logo

O’ZBEK ADABIYOTIDA matndan undov, modal va taqlid so'zlami aniqlash

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2928.658203125 KB
O’ZBEK ADABIYOTIDA matndan undov, modal va taqlid 
so'zlami aniqlash    Koʻchalarni  changitib  toʻp  oʻynardik.  Men  yangi  sotib  olgan  qora  toʻpimni  tashlaganda,  Vali  ustalik  bilan  bir 
urgan  edi,  toʻp  gʻiz  etib yuqorilandi-da,  qaytib  koʻchaga  tushmadi.  Oʻynovchilar  turgan  joylarida  qotib 
qolishdi:  –  Ah,  qanday  yaxshi  toʻp  edi,  Shokir  akaning  bogʻchasiga  tushdi-ya.  Essizgina…  Fattoh 
kattalardek  qoʻlini  orqasiga  tashlab:  –  Tagʻin  tushib  oʻtirma,  bilasan-ku  Shokir  akaning  feʼlini,  xuddi 
oyogʻingni  sindiradi,  –  deb  nasihat  qilganday  boʻldi.  Bolalar  birin-sirin  tarqalib  ketishgan  edi.  Men 
yolgʻiz  qolgandim,  oʻynab  toʻymagan  toʻpimning  alami  ichimda  har  minut  sayin  zoʻrayib  borardi.  Faqat 
Shokir  akaning  bogʻchasiga  kirish  juda  qoʻrqinchli  edi.  Bir  yarim  tanobcha  joyni  egallagan  bogʻcha 
baland  devorlar  ila  oʻralgan,  ichida  oʻrik,  shaftoli,  gilos,  koʻksulton  va  shunga  oʻxshashlar.  Bu 
mevalardan  biron  donasini  chet  kishi  koʻrmas  va  kimga  sotiladirganliginida  hech  kim  bilmasdi.  Hatto, 
“anjir  bilan  anor  gulini  toʻkib,  koʻzga  ilinadigan  boʻlganda  Shokir  aka  sanab  qoʻyadi”,  –  deb  gaplashardi 
mahalladagilar. Mening qora toʻpim, shubhasiz, mana shu bogʻchada. Faqat, qanday qilib olish mumkin? 
Shunday kishining  bogʻchasiga toʻp qidirib  tushish hazil gap emasdi. Men koʻp oʻyladim, axir tushishga 
qaror qilib, qulay bir joy axtara boshladim. Jin koʻchadan bogʻchaga kirib ketadirgan ariqning onbori bir 
oz  katta  boʻlib  qolgan  ekan.  Ishtonimni  tizzamga  qadar  koʻtarib,  onborga  bosh  tiqdim,  oʻtish  qiyin 
boʻldi,  devorni  qoʻlim  ila  uvalab  teshikni  katta  qildim-da,  sekingina  oʻtdim.  Oʻt  orasiga  biqinib,  har 
yoqqa  qarab  oldim,  bogʻcha  jimjit…  Rang-barang  kiyimlarga  belangan  kelinchak  gullarning  ustida, 
jimjima  qafasdonli  savadonlarni va  bogʻchani  poylagan  kabi  haryoqqa  tez-tez  qarab  qoʻyardim.  Butun 
diqqatimni  koʻzimga  toʻplab  qidirishga  tutindim,  toʻpimni  onbordan  20-30  qadam  narida,  oʻt  orasidan 
topdim,  koʻnglim  tinchidi.  Qaytishga  hozirlanib,  atrofga  bir  qaragan  edim,  devorga  chirmashib  oʻsgan 
tokning  tagida  Shokir  akaning  qizi  Gulnor  opa  ila  Turdi  sartaroshning  oʻgʻli  Asadga  koʻzim  tushdi. 
Darrov  oʻt  orasiga  choʻzildim.  “Shokir  aka  yoʻq  ekan,  bular  bu  yerda”  dedim-da,  yota  berdim.  Gulnor 
opaning  ustida  bir  oz  toʻzishga  boshlagan  atlas  koʻylak,  sarpinka  roʻmol  yelkasida.  Toʻla  oppoq  bilagi 
Asadning  boʻyniga  oʻralgan,  dam  Asadning  chiroyli  yuziga  qaraydi,  dam  boshini  yigitning  keng,  kuchli 
koʻkragiga  qoʻyadi.  Asad  bir  qoʻli  ila  Gulnor  opaning  beliga  tushgan  qora  sochlarini  silar,  yuzlaridan 
uzilmagan  gulni  hidlagan  kabi  sekin-sekin  oʻpar  va  nimalarnidir  soʻzlardi.  Menga  anglashilmagan  bir 
sirning  ogʻirligi  koʻkragimni  siqar,  yashil  oʻtlar  orasiga  koʻmilgan  boshimda  shu  vaqtgacha  yashirinib 
yotgan fikrlar uchqunlanar edi ...   Oybekning "Gulnor opa" hikoyasini o'qish, mazmunini konspektlashtirish va matndan undov, 
modal va taqlid so'zlami aniqlash.     Odil Yoqubovning "Muzqaymoq" hikoyasini o'qish, mazmunini konspektlashtirish va 
matndan son olmosh so'z turkumiga oid so'zlani aniqlash
Darvozaga yaqinlashib qolganimda nogahon ro‘para tomondan kelayotgan qo‘shnimiz — shahar yoshlar 
qo‘mitasining kotibiga ko‘zim tushdi. U bir o‘zi emas, charm paltolik harbiy odam bilan uch 
burchak soqol qo‘ygan, jikkakkina mo‘ysafid qurshovida kelardi.
Kotibni ko‘rishim bilan yuragim negadir «shuv» etib, boqqa sho‘ng‘ishga chog‘landim, ammo kotib 
bir sakrashda yo‘limni to‘sib, bilagimdan shappa ushladi-da:
— Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha! — dedi titroq bosib. —Bitta shaltoq buzoq bir to‘da podani 
buzadi! Bo‘yningga soxta qizil galstuk taqib, bu sofdil qizil pionerlarni buzmoqchimisan? — U 
qo‘limni og‘ritib siqqancha o‘ziga torta boshladi. Lekin shu payt jikkak mo‘ysafid:
— Qo‘yib yubor, bolapaqirni, — dedi oraga tushib.— O’rtoq Stalin aytdi-ku, bola otasi uchun javob 
bermaydi, deb? Gunohi nima bu norasidaning!
Yosh kotib qovog‘idan qor yoqqanicha bir qariyaga, bir charm paltoli harbiyga qaradi-da, qo‘limni 
qo‘yib yubordi va: «Yo‘qol ko‘zimdan!» — deb o‘shqirdi.
Shundan keyin nima bo‘ldi, nima qo‘ydi — hozir esimda yo‘q, faqat kotibning ombirdek metin 
changalidan chiqdimu tomog‘imni g‘ip bo‘qqan ko‘z yoshini yuta-yuta, saf-saf bo‘lib o‘tayotgan 
baxtli tengdoshlarim yonidan katta ko‘cha tomon otildim...
Dadamlar hibsga olingandan so‘ng uch-to‘rt oy o‘tdi hamki, u kishi bilan biror marta ko‘risha 
olmadik. Butun shahar hanuz tahlikada, hamma joyda, hatto maktablarda ham dushman qidirish 
hamon davom etardi. Sira esimdan chiqmaydi. O’sha yili ulug‘ rus shoiri Pushkin vafotining 100 
yilligi nishonlanar edi. Bu g‘amgin sanaga atalib qanaqa tadbirlar belgilandi, qanaqa kitoblar 
chiqarildi, qanaqa majlislar, adabiy kechalar o‘tkazildi — buni bilmayman. Ammo o‘sha sanaga 
atalib o‘quvchilar uchun daftar chiqarilgani yodimda. Million-million nusxada chiqarilgan bu 
daftarlarning oldi muqovasida bolalikdan hammamizga tanish jingalak soch, habashchehra 
shoirning surati solingan, muqovaning oxirgi betiga esa shoir ertaklaridan biriga chizilgan surat 
berilgan edi.                                                                                                                    Shuk ur X olmi rzay ev ning " Ot  egasi"  hik oy asini o'qish, mazmuni ni 
k onspek t la sht iri sh v a mat ndan rav ish so'z t urk umiga oid so'zlarni  ani qla sh
Darhaqiqat, bu tog‘ yonbag‘irlari qarashli bo‘lgan rayondagi partiya komiteti «nega 
o‘zimiz tog‘lik bo‘lib, qimiz ishlab chiqarmaymiz!» degan mulohaza bilan yangi bir 
sovxoz tashkil etishga qaror qilgan, aholining ortiqcha baytallarini sotib olish uchun 
tashkilotlardan joylarga vakil jo‘nagan edi. Bu tomonlardan biya sotib olish esa kichik 
leytenant Egamberdi Xudoyberdievga topshirilgan edi. Uning esa dilida boshqa bir 
pinhoniy istagi ham bor edi: ana o‘sha tog‘dagi soy bo‘yida joylashgan qishloqda 
istiqomat qiladigan muallimning ko‘p yaxshi, chopqir, chiroyli oti bor-da. Shuni o‘ziniki 
qilishning iloji yo‘qmikin? U o‘ylab-o‘ylab, ilojini topdi: bir necha biyaning narxini bichib, 
rayonga jo‘natgandan keyin Tumshuqda bitta cho‘ponning soppa-sog‘ baytali turgani 
holda, uning minib yuruvchi otini aldab-suldab, qo‘rqitib, do‘q urib sotib oldi va: «Nega 
biya olmading, deb so‘rashsa, biyasi yo‘q ekan, otini bera qoldi. Buni almashtirish 
mumkin-ku deyman-da», deb o‘yladi. U bilardiki, qishloq qorovuli cho‘ponga qo‘shni, 
qishloqda esa Inod muallimdan bo‘lak kishi yo‘q hisobi. Aholisi bo‘z yerlarga ko‘chib 
ketgan. Demak, bu xabarni qorovul chol Inodga yetkazadi...
