logo

NUTQ OMILLARINING SHAKLLARI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

160.587890625 KB
N UTQ OMILLARIN IN G 
SHAKLLA RI 
N ut q  —  tilning  fikr  ifodalash  va  almashish  jarayonlarida  amal 
qilishi,  tilning  alohida  ijtimoiy  faoliyat  turi  sifatidagi  muayyan 
yashash  shakli.  nutq  deganda  uning  ogʻzaki  (ovozli)  va  yozma 
ravishda  namoyon  boʻlishidagi  jarayonlar,  yaʼni  soʻzlash  jarayoni 
va  uning  natijasi  (xotirada  saqlangan  yoki  yozuvda  qayd  etilgan 
nutqiy  fikrlar,  asarlar)  tushuniladi.Lingvistik  nazariyada  nutq 
tushunchasi  muayyan  til  jamoasida  qabul  qilingan  ifoda 
vositalari  tizimi  hisoblangan  mavhum  til  tushunchasiga  hamda 
ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan 
aniq,  bir  qadar  umumiyroqtil  tushunchasiga  qaramaqarshi 
qoʻyiladi.  Boshqa  odamlar  xulqatvori  va  faoliyatiga  taʼsir 
koʻrsatish  maqsadida  ularga  axborot,  xabar  yetkazishga  xizmat 
qiladigan  asl  nutq  (tashqi  nutq),  yaʼni  gapirish,  til  belgilarining 
eshitish  aʼzolari  tomonidan  idrok  qilinadigan  (ovoz  yozib  oluvchi 
uskunalar  yordamida  qayd  etiladigan  va  qayta  takrorlanadigan) 
artikulyasiyasi  tarzida  yoki  ushbu  belgilarning  yozuvda  shartli 
aks etishi tarzida yuzaga chiqadi. 
Asl nutq ("tashqi nutq") bilan bir qatorda ichki nutq 
ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam 
beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va 
hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nutq asosida, 
tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli 
nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan 
kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. 
Yozma nutq ogʻza-ki nutqdan bir qadar 
shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan 
tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin 
murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos 
boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining 
bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. nutqning 
monologik (qarang Monolog) va dialogi k 
(qarang Dialog) turlari mavjud. 
Nutq  aloqa-aralashuv  vazifasidan  tashqari  yana  boshqa  vazifalar, 
chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. nutqning alohida 
koʻrinishi oʻqishdir.

Har  bir  kishining  nutq  individual,  oʻziga  xos  xususiyatlarga  ega 
boʻladi;  vaholonki,  asosiy  til  unsurlari  —  lugʻat  tarkibi  va 
grammatik  qurilishi  yakka  shaxslargagina  tegishli  boʻlmay, 
umumnikidir,  yaʼni  muayyan  til  jamoasiga  umuman  taalluqyai 
boʻladi.  nutq  kishi  tafakkuri,  uning  ongi  bilan  chambarchas 
bogʻliqdir.  nutqda  kishining  oʻy-fikrlari  shakllanadi  va  mavjud 
boʻladi. nutq tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda 
mavxumiy  aks  ettirish,  individuallik  doirasidan  chiqib, 
jamoatchilik  mahsuliga  aylanadigan  mantiqiy  tushunchaviy 
fikrlash mumkin boʻladi. nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, 
uning  sezgilari,  idroki,  xotirasi,  oʻyxayollari,  hissiyoti,  irodasi  va 
boshqalarning  namoyon  boʻlishi  va  amal  qilishida,  kishi  ongining 
rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. 
Nutq  qoʻllanish  sohasiga  qarab  badiiy  nutq, 
ilmiy  nutq,  rasmiy  nutq  kabi  shakllarga  ega 
boʻladi.  Har  qanday  shaklda  va  har  qanday 
holatda  ham  aniklik,  ravonlik,  soddalik, 
taʼsirchanlik  nutqning  eng  muhim  belgilari 
boʻlib qolishi kerak.

Til  va  nutq.  Nutqiy  faoliyat  turlari.  Nutqning 
holati  va  uning  tarkibiy  qismlari.  Nutq  uchun 
asosiy talablar. 
    Til va nutq Til - bu so'zlar ma'nosiga 
ega bo'lgan so'zlarni va sintaksisni o'z 
ichiga olgan belgilar tizimi - bu jumlalar 
quriladigan qoidalar to'plami. Nutq - bu 
harakatdagi til. Nutq - bu insonning 
o'ziga xos lisoniy faoliyat turi bo'lib, 
odamlar o'rtasidagi aloqani va ularning 
ijtimoiy-tarixiy rivojlanishini ta'minlaydi. 
   Nutq faoliyatining turlari Nutq 
quyidagicha bo'lishi mumkin: 1) tashqi 
yoki ichki. 2) og'zaki yoki yozma. 3) 
passiv (o'qish, tinglash) yoki faol 
(gapirish, yozish). 4) Monologik yoki 
dialogik. 5) Tez yoki sekin, 6) Qisqa yoki 
uzoq, 7) Aniq, ravshan yoki tartibsiz, 8) 
Hissiy ifodali yoki bir xil, 9) Tabiiy yoki 
odobli, 10) Jim yoki baland, 11) Yorqin 
yoki tushunarsiz, 12) Aqlli yoki qo'pol , 
13) savodsiz yoki savodsiz va boshqalar.  Nutqning quyidagi kommunikativ  
sifatlari mavjud:

Nutqning to‘g‘riligi ;

Nutqning aniqligi ;

Nutqning tozaligi ;

Nutqning ta’sirchanligi ;

Nutqning boyligi va rang-barangligi;

Nutqning qisqaligi;

Nutqning ifodaliligi;

Nutqning maqsadga muvofiqligi;

N utqning mantiqiyligi. 
E’TIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

N UTQ OMILLARIN IN G SHAKLLA RI

 N ut q  — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.Lingvistik nazariyada nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq (tashqi nutq), yaʼni gapirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yordamida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.

 Asl nutq ("tashqi nutq") bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nutq asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma nutq ogʻza-ki nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud.

 Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir.  Har bir kishining nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; vaholonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. nutq tufayli va nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega.

 Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy nutq, ilmiy nutq, rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak.  Til va nutq. Nutqiy faoliyat turlari. Nutqning holati va uning tarkibiy qismlari. Nutq uchun asosiy talablar.