logo

Taqlid, modal va undov so’zlar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

108.3154296875 KB
Taqlid, modal va undov so’zlar
Reja:
1.Taqlid so’zlar
2.Modal so’zlar
3.Undov so’zlar 
Foydalanilgan adabiyotlar  Taqlid so’zlar
•
  Taqlid  so‘zlar  sharpa,  tovush,  sho‘la,    harakatlarning    obrazi  bo‘lgan  so‘zlardir.  Taqlid  so‘zlar  ikki 
guruhni tashkil qiladi: 1) tovushga taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar tabat va jamiyatda uchraydigan 
xilma-xil  tovushlarni  nutqqa  ko‘chirilishi  asosida  yuzaga  keladi:  inga-inga,  pix-pix,  vov,  uv,  qag‘-qag‘, 
taq, gurs, gumbur  kabilar; 2) harakat va holatga taqlid so‘zlar. Harakat va holatga taqlid so‘zlar tabiatda 
uchraydigan  turli  narsa  va  hodisalarning  harakat  va  holatlarni  so‘zlar  vositasida  ifodalanishi  asosida 
vujudga keladi:  yalt, lip, lik - lik, yalp - yalp, bij - bij  kabilar.
•
        Taqlid  so‘zlar  yakka  va  takror  holda  ishlatiladi.  Takroriy  taqlid  so‘zlar    asosida  davomiylik, 
takrorlanish kabi ma’nolarni  ifodalanadi. Qiyoslang:  U piq etib kuldi. U  piq-piq ko‘ldi .  Tovushga taqlid 
so‘zlarga,  ba’zan  –ir,  -ur  kabi  unsurlar  qo‘shilib  takror  shaklda  ishlatilganda,  ularning  ma’nolari 
kuchaytiriladi:  taq+ir-tuq+ur, tas+ur-tus+ur, dup+ur-dup+ur.  •
  Taqlid  so‘zlar  boshqa  turkumlardan  yasalmasa  ham,  biroq  ular  asosida  ot  va  fe’l  turkumiga  doir  so‘zlarni 
yasash mumkin:  qars+ak, bizbiz+ak, sharshar+a, g‘arg‘ar+a, jizz+a  kabi otlar,  taq+illa, duk+illa, lapang+la, 
milt+illa, taq etmoq, lik etmoq  kabi fe’llar shular jumlasidandir.
•
            Taqlid  so‘zlar  gapda,  asosan  hol  va  sifatlovchi  aniqlovchi  vazifalarini  bajaradi.  Bunda  ular  etgan  va  etib 
kabi  so‘zlar  bilan  birikib  kelishi  ham  mumkin.    Masalan:   Sobir  yaxna  ko‘k  choyni  qult-qult  yutdi .  O‘rmon 
bo‘ylab  boltaning  taq-taq  etgan  tovushi   taralib    sokinlikni  buzardi.  Simyog‘ochga  ilingan  chiroq  shamolda 
taq-taq etib  ovoz chiqarardi . 
•
       Taqlid so‘zlar otlashganda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan, ega:  Bu 
yerdan  to‘plarning  gumbur-gumburi   eshitilib  turardi;   to‘ldiruvch:  Senlar  bu  yerda  vag‘ir-vug‘ur   bilan 
ovvorasanlar;   qaratqich aniqlovchi:  Xolmurodning kirib kelishi quvnoq  qiy-chuvning  bosilishiga sabab bo‘ldi.  Modal so’zlar
•
So‘zlovchining  anglatayotgan  fikrga  munosabatini  ifodalab,  gapda  kirish  so‘z  vazifasida  qo‘llanadigan  so‘zlar  modal  so‘zlar  deyiladi. 
