mantiqiyligi.
2. Nutqning tozaligi.
3. Muomila madaniyati. REJA:Mavzu:Nutq va muomila.  Nutqning  mantiqiyligi.     Nutqning  mantiqiyligi  uning  asosiy  sifatlari  – 
to’g’rilik  va  aniqlik  bilan  chambarchas  bog’langandir.  Chunki  grammatik 
jihatdan  to’g’ri  tuzilmagan  nutq  ham,  fikrni  ifoda  etish  uchun 
muvaffaqiyatsiz  tanlangan  leksik  birlik  ham  mantiqning  buzilishiga  olib 
kelishi  tabiiydir.  Mantiqiy  izchillikning  buzilishi  tinglovchi  va  o’quvchiga 
ifodalanayotgan  fikrning  to’liq  borib  yetmasligiga,  ba’zan  umuman 
anglashilmasligiga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Nutqni  shakllantirishdagi 
e’tiborsizlik  oqibatida  ba’zan  mantiqsizlik  ham  yuz  beradi.  Quyidagi 
misolga  diqqat  qilaylik:  Ferma  jonkuyarlari    olti    oylik    davlatga    sut 
sotish  planlarini  muddatdan  oldin  bajardilar  (gazetadan).  Gapda 
so’zlarning  tartibi  to’g’ri  bo’lmaganligi,  olti  oylik     birikmasining  davlat    
so’zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon 
qilishda xatolik yuz berayapti.  Nutqning  mantiqiy  bo’lishi  so’zlovchi  yoki  yozuvchining  tafakkur 
qobiliyati  bilan  bog’liq.  Shuning  uchun  mantiqiylik  faqatgina  til 
hodisasi  sanalmasdan,  tildan  tashqarida  bo’lgan  omil  sifatida  ham 
qaraladi.  Ya’ni  bunda  notiqdan  faqatgina  tilni  yaxshi  bilish  emas, 
o’zi  mulohaza  yuritayotgan  mavzu  atrofida  keng  bilimga  ega 
bo’lish ham talab qilinadi.
«Nutq  madaniyati  asoslari»  asarining  muallifi  B.N.Golovin 
mantiqiylikni  ikki  guruhga  bo’lib  –  predmet  va  tushuncha 
mantiqiyligi  tarzida  o’rganishni  tavsiya  etgan  edi.  Predmet 
mantiqiyligi  nutqdagi  til  elementlari  bilan  real  voqyelikdagi 
predmet  va  hodisalarning  mazmuniy  aloqasi  hamda 
munosabatidir.  Tushuncha  mantiqiyligi  esa  nutqda  mantiqiy 
tafakkur  qurilishi  va  uning  til  elementlari  semantik  aloqadorligida 
mantiqiy rivojlanishning aks etishidir   deydi u Ko’rinadiki,  so’zlarning  o’zi  ifodalayotgan  predmet  va  hodisalarga 
mos  ravishda  fikrni  aniq  ifodalashi  predmet  mantiqiyligi  bo’lsa, 
so’z  birikmalarining,  gaplarning,  abzaslarning,  hatto  butun-butun 
matnlarning  bir-biriga  mosligi,  fikrni  izchil  davom  ettirishga 
bo’ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir.
Tushuncha  mantiqiyligi  haqida  aytilgan  fikrdan  xulosa  chiqarish 
mumkinki,  nutq  mantiqiyligining  asosiy  lingvistik  sharti  –  leksik-
semantik va sintaktik me’yorga amal qilishdir.
So’zlarni bir-biriga mazmunan bog’lash, ular o’rtasidagi grammatik 
aloqani  to’g’ri  shakllantirish  sintaktik  me’yorga  amal  qilishning 
asosiy  sharti  bo’lib  hisoblanadi.  Mana  bu  misolda  kuy  va  raqs   
so’zlarining  diktor  tomonidan  uyg’un  tarzda  qo’llanib  yuborilishi 
mantiqning  buzilishiga  olib  kelgan:   Endi    kuy    va    raqslar    tinglab, 
dam  oling   (Televideniyedan).  Kuyni  tinglash  mumkin,  ammo 
raqsni-chi?  Hammomda    qatiq      va      shisha    idishlar    iste’mol     
qilish     man  etiladi    («Mushtum»  jurnali) misoli  to’g’risida  ham  shu 
gapni aytish mumkin.
