logo

O’SISH VA RIVOJLANISHNING UMUMIY QONUNIYATLARI

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

243.04296875 KB
MAVZU:  O’SISH VA RIVOJLANISHNING UMUMIY 
QONUNIYATLARI   Reja
1. O‘SISH VA RIVOJLANISH  TO‘G‘RISIDA  MA’LUMOT
2. O‘SISH VA RIVOJLANISHNING YOSHGA OID 
DAVRLARI
3. GETEROXRONIYA XODISASI HAQIDA TUSHINCHA
4. AKSELERATSIYA HODISASINING FIZIOLO-GIK 
MOHIYATI  O SISH VA RIVOJLANISH TO G RISIDA ʻ ʻ ʻ
TUSHUNCHA.  

O‘sish  va  rivojlanish  barcha  tirik  organizmlar  kabi  odam 
organizmiga  xos  xususiyatdir.  Organizmning  har  tomonlama  o'sishi 
va  rivojlanishi  uning  paydo  boigan  vaqtidan  boshlanadi.  Bu  ikki 
jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bogiangandir. 

O'sish  deganda  tana  hujayralarining  ko‘payishi  natijasida  tirik 
organizm  oichamlarining  ortishi,  ya’ni  bo‘yning  cho'zilishi, 
og‘irlikning  ortishi  tushuniladi.  Bola  ma’lum  yoshgacha  to‘xtovsiz, 
ammo  o‘sish  davrida  ayrim  tana  qismlarining  nomunosib  o'sishi 
(bosh,  oyoq,  qo‘l  suyaklari,  ko'krak  qafasi  va  qorin  bo‘shlig‘i  ichki 
organlari)  turli  yoshda  har  xil  jadallikda  boiishi  mumkin,  shunga 
qaramasdan barcha to‘qima va hujaylarda ya’ni organlarda o‘sish bir 
vaqtda,  ayollarda  o‘rtacha  18-  19  yoshgacha,  yigitlarda  19-2O 
yoshgacha tugallanadi.  NOTEKIS RIVOJLANISH YOKI 
GETEROXRONIYA
.   Organizmning  normal  holatida  o‘sish  va  rivojlanish 
bir-biri  bilan  juda  yaqin  aloqada  va  hamkorlikda 
bo‘lsa  ham,  ular  bir  vaqtda  va  bir  xil  jadallikda  sodir 
bo'lmaydi,  chunki  biron-bir  a’zo  massasining 
kattalashishi  uni  bir  vaqtda  funksional  jihatdan 
takomillashuvini  bildirmaydi.  Ontogenezda  birinchi 
navbatda, ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin 
kelajagida  organizmni  yashashi  uchun  zarur  bo‘lgan 
a’zo  va  tizimlarning  rivojlanish  tezligi  o'zgaradi. 
Ushbu  bosqichda  zarur  bo‘lmagan  funksional 
tizimlarning rivojlanishi esa, aksincha orqada qoladi.  JISMONIY RIVOJLANISHNING KO‘RSATKICHLARI 
Yangi  tugilgan  go‘dak  nisbatan  kalta  qoi-oyoqlari,  tanasi  va  boshining  kattaligi  bilan  farqlanadi. 
Uning  kallasining  uzunligi  tanasi  uzunligining  1/4  qismini,  ikki  yashar  bolada  esa  -  1/5,  olti 
yasharda - 1/6, o‘n ikki yasharda - 1/7 va voyaga yetgan odamda - 1/8 qismni tashkil etadi. Yosh 
kattalashgan  sari  kallaning  o‘sishi  sekinlashadi,  oyoq  qo'llarning  o‘sishi  esa  kuchayadi.  Jinsiy 
yetilish  davrining»boshlanishiga  qadar  tana  proporsiyalarida  farq  bo‘lmaydi  va  ular  pubertat 
davrida yuzaga chiqadi. 
Tananing  bo‘yi  va  eni  o‘rtasidagi  proporsiyalarni  turlicha  boiishining  uchta  bosqichini  ajratish 
mumkin: 4 yoshdan 6 yoshgacha, 6 dan 15 yoshgacha va 15 dan to voyaga yetgunga qadar. Agar, 
pubertatoldi  davrida  umumiy  bo‘y  oyoqlarining  o'sishi  hisobiga  ortsa,  pubertat  davrida  esa-
tananing o‘sishi hisobiga (suyaklarning qalinlashishi va mushak to‘qimalarining o‘sishi) ortadi. 
Tananing bo‘yiga o'sishining notekisligi quyidagicha namoyon boiadi. Yangi tug‘ilgan bolaning 
bo‘yi 48-52 sm boiadi. Bola hayotining birinchi yilida uning bo‘yi 25 sm o‘sadi va 75 smni 
tashkil qiladi. Dddnchi yili tananing o‘sishi sekinlashadi va u faqat 1O sm ga o‘sadi. Keyingi 
yillarda (6-7 yoshgacha) o‘sish tezligi yanada sekinlashadi. Kichik maktab yoshining 
boshlanishida bo‘y 6-1O sm, 8-1O yoshga kelib esa - 3-5 sm ga o‘sadi. Jinsiy balog‘atga yetish 
davrida o‘sish tezligi yana ortadi, har yili o‘sish 5-1O sm tashkil etadi. Tana o‘sishining eng ko‘p 
ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o‘g‘il bolalarda esa 15 yoshda kuzatiladi. Bo‘yning o‘sishi 
asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o‘g‘il bolalarda  к а  2O yoshga kelib tugallanadi. Yangi 
tug‘ilgan davrdan to voyaga yetgunga qadar insonnmg bo‘yi 3, tanasi - 3,5, qo‘llari - 4, oyoqlari - 
5 marotaba uzunlashadi. Tananing bo‘yiga o'sishi hayotning birinchi yilida uning massasini 
ortishi bilan, keyingi davrda sekinlashishi esa - funksional tizimlarning hujayralari, to'qimalari, 
azolari differensiyalashuvi jarayonlarini faollashuvi bilan bogiiq boiadi.   TANA VAZNINING YOSHGA QARAB O'ZGARISHI.
  Yangi  tug‘ilgan  qiz  bolalarning  o‘rtacha  vazni  3,5  kg, 
o‘g‘il  bolalamiki  esa  3,4  kg  boiadi.  Bolaning  vazni 
tug'ilganidan  keyin  birinchi  oyda  6OO  g,  ikkinchi  oyda 