Inod peshayvonli uyi oldidagi bedapoyada yo‘ng‘ichqa o‘rardi. Quyosh kunbotarga 
egilib, kunchiqardagi adirlar bag‘rini yoritar, soyning ham u yer-bu yeri yiltirar edi. Nari 
sohildan to‘riq ot mingan shapkali, pogoni bor kishi pastlay boshladi. Suvni kechib o‘tib, 
bu sohilga chiqib keldi.
Inod unga bir qaradi-da, ishidan qolmadi.
Egamberdi pakana jiydalarni oralab, bedapoya adog‘ida paydo bo‘ldi.
— Hov, salomatmi? Qani bu, mehmon keldimi, demaysiz? — dedi.
Inod qaddini ko‘tarib turdi. O’roqni o‘rik tanasiga qattiq sanchib:
— Keling, — dedi do‘rillab.     Tohi r Mal ik ning "A lv i do bolal ik "  qissasi ni o'qish, mazmunini 
k onspek t lasht iri sh v a mat ndan darak , buy ruq v a so'roq gapl arni aniqlash.
Darhaqiqat, bu tog‘ yonbag‘irlari qarashli bo‘lgan rayondagi partiya komiteti «nega o‘zimiz 
tog‘lik bo‘lib, qimiz ishlab chiqarmaymiz!» degan mulohaza bilan yangi bir sovxoz tashkil 
etishga qaror qilgan, aholining ortiqcha baytallarini sotib olish uchun tashkilotlardan joylarga 
vakil jo‘nagan edi. Bu tomonlardan biya sotib olish esa kichik leytenant Egamberdi 
Xudoyberdievga topshirilgan edi. Uning esa dilida boshqa bir pinhoniy istagi ham bor edi: ana 
o‘sha tog‘dagi soy bo‘yida joylashgan qishloqda istiqomat qiladigan muallimning ko‘p yaxshi, 
chopqir, chiroyli oti bor-da. Shuni o‘ziniki qilishning iloji yo‘qmikin? U o‘ylab-o‘ylab, ilojini topdi: 
bir necha biyaning narxini bichib, rayonga jo‘natgandan keyin Tumshuqda bitta cho‘ponning 
soppa-sog‘ baytali turgani holda, uning minib yuruvchi otini aldab-suldab, qo‘rqitib, do‘q urib 
sotib oldi va: «Nega biya olmading, deb so‘rashsa, biyasi yo‘q ekan, otini bera qoldi. Buni 
almashtirish mumkin-ku deyman-da», deb o‘yladi. U bilardiki, qishloq qorovuli cho‘ponga 
qo‘shni, qishloqda esa Inod muallimdan bo‘lak kishi yo‘q hisobi. Aholisi bo‘z yerlarga ko‘chib 
ketgan. Demak, bu xabarni qorovul chol Inodga yetkazadi...
Inod peshayvonli uyi oldidagi bedapoyada yo‘ng‘ichqa o‘rardi. Quyosh kunbotarga egilib, 
kunchiqardagi adirlar bag‘rini yoritar, soyning ham u yer-bu yeri yiltirar edi. Nari sohildan to‘riq 
ot mingan shapkali, pogoni bor kishi pastlay boshladi. Suvni kechib o‘tib, bu sohilga chiqib 
keldi.
Inod unga bir qaradi-da, ishidan qolmadi.
Egamberdi pakana jiydalarni oralab, bedapoya adog‘ida paydo bo‘ldi.
— Hov, salomatmi? Qani bu, mehmon keldimi, demaysiz? — dedi.
Inod qaddini ko‘tarib turdi. O’roqni o‘rik tanasiga qattiq sanchib:
— Keling, — dedi do‘rillab.     Mirk arim Osi mning " Zul mat  ichra nur "  qissasini o'qish, mazmunini 
k onspek t la sht irish v a mai ndan y orda mchi so'z t urk umiga oid so'zlarni aniqlash.
Alisherning tog‘alari: Mirsayid — «Qobuliy» va Muhammad Ali — «G‘aribiy» o‘qimishli 
yigitlar bo‘lib, forsiy va turkiy tilda she’r yozar edilar. Ular pochchalari G‘iyosiddinnikiga 
kelganlarida ilmiy, adabiy mavzularda qizg‘in bahs boshlanar va ba’zi kunlari suhbat 
g‘azalxonlik bilan tugar edi. Alisher xuddi kattalardek tog‘alari yonida o‘tirib, ularning 
gaplariga quloq solar, she’r tinglar edi. Garchi, u kitobiy so‘zlar va majoziy she’rlarga 
yaxshi tushunmasa ham, g‘azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi.
Katta tog‘asi Mirsayid jiddiy, kamgap, sipo odam edi, kichigi Muhammad Ali esa 
xushchaqchaq, gapdon yigit bo‘lib, tor va tanburni yaxshi chalar, o‘z suhbati bilan 
majlisga jon kirgizar edi. Bir kuni u yaqindagina yozgan bir g‘azalini o‘qib berayotganida 
jiyani Alisherning diqqat bilagg quloq solayotganiggi ko‘rib, hayratda qoladi.
— Nevchun ajablanursiz?— dsydi G‘iyosiddin shoir qaynisiga,— Alisher ko‘cha-ko‘yda 
bolalar bila o‘ynab yurib, tojik tilin o‘rganib olg‘on, onasi forsiy, turkiy g‘azallarni 
o‘qig‘onda quloq berib o‘tiradur va ba’zi matla’larni yoddan o‘qib beradur.— U o‘zining 
o‘tkir ko‘zlarini togasiga tikib o‘tirgan Alisherga yuzlanib dedi: — Qani, o‘g‘lim, shoir 
Qosim Anvor ne debdur?
Alisher qo‘ng‘iroqdek ovozi bilan dona-dona qilib shu matla’ni o‘qidi:
Rindemu oshiqemu jahonso‘zu joma chok, 
Bo davlati g‘ami tu fikri jahon chi bok?
(Biz beparvo oshiqlarmiz, yirtiq chopon, o‘t iafas,	
 
Jahon g‘ami sening g‘amingga arzimas.)     Asqad Muxtorning "To'qqizinchi palata" hikoyasini o'qish, 
mazmunini konspektlashtirish va maindan ibora va maqollarni 
aniqlash. 
Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg‘ona 
shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, 
bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O‘zbekiston Davlat 
universitetiga (1938) kirib o‘qiydi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek 
adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi. Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi 
uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U «Yosh leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil 
O‘zbekiston» gazetalarining muharririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq 
yulduzi» jurnalida bosh muharrir (1960—1965), O‘zbekiston Yozuvchilari 
uyushmasida kotib (1957) bo‘lib ishlaydi. «Guliston» jurnaliga, «O‘zbekiston adabiyoti 
va san’ati» haftaligiga muharrirlik qildi. Asqad Muxtor «Tilak», «Tong edi», «Totli 
damlar» singari ilk she’rlari (1935—1938)da she’riyatning maqsad va vazifasini, 
shoirning jamiyat oldidagi burchini aniqlab olishga intiladi. 
.”      Erkin A'zamning "Bayramdan boshqa kunlar" asarini o'qish, mazmunini 
konspektlashtirish va darak, buyruq va so'roq gaplarni aniqlash
 literature
Yozuvchi ijodida 1988 yilda nashr etilgan “Bayramdan boshqa kunlar” nomli qissa va hikoyalardan 
jamlangan kitobi alohida qimmatga ega. Kitob ijodkorning avvalgi asarlaridan hajman katta, 
mazmunan teran. Adibning “Bayramdan boshqa kunlar” asarida ma’lum ma’noda romanga xos 
kontseptsiya seziladi. Muallif shaharliklarni ijtimoiy tabaqalarga ajratishga usta. Uslubida fosh 
qilish, kesatiq, piching yetakchi bo‘lgan adib diqqatini ko‘proq yengiltak qiz-juvonlar – 
kapalaklar (uchib-qo‘nib, gulzorda nozlanib, orolanib sayr etuvchilar) hayoti jalb qiladi. Qissada, 
asosan, uch oila vakillari hayoti tasvirlangan. Barno, Bargida, Basira – Afro‘za Kamolovnaning 
emin-erkin o‘sgan qizlari. Ularning otasi – qarib quyulmagan chol – Mimo. Barno zamonabop 
Chinnibek Qosimovga tegib olgan. Bargida sevmadi, o‘rtanmadi, ziddiyatlarga kirishmadi, lekin 
Bakirga ega bo‘ldi. Bu ayolda rashk, uyim-joyim degan tuyg‘u, chin huzurni his qilish yo‘q. 
