logo

O‘RTA O.TUPROQ

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5172.384765625 KB
O‘RTA OSIYO TUPROQLARI •
O‘rta Osiyoda tarqalgan tuproqlar hosil 
bo‘lishi va unumdorlik darajasiga qarab 
quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganiladi:
•
1) cho‘l tuproqlari; 2) bo‘z tuproqlar; 3) 
tog‘-o‘rmon-dasht   tuproqlari; 4) baland 
tog‘ tuproqlari.  •
Cho‘l tuproqlari. O‘rta Osiyoning cho‘l zonasi 
Т uron tekisligini egallagan bo‘lib, u shimolda 
qo‘ng‘ir tuproqli chala-cho‘l zonasi bilan, janub 
va sharq tomonlarda esa Kopetdog‘,Pomir-Oloy 
va  Т yanshan tog‘larining bo‘z tuproqli etaklari  
bilan chegaralanadi.
•
Cho‘l zonasida, asosan, sur tusli qo‘ng‘ir 
tuproqlar, taqir   va taqirli tuproqlar, cho‘l qumli 
tuproqlar va o‘tloq-alluvial   tuproqlar tarqalgan.  •
Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar qadimgi qoldiq qirlar va tog‘  
etaklaridagi toshloq yerlarda paydo bo‘lgan. Bu tuproqlar  
tarkibida shag‘al va toshlar ko‘p.  Т uproq hosil qiluvchi 
ona   jins uncha qalin emas (1—2 m), tuproq tagida shag‘al 
qatlamlari joylashgan.
•
Т uproqning yuza qatlamida 0,2 — 0,3 foiz chirindi bor. 
Chirindili qatlamning qalinligi 25—35 sm.  Т uproqda azot 
kam, ammo fosfor ko‘p. Karbonat esa 5—7   foizga boradi. 
Bu tuproqlar, odatda,20—30 sm chuqurlikdan boshlab  
sho‘rlangan.
•
Surqo‘ng‘ir tuproqlar unumdorligi past bo‘ladi. Suv 
chiqarib, loyqa   yotqizish, sho‘rini yuvish, o‘g‘itlash   bilan 
tuproq unumdorligi oshiriladi.  •
Т aqir va taqirli tuproqlar qadimgi   alluvial tekisliklarda, 
ayniqsa, daryolarning delta tekisliklarida, tog‘ 
etaklaridagi qiya tekisliklarda tarqalgan.
•
Т aqirda chirindi juda oz (0,3—0,7   foiz) bo‘ladi. 
Chirindili qatlamning   qalinligi 15—25 sm keladi, 
tarkibida   azot kam.
•
Т aqirli tuproqlar tarkibida chirindining ko‘pligi 
    (0,7—1,2 foiz) hamda   chirindi qatlamining qalinroq 
    (50 sm   gacha) bo‘lishi bilan taqirlardan farq   qiladi. 
Ularning ostki qatlami yerosti   suvining tarkibi va 
joylashishiga qarab   birmuncha sho‘rlangan bo‘ladi.  •
Cho‘llarning qumli tuproqlari qum bilan qoplangan 
tekisliklar va   qumtepalarda tarqalgan.  
•
Qumli tuproqlarda chirindi va oziqa moddalar kam, biroq  
tegishli agrotexnika tadbirlarini qo‘llash orqali bu 
tuproqlarning unumdorligini oshirish mumkin.
•
O‘tloq-alluvial tuproqlar Amudaryo, Sirdaryo, Ili kabi yirik  
daryolarning deltalarida katta maydonlarni ishg‘ol etadi. Bu  
maydonlar qadimdan sug‘orilib, dehqonchilik qilib 
kelinayot-ganligidan yerosti suvi yuzada (1—2 m) 
joylashgan, ko‘pincha sho‘rlangan bo‘ladi. Bu tuproqlarda 
chirindi miqdori 1—1,5   foizni tashkil etadi. O‘tloq-alluvial 