8OO  g  ortadi.  Bir  yashar  bolaning  vazni  tugilganidagi 
vaznidan  uch  marta  ortib  9-1O  kg  ga  yetadi.  2  yoshda 
bolaning  vazniga  2,5-3,5  qo‘shiladi.  4,  5,  6  yoshlarda  bola 
vazniga  har  yili  1,5-2  kg  qo‘shilib  boradi.  7  yoshdan 
boshlab  uning  vazni  tez  ortib  boradi.  1O  yoshgacha  o‘g‘il 
bolalar  bilan  qiz  bolalar  vazni  bir  xil  o‘zgaradi.  Jinsiy 
yetilish boshlanishi bilan qizlaming vazni 4,5-5 kg dan 14-
15  yoshda  har  yili  5-8  kg  ortadi.  O  ‘g‘il  bolalarda  esa  13-
14  yoshdan  vazni  7-8  kg  ortadi,  15  yoshdan  boshlab  esa 
ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi.   RIVOJLANISHNING UZLUKSIZLIGI.  
O‘sish  va  rivojlanish  jarayonlari  uzluksiz  sodir  bo‘lishi 
aniqlangan  va  u  organizmning  o‘zgarishlarida,  yani  uning 
yangilanishida,  yangi  hujayralaming  paydo  bo‘lishida, 
funksiyalarning  va  faoliyat  turlarining  murakkablashishida 
hamda  takomillashishida  namoyon  bo‘ladi.  Yurishning 
boshlanishi  va  motorikaning  keyingi  rivojlanishi,  birinchi 
so‘zlar  va  nutq  funksiyasining  keyinchalik  rivojlanishi,  jinsiy 
balog‘atga  yetish  davrida  bolaning  o'spiringa  aylanishi, 
markaziy  asab  tizimining  va  birinchi  galda  bosh  miya 
po‘stlog‘ining  uzluksiz  rivojlanishi  hamda  reflektor 
faoliyatining  murakkablashuvi-  rivojlanishning  bu  bosqichlari 
organizmdagi  ko‘p  qirrali  va  turli  xildagi  uzluksiz 
o‘zgarishlaming  bir  qisminigina  tashkil  qiladi.  Bunda  barcha 
a’zolar  va  to‘qimalarning  rivojlanishi  ularning  funksional 
jihatdan takomillashuvi bilan bir vaqtda sodir boiadi.  RIVOJLANISHNING INDIVIDUALLIGI  
Bolalarni  individual  o‘sish  va  rivojlanishini  e’tiborga  olmasdan  turib  ta’lim-
tarbiya  ishlarini  amalga  oshirish  mumkin  emas.  Bolalaming  yoshlariga 
nisbatan  aqliy  kamol  topishi  ulaming  shaxsiy  qobiliyatiga  va  atrof-muhit 
sharoitiga  ham  bog‘liqdir.  Ularning  aqliy  va  psixologik  rivojlanishi  bolalarni 
o‘rab turgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham bogiiqdir. Shuni yodda 
tutish  kerakki,  bolalarni  nisbatan  bir  necha  yil  bir  xil  sharoitda  yashashi 
ularning  shaxsiy  o‘sish  suratiga  ta’sir  etadi.  Shu  bilan  birga  kichik  maktab 
yoshidagi  bolalar  o'rtasida  o‘ta  qobiliyatlilari  ham  uchrab  turadi.  Bulami 
«vunderkind»lar    (nemis  tilida  sehrli  bolalar)  deyiladi.  Ko‘pgina  atoqli 
kishilarning  yoshligidanoq  katta  qobiliyatga  ega  boiganliklari  bizga  ma’lum. 
Jumladan,  buyuk  allomalarimizdan  Abu  Rayhon  Beruniy,  Alisher  Navoiy  va 
Abu  Ah  ibn  Sinolarni  misol  keltirishimiz  mumkin.  Abu  Ali  ibn  Sino  16-17 
yoshidanoq  mashhur  tabib-hakim  bo‘lib  tanilgan.  Dunyoning  birinchi 
vunderkindi  deb  italiya  yozuvchisi  Torkvato  Tasso  e’lon  qilingan.  U  13 
yoshida  Balon  universiteti  talabasi  bo‘lgan.  Viktor  Gyugo  esa  12  yoshida 
Fransiya  Akademiyasining  rag‘  batnomasini  olgan.  Yana  buyuk  kompozitor 
Motsartni  misol  qilishimiz  mumkin.  U  4  yoshida  musiqa  yozgan.  Hozirgi 
davrda bunday bolalarga mamlakatimizda katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun 
maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan .  1. O‘SISH VA RIVOJLANISH  TO‘G‘RISIDA  MA’LUMOT
Odam organizmi  tuxum  hujayra  shakllanishidan  to  nobud  
bo‘lgunicha  juda    murakkab    bo‘lgan    o‘sish  va  rivojlanish 
jarayonlarini  kechadi.  Shu  davrda  sodir    bo‘ladigan   
morfologik    va    funksional    o‘zgarishlar  shaxsiy  rivojlanish- 
ontogenezni tashkil qiladi. O‘sish  deganda, odam  hujayralari 
  soni  va  og‘irligining    ortishi    hisobiga    gavdasi  og‘irligi  va 
o‘lchamining    kattalashishi    tushiniladi.  Hamma    to‘qimalar   
o‘sadi, biroq  bu  jarayonlarning  tezligi  odam umrining  turli 
  davrlarida    bir    xil  bo‘lmaydi    va    turli  tizimlar    tarkibiga   
kiradigan  to‘qimalar    va  organlar  uchun    bir    vaqtda    sodir   
bo‘lmaydi.
O‘sish  jarayonining  yoshga  oid  chegaralari  mavjud:
O‘smir    qizlar    uchun    bu    jarayon    taxminan    16-18   
yoshgacha,  o‘smir    o‘g‘il  bolalar  uchun  esa    18-20  yoshgacha   
davom  etadi. Hujayralar  miqdori  ortishi  bilan  bir  vaqtda  
sifat    o‘zgarishlari    ham    yuz    beradi.  Odam    butun    hayoti   
davomida  rivojlanib  boradi.  O‘SISH VA RIVOJLANISH