Qanday xohlasa, shunday yashaydi. Hech kimga aytmasdan onasinikiga ketib qolishi, haftalab 
erini ko‘rmasligi, u haqda o‘ylamasligi mumkin. Bakir qo‘ng‘iroq qilsa, gina-kuduratsiz: 
“Qayoqlarda qolib ketdingiz? Nega kelmaysiz? Bugun, albatta, keling, tadbir bor”, deyishi 
mumkin. Eri tergagudek bo‘lsa: “Nima bo‘pti?” deb qo‘ya qoladi. Uning asabi yo‘qmi, deb ham 
o‘ylaysan kishi. Opa-singillar yig‘ilib qolishsa, og‘izlari gapdan bo‘shamaydi. Ular hech narsani 
ko‘ngillariga qattiq olmaydilar. Lekin... lozim bo‘lib qolsa, har qanday tubanlikka, ayollik makriga 
erk berishlari mumkin. Basira jazmaniga achchiq qilibmi, ko‘p miqdorda dori ichib qo‘yadi. Uni 
hushiga keltirish uchun ona, opa-singillari o‘libtiriladilar. Mimo – sobiq xonanda, yengiltak 
odam, qizlarning otasi. Ammo oilada uning ota sifatida o‘rni, mavqei yo‘q. Bakir Bargida bilan 
yashar ekan, bu xonadonning chirib, manqurtlashib borayotganini aniq kuzatadi. U qanday 
osonlik bilan uylangan bo‘lsa, shunday osonlik bilan Bargidadan voz kechib ketishi mumkin, 
ammo... Qissadagi asosiy qahramonlardan biri – Safura. U Bargida, Barno, Chinnibek, 
Basiralarning do‘sti. Asarda xattiharakatlar, ziddiyatlar, murakkabliklar, ziyofatlar markazida 
Safura turadi                                                                                                                            Bolaligim. Avji saraton Dala. Tog‘u 
toshlar kuymakda. Onam ishga 
otlanadi tong, Rangi o‘ngib ketgan 
ko‘ylakda. Naq taqimda sochini 
sochib, Boyovutning shamoli sang‘ir. 
Vafo qildi birgina sochi Eplayolmay 
ro‘molda tang‘ir. Borar baland bo‘yli, 
kulcha yuz, Bo‘y-bo‘y juvon, sirli 
siyoqda. Suyolmadik uni qilcha biz 
Xudo suysin endi u yoqda. Eshitaman 
tovushlarini Borar jannat 
malaklariday. Tuproq to‘la kovushlari-
yu Rangi o‘nggan ko‘ylaklarida... 
Ruhim ko‘taradi bayroqlarini... Dunyo 
kambag‘alni kamsitib, g‘ajib Tag‘in 
boyitarkan boyroqlarini Ruhim olib 
qo‘yar boshimdan tojni Halima Xudoyberdiyevaning "Ona" she'rini yodlash va she'r matnidan fe'l 
zamonlarini aniqlash                                                                                                                        Hamid Olimjonning "O'zbekiston" she'rini yodlash va she'r matnidan sinonim so zlarni 
aniqlash
Vodiylarni yayov kezganda, 
Bir ajib his bor edi manda... 
Chappor urib gullagan bog‘in, 
O‘par edim vatan tuprog‘in. 
Odamlardan tinglab hikoya 
O‘sar edi shoirda g‘oya. 
Daryolardan kuylab o‘tardim, 
Ertaklarga quloq tutardim. 
Hammasini tinglardim, ammo, 
O‘xshashini topmasdim aslo. 
O‘xshashi yo‘q bu go‘zal 
bo‘ston, Dostonlarda bitgan 
guliston, – O‘zbekiston deya 
atalur, Uni sevib el tilga olur. 
Chiroylidir go‘yo yosh kelin, Ikki 
daryo yuvar kokilin; Qorli tog‘lar 
turar boshida     Oybekning "Namatak" she'rini yodlash va she'r mainidan 
sodda va go shma gaplami aniqlash
         Nafis chayqaladi bir tup namatak 
Yuksakda, shamolning belanchagida, 
Quyoshga kutarib bir savat oq gul, Viqor-la 
ushshaygan qoya labida, Nafis chayqaladi 
bir tup namatak… Mayin raqsiga hech 
koniqmas kungil, Vahshiy toshlarga ham u 
berar fusun. Sunmaydi yuzida yorqin 
tabassum, Yanoqlarni tutib oltin busa-
chun, Quyoshga tutadi bir savat ok gul! 
Poyida yiglaydi kumush qor yum-yum… 
Nafis chayqaladi bir tup namatak… Shamol 
injularni separ chashmadak Boshida bir 
savat ok yulduz – chechak, Nozik salomlari 
nakadar masum! Toglar khavosining 
firuzasidan Mayin tovlanadi butun niholi. 
Vahshiy qoyalarning ajib ijodi: Yuksakda 
raqs etar bir tup namatak, Quyoshga bir 
savat gul tutib khursand                                                                                                                        Abdulla Oripovning "Bahor" she'rini vodlash va she'r matnidan sinonim so 
zlarni aniqlash
Yana bahor keldi. 
Yana olamda Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot.
  Men seni qutlayman shu ulug‘ damda,
  Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot! 
Tashbih axtarmangiz ushbu g‘azaldan,
  Naqd joyda nasiya ne kerak asli.
  Ayon bir xislating bordir azaldan, 
Seni atamishlar uyg‘onish fasli! 
Yellar ham uyg‘ondi ishqalab kaftin,
  Oftob ham yuksaldi — tik kelar quyosh. 
Tog‘lar ham yuk tashlab ko‘tardi kiftin,
  Bezavol maysa ham silkitadi bosh.
  Tarnovlar bo‘g‘zida lola ham ko‘rkam,
  Terak uchlarida izg‘ir mavjudot.
  Hattoki tuyg‘usiz, chirik xazon ham Yashil po‘panakdan bog‘labdi qanot
. Hovliqma jilg‘alar chopar beega
, Qushlar qiy-chuviga to‘lmish dala, bog‘.
  Sening visolingdan quvonmay nega, 
Bahor, sog‘intirding axir ko‘p uzoq!
  Yaldo kechasiday rutubatli qish 
Soldi ruhimizga og‘ir bir surur.
  Sen kelding, uyg‘ondi yana sho‘x olqish, 
Yig‘lagan ko‘zlarga tushgan kabi nur.
  Ha, mangu zavollik bo‘lmas olamda
  To suyin socharkan abri naysonlar.
  Men sizni eslayman ammo shu damda
, Manguga ko‘z yumgan aziz insonlar.
  Azaliy hukmini o‘qidi hayot, — Necha bor samo ham ko‘mdi quyoshin                                                                                                                        Erkin Vohidovning "O`zbegim" qasidasini yodlash va she'r matnidan 
sinonim va omonimlarni so zlani aniqlash
Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, 
Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. 
So‘ylasin Afrosiyob-u So‘ylasin O‘rxun xati, 
Ko‘hna tarix shodasida Bitta marjon, o‘zbegim. 
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan,
  Asli nasli balki O‘zluq, Balki Tarxon, o‘zbegim.
  O‘tdilar sho‘rlik boshingdan O‘ynatib shamshirlarin 
Necha qoon, necha sulton, Necha ming xon, o‘zbegim. 
Tog‘laring tegrangda go‘yo Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
  Ikki daryo – ikki chashming, Chashmi giryon, 
o‘zbegim. Qaysari Rum nayzasidan Bag‘rida dog‘ uzra 
dog‘, Chingiz-u Botu tig‘iga Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.
