O'rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari va ularning turkiy xalqlar hayotida tutgan o'rni
O'rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari va ularning turkiy xalqlar hayotida tutgan o'rni
O’rxun Enasoy obidalari O'rxun obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo'g'ulistondagi O’rxan va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Mo'g'ulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15-asrda ham O'rxun yozuvidan foydalanilgan. O'zbekiston hududida (Farg'ona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorlikiari topilgan.
O’rxun Enasoy obidalari Yirik O’rxun bitikiari Kultigin, Bilga xoqon, To'nyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keiadi. Kultigin bitiktoshi 732 y. Turk xoqonligi (551 745)ning Iashkarboshisi sharafiga o'rnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulug’ bitikdan iborat. Vatan manfaati yo’lida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam osoyishta bo’lishi uchun kurash bitiktoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabg'ach, Tibet, Sug d, Turgash, kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklan marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizi haqida tasavvur beradi.
O’rxun Enasoy obidalari Bitiktoshlar 19 asr oxirlarida topilib, U. Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh , Polsha , Vengriya , Finlyandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat , A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan.
Toʻnyuquq” bitiktoshi “ Toʻnyuquq” bitiktoshi kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda oʻziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu kompozitsiyaning oʻzida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad toʻlaligicha amalga oshgan. Yodgorlikning til xususiyatlari ham eʼtiborga loyiq. U VIII asrdagi adabiy til namunasidir. Asar tilidagi koʻplab soʻzlar hozirgi oʻzbek tilida aynan qoʻllaniladi. Bir qism soʻzlarda ozgina tovush oʻzgarishlari yuzaga kelgan, yana bir toifa soʻzlar esa bugungi isteʼmoldan chiqib ketgan.