Demak, o‘sish-bu  organizmning o‘z tuzilishi   va   shaklini   
saqlagan   xolda  miqdor   jihatidan    ortishidir. Rivojlanish  
esa  organizmning  sifat  jihatidan  yangilanishidir. Odam 
organizmi  doimo  o‘sish  va  rivojlanish  hisobiga  
murakkablashib, takomillashib  boraveradi. Yosh  bolalarda  
tana organlarining o‘sishi va rivojlanishi turli yoshda turlicha 
bo‘ladi. Bola hayotining birinchi yili o‘sish, rivojlanishning 
eng jadal davri hisoblanadi. Bolalar yana balog‘at yoshida 11-
15 yoshlarda juda jadal o‘sish va rivojlanish davrini o‘taydilar. 
Bola tug‘ilganida uning bo‘yi 50 sm bo‘lsa, bir yoshga 
kirganida 75-80 sm gacha o‘sib, rivojlanadi. Gavda og‘irligi 
yangi tug‘ilgan bolada 3-4 kg bo‘lsa, birinchi yilning oxiriga  
borib, 9,5-10 kg gacha yetadi.  O`SISH VA RIVOJLANISH JARAYONI  TURLI YOSH DAVRLARI  O’SISH VA RIVOJLANISH

Yangi tug‘ilish davridan  toki  to‘lig‘icha  voyaga  yetish  yoshigacha  tana uzunligi-
3,5 marta, gavda  uzunligi-3 marta, qo‘llar  uzunligi-4,5 marta, oyoqlar  uzunligi 
esa-5 martagacha  ortadi. 

2.O‘sish  va  rivojlanishning yoshga  oid  davrlari. 

  Hozirgi  vaqtda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda Jaxon Sog‘liqni Saqlash 
tashkiloti mutaxassislari ishlab  chiqqan tizimga muvofiq odam  ontogenezi 
quyidagi davrlarga bo‘linadi:

1.Chaqaloqlik davri-1kundan-10 kungacha

2.Emadigan davr-10 kundan-1 yoshgacha

3.Erta bolalik (Go‘daklik) davri- 1-3 yosh

4.Birinchi bolalik davri-4-7 yosh

5.Ikkinchi bolalik davri-o‘g‘il bolada-8-12 yosh (qiz bolada 8-11 yosh)

6.O‘smirlik davri-o‘g‘il bolada-13-16 yosh (qiz bolada-12-15 yosh)

7.O‘spirinlik davri-o‘g‘il bolada-17-21 yosh (qiz bolada-16-20 yosh)

8.Yetuklik davri:1-bosqich-erkaklarda 22-35 yosh (ayollarda-21-35 yosh)

2-bosqich-erkaklarda 36-60 yosh (ayollarda-36-55 yosh)

9.Keksalik davri-erkaklarda 61-74 yosh (ayollarda-56-74 yosh)

10.Qarilik davri-erkak va ayollarda-75-90 yosh

11.Umrboqiylik davri-erkak va ayollarda-90 yosh va undan ko‘p  YOSHGA OID DAVRLAR

B O L A L I K   D A V R L A R I

1.Yasli davri-3 yoshgacha

2.Maktabgacha davr-3 yoshdan-6 yoshgacha

3.Boshlang‘ich maktab davri-6 yoshdan-10 yoshgacha

4.O‘rta maktab davri-11 yoshdan-14 yoshgacha

5.O‘smirlik-15 yoshdan-18 yoshgacha

    3.Geteroxroniya xodisasi haqida tushincha. 

