O'rta Osiyo Davlatlarining Shakllanish Tarixi
O'rt a Osiy o Dav lat larining Shak llanish Tarixi
Oʻrta Osiyo — Yevrosiyo materigining oʻrta qismida, gʻarbda Kaspiy dengizi qirgoqlaridan sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Gʻarbiy Sibir tekisligidan, janubida Nishopur, Safedkoʻh va Hindukush togʻlarigacha choʻzilgan yirik tabiiy geografik oʻlka. U materik ichkarisida, Atlantika okeanidan 4 ming km, Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming km, Tinch okeandan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1 ming km ga yaqin masofada joylashgan, suvlari okeanlarga chiqib keta olmaydigan berk havzadan iborat. Oʻrta Osiyo hududi oʻrta asrlarda, Turon arab manbalarida Movarounnahr, 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida (1924—25 ylarda oʻtkazilgan milliy davlat chegaralanishigacha) Turkiston deb atalgan, keyinchalik Oʻrta Osiyo deb ataladigan boʻldi.
Oʻrta Osiyoning 5 mamlakatining umumiy aholisi soni 2012-yilga koʻra - 65.700.000 kishini tashkil qildi. Aholisining koʻpchiligi Turkiy xalqlar oilasiga mansub, bulardan asosan koʻpchilikni: Oʻzbeklar, Qozoqlar, Qirgʻizlar, Qor aqalpoqlar va Turkmanlardir. Shuningdek Forsiylar oilasiga mansub Tojiklar ham koʻpchilikdir. Oʻrta Osiyoning tub aholisi hisoblanmaydigan millatlarga: Ruslar, Olmonlar, Ukrainlar, Uygʻurlar, Tatarlar, Turklar va boshqa millatlar kiradi