www.arxiv.uz Ba’zan  esa  so’zlar  tushirib  qoldiriladi:   22-maktab  bufetchisi  Toji 
Ibrohimov    bir    kitobga    5    tiyindan      qo’yib      sotmoqda   («Mushtum» 
jurnali).  Kitobgami  yoki  kitobning  narxigami?  So’zlarni  bunday  tushirib 
qoldirishlar  natijasida  yuz  beradigan  metonimiya  hodisasi  hamma  vaqt 
ham to’g’ri tushunilavermasligi mumkin:  Oyposh xola gorchechnik qo’yib 
bo’lib, ketmoqchi edi, Davron uni qo’yarda-qo’ymay    choyga   o’tqazdi  
(M.Jaloliddinova)  
Gapda  so’zlar  va  birikmalar  tartibining  ham  nutq  mantiqiyligida 
ahamiyati  katta.  Masalan,  Suratga  olingan  akula  quruqlikdagi  sut 
emizuvchilarga  o’xshab,    tuxum      qo’ymaydi,     balki  tirik  bola  tug’adi.  
Ifoda  aniqligi  nuqtai  nazaridan  gap  Suratga  olingan  akula      tuxum     
qo’ymaydi,   balki  quruqlikdagi  sut  emizuvchilarga  o’xshab  tirik  bola 
tug’adi   tarzida tuzilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Ko’r-ko’rona  qilingan  tarjimalar  ham  kulgili  holatni  yuzaga  keltiradi:  
Erkak    paypoqlar      narxi  30  foizga  arzonlashdi   («Mushtum»  jurnali). 
Paypoqning  erkak-urg’ochisi  bo’lmasligini  hamma  biladi.  Bunday 
qo’llanishni  esa  faqat  nutqdagi  e’tiborsizlik  natijasi  deb  tushunish  kerak. 
Quyidagi  misol  ham  bu  fikrni  qo’llab-quvvatlaydi:   Bugun  Toshkentda   
nol   daraja   issiq    bo’ladi  («Mushtum» jurnali).
Mantiq  talabiga  ko’ra  nutqda  gaplar  o’rtasida  izchillik  bo’lishi,  ularning 
birida bayon etilgan fikr ikkinchisida davom ettirilishi lozim bo’ladi. Bu hol 
ma’lum bir fikrning tugashiga qadar davom etishi kerak. Gaplar o’rtasida 
fikriy  izchillik  yo’qolishi  bilan  mantiqiylikka  ham  putur  yetishi  mumkin. 
Misollar:   Redaksiyaga  kelgan  she’rlarni  o’qib,  bunisi  yaxshi,  bunisi 
yomon  deyishga  tilimiz  bormaydi.  Ularda  avtorlarning  nimadir  demoqchi 
bo’lishayotgani  sezilib  turadi   («O’zbekiston  adabiyoti  va  san’ati» 
gazetasi),  Visolingga  yetishni  azaldan  jazm  etardim,  /  Joziba 
yarashmish sizga shunchalar  (P. Mo’min). A.Qahhorning  «Adabiyot  muallimi»  hikoyasidagi  qahramon  –  «nafis 
adabiyot muallimi» Boqijon Baqoyevning nutqi bu o’rinda xarakterli misol 
bo’la  oladi:   -  Chexovmi?  Himm…burjuaziya  realizmi  to’g’risida 
so’zlaganda  eng  avval  uning  obyektiga  diqqat  qilish  kerak.  Burjuaziya 
realistlari  tushungan,  ular  aks  ettirgan  obyektiv  voqyelikni  anglash  lozim 
bo’ladi.  Turgan  gapki,  Chexovning  ijodi  boshdan-oyoq,  butun  mohiyati 
bilan  ilk  burjuaziya  realizmi,  ya’ni…himm.  Mukarram,  tovuqqa  moyak 
qo’ydingmi?  Qo’yish  kerak,  bo’lmasa  daydi  bo’lib  ketadi…Tavba, 
tovuqdan  ahmoq  jonivor  yo’q  –  moyak  qo’ysang  tug’adi!  Nima  uchun 
moyak  qo’ysang  tug’adi?  Xo’roz  nima  uchun  saharda  qichqiradi? Ajoyib 
psixologiya! Biologiya o’qiysizlarmi? Nutqning  mantiqiyligi.     Nutqning  mantiqiyligi  uning  asosiy  sifatlari  – 