     Organizmning normal  holatida  o‘sish va  rivojlanishi juda uzviy 
bog‘langan  va o‘zaro bir-biriga ta’sir qilsada, biroq  ular bir vaqtda sodir 
bo‘lmaydi  xamda  turlicha  tezlikda  boradi. Chunki  biror  organ 
to‘qimasining massasi  ortishi uning  ayni  vaqtda  funksional jihatdan 
takomillashivuni   bildirmaydi. Bu hodisa-geteroxroniya- ya’ni 
rivojlanishning  notekisligi  deb  ataladi. U chaqaloqning yashab ketishini 
ta’minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlardan tezroq 
rivojlanadi. Funksional sistemalarning  rivojlanishida geteroxroniya 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:  AKSELERATSIYA. 
Aksleratsiya  -  lotincha  so‘z  bo‘lib,  acceles  -  tezlashuv  degan  m  a’noni  bildiradi.  Akseleratsiya 
yosh  avlodning  oldingi  tengdoshlariga  nisbatan  ruhan  va  jismonan  tez  rivojlanishidir. 
Akseleratsiya 1OO yil ya’ni bir asr ichida yaqqol ko‘zga tashlanganligi uchun uni keng ma’noda 
«sekulyaoniy  trend»  ya’ni  asriy  tendensiya  deyiladigan  bo‘ldi.  Akseleratsiyaning  ijtimoiy  va 
biologik  turlari  o‘zaro  farqlanadi.  Biologik  akseleratsiya  deganda,  insonning  biologik 
rivojlanishiga  taalluqli  barcha  o‘zgarishlarni  tushunish  kerak.  Bunga  odamning  morfologik  va 
funksional  rivojlanishini  tavsiflovchi  bir  qator  ko‘rsatkichlar  kiradi.  Ushbu  o‘zgarishlar  ma’lum 
bir  ijtimoiy  muhitda  sodir  bo‘ladi  va  ko‘p  jihatdan  ijtimoiy  sabablar  bilan  belgilanadi.  Ijtimoiy 
akseleratsiya  deganda,  bolalar  bilimlarining  hajmini  ulardan  5O-1OO  yil  ilgari  yashagan 
tengdoshlarinikiga nisbatan ortganligini tushunish kerak. 
XX asrning 2O-yillaridan boshlab Shvetsiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Yaponiya va boshqa 
mamlakatlardagi 6-14 yoshdagi bolalar o‘z rivojlanishida, ulardan yuz yil ilgari yashagan 
tengdoshlariga nisbatan ancha o‘zib ketganligi to‘g‘risidagi maiumotlar paydo bo‘la boshladi. 
Kichik va o‘rta yoshdagi bolalaming bo‘yi 1O-15 sm, og‘irligi esa 8-1O kg ortgani aniqlandi. 
Ushbu hodisa - bo‘y va ogirlikni asriy ortishi degan nom oldi. Keyingi yillarda akseleratsiya 
yanada yorqin namoyon boiganligi kuzatilgan. Bundan 5O yil ilgari odamlar bo'yining maksimal 
uzunligi 25-26 yoshga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bizning zamonimizda o‘g‘il bolalar 18-19 yoshda, 
qiz bolalar esa 16-17 yoshda to‘liq jismoniy balog‘atga yetadilar. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 
tanasining uzunligi 193O-194O-yillardagiga nisbatan o‘rtacha 1 sm ortiq.  Geliogen  tezlanish  nazariyasi   -  muallifi  doktor  Kox 
(1935),  uning  nazariyasiga  ko‘ra,  o‘sishning 
tezlanishini  chaqiruvchi  birlamchi  qo‘zg‘atgich  quyosh 
hisoblanadi. Yaxshi turmush sharoitlari va yoritilganlik, 
ochiq  havoda  uzoq  muddat  bo‘lish,  kaloriyali 
ovqatlanish,  bola  organizmini  D  vitamini  bilan 
ta’minlanganligi,  akseleratsiya  sodir  boiishiga  yordam 
beruvchi  omillar  hisoblanadi.  Lekin,  ushbu  nazariya 
shahar va qishloq bolalari, yaxshi va kam ta’minlangan 
oilalardagi  bolalar  o‘rtasidagi  rivojlanish  tezligi 
darajasidagi farqlanishni tushuntira olmaydi.   Lentsning alimentar nazariyasi . Lents bildirgan fikrga ko‘ra, oxirgi 
1OO  yil  davomida  AQSh  va  Yevropa  mamlakatlarida  go‘sht  va 
yog‘ni  iste’mol  qilishning  ortishi  rivojlanishni  tezlashishga  olib 
kelgan  asosiy  sababdir.  Oqsillar  va  yog‘larning  akseleratsiyani 
chaqiruvchi ta’siri Lentsning fikricha gipofiz va qalqonsimon bezning 
ishtirokida  amalga  oshiriladi.  Lekin,  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki, 
antropometrik  ko‘rsatkichlaming  kattalashishi  ushbu  mahsulotlarni 
iste’mol  qilishga  nisbatan  ortiqdir.  Ikkinchi  jahon  urushi  paytida  va 
undan  keyingi  davrda  shahar  va  qishloqda  yashovchi  bolalar  bir  xil 
ovqatlangan,  ayrim  hollarda  qishloq  bolalari  yaxshiroq 