  Yog‘di to‘rt yondin asrlar Boshingga tiyri kamon,
  Umri qurbon, mulki taroj, Yurti vayron, o‘zbegim      Muhammad Yusufning "Vatanim" she`rini yodlash va she'r 
matnidan 
Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
 
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.                                                                                                                        "Buyuk ipak yo'li va uning insoniyat tarixidagi o'rni" mavzusida insho yozish. Qomusiy 
olim al-Xorazmiy" mavzusida insho yozish
Insoniyat tarixida eng ulkan bo’lgan ushbu qit’alararo savdo yo’li Yevropa va Osiyoni bir - 
biriga bog’lab, o’tmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qad imgi poytaxti Nara 
shahrigacha cho’zilgan edi. Albatta, sharq va G’arb o’rtasidagi savdo o’tmish qa’riga cho’kkan 
qadim -qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk 
yo’lning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqala ri hosil bo’lishiga Markaziy Osiyo tog’larida yarim 
qimmatbaho toshlar – Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib 
chiqariladigan konlarni topib, qazib olish ko’p jihatdan ko’maklashgan. Masalan, Markaziy 
Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan «lazurit 
yo’li» mavjud edi. U bilan bir paytda «nefrit yo’li» ham tarkib topgan, bu yo’l Xotan va Yorkent 
tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bog’lar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlaka 
tlariga So’g’diyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa 
feruza keltirilgan. Bu yo’nalishlarning barchasi oxir -oqibat Buyuk Ipak yo’liga kirib 
mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan G’arbga va Janubga o’tkazilgan karvon yo’llarini 
hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yo’llarni o’zaro bog’lab bergan buyuk 
yo’lning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning o’rtalarida, deb 
hisoblaydilar, o’sha davrda xitoyliklar uchun ilk bora G’arb o’lkalari – Markaziy Osiyo davlatlari 
kashf etilgan edi.     Qomusiy olim al-Xorazmiy" mavzusida insho yozish
Xorazmiy tugilib voyaga yetayotgan davrda Mavarounnaxr yirik madaniy va savdo 
markazlaridan biri edi. Olimning tulik ismi Abu Abdullax Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy 
AlMajusiydir, "AbuAbdullox Muxammad" Islomga utganlarga beriladigan an’anaviy ism 
bulgan. Xorazmiyning avlodlari majmusiy koxinlaridan, ya’ni "Mugullar" dan bulib, islomni 
otasi kabul kilgan bulishi kerak. Ilmiy adabiyotlarida yozilishiga kura Xorazmiy boshlangich 
ma’lumotni uz uyida olgan, chunki uning otasi adimiy diniy xamda dunyoviy bilimlardan 
xabardor bulgan. Shu tufayli al-Xorazmiy bolaligidanok bu ilmiy manbalardan urganish 
imkoniyatiga ega bulgan. Muxammad Xorazmiy matematika bilan juda berilib shugullangan, 
bu soxaga oid barcha asarlarni kunt bilan urgangan, Arab, fors, xind, yunon tillarini xam 
urganib, bu tilda yaratilgana asarlarni xam ukiy oladigan buladi. Lekin Xorazmiyning 
vatanidan setda yashaganligini turlicha sharxlashadi. Chunonchi otasi madusiy koxinlardan 
bulganligi uchun xam arab mutassabbilari uni ta’kib kilganligi sababli u Xorazmiy tashlab 
ketishga majbur bulgan degan fikrlar xam mavjud. Xorazmiyshunos olim A.Axmedov xalifa 
Xorun ar-Rashidning ugli Ma’mun-ar Rashid Marvda xalifa noibi turganla sarayida juda kup 
olimlarni tuplagan, sung xalifa bulib kutarilgach ularni xam Bogdodda olib ketganini 
ta’kidlaydi. Biz A.Axmedovning fikriga kushilgan xolda yana kuyidagilarni xam bayon 
etmokchimiz. Buning sabablari -birinchilardan, usha davrda barcha ilmga intilgan olimlar 
ma’lum fanlarni egallab olganda sung ilm-fan markazlariga safar kilganlar va u yerda yetuk 
olimlar bilan mulokotda bulib, turli fanlar buyicha baxs-munozara yuritganlar maxsus 
sayyorgarlikdan va sinovlardan utganlar, uzlarini fan olamida sinab kurganlar. Ikkinchidan 
xalifalikdailm markazi sanalgan Damashk va Bogdodda ilm-fanning tarakkiy etganligi va 
shaxsan xalifaklarning ilm-fan tarakkiyotiga xomiylik kilganligi xam olimlarni jalb etgan. 
"Baytul Xikma" da matematika, geodeziya, geografiya falankkiyot va boshka soxalar buyicha 
tadkikotlar olib borildi va al-Xorazmiy makzabi yaratiladi. Olimning ayniksa, matematikaga oid 
ilmiymerosi jaxon axamiyatiga ega buldi                                                                                                                        Ahmad al Farg`oniy va uning merosi mavzusida insho yozish
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy(798—861) Farg‘onada tug‘ildi, shu yerda 
ilmiy ta’lim oldi, voyaga yetdi va, nihoyat, Bag‘doddagi «Bayt alhikma» nomli akademiyada ilmiy 
ishlar bilan shug‘ullandi. Bu ilm makonida alFarg‘oniy boshqa atoqli olimlar, jumladan, Muhammad 
ibn Muso al-Xorazmiy bilan birgalikda xizmat qilgan. Al-Farg‘oniyning Misrda, Nil daryosi bo‘ylarida 
ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy sohalarda ijodiy faoliyat ko‘rsatganligi ham jahonga ma’lum. I. Al-
Farg‘oniy asarlari. Ahmad al-Farg‘oniyning 8 asari ma’lum. Shu bilan birga, ta’kidlab o‘tishimiz 
kerakki, Rizoulloh Ansoriyning dalolat berishicha, uning qoldirgan asarlari soni o‘n bitta. Bu 
kitoblarning har birida astronomiyaga oid yangi, qimmatli fikrlar aytilgan. Ularning ayniqsa ikkitasi 
jahon astronomlariga ma’lum va mashhurdir. Biz bu o‘rinda al-Farg‘oniy asarlarining mazmuni bilan 
chegaralanamiz. «Astronomiya ilmi asoslari» — «Samoviy harakatlar va umumiy astronomiya kitobi» 
(«Kitob fiy harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum»). Risolaning asl qo‘lyozmalari matni bir xil 
bo‘lsa-da, besh nom ostida saqlanib kelmoqda, ya’ni: «AlMajistiyga bag‘ishlangan falakiyot risolasi», 
«Falak sferalari sababiyati», «Al-Majistiy haqida», «Ilm al-hay’a» deb ham ataladi. Yana bir kitobi — 
«Asturlob yasash haqida kitob»(«Kitob al-komil fiy san’a alasturlob»). Al-Farg‘oniyning qo‘lyozmalari 
Angliya, Frantsiya, AQSh, Marokash, Misr, Hindiston, Germaniya, Eron(Tehron), Rossiya(Peterburg) 
va boshqa bir qancha mamlakatlarning yirik ilmiy kutubxonalarida asrlar bo‘yi saqlanib kelmoqda. Al-
Farg‘oniy kitoblari 1145 yildan shu vaqtgacha, ya’ni XII asrdan XXI asrgacha lotin, italyan, frantsuz, 
nemis, ingliz, ibroniy, ispan, arab, fors tillarida Angliya, Belgiya, Germaniya, Gollandiya, Misr, Italiya, 
Marokash, Suriya, AQSh, Tunis, Frantsiyada bir necha bor nashr etilgan. «Astronomiya ilmi 
asoslari» B.Rozenfeld, I.Dobrovolskiy va N.Sergeeva tarjimasida rus tilida birinchi marta 1998 yili 
Toshkentda nashr qilindi. Bu tarjima qo‘lyozmasining ayrim parchalarini tarjimonlar ruxsati bilan 
O.Fayzullaev 1976 yili nashr ettirgan edi. Ruscha va o‘zbekcha to‘la nashrini amalga oshirishda esa 
A.Ahmedov va A.Abdurahmonov ancha xizmat qildilar.                                                                                                                         ABU NASR Farobiy va uning buyuk asarlari" mavzusida insho yozish 
Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr 
Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan 
vakillaridan biri bo‘lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yuksak baholab, butun ilmiy 
faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, 
ko‘proq Arastuning asarlarini targ‘ib qildi, ularning ko‘plarini arab tiliga tarjima qildi, sharhlar yozdi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan 
meroslarini to‘la o‘zlashtirmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon 
mutafakkirlarining «quli»ga aylanib qolmadi, balki ko‘p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o‘z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi 
alloma sifatida o‘zini namoyon qildi. IKKINCHI MUALLIM Abu Nasr Forobiy «Sharq Arastusi», «Ikkinchi muallim» nomlari bilan O‘rta Osiyo 
madaniyatining asoschilaridan biriga aylanganligi bejiz emas edi, albatta. Forobiyning shaxsi va ijodi ko‘pgina olimlarning diqqatini o‘ziga jalb 
etgan bo‘lib, u haqida ko‘pdan-ko‘p tortishuv va munozaralar bo‘lib turar edi. Uning so‘nmas ilmiy va madaniy merosi ta’siri ostida dunyoning 
juda ko‘p madaniyat vakillari, jumladan, Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, Nosir Xisrav, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Grigor Tativatsi, Ioane Petritsi, Rodjer Bekon, Sicher Brabantskiy va boshqa yuzlab fan fidoyilari 
shakllangan, o‘zligini anglab, mustaqil ijod yo‘lini topib olganlar, desak mubolag‘a bo‘lmas. Abu Nasr Forobiy o‘rta asr fani va madaniyatining 
barcha muhim sohalarini to‘la egallagan buyuk allomadir. Uning 160 dan ortiq asar yozib qoldirganligi ma’lum. Taniqli forobiyshunos 
akademik M.Xayrullaev o‘zining «Uyg‘onish davri va Sharq mutafakkiri» asarida Forobiy asarlari turli mamlakatlardagi mashhur shaharlar: 
Sankt-Peterburg, Moskva, Toshkent, Boku, Qozon, Qohira, Bayrut, Damashq, Istanbul, Berlin, London, Parij, Madrid, Nyu-York, 
Haydarobod, Isfaxon, Bombey, Tehron va boshqa ko‘plab shaharlarning katta kutubxonalarida, davlat va shaxsiy qo‘lyozma fondlarida 
saqlanib, e’zozlanib kelayotganligi haqida yozadi. Forobiyning sotsiologik, ijtimoiy-falsafiy, tabiiy-ilmiy, tarbiyaviy-tibbiy qarashlari, nazariy 
xulosalari keng qamrovli va rang-barang bo‘lib, mohiyat mazmuniga ko‘ra nafaqat o‘z zamonasi uchun, balki hozirgi davrda ham juda 
ahamiyatlidir     "Ibn Sinoning "Tib qonunlari" mavzusida insho yozish
Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy-axloqiy qarashlari. Abu Ali ibn Sino (980-1037)SHarq va Obro’pada ma’rifat, 
madaniyat taraqqiyotiga katta Hissa qo’shganligi tufayli, «SHayh – Ur – Rais» SHarqda «Olimlar boshlig’i», 
Ovro’pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali 
ibn Sinodir. Ibn Sino Ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, 
biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruHshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim – tarbiya soHalarida ijod etgan 
va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim. Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona 
qishlog’ida kichik amaldor oilasida tug’iladi. Uning to’la ismi Abu Ali al-Husayn ibn AbdulloH ibn al-Hasan ibn Ali 
ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi AbdulloH edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga 
ko’chib o’tgach, u boshlang’ich maktabda o’qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo’r, meHnatsevar edi. Undagi 
tug’ma qobiliyat, o’tkir zeHn, kuchli hotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi AbdulloH Hamda uning 
do’stlari bilimdon kishilar bo’lib, ularning ilmiy munozaralari o’tadigan oilaviy muHit yosh ibn Sinoga Ham ta’sir 
etadi. SHu bilan birga uning bolalik va o’smirlik yillari o’tgan Buxoro shaHri somoniylar davrining yirik madaniy 
markazi bo’lib Hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab maktab, madrasa, kasalhona va nodir kitoblar saqlanadigan 
kutubxona bo’lgan. JaHonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino Ham 
qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan Hind Hisobi, fiqHdan bilim olgan. 
