logo

Axloq va uning jamiyat hayotidagi tutgan o’rni

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

630.359375 KB
Mavzu:Axloq va uning 
jamiyat hayotidagi tutgan 
o’rni.                 Axloqshunoslik  bir  necha  ming  yillik  tarixga  ega 
bo’lgan  qadimiy  fan.  U  bizda  “Ilmi  ravish”,  Ilmi  axloq”, 
Axloq  ilmi”,  “Odobnoma”  singari  nomlar  bilan  atab 
kelingan.  Ovro’pada  esa  “Estetika”  nomi  bilan 
mashhur,  biz  ham  yaqin-yaqingacha  shu  atamani 
qo’llar  edik.  U  dastlab  manzildoshlik,  yashash  joyi, 
keyinchalik  esa  odat,  fe’l  fikrlash  tarzi  singari 
ma’nolarni  anglatgan;  yunoncha  “ethos”  so’zidan 
olingan. Uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu ilmiy 
muomilaga kiritgan.             Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga 
bo’ladi:  nazariy,  amaliy  va  ijodiy.  Birinchi  guruhga 
falsafa,  matematika  va  fizikani;  ikkinchi  guruhga 
etika  va  siyosatni;  uchunchi  guruhga  esa  san’at, 
hunarmandchilik  va  amaliy  fanlarni  kiritdi.  Shunday 
qilib,  qadimgi  yunonlar  axloq  haqidagi  talimotni  fan 
darasiga  ko’targanlar  va  “Etika”  (ta  ethika)  deb 
ataganlar.  Biroq  bizda  milliy-mantiqaviy  axloqiy 
qadriyatlarimizning,  dastlabki  axloqiy  g’oyalarning 
vujudga  kelishi  qadimgi  yunonlar  yashagan  davrdan 
o’nlab asrlar avval ro’y bergan.                Ajdodlarimizning  eng  ko’hna  e’tiqodiy-axloqiy 
kitobi  “Avesto”  buning  yorqin  dalilidir.  Shu  sababli 
endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-
hayotiy,  talablar  nuqtai  nazaridan  “Axloqshunoslik” 
deb  atashni  maqsadga  muvofiq  deb  bildik.  “Axloq” 
so’zi  arabchadan  olingan  bo’lib,  insonning  muomila 
va  ruhiy  xususiyatlari  majmuini,  fe’lini,  tabiatini 
anglatadigan “xulq” so’zining ko’plik shaklidir. “Axloq” 
iborasi  ikki  xil  manoga  ega:  umumiy  tushuncha 
sifatida  u  fanning  predmetini  anglatsa,  muayyan 
tushuncha  sifatida  inson  fe’l-atvorini  va  xatti-
harakatining eng qamrovli qismini bildiradi.                 Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida 
aks  ettiradigan  bo’lsak,  doiraning  eng  kichik  qismini  odob, 
undan  kattaroq  qismini-xulq,  eng  qamrovli  qismini  axloq 
egallaydi. 
Axloq-  jamiyat,  zamon,  ba’zan  umumbashariy  ahamiyatga  ega, 
insoniyat  tarixi  uchun  namuna  bo’la  oladigan    ijobiy  xatti-
harakatlar  yig’indisi,  insoniy  kamolot  darajasini  belgilovchi 
ma’naviy  hodisa.  Axloqiy  tarbiya  natijasida  odoblilik-
xushxulqlilikka,  xushxulqlilik-yuksak  axloqiylikka  aylangani 
kabi,  axloqiy  tarbiya  yo’lga  qo’yilmagan  joyda  muayyan  shaxs, 
vaqti  kelib,  odobsizlikdan-badxulqlilikka,  badxulqlilikda-
axloqsizlikka  o’tishi  mumkin.  Axloq  barcha  uchun  birdek 
taaluqli  hisoblangan,  ijtimoiy  talablar  hamda  ehtiyojlarning 
munosabatlar  shaklidagi  ko’rinishidan  iborat  bo’lgan,  insonga 
berilgan  ixtiyor  erkinligining  xatti-harakatlar  jarayonida  ichki 
iroda  kuchi  tomonidan  oqilona  cheklanishini  taqozo  etuvchi 
ma’naviy hodisa.                   Axloqshunoslikda  inson  xatti-harakatining  ikki  qutbi-
axloqiylik  bilan  axloqsizlik  holatlari  tahlil  va  tadqiq  etiladi. 
Axloqiylik-fazilatlarda,  axloqsizlik  esa  illatlarda  namoyon 
bo’ladi.  Bu  ikki  qutb-tushuncha  kun-tun,  oq-qora  singari 
bir-birini  inkor  va  ayni  paytda,  taqozo  etgani  holda 
mavjuddir.  Zero  fazilat,  Arastudan  tortib  Ibn  Sinogacha 
bo’lgan  qadimiy  faylasuflar  takidlaganlaridek,  ikki  illat 
oralig’ida ro’y beradi. Boshqacha qilib aytganda, fazilat ikki 
manfiylik  o’rtalig’ida  yuzaga  keladigan  musbat  hodisadir. 
Chunonchi,  adolat-zulm  bilan  mazlumlikning,  saxiylik-
isrofgarchilik  bilan  baxillikning,  iffat-qizg’anchiqlik  bilan 
rujuning o’rtalig’I sifatida voqe bo’ladi.              
                Asosiy  mezoniy  tushunchalar-kategoriyalar  singari 
axloqiy  tamoyillar  ham  axloqiy  anglash  shakllaridan 
hisoblanadi.  Ularda  axloqiy  talab  nisbatan  umumiy 
tarzda ko’zga tashlanadi.Ular jamiyat tomonidan shaxsga 
qo’yiladigan  talab  shaklida  namoyon  bo’lib,  insonning 
axloqiy  mohiyatini,  uning  hayoti  mazmunini,  odamlar 
bilan  o’zaro  aloqalaridagi  asosiy  jihatlarni  balgilab 
beradi.  Natijada  tamoyillar,  inson  xatti-harakatinining 
umumiy  yo’nalishini  ko’rsatgan  holda,  ko’pgina  axloqiy 
me’yorlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.                Insoniyat  taraqqiyotida  axloq  muhim  o’rin  tutadi. 
Sharqning  buyuk  mutafakkirlari  insonni  axloqiy  kamol 
toptirish,  uni  har  tomonlama  rivojlantirish,  ma’naviy 
qiyofasini  shakllantirish  jamiyat  taraqqiyotining  muhim 
omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman 
ma’naviy  va  ma’rifiy  jihatdan  kamol  topishi  jarayonida 
turli  tarixiy  bosqichlardan-johillik,  nodonlikdan  ilmga, 
yovuzlikdan  ezgulikka,  vahshiylikdan  insoniylikka 
o’tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi.Ikki muqobil 
ibtido-yovuzlik  va  ezgulik,  jaholat  va  kamolotning  o’zaro 
kurashi inson va jamiyat taraqqiyotini belgilagan.       ETIBORINGIZ UCHUN 
RAXMAT