to’g’rilik  va  aniqlik  bilan  chambarchas  bog’langandir.  Chunki  grammatik 
jihatdan  to’g’ri  tuzilmagan  nutq  ham,  fikrni  ifoda  etish  uchun 
muvaffaqiyatsiz  tanlangan  leksik  birlik  ham  mantiqning  buzilishiga  olib 
kelishi  tabiiydir.  Mantiqiy  izchillikning  buzilishi  tinglovchi  va  o’quvchiga 
ifodalanayotgan  fikrning  to’liq  borib  yetmasligiga,  ba’zan  umuman 
anglashilmasligiga  sabab  bo’lishi  mumkin.  Nutqni  shakllantirishdagi 
e’tiborsizlik  oqibatida  ba’zan  mantiqsizlik  ham  yuz  beradi.  Quyidagi 
misolga  diqqat  qilaylik:  Ferma  jonkuyarlari    olti    oylik    davlatga    sut 
sotish  planlarini  muddatdan  oldin  bajardilar  (gazetadan).  Gapda 
so’zlarning  tartibi  to’g’ri  bo’lmaganligi,  olti  oylik     birikmasining  davlat    
so’zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon 
qilishda xatolik yuz berayapti. Yozuvchi  ana  shunday  nutq  yordamida  badiiy  xarakter  yaratadi.  Shu 
o’rinda  A.Qahhorning  «Palag’da  gaplar»  maqolasida  aytilgan  fikrlarni 
eslash  o’rinli  bo’ladi:  «Uslubni  buzadigan  narsalardan  biri  mubolag’ani 
ishlata  bilmaslikdir,  mubolag’a  qilishda  jiddiy  asarlarda  qancha  ehtiyot 
kerak  bo’lsa,  hajvda  ham  shunday  bo’lishi  kerak.    Bir  narsani 
anglatishda  bo’lganidan  bir  oz  bo’rttirib  ko’rsatish  mubolag’a  bo’ladi. 
Biroq  mubolag’ani  qolipdan  chiqarib  yuborish  har  qanday  asarni  sovuq 
qilib  yuboradi.  «Qayg’uli  kechalar»da…  «Ko’kda  qizargan  bulutni 
ko’rgach,  bu  mening  ko’zimdan  oqqan  qonning  aksidir»,  «Ikki 
og’aynimni qo’ltiqqa qistirib yo’rg’alab qoldim» (juda tez demoqchi bo’lsa 
kerak),  «Novvoydan  bir  qadoq  non  olsam  ichidan  bir  kurak  mix  bilan 
ikkita olti gazlik arqon chiqdi…». Mana bular juda qalbsiz mubolag’alar».  Yuqorida bir o’rinda ta’kidlab o’tganimizdek, matndagi abzaslar o’rtasida 
ham  mantiqiy  bog’lanish  bo’lishi  zarur.  Odatda  ma’lum  bir  fikr  tugab, 
ikkinchisi  boshlangan  joyda  ular  abzas  bilan  ajratiladi.  Bu  yerda  fikr 
tugalligi  deganda  yaxlit  fikr  nazarda  tutiladi  va  abzas  umumiy  matn 
mazmunining  bir  qismi  sanaladi.  Tilda  abzaslarni  bir-biriga  bog’laydigan 
ko’rinadiki,  demak,  xulosa  qilganimizda,  shuni  alohida  ta’kidlash 
kerakki,  yuqoridagilarga  asoslanib  aytish  mumkinki,  boshqacha 
qilib  aytganda,  xullas     singari  so’z  va  birikmalar  mavjud.  Xuddi  ana 
shu  til  birliklari  bir  abzas  ichida  ham  fikrlarni  bir-biriga  bog’lashga, 
izchillikka  xizmat  qilishi  mumkin.  Misol:  Demak,  adabiyot  nazariyasi 
adabiy  jarayonning  tarixiy  taraqqiyoti  qonuniyatlari,  adabiy-badiiy 
tafakkur  va  uning  muhim  sohalari,  chunonchi,  obraz  va  obrazlilik, 
xarakter  va  tip,  adabiy  metodlar  va  janrlar,  badiiy  nutq  uslub  rang-
barangligi…kabi qator masalalarni atroflicha o’rganishga yordam beradi. 