ovqatlanganlar,  lekin  shunga  qaramasdan  shaharlik  bolalar  yirikroq 
bo‘lganligi  aniqlangan.  Demak,  ovqatlanish  muhim  omil  bo‘lgani 
bilan akseleratsiyaning yagona sababi sifatida qaralmaydi. Olovli Yer 
aholisi  orasida  « Опа »  deb  nomlangan  qabila  bo‘lib,  ularning  bo‘yi 
175  sm,  boshqasi  Yaxgan  nomli  qabilalarning  bo‘yi  esa  158  sm  dan 
oshmaydi.  Ushbu  ikkala  qabila  bir  xil  klimatik  sharoitlarda  yonma-
yon yashaydilar va ovqatlanishida ham kam farqlanadi.  Bergerning  vitaminlar  erasi  nazariyasiga   ko‘ra  o‘sish 
jarayonlarini  tezlashishiga  Bp  B12  va  D  vitaminlarini  ta’siriga 
katta  ahamiyat  beriladi.  Lekin  vitaminlar  erasi  boshlanishidan 
avval  o‘sish  jarayonlaridagi  o‘zgarishlar  mavjud  ekanligi 
ko‘rsatilgan. 
Konstitutsional  tanlash  nazariyasi   keng  tarqalgan  bo‘lib, 
1942-yilda  Benxolt-Tomsen  tomonidan  ilgari  surilgan.  Uning 
fikricha,  akseleratsiya-  vegetativ,  ichki  sekretorli  va  miya  bilan 
bog‘liq  (aqliy)  faoliyat  turlariga  qobiliyati  yoki  organizmning 
reaktivligi  yuqori  bo‘lgan  odamlar  sonining  ko'payishi  bilan 
belgilanadi.  Bunday  qobiliyatli  odamlar  bir-biri  bilan  turmush 
qurishgan,  natijada  ularning  xususiyatlari  ham  nasi  orqali 
bolalariga va kelgusi avlodlariga o‘tgan.  Radioto‘lqinli  nazariyasini   1941-yilda  Treyberg  ilgari*  surgan.  Unga  ko‘ra, 
odam gavdasi kattaliklarining ortishini 2O-yillarning boshida radiostansiyalarni 
qurishni  boshlanishi  bilan  to‘g‘ri  keladi.  Lekin  shu  ham  ma’lumki  garchand 
radio  toiqinlari  saqlanib  tursa  ham  atrof  muhitni  noqulay  sharoitlarida  (urush, 
ocharchilik, epidemiya) o‘sish tormozlanadi. Yer sharida rentgen moslamalarini 
keng tarmog‘ini o‘rnatilganligi hamda odamzotni radiaktiv nurlanishi darajasini 
ortishi akseleratsiyaga ko‘maklashishi mumkin. 
Geterozis nazariyasi -  F.Yarda nasli genetik omil keyingi avlodlaming o'sishini 
tezlashishini  belgilaydi.  Agar  yashash  sharoitlari  yaxshi  boisa  (ovqatlanish  va 
klimat),  ushbu  nasliylik  xususiyat  sifatida  o‘sishni  tezlashishini  ta’minlaydi. 
Bunga,  Geterozis  nazariyasi ni  ham  ko‘rsatish  mumkin.  XIX  asrda,  ayniqsa, 
XX  asrda  ijtimoiy,  diniy,  irqiy  va  millatlararo  chegaralami  buzilishiga  olib 
kelgan  keskin  ijtimoiy  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Buning  oqibatida  millatlararo 
oila  qurishlar  oddiy  holga  aylandi.  Hozirgi  vaqtda,  turli  dinga  mansub 
odamlarni turmush qurishiga qarshilik  qilish to'siq boimay qoldi. Oila qurishda 
geografik  chegaralar  ham  keskin  kengaydi.  Buning  barchasi  nasliylikni  keskin 
o‘zgarishiga  olib  keldi  va  uning  oqibatida  rivojlanish  akseleratsiyasi  sodir 
boidi.  Urbanizatsiya nazariyasi  - XIX asming ikkinchi yarmi, ayniqsa, XX asr shaharlarini 
keskin rivojlanishi va qishloq aholisini shaharlarga ko‘chib o‘tishi bilan tavsiflanishini 
tasdiqlaydi.  Shahar  turmush  tarzi,  uning  o‘ziga  xosligi  va  hodisalarga  boyligi 
intellektual  va  seksual  rivojlanishni  ertaroq  sodir  boiishiga,  bu  esa,  o‘z  navbatida, 
ertaroq  jinsiy  balog‘atga  yetishiga,  o‘sish  tezlashishi  va  shu  kabilarga  olib  keladi. 
Akseleratsiyaning  oqibatlari  bir  xil  boimaydi,  chunki  o‘sishning  tezlashishida 
organizmning  barcha  tizimlarini  tezkor  rivojlanishi  ro‘y  beradi:  yurak  qisqarishlari, 
nafas  olish  chastotasi  tezroq  pasayadi,  jinsiy  balog‘atga  yetish  erta  sodir  bo'ladi.  Bu 
esa,  hamma  vaqt  ham  ma’qul  emas,  chunki  jismonan  pastroq  rivojlangan  bola 
akseleratdan chidamliroq bo‘lishi hollari ham kam uchramaydi.
Akseleratsiya  geteroxroniyani,  ya’ni  o‘sish  va  rivojlanishning  notekishgini 
kuchaytiradi.  Bola  1O-11  yoshga  to‘lganda  uning  endokrin  tizimida  gormonlaming 
ajralishini  kuchayganligi  tufayli  kuchli  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi.  Ular  gavda  o'sishini 