tuproqlar ancha unumdor   bo‘lsa-da, tez sho‘rlanadi.  •
Bo‘z tuproqlar  Т yanshan, Pomir-Oloy, Kopetdog‘ tizma   tog‘lari 
etaklarida va tog‘ etagidagi qiyaliklarda hosil bo‘lgan.Bu xil 
tuproqlar tog‘ etaklarida dengiz sathidan 250—300 m   dan 
shimolda 1000—1100 m gacha, janubda 1400—1500 m   gacha 
bo‘lgan balandliklarda tarqalgan.
•
Bo‘z tuproqlar mintaqasida yoz issiq bo‘ladi. Tog‘ga ko‘tarilgan 
sari harorat biroz pasayadi. Yog‘in ham cho‘ldagidan   ko‘proq: 
bir yilda tog‘ning quyi qismida 200—300 mm dan   yuqori 
qismida 300—500 mm gacha yog‘in tushadi. Bu bahori   g‘alla 
yetishtirish uchun qulay sharoit yaratadi.   Bo‘z tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss   jinslar tashkil 
etadi    •
Tog‘larda yuqoriga ko‘tarilgan sari tuproq 
tarkibidagi chirindi miqdori oshib borib, tuproq 
unumdor bo‘la boradi.   Masalan, och bo‘z 
tuproqlarda chirindi 1,0—1,5 foiz bo‘lsa,oddiy 
bo‘z tuproqlarda 1,5—2,5 foizga boradi, to‘q 
bo‘z   tuproqlarda esa 2,5—4,0 foizgacha yetadi. 
O‘rta Osiyo o‘lkasining asosiy sug‘oriladigan 
dehqonchilik yerlari mana shu   bo‘z tuproqlar 
mintaqasida joylashgan.  •
Т og‘-o‘rmon-dasht tuproqlari 1100—1400 m dan 
     2500—2600 m gacha balandlikda joylashgan. Daraxtsiz 
yerlarda eng   ko‘p tarqalgan tuproqlar qora tuproqsimon 
tog‘-dasht tuproqlaridir. Bunday tuproqlarda chirindi juda 
ko‘p (4—6 foiz),sho‘rlanish bo‘lmaydi, vegetatsiya davri 
mobaynida yer yuzasi   qalin o‘t o‘simliklari bilan qoplanib 
yotadi. Bu tuproqlar   eng unumdor tuproqlar hisoblanadi. 
Odatda, bu tuproqlar   mevali daraxt o‘simliklari, tokzorlar 
bilan band bo‘ladi.  •
Baland tog‘ tuproqlari. Baland tog‘ mintaqasi tog‘ 
yaylovlaridan iborat. Bu mintaqa 2 ta kichik 
mintaqa: subalp va alp   mintaqalariga ajratiladi. 
Subalp mintaqasi tuproqlari G‘arbiy  Т yanshanda 
2500 — 2600 m, Hisor tizmasida 3100 — 3200 
m,   Pomirda esa 3500 m dan balandda tarqalgan. 
Alp mintaqasi   tuproqlari 3000 —3500 m va 
undan ham balandda joylashadi.

O‘RTA OSIYO TUPROQLARI

• O‘rta Osiyoda tarqalgan tuproqlar hosil bo‘lishi va unumdorlik darajasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganiladi: • 1) cho‘l tuproqlari; 2) bo‘z tuproqlar; 3) tog‘-o‘rmon-dasht tuproqlari; 4) baland tog‘ tuproqlari.

• Cho‘l tuproqlari. O‘rta Osiyoning cho‘l zonasi Т uron tekisligini egallagan bo‘lib, u shimolda qo‘ng‘ir tuproqli chala-cho‘l zonasi bilan, janub va sharq tomonlarda esa Kopetdog‘,Pomir-Oloy va Т yanshan tog‘larining bo‘z tuproqli etaklari bilan chegaralanadi. • Cho‘l zonasida, asosan, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlar, cho‘l qumli tuproqlar va o‘tloq-alluvial tuproqlar tarqalgan.