Modal  so‘zlar  mustaqil  so‘zlar  kabi  narsa,  belgi,  harakat  va  shu  kabilarni  atamaydi  va  gap  bo‘lagi  bo‘lib  kela  olmaydi.  Shu  bois  ular  gap 
bo‘laklari  bilan  sintaktik  jihatdan  bog‘lanmaydi:  Demak,  ishalasa  bo‘ladi.  Ehtimol,  ketmon  bilan  yer  ag‘darishga  ham  to‘g‘ri  kelar.  Modal 
so‘zlar quyidagicha ma’noviy guruhlarni tashkil etadi:
1. Fikrning aniqligiga ishonch:  albatta, shubhasiz, haqiqatdan ham, haqiqatan, o‘z-o‘zidan, tabiiy, darhaqiqat, ma’lumki.
2. Gumon, noaniqlik:  ehtimol, balki, hoynahoy, shekilli, aftidan .
3. Maqsad, talab, shart:  kerak,lozim, zarur, darkor.
4. Mavjudlik, tasdiq:  bor, mayli, xo‘p, (  bazan  to‘g‘ri, yaxshi, tuzuk  sifatlari ham vazifadoshlik asosida shu ma’noda ishlatiladi).
5. Mavjud emaslik, inkor ma’nosini:  yo‘q .
6. Ma’qullash:  durust, bo‘pti .
7. Yakunlash, ta’kid:  demak, xullas, modomiki .
8. Eslatish:  darvoqe, aytganday, aytmoqchi.
9. Achinish, taassuf:  afsus, attang, essiz.
10.   Fikrning tartibi:  avvalo, oxiri, nihoyat  (ba’zan shu vazifada  birinchidan, ikkinchidan …kabi tarib sonlardan ham foydalaniladi) .  •
Modal  so‘zlar,  aslida,  mustaqil  so‘zlardan  ajralib  chiqqan  bo‘lib,  ularning  bir  qismi,  ham 
mustaqil  so‘z,  ham  modal  ma’no  ifodalovchi  so‘z  sifatida,  ba’zilari  esa  hozirgi  tilda  faqat 
modal ma’no ifodalashga xoslanib qolgani sababli, o‘ziga xos ikki guruhni tashkil etadi: 1) sof 
modal  so‘zlar:  darhaqiqat,  haqiqatan,  afsuski,  attang,  albatta,  avvalo,  xullas;  2)  vazifadosh 
modal so‘zlar:  chamasi,   ehtimol, shubhasiz, aftidan.
•
Modal  so‘zlar  quyidagi  turkumga  oid  so‘zlardan  ajralib  chiqqan-ligi  bilan  ham  o‘zaro 
farqlanadi:  aftidan,  ehtimol,  haqiqatan,    darhaqiqat    kabilar   otdan;  shubhasiz,  bor,  yo‘q, 
so‘zsiz, tabiiy  kabilar sifatdan;  albatta ravishdan; o‘z-o‘zidan  olmoshdan;  chiqar, bo‘pti  fe’ldan 
ajralib chiqqan. 
•
        Modal so‘zlarni u ajralib chiqqan mustaqil so‘zdan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlash 
mumkin: a) modal so‘z mustaqil yasama so‘zdan ajralgan bo‘lishi mumkin. Bunday modal so‘z 
yasovchi qismlarga ajratilmaydi. Aynan  shu  ko‘rinishdagi  mustaqil   so‘z   esa  yasovchi 
qismlarga   ajratiladi. Qiyoslang:  Uning har qanday topshirig‘i so‘zsiz bajariladi(. So‘zsiz , bu 
kirdikorlarning boshida sen turibsan.    •
Birinchi    misoldagi    so‘zsiz  mustaqil  so‘z  bo‘lib,  so‘z+siz  qismlardan  iborat,   ikkinchi  misoldagi  so‘zsiz 
esa  qismlarga  ajratilmaydi,  bir  butun  holda  so‘zlovchining  anglatilayotgan  fikrni  dallash  munosabatini     
bildiradi; b) modal so‘z mustaqil so‘znig biror grammatik shaklidan kelib chiqqanda ham u morfemalarga 
ajralmaydi.  Modal  so‘z  ko‘rinishidagi  mustaqil  so‘z  esa  morfemalarga  ajraladi:  Har  bir  ishning  chamasi 
bor (egalik shaklidagi ot: chama+si). Ular, chamasi, bir yildan so‘ng uchrashdilar (modal so‘z) .  