Keyin esa faylasuf Abu AbdulloH Notiliydan falsafa, mantiq, Handasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. SHundan 
so’ng ibn Sino o’zi mustaqil Holda barcha fanlar bilan shug’ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab 
oladi, bu soHada unga ta’lim bergan kishi Buxorolik Abu Mansur Kamariy bo’ldi. Ibn Sino so’ngra falsafani 
o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari moHiyatini buyuk mutafakkir Abu 
Nasr Forobiyning yozgan sharHi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi. IX asr ohiri – X asr boshlariga kelib, o’lkada 
siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashdi. SHu tufayli ibn Sino Xorazmga – Urganchga ko’chib o’tadi. Xorazmda u 
bir qator olimlar bilan Hamkorlikda Abu RayHon Beruniy boshqarayotgan «Ma’mun akademiyasi»da ilmiy ish 
bilan shug’ullana boshlaydi. Xorazmda o’zining yirik asarlari – «Tib qonunlari», «Ash-SHifo» kitoblari ustida ish 
olib boradi     Temur tuzuklari asari o'rganish va shu mavzuda insho yozish
Ma’ruzachi bu masalani yoritishda birinchi navbatda A.Temurning adolatli davlat tuzishga, bunday 
davlatning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishga muhim e’tibor qaratganligini qo‘yidagi tarixiy dalillar 
asosida tushuntirib berishga harakat qilmog‘i lozim. Amir Temur mamlakatda qatiqqo‘l hokimiyat o‘rnatish 
zarurligini yaxshi tushunardi. Negaki, ko‘chmanchi mug‘ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va 
boshqalarning o‘zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish oson emas edi. Shu maqsadda 
mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etishga kirishadi. U o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish 
maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil etib, ularga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur 
o‘z davlati hokimiyatini mustahkamlashda islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo‘llab-
quvvatladi. Mamlakat aholisining ko‘pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi – tijoratchilar, 
hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan tadbir-larini ma’qulladilar. A.Temur 
o‘z davlati asoslarini adolat bilan mustahkamladi va «Kuch adolatdadir» (Rosti-rusti) shioriga amal qildi. 
Mamlakat aholisini 12 tabaqaga bo‘lib, ularning har biriga nisba-tan o‘ziga xos siyosat yurg‘izib, o‘zining 
ulkan tashkilotchiligi qobiliyatini namoyon etdi. Amir Temur davlat xududining tumanlarga bo‘linishi va o‘z 
o‘g‘illariga ulus sifatida taqsimlab berilishini amalga oshirgan bo‘lsa ham, Movarounnahrni parchalamay 
o‘z qo‘lida mahkam saqladi. Davlatga maxsus xizmat qilganlarga «SUYURFOL»lar sifatida yer-suv va 
mol-mulk berdi, hamda alohida xizmatlar uchun «Tarxon» yorliqlarini joriy etdi. Tarxon yorlig‘ini olganlar 
turli soliqlardan ozod etildi. Amir Temur o‘zi tuzgan davlatda oliy hukmron bo‘lsa ham, o‘zini hech qachon 
podshoh yoki sulton deb atamay, umrbod amir unvonini saqlab qoldi. U an’anaga rioya qilgan holda 
yonida soxta xonlarni saqladi. Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim amal qildi. Bular: 1. 
Kengash. 2. Mashvaratu maslaxat. 3. qat’iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik. 4. Extiyotkorlik .     Mirzo Ulug`bek olim va davlal arbobi mavzusini o'rganish 
hamda shu mavzuda insho yozish
Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o‘rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining 
faoliyati alohida o‘rin tutadi. Bu davrda, ayniqsa, Quyosh, Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy 
astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo‘yicha O‘rta Osiyo, 
xususan, o‘zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Bu davrda musulmon mamlakatlarining yuzlab 
buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul 
bo‘ldilar. Ular ichida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Mahmud Hamid al-Xo‘jandiy, Nasiruddin at-Tusiy, Mahmud 
al-Chag‘miniy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bek kabi mashhur siymolar o‘z ijodlari, 
ilmiy meroslari bilan Markaziy Osiyo xalqlarininggina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, 
bugun jahonning barcha ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar. Dastlab xalifa Ma'mun zamonasida (IX 
asr) ishga tushirilgan va Al-Xorazmiy ishlagan Bag‘dod rasadxonasi, so‘ngra Umar Xayyomning 
Isfahondagi, Nasiruddin at-Tusiyning Marog‘adagi va Abu Mahmud Hamid alXo‘jandiyning rasadxonalari 
va, nihoyat, bular ichida kattaligi, bosh astronomik asbobining aniqlik darajasi yuzasidan hammasidan 
ustun turadigan Ulug‘bek rasadxonasi va uning maktabining ilmiy merosi o‘rta asrlarda astronomiyaning 
fan sifatida shakllanishida muhim bir bosqichni boshlaganligini dunyo olimlari tan oladilar. Salkam yetti asr 
davom etgan Sharq astronomiyasining jo‘shqin faoliyati Ulug‘bek va uning akademiyasining boy ilmiy 
merosi bilan yakunlandi. Mazkur rasadxona ishga tushirilganda uning bosh "teleskop"ining aniqlik darajasi 
atigi bir necha yoy sekundigacha borib, to optik teleskoplar ixtiro qilingan XVII asrga qadar uning 
samaralari o‘rta asr astronomlari uchun astronomik kuzatishlarda erishilgan rekord natija bo‘lib xizmat qildi. 
Bu asbob Quyosh, Oy va sayyoralar harakat nazariyalarini yangi bosqichga ko‘tarish, tutilishlar nazariyasi 
va amaliy astronomiyaning asosiy predmetlaridan bo‘lgan vaqtni o‘lchash ishlarida yuksak aniqlikka 
erishish imkonini berdi. Ulug‘bek astronomiya maktabi vakillarining tadqiqotlari natijasi bo‘lgan buyuk 
meros - "Ziji jadidi Ko‘ragoniy"dan keyingi yuz yillar mobaynida faqat Sharq emas, balki G‘arb mamlakatlari 
ko‘pgina yirik rasadxonalarining olimlari dasturul-amal sifatida keng foydalandilar     "Alisher Navoiy g'azal mulkining sultoni" mavzusida insho yozish
1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'gli Shohruh Mirzo shohligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida 
ko'pincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin”-din-diyonat nizomi degani bo'lib, donishmand 
mansab egalariga beriladigan sifat, “mir” - amir demakdir. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad (uni G`iyosiddin 
Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan edi. Onasi 
amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo`lgan, ismi ma`lum emas. Alisherning bobosi Temurning o`g`li 
Umarshayx bilan emikdosh (ko`kaldosh) bo`lgan ekan. Buyuk shoir o`z asarlarida o`z asarlarida bu qutlug` 
dargohga yaqinligidan iftihor etishini bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida 
uchraydi. Bu tabarruk zot to`g`risidagi ba`zi ma`lumotlarni esa uning zamondoshlari o`z kitoblarida beradilar. Alisher 
saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o`sdi. Kichiklik chog`idan she`r va musiqaga ishqi 
tushdi. Olimu fozillar davrasida bo`ldi. Uch-to`rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she`rini 
yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so`ng uni maktabga berdilar. U bo`lajak sulton Husayn Bayqaro 
bilan birga o`qidi. Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi. 1447-yilda Shohruh Mirzo 
vafot etib, temuriy shahzodalar o`rtasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo`lib qoladi. Alisherlar oilasi 
Iroqqa yo`l oladi. Yo`lda, Taft shahrida Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, "Zafarnoma"ning muallifi 
Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi. Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan 
bog`liq shunday bir hikoyani keltiradi: Karvon Yazd cho`li bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov 
ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yo`ldan chiqib, bo`lajak shoir egardan tushib qoladi, uyqu 
zo`rlik qilib, uyg`onmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, to`xtab qoladi. Alisher tong otib, quyosh qiziganda 
uyg`onadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yo`q. Yolg`iz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. O`n 
yoshli bola o`zini qo`lga oladi. Otini minib, zehn bilan yo`lni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu 
payt uzoqdan bir narsa qorayib ko`rinadi. U suv to`la mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yo`lini davom 
ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, o`g`illlarini yo`qligini biladilar va mulozimni shoshilinch orqaga 
qaytaradilar. Mulozim ko`p yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, go`yo u qayta tug`ilganday, quvonch bilan kutib 
oladilar. 1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o`tiradi, notinchliklar bosiladi. G`iyosiddin Muhammad 
Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o`qishini davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she`riyat, adabiyot 
olamiga olib kirdi. Bo`lajak shoir Sa`diy Sheroziyning "Guliston     Jadidchilik harakati namoyandalari" mavzusida insho yozish .
XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab jadid usulidagi maktablar ochildi. 
Jadidlar maktablarda yoshlarni bilimli va ma’rifatli qilib tar-biyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy 
davlatchilik g‘oyalarini ilgari surganlar. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy 
soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Turkiston jadidlari Ular 
vatanparvar, ma’rifatparvar, Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va rahnamolari hisoblanadi Samarqandda 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy-Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla 
Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona vodiysida Hamza 
Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji 
Yusupov va boshqalar edi. Turkiston jadidlarini birlashtirishda «O‘rta Osiyo jadidlarining otasi» deb tan olingan Mahmudxo‘ja 
Behbudiy (1875–1919) ning xizmati katta bo‘ldi. U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida 
tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi edi. Turkistonda ma’rifatparvarlik 
harakatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan shaxs hisoblanadi. Behbudiyning tashabbusi bilan o‘z otasi sharafiga «Behbudiya 
kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan. Munavvarqori Abdurashidxonov (1878–1931) – Turkiston o‘lkasida ozodlik, 
millat kelajagi uchun kurashgan ma’rifatparvar siyosiy arbob, jadidchi-lik harakatining yirik namoyan dalaridan biri     Birlashgan Millatar Tashkiloti mavzusini o'rganish hamda shu 
mavzuda insho yozish
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati O‘zbekiston va BMT. O‘zbekiston 
Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘ldi. O‘zbekiston 
davlat rahbari I.Karimov tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan takliflar butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Bayrog‘i. ? 130 hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT va keng jahon hamjamiyati tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. 
Jumladan, 1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Prezident Islom Karimov ilk bor ma’ruza qildi. Unda 
Markaziy Osiyoni yadroqurolidan holi zona deb e’lon qilish, Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish kabi bir 
qator muhim takliflar ilgari surildi. 1993-yil oktabrda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan 
va BMT rahnamoligida 1995-yil sentabrda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash-
seminari tashkil etildi. 1995-yil 24-oktabrda NyuYorkda BMT ning 50 yilligi munosabati bilan Prezident I.A.Karimov nutq so‘zlab, 
Afg‘onistondagi keskinlikni hal etish kaliti eng avvalo tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etishdir, degan taklifni kiritdi. 2000-yil 
BMT Bosh Assambleyasining 55-sessiyasi «Ming yillik sammit»ida Islom Karimov BMT minbaridan BMTning mintaqaviy va global 
muammolarni hal etishdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi zarurligini ta’kidlab, Xavfsizlik 
Kengashining doimiy a’zolari tarkibiga Germaniya va Yaponiyani kiritishni, global va mintaqaviy tahdidlarga munosabat bildirishda 
tezkorlikni oshirish uchun Bosh Kotib vakolatlarini kengaytirish lozimligini qayd etdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda 
BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi. 2010- yil BMT Bosh Assambleyasining 
65-sessiyasidagi Prezident Islom Karimov o‘z nutqida jahon mamlakatlari e’tiborini yana Markaziy Osiyodagi murakkab muammolarni 
Prezident I.Karimovning BMT 48-sessiyadagi nutqi. Antoniu Guterrish Samarqandda. 131 hal etish yo‘llariga qaratdi. 2002-yil oktabr 
kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Ananning,     " O'zbekiston muzeylari" mavzusini o'rganish hamda shu mavzuda insho yozish.
Mustaqil vatanimizda milliy o`zlikni tiklashga alohida e`tibor berilmoqda. Zero bizning yurt ajdodlarining tarixda 
ko`rsatgan buyuk xizmatlarini xolis o`rganish va targ`ib etish alohida ahamiyat kasb etadi. Sovet davrida faqat 
«Qizil imperiya» mafkurasiga xizmat qilgan muzeylar endilikda milliy o`zlikni anglashga xizmat qilishi lozim. 
Mustaqillik davrida muzeylar ishiga alohida e`tibor berilmoqda. Buning bir qancha omillari bor: Birinchidan, 
mustamlakachilik yillarida ongimizdan o`chirib tashlangan milliy tuyg`ularni qayta tiklash; Ikkinchidan, milliy 
g`urur, milliy ongni yuksaltirish uchun unutilgan tariximizni qayta tiklash; Uchinchidan, ajdodlar hurmatini joyiga 
qo`yish, yosh avlodni ajdodlar nomi va merosi bilan faxrlanishga o`rgatish, milliy g`ururini yuksaltirish, buyuk 
an`analarning davomchisi etib tarbiyalash; To`rtinchidan, milliy qadriyatlarimiz bizga demokratik, xuquqiy, qudratli 
O`zbekiston davlatini barpo etish uchun «O`zbekiston kelajagi buyuk davlat» g`oyasini ro`yobga chiqarish uchun 
kerak; Beshinchidan, milliy qadriyatlarimiz mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egallashi, 
kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun kerak. Ushbu yo`nalishlarga Prezidentimiz asarlarida 
qayta-qayta to`xtalib o`tmilmoqda. Ana shu maqsadlar hukumat siyosiy tadbirlarida o`z ifodasini topmoqda. 1998 
yil 12 yanvarda «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida» O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi. Farmonda asosan O`zbekiston hududida qadimdan 
shakllangan muzeylar tizimining shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalqning 
ma`naviy-ahloqiy kamolotida tutgan o`rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib      Dunyoning mashhur universitetlari mavzusini o rganish 
hamda shu mavzuda insho yozish .
“ Times Higher Education” haftaligi har yili jahondagi ikki yuzta eng yaxshi universitet reytingi – “World University Rankings” ni e’lon 
qiladi. Reytingdan faqat yetakchilar o‘rin olgan. Natijalar rasmiy ma’lumotlarga tayangan holda, o‘n minglab ekspertlarning bahosi va 
talabalarning ijtimoiy so‘rovnomalari asosida chiqariladi. Ushbu reytingda e’lon qilingan eng kuchli o‘ntalikni e’tiboringizga havola 
etamiz. 1-o‘rin Yel universiteti, Konnektikut, AQSh. Xususiy tadqiqot universiteti bo‘lib, AQSh mustaqilligi uchun bo‘lgan urushdan avval 
asos solingan to‘qqizta mustamlaka kollejidan uchinchisi hisoblangan. Yelda nafaqat gumanitar va aniq fanlar bo‘yicha, balki ilohiyot va 
aktyorlikdan ham saboq olish mumkin. Bu yerda Bill va Xillari Klintonlar, ikkala Bush, iqtisodchi Pol Krugman, aktyorlar Devid Duxovni 
va Edvard Norton, aktrisalar Meril Strip, Sigurni Uiver va Jodi Foster, yozuvchi Sinkler Lyuis va yana ko‘plab mashhur kishilar tahsil 
olishgan. Universitet shiori: “Lux et veritas” – “Nur va haqiqat”. 2-o‘rin London Imperiya kolleji, Buyuk Britaniya. Bu oliy o‘quv yurti to‘rtta 
fakultetdan iborat: tabiiy fanlar, muhandislik ishi, tibbiyot va biznes. Bu yerda yozuvchi Gerbert Uells, “Queen” gitarachisi Brayan Meylar 
tahsil olishgan. Bilim yurti shiori: “Scientia imperii decus et tutamen” – “Bilim – Imperiyaning bezagi hamda himoyasidir”. 3-o‘rin 
Berklidagi Kaliforniya universiteti, AQSh. Jamoatchilik tadqiqot universiteti. Eng yaxshi markaz sifatida kompyuter va IT-texnologiyalari, 
iqtisod va fizika sohasida kuchli mutaxassislarni yetkazib beradi. Berklidagi fizika Ikkinchi jahon urushida atom bombasini yaratishda 
ulkan hissa qo‘shgan. Bundan tashqari oliygoh faol talabalari bilan ham mashhur. Bu yerda “Apple” ixtirochisi Stiv Voznyak, aktyor 
Gregori Pek, o‘qituvchi va siyosatchi Robert Maknamaralar tahsil olishgan. Shiori: “Fiat Lux” — “Ziyo taratish”. 4-o‘rin Prinston 
universiteti, Nyu-Jersi, AQSh. Xuddi Yelga o‘xshab u ham AQSh mustaqilligi uchun bo‘lgan urushdan avval asos solingan to‘qqizta 
mustamlaka kollejlaridan biri bo‘lgan. Universitet tarixi yozuvchi Nina Berberova, prezident Vudro Vilson, aktrisa Bruk Shilds, 
yozuvchilar Xaruki Murakami va Frensis Skott Fitsjerald nomlari bilan bog‘liq. Shiori: “Dei sub numine viget” — “Xudoning qudrati bilan 
taraqqiy etadi”. 5-o‘rin Massachusetdagi texnologiya instituti, AQSh. Bu oliygoh juda ham mashhur insonlarni o‘z bag‘rida tarbiyalagan. 