Bugina emas.  Adabiyot nazariyasi adabiyotning ijtimoiy ahamiyati, ya’ni 
jamiyat  hayotida  o’ynagan,  o’ynayotgan  va  o’ynashi  kerak  bo’lgan  roli, 
unga obyekt bo’lgan narsalarning sosial mohiyati haqidagi, shuningdek,  
badiiy  asarlarni  tahlil  qilish  metodikasi  va  prinsiplari  haqidagi  fan 
hisoblanadi  (J.Hojimatov). Tushuncha  mantiqiyligi  alohida  olingan  matnda  fikriy  ketma-ketlik, 
mantiqiy  izchillik  bo’lishini  taqozo  qiladi.  Ammo  bu  talabni  nutqiy 
jarayonning  hamma  ko’rinishlarida  ham  o’rtaga  qo’yib  bo’lmaydi. 
Masalan,  vazifaviy  uslublarda,  xususan  ilmiy  va  badiiy  nutq 
uslublarida  bu  talabga  qanday  amal  qilinishini  olib  ko’raylik.  Ilmiy 
uslubda  yozilgan  asarlar  yaxlit  bir  qurilishga  ega.  Unda  kirish, 
asosiy  qism  va  xulosa  mavjud  bo’lib,  ular  yagona  bir  halqaga 
birlashadi.  Matnda  bayon  qilinayotgan  fikrlar  qat’iy  izchillikda 
bayon qilinadi. Badiiy nutq qurilishi esa biroz boshqacha. Aytaylik, 
fikrlar  bir  maromda  bayon  etib  kelinadiyu,  birdaniga  uzilish  yuz 
beradi  va  endi  boshqa  voqyealar  hikoya  qilinib  ketiladi.  Bu  narsa 
go’yo  mantiqiy  izchillikka  putur  yetkazganday  ko’rinsa-da,  aslida 
unday  emas.  Badiiy  asarlarda,  xususan,  qissa,    roman  kabi 
janrlardagi  keng  ko’lamlilik  tasvir  kompozisiyasini  ana  shunday 
tuzishni  taqozo  qiladi.  Mantiqqa  putur  yetmaganligi  bunday 
asarlarning oxirida ma’lum bo’ladi. Badiiy  asarlarning  qurilishidagina  emas,  balki  alohida  olingan 
so’zlar  o’rtasidagi  logik-grammatik  munosabatda  ham  izchillik 
buzilganday  bo’lishi  mumkin:   qayg’uli  quvonch,  ojiz  jasorat,  totli 
azob,  buyuk  ahmoqlik    kabi.  Birikma  tarkibidagi  ma’nosi  zid 
so’zlarning  har  birining  ma’nosi  saqlab  qolingan  holda  yangi  bir 
matniy  ma’no  kelib  chiqadi  va  ular  badiiy  san’atlar  doirasida 
oksyumoron deb ataladi.  
Xulosa  qilganimizda,  mantiqiy  nutq  deganda  yaxlit  bir  tizim 
asosida  shakllangan,  fikrlar  rivoji  izchil  bo’lgan,  har  bir  so’z,  ibora 
aniq,  maqsadga  muvofiq  ravishda  yuzaga  keladigan  nutqni 
tushunamiz. Nutqning  tozaligi.       Nutqning  tozaligi  deganda  unda  til  elementlarining 
ishlatilishida  adabiy  til  me’yorlariga  amal  qilish-qilmaslik  tushuniladi. 
Yaxshi,  namunaviy  nutq  hozirgi  o’zbek  adabiy  tili  talablariga  mos  holda 
shakllangan  bo’lishi,  turli  g’ayriadabiy  va  g’ayriaxloqiy  til  elementlaridan 
xoli  bo’lishi kerak.  Bu  masalaning  til jihati  bo’lib, nutqiy tozalikning tildan 
tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan kam bo’lmagan ahamiyatga 
ega. Chunki  u  boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo’lgan  va  bugun 
mustaqillik  davrida  yashab,  dunyo  hamjamiyati  bilan  teng  mavqyeda 
muloqotda bo’layotgan o’zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo’lishi 
lozim. Xo’sh,  nutqimizning  toza  bo’lishiga  xalaqit  berayotgan  lingvistik 
elementlar  qaysilar?  Bular  asosan  dialektizmlar  va  varvarizmlardir. 