•
          Mustaqil  so‘zning  bu  kabi  o‘z  ma’nosini  yo‘qotgan  holda  yordamchi  so‘zga  aylanishi  natijasida 
omonimlik yuzga keladi. 
•
       Modal so‘zlar gapda, asosan, kirish so‘z vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, ularning gapda quyidagi 
vazifalarda  kelishini  kuzatish  mumkin:  a)  kesim  yoki  kesimning  tarkibiy  qismi  vazifasida:  Bu  yoqqa 
keling,  sizga  gap  bor.  Inson  uchun  suv  va  havo  zarur;    b)  so‘z  gap  vazifasini  bajarishi  ham  mumkin:  -
Ertaga dam olish kunimi?  -Yo‘q  (yoki  -Albatta).
•
   Undov so’zlar
•
  His–hayajon, buyruq - xitob ifodalash uchun ishlatiladigan so‘zlar undov so‘z deb ataladi. Undov so‘zlar  1) his-hayajon:  eh, 
oh, uh, obbo, bas, marsh, hormang, rahmat, barakalla, xayr, salom  kabilardan; 2) buyruq - xitob:  qurey - qurey, tu -tu, pish - 
pish,  kisht   kabi  so‘zlardan  iborat  bo‘ladi.  Undovlar  boshqa  so‘z  turkumlaridan  lug‘aviy  ma’noga  ega  emasligi  bilan 
farqlanadi. 
•
1.  His  –  hayajon  undovlar   quyidagi  ma’nolarni  ifodalaydi:  1)  so‘roq:   Men  ham  boraman,  a?  2)  ajablanish:  Buni 
qarang, a!  3 )  kamsitish:  E, shu ham ish bo‘ldi-yu . 4) qo’rqinch:  I-i, yiqilib ketaman;  5) taajjub, hayrat:  Iye, keldingizmi!?   6) 
ishonchsizlik:   Be,  qo‘ysang-chi  bu  gapingni;   7).  achinish,  norozilik:    Obbo,  yana  ish  pachava,  deng;  8)  norozilik:  E, 
qo‘ying-ye;  9) mamnunlik:  Ehe, ishlar joyida-ku!  kabilar shular jumlasidandir. 
•
2.  Buyruq-xitob  undovlari   biror  ish-harakatni  bajarishga  undash  yoki  harakatdan  to‘xtatish,  tinchlantirish  uchun 
qo‘llanadi.  Bu  tur  undovlardan  pish-pish  (mushukni),  beh-beh,  tu-tu-tu  (tovuqni),  bah-bah  (itni)  kabi  undovlar  hayvon  va 
qushlarni  chaqirish  uchun,  hayt  (hayvon-larni),  pisht  (mushukni),  kisht  (tovuqni),  chuh  (otni),  xix  (eshakni),  qurey-qurey 
(qo‘yni)  kabi  undovlar  hayvon  va  qushlarni  haydash  uchun  ishlatilsa,  dirr,  tak  (otni),  xush,  xuush  (sigirni),  huk  (hukizni), 
ishsh  (eshakni),  chix  (tuyani)  kabi  undovlar  hayvonlarni  harakatdan  to‘xta-tish,  tinchitish  yoki  harakatga  undash  uchun 
ishlatiladi.  •
Yuqoridagilardan tashqari, ko‘rsatishni ifodalovchi  huv, hu  kabi so‘zlar, urf-odat bilan bog‘liq:  assalomu alaykum, 
vaalaykum assalom, hormang, bor bo‘ling, rahmat, tashakkur, balli, barakalla, ofarin  kabi so‘zlar ham undovlardir. 
•
Nutqda  ba’zi  mustaqil  so‘zlar  o‘z  ma’nosini  yo‘qotgan  holda  undovga  ko‘chishi  mumkin:  Kel ,  bir  miriqib  dam 
olaylik .