rag‘batlantiradi,  lekin  ko‘krak  qafasi  o'sishdan  orqada  qoladi.  Akseleratsiya  sodir 
bo‘layotgan  o‘spirinda  ushbu  disproportsiya  kuchayadi.  Tana  va  yurak  kattaliklarini 
mos  kelmasligi  ancha  sezilarli  bo‘la  boshlaydi. Yurak  o‘sishidagi  bu  ortda  qolish  qon 
bilan  ta’minlashga  va  organizmni  kislorod  va  ozuqa  moddalari  bilan  ta’minlashga 
sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Tana  o‘sishini  tezlashuvi  oqibatida  qon-tomir  tizimi 
rivojlanishi  orqada  qolishi  bilan  bog‘liq  gipertoniya  xastaligiga  uchragan  akseleratlar 
ham uchramoqda. Sekin o‘sayotgan bolalarda bunday hodisa kuzatilmaydi.   G Е T Е ROXRONIYA, PUBERTAT DAVR
Hayotining  birinchi  yilida  tayanch-xarakatlanish  organlari, 
jadal  suratda  o‘sadi  va  rivojlanadi.  Tananing  uzunligi  bir 
yarim  marta,massasi  esa  uch  marta  ortadi  va  bolaning 
vazni  hayotining  birinchi  yili  oxirida  9-12  kg  ga  ortadi. 
Uch  yoshda  bo‘yning  yillik  o‘sishi  10  sm  ga  etadi,  uch 
yoshdan  yetti  yoshgacha  esa  6  sm  ni  tashkil  etadi.  Yetti 
yoshga  borib  bola  yuragi  4-5  baravar  kattalashadi.  Bosh 
miyasining  vazni  1400  g  ga  yetadi.    Qiz  va  o‘g‘il 
bolalarda    p  u  b  e  r  t  a  t      nomini  olgan  bu  davr,  ya’ni 
balog‘atga yetish davri hisoblanadi. Bu davr qiz bolalarda 
8-9  yoshdan  16-17  yoshgacha,  o‘g‘il  bolalarda  esa  10-11 
yoshdan  16-19  yoshgacha  davom  etadi.  Demak,  notekis     
rivojlanish    hodisasi  –geteroxronizm  turli  tuman 
funksional  sistemalarni  tashkil  etgan  va  ontogenezning 
muayyan  bosqichida  organizmning  yashab  ketishini 
ta’minlaydigan  ayrim  organlar  va  to‘qimalarning  o‘sish 
va rivojlanish holatini qiyosiy o‘rganishda kuzatiladi.  4.  AKSELERATSIYA HODISASINING FIZIOLOGIK MOHIYATI
  Akseleratsiya-terminini  1935  yilda  nemis  vrachi    E.  Kox  taklif 
qilgan.  U  lotinchada  tezlashuv,  jadallashish  degan  ma’noni 
anglatadi.  Bu    tushunchaga  bolalar  va  o‘smirlarda  o‘sish    va 
rivojlanishning  tezlashuvi,  balog‘atga  yetish    davrining  bir   
muncha  erta  boshlanishi,  sezgi    organlari    va    asab    tizimining 
tezroq    rivojlanishi    kiradi.  Hozirga  kelib  akseleratsiya 
tushunchasi  juda  kengayib  ketdi.  Faqat  bolalar  va  o‘smirlarda 
emas voyaga  etgan  odamlarda  ham  akseleratsiya  kuzatilmoqda. 
Masalan  qarish  davrida  ham  farzand  ko‘rish,  tana  massasi 
kabilarning  ortishi  ham  akseleratsiyaga  misol  bo‘ladi.   
Olimlarning  aniqlashicha,  hozirgi  bir  yoshli  bola  bundan  50-75 
yil  oldingi  bolalarga  nisbatan  o‘rtacha  5-7  sm  ga  uzun,  tana 
og‘irligi  esa,  1,5-2  kg  ga  og‘irroqligi  ma’lum  bo‘lgan.   
Akseleratsiyaga sabab,  sport bilan shug‘ullanishlar, fan-texnika 
taraqqiyoti  bo‘lishi  mumkin.  Akseleratsiyaning  psixik 
akseleratsiya  turi  mavjud  bo‘lib,  bunga  masalan  bolani  olti 
yoshdan boshlang‘ich maktabda o‘qishi misol bo‘la oladi.    Bolalar  o‘sishi  va  
rivojlanishining  umumiy
qonuniyatlari
•
tana hujayralarining ko‘payishi natijasida 
tirik  organizm o‘lchamlarining ortishi, 
ya’ni bo‘yning chuzilishi, og‘irlikning 
ortishidir. O‘sish ayollarda o‘rtacha 17-18 
yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha 
tugallanadiO’sish  
•
bola organizmi hujayralarining takomillashib, 
o‘smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos  
bo‘lgan  bir muncha murakkab to‘qima va 
organlarga ega bo‘lishidirRivojlanish          Организм жисмонан, ақлан ва жинсий 
ривожланади, яъни, мураккаблашади. 
Организм ўсиш ва ривожланишида барча 
этапларни болалик, ўсмирлик, 
ўспиринлик, ёшлик, етуклик даврларини 
босиб ўтади. Ўсиш бу организмнинг 
миқдор кўрсаткичи, ривожланиш сифат 
кўрсаткичи ҳисобланади. Бу икки жараён 
нотекислик, узлуксизлик, гетерохроник 
ва акселерация жараёнлари асосида 
юзага чиқади  Ўсиш ва ривожланиш       Бўйнинг  ўсиши
 