To ’g’ri  ular  tilimizda  ishlatilishi  kerak,  busiz  bo’lmaydi.  Chunki  badiiy 
adabiyot  tilida  dialektizm  va  varvarizmlar  ma’lum  badiiy-estetik  vazifani 
bajarishi, muallifning ma’lum g’oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat 
qilishi  mumkin.  Aytaylik,  muallif  milliy  ruhni  bermoqchi,  asar 
qahramonining  qayerlik  ekanligiga  ishora  qilmoqchi  yoki  boshqa  bir 
maqsadni  ko’zlagan  bo’lsin.  Ana  shunday  paytlarda  tilning  bu 
unsurlariga  murojaat  qilish  hatto  zarur.  Masalan:  Yoshulli,    saning      
qizing  bunda    gatirilmagan.    Ova,    yoshulli.     San,    manglayi      qara    
badkirdor      na    sababdan    mundoq  yomon  so’zlarni  elga  tarqatding  
(Mirmuhsin).  Ushbu  misolda  dialektizmlar  hududiy  ruhni  (xorazm  ruhini) 
berishga  xizmat  qilayotgani  kabi  quyidagi  misolda  varvarizmlar  –  chet 
so’zlar  badiiy  matnda  xarakter  yaratishda  yozuvchiga  ko’maklashgan  :  
Dubora yana bordi bir ishga shul, / So’kib –  net,  - dedi, kelma   durrak,  
poshul!   (Muqimiy).  Yoki  H.H.Niyoziyning  «Boy  ila  xizmatchi» 
dramasidagi  qozi  nutqini  olaylik.  U  o’zining  bilimsiz  ekanligini  yashirish 
uchun  ataylab  arabcha-forscha  so’zlarni  ishlatishga  intiladi:  Qozi.  Ayni 
hikmat so’zlaysiz! ( Ђ ofirga) Hozirgi    inoding   ayni    hamoqat  !   Dialektal  so ’ zlarning  badiiy  adabiyotda  o ’ rni  bilan  ishlatilishi  faqatgina 
maqsadga  muvofiq  bo ’ lib  qolmasdan ,  adabiy  tilimizning  boyib  borishiga , 
umumxalq  tilidagi  ayrim  elementlarning  saqlanib  qolishiga  xizmat  qilishi 
ham  mumkin .  Shuning  uchun  ham  dialektizimlar  va  adabiy  til  me ’ yori 
doirasida  me ’ yorni  belgilash  tilimizdagi  mas ’ uliyatli  masalalardan  biri 
sanaladi .
  Shevalarimizda  shunday  leksik  birliklar  mavjudki ,  ular  adabiy  tilimizga    
kirib  ulgurmagan  yoki  shu  holicha  qolib  ketgan .  Bu  kabi  so ’ zlarning 
adabiy  me ’ yori  haqida  nima  deyish  mumkin ?  A . Yu . Aliyev   « O ’ zbekiston 
jumhuriyatining davlat tili haqidagi qonuni va o ’ zbek tili nutq madaniyati » 
nomli  ma ’ ruzasida   « Ayrim  narsa  va  hodisalarning  nomlari  adabiy  til  va 
uning  lug ’ atlarida  uchramaydi .  Lekin  dialekt  va  shevalarda  mavjud 
bo ’ ladi .  Bunday  vaqtda  aniq  narsa  va  hodisalarning  nomlarini 
anglatuvchi  so ’ z  va  atamalarni  hyech  ikkilanmasdan  shevalardan  olib 
adabiy tilga kiritishimiz kerak », -  degan fikrni aytib ,  uning tasdig ’ i sifatida 
quyidagi  misollarni  keltirgan  edi :   cho ’ kkala   ( laganbardor ),  o ’ tik  
( o ’ tadigan  joy ),  kechik   ( kechib  o ’ tadigan  joy ),  sarimsoq  
( go ’ dakning  nomi  qo ’ yilguncha  bo ’ lgan  ismi ),  uzuchak   ( uchta  bola 
tuqqan  xotinning  bolalari  yoki  qo ’ yning  qo ’ zilari ),  madang  
( yog ’ ochdan  qilingan  eshik  qulfi ,  tanba ),    qalang ’ i - qasang ’ i   ( yengil 
tabiat  odam ),  o ’ mgan   ( ko ’ krak ),  arpabodiyon   ( ukrop  turi ),  o ’ ymoq  