•
Undovlarda morfologik usul bilan so‘z yasalish yo‘q, biroq ulardan fe’l yasovchi qo‘shimchalar bilan so‘z yasash 
mumkin:  dod+la,  voy-voy+la,  salom+lash.  Undovlar  tuzilishiga  ko‘ra  juft  va  takror  shakllarga  ega  bo‘ladi:  Beh-beh, 
oh-oh, e-voh, voy-bo‘y kabi.
•
Undov  so‘zlar  gapda  quyidagi  kabi  vazifalar  bajaradi:  1)  undalma  vazifasida:  Hoy,  kim  bor!?   2)  degan,  deb 
so‘zlari  bilan  birikib  (qo‘shma  fel  hosil  qiladi),  sifatlovchi  aniqlovchi,  hol  vazifasida:  Olisdan  ehe...he...  degan  ovoz  
eshitildi.  Unga  javoban    u  ham  ehe...he...  deb  chaqirdi ;  3)  so‘z-gap  vazifasida:  -  Assalomu  alaykum,  ustoz!  –Va 
alaykum  assalom ;  4)  ayrim  undovlar  egalik,  kelishik  va  ko‘plik    qo‘shimchalarini  olib  otlashadi  va  gapda  bosh  va 
ikkinchi  darajali  bo’qlak  vazifalarini  bajaradi.  Masalan,  a)  ega :  Shu  payt  uning  qulog‘iga  kimningdir  ohi  chalindi ;  b) 
k esim :  Orqada  qolganning  holiga  voy ;  v)  qaratqich  aniqlovchi :  Ko‘rinar  daxshatlar  to‘la  tush  kabi,  Mazlumlar 
ohining  ko‘kda tutuni. (G‘.G‘.)        Foydalanilgan adabiyot
1. М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978.
2. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров  Хозирги њзбек 
адабий тили. Т ., « Укитувчи » 1980.
3. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.
4. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981.
5. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.
6. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., 
«Укитувчи» 1979.
7.   N. Turniyozov  A.Rahimov O‘zbek   tili  (ma’ruzalar matni)
8.     www.ziyonet.uz

Taqlid, modal va undov so’zlar Reja: 1.Taqlid so’zlar 2.Modal so’zlar 3.Undov so’zlar Foydalanilgan adabiyotlar

Taqlid so’zlar • Taqlid so‘zlar sharpa, tovush, sho‘la, harakatlarning obrazi bo‘lgan so‘zlardir. Taqlid so‘zlar ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tovushga taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar tabat va jamiyatda uchraydigan xilma-xil tovushlarni nutqqa ko‘chirilishi asosida yuzaga keladi: inga-inga, pix-pix, vov, uv, qag‘-qag‘, taq, gurs, gumbur kabilar; 2) harakat va holatga taqlid so‘zlar. Harakat va holatga taqlid so‘zlar tabiatda uchraydigan turli narsa va hodisalarning harakat va holatlarni so‘zlar vositasida ifodalanishi asosida vujudga keladi: yalt, lip, lik - lik, yalp - yalp, bij - bij kabilar. • Taqlid so‘zlar yakka va takror holda ishlatiladi. Takroriy taqlid so‘zlar asosida davomiylik, takrorlanish kabi ma’nolarni ifodalanadi. Qiyoslang: U piq etib kuldi. U piq-piq ko‘ldi . Tovushga taqlid so‘zlarga, ba’zan –ir, -ur kabi unsurlar qo‘shilib takror shaklda ishlatilganda, ularning ma’nolari kuchaytiriladi: taq+ir-tuq+ur, tas+ur-tus+ur, dup+ur-dup+ur.