  Боланинг бир ёшигача буйининг узунлиги 
25 см.  иккинчи йилида 10 см га  ўсади.  6 - 7 
ёшгача б ў йнинг ўсиши янада 
секинлашади. Бошланч ғ ич мактаб ёшида 
бола б ў йи узунлиги 7 - 10 см га ўсади. 
Жинсий етилиш муносабати билан 
қ изларда 12 ёшдан,  ўғ ил болаларда 15 
ёшдан бошлаб б ў йига ўсиш тезлашади. 
Б ў йига ўсиш қизларда 18 - 19, йигитларда 
20 ёшда тухтайди. Бутун ўсиш даврида 
оёқларнинг узунлиги 5 марта,  қў л 
узунлиги 4 баробар, гавда узунлиги 3 
баробар, бош  катталиги  2 баробар ортади.      Тана вазни ни  ўзгари ши
 
  Янги ту ғи лган  қ из болаларнинг  ў ртача вазни 3,5 кг, 
ўғ ил болаларники эса 3,4 кг., бўлади. Боланинг 
вазни ту ғ илганидан кейинги биринчи ойда 600 г, 
иккинчи ойда 800 г ортади. Бир яшар боланинг 
вазни ту ғ илганидаги вазнидан уч марта ортиб 9 - 10 
кг га етади. 2 ёшда боланинг вазнига 2,5 — 3,5 кг 
қў шилади. 4, 5, 6 ёшларда бола вазнига хар йили 1,5 
— 2 кг қўшилиб боради. 7 ёшдан бошлаб унинг 
вазни тез ортиб боради. 10   ёшгача   ўғ ил  болалар   
билан   қ из   болалар  тана  вазни  бир  хилда  
ўзгаради.  Жинсий етилиш бошланиши билан 
қизларнинг вазни 4-5 кг дан 14-15 ёшда хар йили     
5-8 кг ортади.  Ў ғил   болаларда эса 13-14 ёшдан 
вазни 7-8 кг ортади. 15 ёшдан бошлаб уларнинг 
вазни қизларнинг вазнидан ортиб кетади.    Акселерация
  Акселерация  –  лотинчадан  тезлашув 
маънони  билдириб,  ва  ривожланишдаги 
содир  бўлаётган  тезлашувга  айтилади. 
Фанга  1935  йил  немис  олими  Е.  КОХ 
киритган.   Сўнгги  100  йил  ичида  янги 
туғилган  чақалоқларнинг  буйи  5-6  смга, 
кичик  ва  ўрта  мактаб  ёшидаги 
болаларнинг  бўйи  10-15  см  га,  вазни  эса 
8-10 кг га ортди .    1. Янги туғилган даври 1–10 кун
2. Эмизикли даври 10–1 ёшгача
3. Гўдаклик даври 1–3 ёшгача
4. Биринчи болалик даври 4–7 ёшгача
5. Иккинчи болалик даври 8–12 ёш, ўғил болалар
8–11 ёш, қиз болалар
6. Ўсмирлик даври 13–16 ёш, ўғил болалар
12–15 ёш, қиз болалар 
7. Навқиронлик даври 16–20 ёш, қизлар
17–21 ёш, йигитлар
8. Етуклик даврнинг  I  босқичи 22–35 ёш, эркаклар
21–35 ёш, аёллар
9. Етуклик даврнинг  I  босқичи 36–60 ёш, эркаклар
36–55 ёш, аёллар
10. Кексалик даври 61–74 ёш, эркаклар
56–74 ёш, аёллар
11. Қарилик даври  75–90 ёш (аёллар ва эркаклар)
12. Узоқ умр кўрувчилар 90 ёш ва ундан ортиқ.Турли ёш даврининг таърифи.
1965 йили Москвада ёш даврларига бағишланган 
кенгашда қуйидаги ёш даврлари схемаси қабул қилинган:  Asosiy adabiyotlar:
I. Q.Sodiqov, S.X Aripova, G.A. Shaxmurova. Yosh fiziologiyasi va gigiyena. Toshkent. “Yangi asr 
avlodi”. – 2009 y. 314 b.
II. Rajamuradov Z.T., Bozorov B.M. va boshqalar Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. Toshkent, “Tafakkur 
bo`stoni”-2013.-400b. 
III. Алматов К.Т., Л.С.Клемешева, А.Т.Матчанов, Ш.И.Алламуратов Улғайиш физиологияси. 
Тошкент, 2004. 
IV. M.S. Kuziyev. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan laboratoriya mashg ulotlari. O quv qo llanma. - ʻ ʻ ʻ
Samarqanda .  -  2020  yil .  - 186 bet.
V. Махмудов Э., Г. Ким. Возрастная физиология и основы гигиены Ташкент,2007.
VI. Махмудов Э.,Алламуродов Ш. Возрастная физиология. Ташкент, 2006.
Qo shimcha  adabiyotlar:	
ʻ