Mavzu:Axloq va uning jamiyat hayotidagi tutgan o’rni.

Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, Ilmi axloq”, Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro’pada esa “Estetika” nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo’llar edik. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; yunoncha “ethos” so’zidan olingan. Uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomilaga kiritgan.

Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchunchi guruhga esa san’at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritdi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi talimotni fan darasiga ko’targanlar va “Etika” (ta ethika) deb ataganlar. Biroq bizda milliy-mantiqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g’oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o’nlab asrlar avval ro’y bergan.

Ajdodlarimizning eng ko’hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi “Avesto” buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy- hayotiy, talablar nuqtai nazaridan “Axloqshunoslik” deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik. “Axloq” so’zi arabchadan olingan bo’lib, insonning muomila va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan “xulq” so’zining ko’plik shaklidir. “Axloq” iborasi ikki xil manoga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvorini va xatti- harakatining eng qamrovli qismini bildiradi.

Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini-xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. Axloq- jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti- harakatlar yig’indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa. Axloqiy tarbiya natijasida odoblilik- xushxulqlilikka, xushxulqlilik-yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo’lga qo’yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan-badxulqlilikka, badxulqlilikda- axloqsizlikka o’tishi mumkin. Axloq barcha uchun birdek taaluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko’rinishidan iborat bo’lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma’naviy hodisa.