• Taqlid so‘zlar boshqa turkumlardan yasalmasa ham, biroq ular asosida ot va fe’l turkumiga doir so‘zlarni yasash mumkin: qars+ak, bizbiz+ak, sharshar+a, g‘arg‘ar+a, jizz+a kabi otlar, taq+illa, duk+illa, lapang+la, milt+illa, taq etmoq, lik etmoq kabi fe’llar shular jumlasidandir. • Taqlid so‘zlar gapda, asosan hol va sifatlovchi aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Bunda ular etgan va etib kabi so‘zlar bilan birikib kelishi ham mumkin. Masalan: Sobir yaxna ko‘k choyni qult-qult yutdi . O‘rmon bo‘ylab boltaning taq-taq etgan tovushi taralib sokinlikni buzardi. Simyog‘ochga ilingan chiroq shamolda taq-taq etib ovoz chiqarardi . • Taqlid so‘zlar otlashganda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan, ega: Bu yerdan to‘plarning gumbur-gumburi eshitilib turardi; to‘ldiruvch: Senlar bu yerda vag‘ir-vug‘ur bilan ovvorasanlar; qaratqich aniqlovchi: Xolmurodning kirib kelishi quvnoq qiy-chuvning bosilishiga sabab bo‘ldi.

Modal so’zlar • So‘zlovchining anglatayotgan fikrga munosabatini ifodalab, gapda kirish so‘z vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar modal so‘zlar deyiladi. Modal so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi narsa, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi va gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydi. Shu bois ular gap bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan bog‘lanmaydi: Demak, ishalasa bo‘ladi. Ehtimol, ketmon bilan yer ag‘darishga ham to‘g‘ri kelar. Modal so‘zlar quyidagicha ma’noviy guruhlarni tashkil etadi: 1. Fikrning aniqligiga ishonch: albatta, shubhasiz, haqiqatdan ham, haqiqatan, o‘z-o‘zidan, tabiiy, darhaqiqat, ma’lumki. 2. Gumon, noaniqlik: ehtimol, balki, hoynahoy, shekilli, aftidan . 3. Maqsad, talab, shart: kerak,lozim, zarur, darkor. 4. Mavjudlik, tasdiq: bor, mayli, xo‘p, ( bazan to‘g‘ri, yaxshi, tuzuk sifatlari ham vazifadoshlik asosida shu ma’noda ishlatiladi). 5. Mavjud emaslik, inkor ma’nosini: yo‘q . 6. Ma’qullash: durust, bo‘pti . 7. Yakunlash, ta’kid: demak, xullas, modomiki . 8. Eslatish: darvoqe, aytganday, aytmoqchi. 9. Achinish, taassuf: afsus, attang, essiz. 10. Fikrning tartibi: avvalo, oxiri, nihoyat (ba’zan shu vazifada birinchidan, ikkinchidan …kabi tarib sonlardan ham foydalaniladi) .

• Modal so‘zlar, aslida, mustaqil so‘zlardan ajralib chiqqan bo‘lib, ularning bir qismi, ham mustaqil so‘z, ham modal ma’no ifodalovchi so‘z sifatida, ba’zilari esa hozirgi tilda faqat modal ma’no ifodalashga xoslanib qolgani sababli, o‘ziga xos ikki guruhni tashkil etadi: 1) sof modal so‘zlar: darhaqiqat, haqiqatan, afsuski, attang, albatta, avvalo, xullas; 2) vazifadosh modal so‘zlar: chamasi, ehtimol, shubhasiz, aftidan. • Modal so‘zlar quyidagi turkumga oid so‘zlardan ajralib chiqqan-ligi bilan ham o‘zaro farqlanadi: aftidan, ehtimol, haqiqatan, darhaqiqat kabilar otdan; shubhasiz, bor, yo‘q, so‘zsiz, tabiiy kabilar sifatdan; albatta ravishdan; o‘z-o‘zidan olmoshdan; chiqar, bo‘pti fe’ldan ajralib chiqqan. • Modal so‘zlarni u ajralib chiqqan mustaqil so‘zdan quyidagi belgilariga ko‘ra farqlash mumkin: a) modal so‘z mustaqil yasama so‘zdan ajralgan bo‘lishi mumkin. Bunday modal so‘z yasovchi qismlarga ajratilmaydi. Aynan shu ko‘rinishdagi mustaqil so‘z esa yasovchi qismlarga ajratiladi. Qiyoslang: Uning har qanday topshirig‘i so‘zsiz bajariladi(. So‘zsiz , bu kirdikorlarning boshida sen turibsan.