Хрипкова А.Г. ,  Антропова М.В .,  Фарбер Д.А .  Возрастная физиологии . -  M .:  Просве щение, 1990. - 
320 с.

Клемешева Л.С., Алматов К.Т., Матчанов А.Т.  Возрастная физиологии . – T. 2002.

Francis M. Walters, A.M. Physiology and hygiene. D.C. Heath and Co. – Publishers.  2005

Davies D. Child development A Practitioner's Guide// The Guilfordpress.  NewYork. –2010.-  494 p.
Axborot manbalari (saytlar):

http://bakumedinfo.com/index .

http://bio.olymp.mioo.ru/course/view.php?id=13

http://www.bio.bsu.by/physioha/kursy.html

http://www.fiziolog.ru/

www . ziyonet  E’TIBORINGIZ 
UCHUN 
RAHMAT !

MAVZU: O’SISH VA RIVOJLANISHNING UMUMIY QONUNIYATLARI

Reja 1. O‘SISH VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT 2. O‘SISH VA RIVOJLANISHNING YOSHGA OID DAVRLARI 3. GETEROXRONIYA XODISASI HAQIDA TUSHINCHA 4. AKSELERATSIYA HODISASINING FIZIOLO-GIK MOHIYATI

O SISH VA RIVOJLANISH TO G RISIDA ʻ ʻ ʻ TUSHUNCHA.  O‘sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o'sishi va rivojlanishi uning paydo boigan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bogiangandir.  O'sish deganda tana hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm oichamlarining ortishi, ya’ni bo‘yning cho'zilishi, og‘irlikning ortishi tushuniladi. Bola ma’lum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o'sishi (bosh, oyoq, qo‘l suyaklari, ko'krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda boiishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to‘qima va hujaylarda ya’ni organlarda o‘sish bir vaqtda, ayollarda o‘rtacha 18- 19 yoshgacha, yigitlarda 19-2O yoshgacha tugallanadi.

NOTEKIS RIVOJLANISH YOKI GETEROXRONIYA . Organizmning normal holatida o‘sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo‘lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo'lmaydi, chunki biron-bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Ontogenezda birinchi navbatda, ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin kelajagida organizmni yashashi uchun zarur bo‘lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o'zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo‘lmagan funksional tizimlarning rivojlanishi esa, aksincha orqada qoladi.

JISMONIY RIVOJLANISHNING KO‘RSATKICHLARI Yangi tugilgan go‘dak nisbatan kalta qoi-oyoqlari, tanasi va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Uning kallasining uzunligi tanasi uzunligining 1/4 qismini, ikki yashar bolada esa - 1/5, olti yasharda - 1/6, o‘n ikki yasharda - 1/7 va voyaga yetgan odamda - 1/8 qismni tashkil etadi. Yosh kattalashgan sari kallaning o‘sishi sekinlashadi, oyoq qo'llarning o‘sishi esa kuchayadi. Jinsiy yetilish davrining»boshlanishiga qadar tana proporsiyalarida farq bo‘lmaydi va ular pubertat davrida yuzaga chiqadi. Tananing bo‘yi va eni o‘rtasidagi proporsiyalarni turlicha boiishining uchta bosqichini ajratish mumkin: 4 yoshdan 6 yoshgacha, 6 dan 15 yoshgacha va 15 dan to voyaga yetgunga qadar. Agar, pubertatoldi davrida umumiy bo‘y oyoqlarining o'sishi hisobiga ortsa, pubertat davrida esa- tananing o‘sishi hisobiga (suyaklarning qalinlashishi va mushak to‘qimalarining o‘sishi) ortadi. Tananing bo‘yiga o'sishining notekisligi quyidagicha namoyon boiadi. Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yi 48-52 sm boiadi. Bola hayotining birinchi yilida uning bo‘yi 25 sm o‘sadi va 75 smni tashkil qiladi. Dddnchi yili tananing o‘sishi sekinlashadi va u faqat 1O sm ga o‘sadi. Keyingi yillarda (6-7 yoshgacha) o‘sish tezligi yanada sekinlashadi. Kichik maktab yoshining boshlanishida bo‘y 6-1O sm, 8-1O yoshga kelib esa - 3-5 sm ga o‘sadi. Jinsiy balog‘atga yetish davrida o‘sish tezligi yana ortadi, har yili o‘sish 5-1O sm tashkil etadi. Tana o‘sishining eng ko‘p ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o‘g‘il bolalarda esa 15 yoshda kuzatiladi. Bo‘yning o‘sishi asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o‘g‘il bolalarda к а 2O yoshga kelib tugallanadi. Yangi tug‘ilgan davrdan to voyaga yetgunga qadar insonnmg bo‘yi 3, tanasi - 3,5, qo‘llari - 4, oyoqlari - 5 marotaba uzunlashadi. Tananing bo‘yiga o'sishi hayotning birinchi yilida uning massasini ortishi bilan, keyingi davrda sekinlashishi esa - funksional tizimlarning hujayralari, to'qimalari, azolari differensiyalashuvi jarayonlarini faollashuvi bilan bogiiq boiadi.