logo

HAYOTNING HUJAYRASIZ SHAKLLARI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5235.6494140625 KB
MAVZU:   HAYOTNING  
HUJAYRASIZ  SHAKLLARI Reja
•
1.Viruslarning kashf etilishi
•
2.   Viruslarning hujayra bilan o‘zaro ta’siri. 
•
3. Viruslarning kelib chiqishi  Viruslar •
1892- yilda rus olimi D.I. 
Ivanovskiy tamaki 
o‘simligida uchraydigan 
tamaki mozaikasi deb 
ataluvchi  kasallik 
qo‘zg‘atuvchisining o‘ziga 
xos xususiyatlarini aniqladi. 
Ushbu kasallik qo‘zg‘atuvchi 
viruslar bakteriali filtr dan 
o‘ta olish xususiyatiga ega.
D.I. Ivanovskiy •
Natijada sog‘lom tamaki o‘simligini  filtr dan o‘tgan suyuqlik bilan zararlash 
mumkin. oradan bir necha yil o‘tgach F.Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida 
uchraydigan oqsil kasalligini qo‘zg‘atuvchilar ham bakteriali filtrdan o‘tib ketar 
ekan, degan xulosaga keldilar.
F.Leffler
P.Frosh •
Nihoyat, 1917- yil kanadalik 
bakteriolog F. de Errel 
bakteriyalarni zararlovchi 
bakteriofag-virusni kashf etdi. 
Shunday qilib, o‘simlik, 
hayvon va 
mikroorganizmlarda viruslar 
kashf etildi. Ushbu 
kashfiyotlar hayotning 
hujayrasiz shakllari ya’ni, 
yangi fan sohasi — 
virusologiyani (viruslarni 
o‘rganuvchi) ochib berdi.
F. de Errel •
Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi .Ular bir necha yuqumli 
kasalliklar (gripp, quturish, sariq kasalligi, ensefalit, qizilcha  va  
boshqalar)ningqo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. Viruslar faqat 
hujayralarda yashaydi. Ular hujayra ichi parazitlaridir. Viruslar 
hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi, ko‘payish 
xususiyatiga ham ega emas •
Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi 
nuklein kislotalar bo‘lib, viruslarda ularning faqat biri 
uchrashi mumkin. Shunga ko‘ra viruslar DNK yoki RNK 
saqlovchi guruhlarga ajratiladi. •
Viruslarning hujayra bilan o‘zaro ta’siri.  Hujayra oralig‘i 
muhitidagi suyuqlikdan hosil bo‘lgan pinotsitoz vakuolalar 
orqali tasodifan hujayra ichiga virus kirishi mumkin. Ammo 
odatda hujayraga virusning kirishidan avval hujayra sirtidagi 
maxsus oqsil-retseptor bilan bog‘lanish sodir bo‘ladi. Ushbu 
bog‘lanish virus yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga 
oshiriladi. Ular hujayra sirtidagi sezgir ma’lum retseptorni 
«tanib olish» xususiyatiga ega. Virus bilan bog‘langan 
hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib, vakuolaga aylanadi. 
Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan vakuola qobig‘i 
boshqa vakuola  yoki yadro bilan qo‘shiladi. Ana shunday yo‘l 
bilan virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi mumkin. •
Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik 
xususiyatini keltirib chiqaradi. Sariq kasalligini 
qo‘zg‘atuvchi A va B viruslar faqat jigar hujayralariga 
kirishi mumkin va ularda ko‘paya oladi. •
Virus zarrachalarining to‘planishi ularning hujayradan 
chiqib ket ishiga olib keladi. Ushbu jarayon ba’zi bir 
viruslarda «portlash» tarzida ro‘y beradi. Natijada hujayra 
nobud bo‘ladi. Boshqa turdagi viruslar kurtaklanishga 
o‘xshash yo‘lbilan ajraladi. Bunda organizmning 
hujayralari hayotchanligini uzoq vaqtgacha saqlab qoladi. Bakteriya virusi — bakteriofaglarning hujayraga kirishi 
biroz boshqacharoq.  Bakteriyalarning qalin hujayra 
qobig‘i hayvon hujayralaridek oqsil-retseptorli va unga 
birikkan virus bilan birgalikda sitoplazmaga kirib 
borishiga imkon bermaydi. Shuning uchun bakteriofag 
hujayrasiga ichi kovak tayoqcha yordamida uning 
boshchasida joylashgan DNK (yoki RNK) itarib kiritiladi. 
Bakteriofagning  genomi  sitoplazmaga tushadi, kapsid 
esa tashqa rida qoladi. Bakteriya hujayrasi 
sitoplazmasida bakteriofagning genomi reduplikatsiyasi 
boshlanadi hamda oqsil sintezlanib uning kapsidi 
shaklla nadi. oradan ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng 
bakteriya hujayrasi nobud bo‘ladi.  Yetilgan fag 
zarrachalari esa tashqariga chiqadi.  •
Viruslarning kelib chiqishi  .Viruslar avtonom genetik 
tuzilmalar bo‘lib, hujayradan tashqarida  rivojlana  
olmaydi . Taxminlarga  ko‘ra viruslar va  bakteriofaglar 
hayotning hujayraviy shakllari bilan birgalikda  rivojlangan 
hujayraning maxsus irsiy elementlari hisoblanadi. Xulosa
O’simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va 
tarqalishi ko’p jihatdan tashqi sharoitga bog’liq. Ko’pincha 
biror temperatura virusli kasalliklarning mavsumiy va 
geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infektsiya 
tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon 
bo’lishi harakteri ga ta’sir ko’rsatadi. Temperatura sharoiti 
virus tashuvchilar soniga ta’sir etishi mumkin, bu esa o’z 
navbatida, o’simliklarning zararlanishida o’z ifodasini 
topadi, kasallik belgilari harakteriga va o’simliklarning 
zararlanishi darajasiga ta’	
 sir etadi. Foydalanilgan adabiyotlar
. Burxonova X.K., Murodov M.M. 
Mikrobiologiya. Toshkent, «O’qituvchi», 1975.
2. Vahobov A., Inog’omova M. 
Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000.
3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. 
Toshkent. Meditsina, 1979.
4. Mustakimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi 
va mikrobiologiya asoslari. «O’qituvchi». T. 
1995.

MAVZU: HAYOTNING HUJAYRASIZ SHAKLLARI

Reja • 1.Viruslarning kashf etilishi • 2. Viruslarning hujayra bilan o‘zaro ta’siri. • 3. Viruslarning kelib chiqishi

Viruslar

• 1892- yilda rus olimi D.I. Ivanovskiy tamaki o‘simligida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo‘zg‘atuvchisining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Ushbu kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar bakteriali filtr dan o‘ta olish xususiyatiga ega. D.I. Ivanovskiy

• Natijada sog‘lom tamaki o‘simligini filtr dan o‘tgan suyuqlik bilan zararlash mumkin. oradan bir necha yil o‘tgach F.Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo‘zg‘atuvchilar ham bakteriali filtrdan o‘tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar. F.Leffler P.Frosh