O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari va ularning turkiy xalqlar madaniy hayotida tutgan o’rni
Mavzu:O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari va ularning turkiy xalqlar madaniy hayotida tutgan o’rni.
Reja 1. Qadimiy-adabiy yodgorliklarning topilishi va o’rganilishi haqida. 2. O’rta Osiyo - qadimgi madaniyat o’choqlaridan biri. 3. Toshbitiklarning badiiy qimmati.
• Mazkur obidalarning topilishi O’rxun hamda Enasoy daryolarning havzalari bilan bog’liq. Garchi bunday qadimiy obidalar keyinchalik Sibir va Mo’g’ulistonning boshqa joylaridan, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Kavkaz, Volga bo’yi hatto Sharqiy Yevropadan topilgan bo’lsada tarixda bu nom muhim o’rnashib qoldi. • O’rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o’rgatilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Missershmitd yodgorlilarini Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.
• Dastlab, O’rxun, Selenga va Tuli daryolari atrofidan Shimoliy Mo’g’ilistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O’rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg’oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. • Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o’qish, o’rganish muammosi ko’ndalang bo’ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo’lidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni o’qish uchun dastlabki qadam qo’yiladi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V.Radlovning yodgorlilklardagi barcha harflarini o’qidilar. Shundan so’ng ularni jiddiy o’rganish boshlandi.
• O’rxun–Enasoy obidalari “tosh bitiklari” deb ham yuritiladi. Buning sababi ko’pgina yodgorliklarning qabr toshlariga o’yib yozilganidadir. • Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan joylar O’rxun-Enasoy daryolari atroflari, Turfon (Sharqiy Turkiston), Osiyo va Yevropaning ko’pgina joylaridir. Shunga ko’ra, ularning Mo’g’uliston, Germaniya (Berlin, Marburg, Mans), Rossiya (Sank –Peterburg, Qizil, Minsk), Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran, Suchjoy, Pekin), Buyuk Britaniya (London), Fransiya (Parij), Shvetsiya, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’izistonda saqlanishi kuzatiladi.