( angishvona )   singari   Ta dqiqotchining  aytgan  fikrlariga  qo’shilish  mumkinu,  keltirgan 
misollarini  ma’qullab  bo’lmaydi.  Chunki  kechik,  qalang’i-qasang’i, 
arpabodiyon, o’ymoq,  o’mgan   so’zlari «O’zbek tilining imlo lug’ati»da 
bor, demak, allaqachon adabiy tilga qabul qilingan, me’yorlashgan.  O’tik  
  so’zi  ham  o’tuv   va  o’tadigan  joy   tarzida  iste’molda.  Cho’kkala   so’zini 
adabiy  tilga  qabul  qilganda  ham  endi  uning  laganbardor   so’zini  siqib 
chiqarishi  qiyin.  Sarimsoq   so’zini balki o’ylab ko’rish mumkindir, ammo 
madang   so’zini  adabiy  tilga      olib  kirib  bo’lmaydi.  U  umumxalq  tili  mulki 
bo’lib  qolaveradi,  ammo  ilmiy-texnika  inqilobi  ro’y  bergan  hozirgi 
zamonda  yog’ochdan  qilingan  eshik  qulfining  -  o’zi  yo’q  bo’lib  ketgan 
narsaning nomini adabiy tilga olib kirishga hojat yo’q. To ’g’ri,  umumxalq  tilidagi  ayrim  so’zlar,  haqiqatdan  ham  adabiy  tilga 
kirmasdan  qolgan.  Bu  holni  faqat  lug’atlarni  tuzuvchilarning  kamchiligi 
yoki  ana  shunday  so’z  va  tushunchalarning  mavjudligidan  xabardor 
emasligida  deb  baholanishi  mumkin.  Masalan,  yangi  tuqqan  sigirning 
sutidan  tayyorlangan  taomning  kilagay/  gilagay/  galagay,     yangi 
tuqqan  qo’y-echkining  sutidan  tayyorlangan  taomning  esa   qag’anoq/ 
/qog’onoq   deyilishi  o’zbek  tili  vakillarining  hammasiga,  jumladan, 
tilshunos-lug’atshunoslarning  barchasiga  ham  ma’lum  bo’lmasligi 
mumkin.  Shuning  uchun  ham  «O’zbek  tilining  imlo  lug’ati»ga  bu 
so’zlarning  ikkinchisi  kirgan,  birinchisi  kirmasdan  qolgan.  Aslida 
o’zbeklarning  chorvachilik  bilan  shug’ullanadigan  qismi  yoki  uylarida 
sigir,  qo’y,  echki  saqlab,  ularning  sut-qatig’idan  foydalanadiganlari  ana 
shu  taomlarni  tayyorlashadi  va  bu  jarayon  hozir  ham  davom  etmoqda. 
Shunday  ekan,  bu  so’zlarni  faqat  sheva  so’zlari  deb  bir  chetga  surib 
qo’yib  bo’lmaydi  va  ular  adabiy  tilga  kirishga  haqli.  Shu  ma’noda 
A.Yusupov  keltirgan  to’tra  /  to’rta  (yog’  quyqasi)   so’zini  ham  adabiy 
tilga  kiritish mumkin. Bu kabi lingvistik birliklar turli kasblar va sohalarda 
kuzatiladi. E’tirof etish kerakki, o’zbek tilidagi ko’p shevalilik sharoitida leksik 
me’yorlarni belgilashning o’ziga xos qiyinchiliklari ham bor. Har bir 
sheva  vakilida  ma’lum  tushunchani  ifodalaydigan  so’zning  tabiiy 
ravishda  o’z  shevasidagi  variantidan  foydalanishga  moyillik 
seziladi.  Bu  holatni  hatto  ayrim  sheva  vakillari  bo’lgan  shoir  va 
yozuvchilar ijodida ham kuzatish mumkin. Buning ham ijobiy, ham 
salbiy  tomonlari  bor,  albatta.  Ijobiy  tomoni  -  adibning,  ya’ni  sheva 
vakili  bo’lgan  ijodkorlarning  sharofati  bilan  ma’lum  so’z    adabiy 
tilga  kirib  qolib,  me’yorlashishi  mumkin.  Agar  bu  birlik  ko’pchilik 
tomonidan qabul qilinmasa, uni endi til leksik me’yorining buzilishi 
deb qarashga to’g’ri keladi.