Jumladan, oliy o‘quv yurtining 81 a’zosi Nobel mukofoti laureatlari hisoblanishadi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Institutni Federal 
zaxiraning sobiq boshlig‘i Ben Bernanke, Bosh vazir Benjamin Netanyaxu, BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annanlar tamomlashgan. 
Shiori: “Mens et Manus” — “Aql va qo‘l”.     Terrorizm va uning insoniyatga tahdidi mavzusini o'rganish hamda shu mavzuda insho 
yozish .
Terrorizm insoniyat jamiyati rivojlanishinig kapitalizmgacha bo’lgan davri. Buyuk fransuz inqilobi bilan bevosita bog’liq 
bo’lgan feodolizmdan kapitalizmgacha o’tish davri, bir qator Yevropa davlatlarida monarxiya tuzumi bilan kurashish, 
shuningdek, burju demokratiyasi qaror topish davrining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hodisasi sifatida o’rganish kerak. XX asrning 
60-yillaridan boshlab, terrorizmning eng daxshatli turi avj oldi. Bu diniy ekstremizmdir. Bu dinni niqob qilib olib, o’zlaricha 
islom davlatini tuzamiz deb, odamlarga ta’sir o’tkazish turli qo’poruvchilik haraktlarini olib borishdir. Diniy ekstremizm nima, 
u qanday paydo bo’ldi degan savol tug’iladi. Bu savollarga O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom 
Abdug’anievich Karimov xulosalaridan javob topamiz: “Jamiyat hayotining bir qismi bo’lgan din, ijtimoiy hayotning boshqa 
sohalari bilan muqarrar ravishda munosabatda bo’lgan. Ularga ta’sir ko’rsatgan va o’zi ham boshqa sohalarning ta’siriga 
duch kelgan. Hozir mavjud bo’lib turgan diniy tartiblarning ko’pchiligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy burilishlar, tangliklar davrida 
shakllanganligi bejiz emas. Shu tariqa din insoniyat tarixining turli davrlarida siyosat bilan ozmi ko’pmi ochiq oydin 
munosabatg kirishgan. Ko’pincha undan siyosiy va ba’zan bir taraflama, tor maqsadlarda foydalanib kelingan. Afsuski 
insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas balki 
vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm(o’ta ketgan mutaasiblik) sifatida foydalanganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. 
fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari avvalambor o’z dinini haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, bishqa diniy 
e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizm illatiga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari 
jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar. Ustiga-ustak ommaviylik unsuri muayyan bir xatti-
haraktlar uchun shaxsiy javobgarlik hisini yo’qotib yuboradi, harakatga “omma”, “xalq” harakati tusini beradi. O’zining 
shak-shubhasiz haqligiga, haqiqatni faqat o’zi bilishiga ishonch hisi so’ngi choralarga – zo’ravonlik harakatlariga moyilligi 
bilan ajralib turadigan diniy ekstremizmning paydo bo’lishiga zamin yaratadi     "Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati" mavzusini o'rganish hamda shu 
mavzuda insho vozish .
1. Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT) — mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning 
Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Qozog iston, Xitoy, Qirg iziston, Rossiya, Tojikiston va O zbekiston davlat ʻ ʻ ʻ
rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001 y. 15 iyun). SHHTning vujudga kelish tarixi "Shanxay beshligi" deb atalgan 
uyushma faoliyati bilan bog liqdir. Shanxay xamkorlik tashkilotining tashkil topishi Xalkaro tashkilotlarning nufuzi 	
ʻ
va axamiyati ularga dunyoda berilayotgan e’tibor va faoliyatining samaradorligi bilan belgilanadi. SHanxay 
Xamkorlik Tashkiloti (SHXT) tashkilot sifatida shakllanish va boshlangich tadrijiy rivojlanish jarayonini qiska 
fursatda bosib utdi. 2001yil 15 iyun kuni Xitoyning SHanxay shaxrida olti mamlakat raxbari SHXTni tuzish 
tugrisidagi dekloratsiyaga imzo chekdi. Uning doimiy ishlovchi ikki organi – Kotibiyat va Mintakaviy aksilterror 
tuzilmasini tashkil etishga kelishib oldi. A`zo davlatlar Shanxay Hamkorlik Tashkiloti 2003 yil 29 may kuni bulgan 
Moskva sammitida 2004 yil yanvaridan Pekinda Kotibiyatni, Toshkentda Mintakaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya 
kumitasini ishga tushirishga karor kilindi. Bulardan tashkari, 2003 yil sentyabrda Xukumat raxbarlari kengashi 
karori bilan savdo-iktisodiy soxada kup tomonlama xamkorlikning uzok muddatli dasturi ishlab chikildi va 
tasdiklandi. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti faoliyati Dastlab Qozog iston, Xitoy, Qirg iziston, Rossiya, Tojikiston 	
ʻ ʻ
davlatlari raqbarlari ("Shanxay beshligi") uchrashuvi bo lib o tgan. Unda chegaradosh mamlakatlar urtasidagi 	
ʻ ʻ
ishonchni mustahkamlash (1996 y.) va qo shma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarog larni qisqartirish (1997) 	
ʻ ʻ
to g risida 2 ta bitim imzolangan edi. 1998 y.dan "beshlik" mamlakatlarining o zaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi 	
ʻ ʻ ʻ
— Xitoy chegarasi bo ylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va ko p 	
ʻ ʻ
tomonlama iqtisodiy hamkorlikni ta minlash choralariga o tishga qaratildi. Tashkilotning asosiy vazifasi: mintaqaviy 	
ʼ ʻ
xavsizlikni taminlashiqtisodiy hamkorlikni tashkil etish

O’ZBEK ADABIYOTIDA matndan undov, modal va taqlid so'zlami aniqlash

Koʻchalarni changitib toʻp oʻynardik. Men yangi sotib olgan qora toʻpimni tashlaganda, Vali ustalik bilan bir urgan edi, toʻp gʻiz etib yuqorilandi-da, qaytib koʻchaga tushmadi. Oʻynovchilar turgan joylarida qotib qolishdi: – Ah, qanday yaxshi toʻp edi, Shokir akaning bogʻchasiga tushdi-ya. Essizgina… Fattoh kattalardek qoʻlini orqasiga tashlab: – Tagʻin tushib oʻtirma, bilasan-ku Shokir akaning feʼlini, xuddi oyogʻingni sindiradi, – deb nasihat qilganday boʻldi. Bolalar birin-sirin tarqalib ketishgan edi. Men yolgʻiz qolgandim, oʻynab toʻymagan toʻpimning alami ichimda har minut sayin zoʻrayib borardi. Faqat Shokir akaning bogʻchasiga kirish juda qoʻrqinchli edi. Bir yarim tanobcha joyni egallagan bogʻcha baland devorlar ila oʻralgan, ichida oʻrik, shaftoli, gilos, koʻksulton va shunga oʻxshashlar. Bu mevalardan biron donasini chet kishi koʻrmas va kimga sotiladirganliginida hech kim bilmasdi. Hatto, “anjir bilan anor gulini toʻkib, koʻzga ilinadigan boʻlganda Shokir aka sanab qoʻyadi”, – deb gaplashardi mahalladagilar. Mening qora toʻpim, shubhasiz, mana shu bogʻchada. Faqat, qanday qilib olish mumkin? Shunday kishining bogʻchasiga toʻp qidirib tushish hazil gap emasdi. Men koʻp oʻyladim, axir tushishga qaror qilib, qulay bir joy axtara boshladim. Jin koʻchadan bogʻchaga kirib ketadirgan ariqning onbori bir oz katta boʻlib qolgan ekan. Ishtonimni tizzamga qadar koʻtarib, onborga bosh tiqdim, oʻtish qiyin boʻldi, devorni qoʻlim ila uvalab teshikni katta qildim-da, sekingina oʻtdim. Oʻt orasiga biqinib, har yoqqa qarab oldim, bogʻcha jimjit… Rang-barang kiyimlarga belangan kelinchak gullarning ustida, jimjima qafasdonli savadonlarni va bogʻchani poylagan kabi haryoqqa tez-tez qarab qoʻyardim. Butun diqqatimni koʻzimga toʻplab qidirishga tutindim, toʻpimni onbordan 20-30 qadam narida, oʻt orasidan topdim, koʻnglim tinchidi. Qaytishga hozirlanib, atrofga bir qaragan edim, devorga chirmashib oʻsgan tokning tagida Shokir akaning qizi Gulnor opa ila Turdi sartaroshning oʻgʻli Asadga koʻzim tushdi. Darrov oʻt orasiga choʻzildim. “Shokir aka yoʻq ekan, bular bu yerda” dedim-da, yota berdim. Gulnor opaning ustida bir oz toʻzishga boshlagan atlas koʻylak, sarpinka roʻmol yelkasida. Toʻla oppoq bilagi Asadning boʻyniga oʻralgan, dam Asadning chiroyli yuziga qaraydi, dam boshini yigitning keng, kuchli koʻkragiga qoʻyadi. Asad bir qoʻli ila Gulnor opaning beliga tushgan qora sochlarini silar, yuzlaridan uzilmagan gulni hidlagan kabi sekin-sekin oʻpar va nimalarnidir soʻzlardi. Menga anglashilmagan bir sirning ogʻirligi koʻkragimni siqar, yashil oʻtlar orasiga koʻmilgan boshimda shu vaqtgacha yashirinib yotgan fikrlar uchqunlanar edi ... Oybekning "Gulnor opa" hikoyasini o'qish, mazmunini konspektlashtirish va matndan undov, modal va taqlid so'zlami aniqlash.

