O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi va tuzilishi
O‘zbek ist on Respublik asida y uridik xizmat t izimi v a t uzilishi RE J A 1. O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat tizimi 2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati 3. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmati 4. Viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati
O‘ZBEKI ST0N RESPUBLIKASIDA Y URIDIK X IZMAT TI ZIMI Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida huquqiy ishlarni takomillashtirish mustaqil davlatimizda insonparvar demokratik huquqiy davlatni shakllantirish vazifasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu vazifani amalga oshirishda davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati muhim rol o‘ynaydi. Yuridik xizmat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida, ya’ni ishlab chiqarish va xo‘jalikni boshqarishning hamma bo‘g‘inlarida, vazirlik, idora, uyushmalarda, korxona, muassasa va tashkilotlarda, shuningdek hokimliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlarida mavjud. Biroq davlat hokimiyatining oliy organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatidagi huquqiy ishlar xususiyatlari, hajmi va yo‘nalishlari bir-biridan muayyan darajada farq qiladi. Shu sababli turli davlat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati faoliyatining mazmun-mohiyatini aniqlash uchun ushbu masalaga tizimli yondashish talab etiladi. Aynan tizimlilik fan predmetini o‘rganishning usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Yuridik xizmat tuzilishi, huquqiy maqomi va fabliyati asosiy yo'nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi tizimdan iborat:
a) davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining yuridik xizmati; b) respublika va mahalliy davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmati; d) viloyat, shahar, tuman hokimliklarining yuridik xizmati; e) xo'jalik yurituvchi subyektlar (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar) yuridik xizmati. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI OLIY ORGA NLARI NIN G Y URIDIK X IZMATI O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari yuridik xizmatini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining yuridik xizmatlari tashkil etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlari yuridik xizmatining vazifalari, funksiyasi, huquq va majburiyatlari mazkur organlar tomonidan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar bilan belgilangan. 0 ‘zbe k ist on Re spublik asi Oliy Majlisining Qonunchilik palat asi yuridik xizmat i 0 ‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “0 ‘zbekiston Res publikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga, 2004-yil 2-dekabrdagi “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi hamda 2003-yil 29-avgustdagi “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti
to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatiga tashkiliy- huquqiy xizmat ko‘rsatish 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni tomonidan amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yuridik , xizmati 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri- / ning 2005-yil 7-apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq Qonunchilik palatasi Devoni tarkibiga kiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari ham bevosita -mazkur Nizomda o‘z ifodasini topgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining tashkiliy tuzilmasi yuridik bo‘lim deb yuritiladi. Yuridik bo‘lim mudir, uning o‘rinbosari hamda bo‘lim xodimlaridan iborat bo‘ladi. Yuridik bo‘lim xodimlarining tuzilmasi, shtatlari, mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori, moddiy-texnika ta’minoti sharoitlari, shuningdek ulami saqlashga ketadigan xarajatlar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik bo‘lim xodimlarining mehnat munosabatlari Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining asosiy vazifasi mazkur palata faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlashdan iborat. Qonunchilik palatasi yuridik xizmati faoliyati asosan qabul qilinayotgan qonun va qaror loyihalarini huquqiy efkspertizadan o‘tkazish hamda Qonunchilik palatasi organlari va deputatlari faoliyatiga yuridik yordam
ko‘rsatishga qaratilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy M ajlisi Senatining yuridik xizm ati 0 ‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni, 2004- yil 2-dekabrdagi “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi hamda 2003-yil 29- avgustdagi “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, uning organlari hamda senat a’zolari faoliyatiga tashkiliyhuquqiy xizmat ko‘rsatish 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi singari Senatning Devoni tomonidan amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yuridik xizmati 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 18- apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq Senat Devoni tarkibiga kiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari ham mazkur Nizomda belgilab qo‘yilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining tashkiliy tuzilmasi ham yuridik bo‘lim deb yuritiladi va u bo‘lim mudiri, mudir o'rinbosari hamda bo‘lim xodimlaridan tashkil topgan. Ular Senat Raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi. Yuridik bo'lim xodimlarining mehnat munosabatlari Senat vakolati muddatiga bog'liq bolmaydi.