Ijtimoiy  muhitning  tildan  foydalanish  jarayoniga  ta’sir  ko’rsatishi 
tabiiy  bir  holdir.  Kishilar  nutqlarida  o’zlari  bilib-bilmay  yoki 
e’tiborsizlik  oqibatida  boshqa  til  elementlaridan  ham 
foydalanadilar.  Boshqa  millat  vakillari  bilan  birgalikda  yashash, 
mehnat qilish, ta’lim olish, xullas, muomala jarayonida ana shu hol 
yuz beradi.  Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish ulardan nutqda zaruriyatga ko’ra 
foydalanish  salbiy  hodisa  emas.  Ammo  bunday  so’zlar  orasida 
varvarizm  deb  ataluvchi  shunday  bir  qatlam  mavjudki,  ularni 
nutqda  qo’llash-qo’llamaslik  masalasiga  adabiy  til  me’yorlari 
nuqtai nazaridan munosabat bildirish lozim  
Gap shundaki, varvarizm sifatida qaraladigan  nu, tak, vot, sovsem, 
voob щ ye,  tolko,  tolko  tak,  yestestvenno,  ob’yazatelno,  konechno, 
uje,  pochti,  tak  chto,  znachit,  kak  raz,  neujeli,    tem  boleye, 
dokument,  oformit  qilmoq,  organizovat  qilmoq,  prinimat  qilmoq, 
razresheniye  olmoq,  podpis  qo’ymoq,  bo,  akun,  soni  kabi  so’z  va 
birikmalarning  o’zbek  tilida  aynan  ekvivalentlari  mavjud.  Buning 
ustiga  ular  adabiy  tilimizga  kirgan  emas.  Demak,  bu  so’zlar  o’zbek 
tili  uchun  me’yor  emas.  Ammo  biz  ularni,  ijtimoiy  muhit  ta’siridan 
bo’lsa  kerak  albatta,  farqiga  bormasdan  ishlataveramiz,  nutqimizni 
nazorat  qilmaymiz.  Shu  tarzda  leksik  me’yor  ham,  nutq  ham 
buziladi. Shuning  uchun  ham  tilda  varvarizmlarning  ishlatilishini  ijobiy  hodisa 
sifatida  emas,  balki  me’yorning  buzilishi  deb  qarash  va  ularni  nutqda   
qo’llamaslik lozim.
Ruscha  so’z  va  iboralarning,  sintaktik  qurilishlarning  tilimizdan  juda 
sekinlik  va  qiyinchilik  bilan  chiqib  ketayotganini  ham  tarixiy  jarayon 
sifatida qabul qilishga to’g’ri keladi. 
Tildagi  kanselyarizm  deb  ataladigan  rasmiy-idoraviy  uslubga  xos  bo’lgan  so’zlar  ham 
nutqning  tozaligiga  hamisha  xavf  solib  turadi.  Ular  rasmiy  uslubda  fikrni  ixcham  va 
mantiqiy  ifodalashga  juda  qulay.  Ilmiy  uslubda  ham  tayyor  jumlalar,  shablon 
iboralardan  foydalaniladi.  Ammo  bunday  so’z  va  iboralarni  so’zlashuv  va  badiiy  nutq 
uslubida  ishlatish  matnga  putur  yetkazishdan  boshqa  narsa  emas.  Bunga 
A.Qahhorning  «Nutq»  hikoyasi  qahramonining  tabiiylik  va  samimiyatdan  xoli  bo’lgan 
hamda shu yo’l bilan g’oyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan nutqi misol bo’la 
oladi.  Parcha  keltiramiz:  O’rtoq  rafiqam!  Ijozat  berasiz,  xushchaqchaq  hayotimizni 
sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir 
yil  to’lgan  kunda  sizni  bevosita  tabrik  qilishga!   E’tibor  beraylik:  suhbatda  o’nlab  yoki 
yuzlab  kishi  emas,  ikki  kishi  –  er  va  xotin  ishtirok  etayapti.  Avval  xotin  bu  gaplarni 
hazil  deb  o’ylaydi,  «qiyqirib  chapak  chaladi».  Ammo  notiq  jiddiy  qiyofada  so’zida 
davom  etadi.  Birinchidan ,  ikkinchidan   deb  oilada  bir  yil  davomida  yuz  bergan  yutuq-
kamchiliklarni  rasmiy  ravishda  sanab  o’tadi  va  nutqni  quyidagicha  yakunlaydi:  -Lekin 
bu  kamchiliklarga  qaramay,  turmushimizni  a’lo  darajada  olib  borayotganligimizga 
hyech  qanday  shubha  bo’lishi  mumkin  emas  deb  hisoblash  mumkin.  Shu  bilan 
qisqacha  so’zimni  tamom  qilib,  oilamiz  bundan  keyin  ham  sharaflar  bilan 
qoplanajagiga to’la ishonch bildirishga ijozat bering! Notiq nutqini tugatgandan keyin yana asliga qaytadi. Xotini uning har bir 
so’zidan zavqlanadi, kuladi. Nima uchun notiq bir vaziyatda o’zini ikki xil 
tutayapti?  Sababi  shundaki,  u  garchi  o’zini  «keng  eshituvchilar 
ommasiga  mo’ljallangan  notiq»  deb  hisoblasa  ham,  qaysi  holatda, 
vaziyatda  qanday  gapirish  kerakligini  bilmaydi.  Tilning  vazifa  va  uslub 
jihatdan  amal  qilish    qonuniyatlarini  sayoz  tushunadi.  Shuning  uchun 
ham uning nutqi notabiiy va kulgilidir.