Odil Yoqubovning "Muzqaymoq" hikoyasini o'qish, mazmunini konspektlashtirish va matndan son olmosh so'z turkumiga oid so'zlani aniqlash Darvozaga yaqinlashib qolganimda nogahon ro‘para tomondan kelayotgan qo‘shnimiz — shahar yoshlar qo‘mitasining kotibiga ko‘zim tushdi. U bir o‘zi emas, charm paltolik harbiy odam bilan uch burchak soqol qo‘ygan, jikkakkina mo‘ysafid qurshovida kelardi. Kotibni ko‘rishim bilan yuragim negadir «shuv» etib, boqqa sho‘ng‘ishga chog‘landim, ammo kotib bir sakrashda yo‘limni to‘sib, bilagimdan shappa ushladi-da: — Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha! — dedi titroq bosib. —Bitta shaltoq buzoq bir to‘da podani buzadi! Bo‘yningga soxta qizil galstuk taqib, bu sofdil qizil pionerlarni buzmoqchimisan? — U qo‘limni og‘ritib siqqancha o‘ziga torta boshladi. Lekin shu payt jikkak mo‘ysafid: — Qo‘yib yubor, bolapaqirni, — dedi oraga tushib.— O’rtoq Stalin aytdi-ku, bola otasi uchun javob bermaydi, deb? Gunohi nima bu norasidaning! Yosh kotib qovog‘idan qor yoqqanicha bir qariyaga, bir charm paltoli harbiyga qaradi-da, qo‘limni qo‘yib yubordi va: «Yo‘qol ko‘zimdan!» — deb o‘shqirdi. Shundan keyin nima bo‘ldi, nima qo‘ydi — hozir esimda yo‘q, faqat kotibning ombirdek metin changalidan chiqdimu tomog‘imni g‘ip bo‘qqan ko‘z yoshini yuta-yuta, saf-saf bo‘lib o‘tayotgan baxtli tengdoshlarim yonidan katta ko‘cha tomon otildim... Dadamlar hibsga olingandan so‘ng uch-to‘rt oy o‘tdi hamki, u kishi bilan biror marta ko‘risha olmadik. Butun shahar hanuz tahlikada, hamma joyda, hatto maktablarda ham dushman qidirish hamon davom etardi. Sira esimdan chiqmaydi. O’sha yili ulug‘ rus shoiri Pushkin vafotining 100 yilligi nishonlanar edi. Bu g‘amgin sanaga atalib qanaqa tadbirlar belgilandi, qanaqa kitoblar chiqarildi, qanaqa majlislar, adabiy kechalar o‘tkazildi — buni bilmayman. Ammo o‘sha sanaga atalib o‘quvchilar uchun daftar chiqarilgani yodimda. Million-million nusxada chiqarilgan bu daftarlarning oldi muqovasida bolalikdan hammamizga tanish jingalak soch, habashchehra shoirning surati solingan, muqovaning oxirgi betiga esa shoir ertaklaridan biriga chizilgan surat berilgan edi.

Shuk ur X olmi rzay ev ning " Ot egasi" hik oy asini o'qish, mazmuni ni k onspek t la sht iri sh v a mat ndan rav ish so'z t urk umiga oid so'zlarni ani qla sh Darhaqiqat, bu tog‘ yonbag‘irlari qarashli bo‘lgan rayondagi partiya komiteti «nega o‘zimiz tog‘lik bo‘lib, qimiz ishlab chiqarmaymiz!» degan mulohaza bilan yangi bir sovxoz tashkil etishga qaror qilgan, aholining ortiqcha baytallarini sotib olish uchun tashkilotlardan joylarga vakil jo‘nagan edi. Bu tomonlardan biya sotib olish esa kichik leytenant Egamberdi Xudoyberdievga topshirilgan edi. Uning esa dilida boshqa bir pinhoniy istagi ham bor edi: ana o‘sha tog‘dagi soy bo‘yida joylashgan qishloqda istiqomat qiladigan muallimning ko‘p yaxshi, chopqir, chiroyli oti bor-da. Shuni o‘ziniki qilishning iloji yo‘qmikin? U o‘ylab-o‘ylab, ilojini topdi: bir necha biyaning narxini bichib, rayonga jo‘natgandan keyin Tumshuqda bitta cho‘ponning soppa-sog‘ baytali turgani holda, uning minib yuruvchi otini aldab-suldab, qo‘rqitib, do‘q urib sotib oldi va: «Nega biya olmading, deb so‘rashsa, biyasi yo‘q ekan, otini bera qoldi. Buni almashtirish mumkin-ku deyman-da», deb o‘yladi. U bilardiki, qishloq qorovuli cho‘ponga qo‘shni, qishloqda esa Inod muallimdan bo‘lak kishi yo‘q hisobi. Aholisi bo‘z yerlarga ko‘chib ketgan. Demak, bu xabarni qorovul chol Inodga yetkazadi... Inod peshayvonli uyi oldidagi bedapoyada yo‘ng‘ichqa o‘rardi. Quyosh kunbotarga egilib, kunchiqardagi adirlar bag‘rini yoritar, soyning ham u yer-bu yeri yiltirar edi. Nari sohildan to‘riq ot mingan shapkali, pogoni bor kishi pastlay boshladi. Suvni kechib o‘tib, bu sohilga chiqib keldi. Inod unga bir qaradi-da, ishidan qolmadi. Egamberdi pakana jiydalarni oralab, bedapoya adog‘ida paydo bo‘ldi. — Hov, salomatmi? Qani bu, mehmon keldimi, demaysiz? — dedi. Inod qaddini ko‘tarib turdi. O’roqni o‘rik tanasiga qattiq sanchib: — Keling, — dedi do‘rillab.

Tohi r Mal ik ning "A lv i do bolal ik " qissasi ni o'qish, mazmunini k onspek t lasht iri sh v a mat ndan darak , buy ruq v a so'roq gapl arni aniqlash. Darhaqiqat, bu tog‘ yonbag‘irlari qarashli bo‘lgan rayondagi partiya komiteti «nega o‘zimiz tog‘lik bo‘lib, qimiz ishlab chiqarmaymiz!» degan mulohaza bilan yangi bir sovxoz tashkil etishga qaror qilgan, aholining ortiqcha baytallarini sotib olish uchun tashkilotlardan joylarga vakil jo‘nagan edi. Bu tomonlardan biya sotib olish esa kichik leytenant Egamberdi Xudoyberdievga topshirilgan edi. Uning esa dilida boshqa bir pinhoniy istagi ham bor edi: ana o‘sha tog‘dagi soy bo‘yida joylashgan qishloqda istiqomat qiladigan muallimning ko‘p yaxshi, chopqir, chiroyli oti bor-da. Shuni o‘ziniki qilishning iloji yo‘qmikin? U o‘ylab-o‘ylab, ilojini topdi: bir necha biyaning narxini bichib, rayonga jo‘natgandan keyin Tumshuqda bitta cho‘ponning soppa-sog‘ baytali turgani holda, uning minib yuruvchi otini aldab-suldab, qo‘rqitib, do‘q urib sotib oldi va: «Nega biya olmading, deb so‘rashsa, biyasi yo‘q ekan, otini bera qoldi. Buni almashtirish mumkin-ku deyman-da», deb o‘yladi. U bilardiki, qishloq qorovuli cho‘ponga qo‘shni, qishloqda esa Inod muallimdan bo‘lak kishi yo‘q hisobi. Aholisi bo‘z yerlarga ko‘chib ketgan. Demak, bu xabarni qorovul chol Inodga yetkazadi... Inod peshayvonli uyi oldidagi bedapoyada yo‘ng‘ichqa o‘rardi. Quyosh kunbotarga egilib, kunchiqardagi adirlar bag‘rini yoritar, soyning ham u yer-bu yeri yiltirar edi. Nari sohildan to‘riq ot mingan shapkali, pogoni bor kishi pastlay boshladi. Suvni kechib o‘tib, bu sohilga chiqib keldi. Inod unga bir qaradi-da, ishidan qolmadi. Egamberdi pakana jiydalarni oralab, bedapoya adog‘ida paydo bo‘ldi. — Hov, salomatmi? Qani bu, mehmon keldimi, demaysiz? — dedi. Inod qaddini ko‘tarib turdi. O’roqni o‘rik tanasiga qattiq sanchib: — Keling, — dedi do‘rillab.