Parazit  so’zlar  deb  ataluvchi  leksik  birliklar  ham  til  madaniyati  uchun 
yotdir.  Ular  asosan  so’zlashuv  nutqida  ko’p  ishlatilib,  notiqning  o’z 
nutqini  kuzatib  bormasligi,  e’tiborsizligi  natijasida  paydo  bo’ladi  va  bora-
bora  odatga  aylanib  qoladi.  Masalan,  ayrim  kishilar  o’zlari  sezmagan 
holda    demak,  xo’sh    kabi  so’zlarni  qaytaraverishga  o’rganib  qolganlar. 
«Bir  dokladchining  bir  soatlik  nutqida,  -  deb  yozadi  A.Ahmedov,  - 
«o’rtoqlar»  so’zi  101  marta,  «ya’ni»  so’zi  73  marta,  «demak»  so’zi  60 
marta takrorlanganligining guvohi bo’lganmiz. Qarang, bir soatlik nutqda 
234 ta ortiqcha, «bekorchi» so’z ishlatilgan-a»   Vulgar  so’zlarning  uchrashi  ham  nutqimiz  tozaligiga  salbiy  ta’sir  qiladi. 
Og’zaki  nutqda  ba’zan  uchrab  qoladigan  so’kinish,  haqorat  so’zlarni 
ishlatish  axloq  me’yorlariga,  sharqona  muomala  madaniyatimizga 
mutlaqo  to’g’ri  kelmaydigan  ishdir.  Ammo  badiiy  adabiyotda 
personajlarning kuchli hayajonini, g’azabini ifoda etish maqsadida vulgar 
so’zlarga  murojaat  qilgan  holatlarga  duch  kelamiz:  Qarg’ash  uchun  so’z 
topolmadi,  /  Ђ azabini  hyech  bosolmadi.  /  « O’ynash »    so’zin  hadeb 
hijjalab,  /  Oxir  dedi  « Fohisha,      jalab …»   (H.Olimjon).  Imkoni  boricha 
badiiy  adabiyotda  ham  vulgarizmlarni  ishlatishdan  qochish  kerak. 
Chunki  badiiy  adabiyot  kishilarga  estetik  ta’sir  o’tkazish  vositasi  bo’lish 
bilan birga tarbiya manbai ekanligini ham unutmasligimiz kerak.
Xullas,  nutqimizning  tozaligi  uchun  kurash  undan  foydalanuvchi  har  bir 
kishining  vazifasi  bo’lishi  kerak.  Ana  shundagina  umummilliy  til 
madaniyati haqida gapirishimiz mumkin bo’ladi.

1. Nutqning mantiqiyligi. 2. Nutqning tozaligi. 3. Muomila madaniyati. REJA:Mavzu:Nutq va muomila.

Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to’g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to’g’ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o’quvchiga ifodalanayotgan fikrning to’liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Gapda so’zlarning tartibi to’g’ri bo’lmaganligi, olti oylik birikmasining davlat so’zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon qilishda xatolik yuz berayapti.

Nutqning mantiqiy bo’lishi so’zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog’liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bo’lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o’zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bo’lish ham talab qilinadi. «Nutq madaniyati asoslari» asarining muallifi B.N.Golovin mantiqiylikni ikki guruhga bo’lib – predmet va tushuncha mantiqiyligi tarzida o’rganishni tavsiya etgan edi. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til elementlari bilan real voqyelikdagi predmet va hodisalarning mazmuniy aloqasi hamda munosabatidir. Tushuncha mantiqiyligi esa nutqda mantiqiy tafakkur qurilishi va uning til elementlari semantik aloqadorligida mantiqiy rivojlanishning aks etishidir deydi u