logo

O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat haqidagi qonunchilikning rivojlanishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

91.4140625 KB
  O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat 
haqidagi qonunchilikning rivojlanishi
                       REJA
1.  O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI      
YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINING ASOSIY MANBAI SIFATIDA
         2.  YURIDIK XIZMAT TO‘G‘RISIDA 1920-1990-YILLARDA
         QABUL QILINGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR
       3.  O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIK
         YILLARIDA YURIDIK XIZMAT TO‘G‘RISIDA QABUL QILINGAN
         NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR            
                                                                                                             O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
         YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINING ASOSIY MANBAI SIFATIDA
Mamlakatimizda yuridik fanlarning asosiy manbai bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi-yuridik xizmat faoliyatining ham bosh manbai
bo‘lib hisoblanadi. Bir qarashda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
yuridik xizmat faoliyatiga oid normalar mavjud emasdek tuyuladi. Biroq
Konstitutsiyaning ayrim moddalarining mazmuni sinchkovlik bilan tahlil
etiladigan bo‘lsa unda yuridik xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo'lgan normalarni
uchratish mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat
fanining predmetlaridan birini yuridik xizmat tizimi tashkil etadi. Yuridik
xizmatni tizimga ajratish esa Konstitutsiya normalariga asoslangan
holda amalga oshiriladi. Misol uchun davlat hokimiyati oliy organlarining,
davlat boshqaruvi organlarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining
konstitutsiyaviy huquqiy maqomlari bevosita Konstitutsiyada o‘z
ifodasini topgan. Aynan mazkur organlarga yuklatilgan vazifalardan hamda
vakolatlardan kelib chiqqan holda ularning yuridik xizmati tomonidan bajariladigan
ishlar belgilab beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
76-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy
davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirishi
belgilab qo‘yilgan.                    O ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
yuridik xizmatining asosiy vazifasi ular tomonidan chiqarilayotgan
qonunlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida esa iqtisodiyotning,
ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni
amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis
palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash Vazirlar Mahkamasining
vazifasi ekanligi belgilab qo‘yilgan. Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmatining
faoliyati bevosita mazkur vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi.
Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil
2-dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi Apparatining Yuridik bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizomda o‘z
ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 bobi “Jamiyatning iqtisodiy
negizlari” deb nomlanadi. Mazkur bobning 53-moddasida bozor munosabatlarini
rivojlantirishga qaratilgan  0 ‘zbekiston iqtisodiyotining negizini
xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat iste’molchilarning huquqi
ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini,
barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan babbaravar
muhofaza etilishini kafolatlashi o‘z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning
54-moddasida esa mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan
foydalanishi va uni tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan.                   Mazkur qoidalar bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taalluqlidir. Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlaming yuridik xizmati esa yuridik xizmat tizimining tarkibiga kiradi. Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyati asosan shartnomalarga asoslanganligi
tufayli ulaming yuridik xizmati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan
biri shartnoma hamda talabnoma-da’vo ishlarini huquqiy jihatdan
ta’minlashdan iborat.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yuridik
xizmat faqatgina ularning yuridik bo‘limlari tomonidan emas, balki ayrim
davlat organlari, advokatura hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan
ham ko‘rsatiladi. Aynan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yuridik yordam
ko‘rsatadigan davlat organlaridan biri bo‘lmish prokuraturaning ham huquqiy
maqomi bevosita 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-
121  -moddalarida o‘z ifodasini topgan.
Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar muayyan sabablarga ko‘ra nodavlat
notijorat tashkilot bo‘lmish advokaturaning yuridik yordamdan foydalanishni
afzal ko‘radilar. Shuning uchun Konstitutsiyaning 116-moddasida
fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun
advokatura faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan.
Demak, yuqorida aytib o‘tilganlardan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi asosiy manba ekanligiga
ishonch hosil qilish mumkin. Yuridik xizmatga oid boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar mazkur Konstitutsiya asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul                   qilingan.
0 ‘zbekistonda shakllangan yuridik xizmat to‘g‘risidagi qonui^Mikni quyidagi
ikki guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir: '
1) yuridik xizmat to‘g‘risida 1920-1990-yillarda qabul qilingan normativ-
huquqiy hujjatlar;
2) 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida yuridik xizmat
to‘g‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar.
                   YURIDIK XIZMAT TO‘G‘RISIDA 1920-1990-YILLARDA
              QABUL QILINGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR
       O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik xizmat to‘g‘risidagi-qonunchilik,
eng avvalo, RSFSR Adliya xalq komissarligining 1920-yil 26-noyabrdagi
qarori bilan tasdiqlangan “Adliya xalq komissarligi bo‘limlari to‘g‘risida”gi
Nizom negizida yuzaga kelgan. U  RSFSR Adliya xalq komissarligining umummaslahat
bo‘limi RSFSRning barcha markaziy muassasalari yuridik boMimlari
va ularning yuriskonsultlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishini va
ulaming amaliyotida yuzaga keladigan huquqiy masalalar bo‘yicha majburiy
xulosalar berishini ko‘zda tutgan.
      Sovet Ittifoqining dastlabki yillarida qabul qilingan yuridik xizmat
to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarda yuriskonsiiltlarning vazifasi huquqiy
maslahatlar berish hamda sud, ma’muriy va jamoat muassasalarida
ish yuritish bilan cheklangan                      0 ‘zbekistonda dastlab yuridik xizmat to‘g‘risidagi normativ-huquqiy
hujjatlar hukumat tomonidan qabul qilingan.
Masalan, 0 ‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Sovetining 1928-yil 9-
iyundagi “Davlat muassasalari, korxonalari va kooperativ tashkilotlar
yuriskonsultlari to‘g‘risida”gi 38-sonli qarorida yuriskonsult lavozimini egallash
tartibi, ulaming asosiy vazifalari, javobgarligi, faoliyati ustidan nazorat
qilish hamda amaliy ishlarini birlashtirish maqsadida mahalliy prokurorlar
huzurida tashkil qilinadigan kengashlar to‘g‘risidagi normalar belgilangan.
Qarorning 2-bandida yuriskonsult lavozimiga O‘zSSR Konstitutsiyasiga
muvofiq sovetlarga saylanish huquqiga ega bo‘lgan quyidagi shaxslar:
a) maxsus yuridik ma’lumotga ega bo'lganlar;
b) davlat yoki ishchi-dehqon, jamoat, kasaba uyushmasi, partiya yoxud
kooperativ tashkilotlarda mas’ul siyosiy ishlarda ikki yillik staji borlar;
d) sovet adliya organlarida amaliy mas’ul ishlarda uch yillik staji borlar
tayinlanishi mumkinligi qayd qilingan.
Yuriskonsultlaming asosiy majburiyatlari doirasiga — huquqiy masalalar
bo‘yicha yozma va og‘zaki xulosalar va ma’lumotlar berish, qarorlar,
yo‘riqnomalar loyihalarini tuzishda ishtirok etish; tashkilotlar tomonidan tuzilayotgan
shartnomalar va boshqa huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar
tayyorlash va ularni amaldagi qonunlarga muvofiqligini tekshirish; tashkilotlaming
topshiriqlari bo‘yicha ulaming manfaatlarini himoya qilish kiritilgan.                   Yuridik xizmat faoliyatini huquqiy tartibga solish asoslarining rivojlanish
tarixi dalolat berishicha, yuriskonsultlaming vazifasi kengaytirilib, huquqiy
holati esa takomillashtirilib borilgan.
O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Sovetining 1933-yil 11-oktabrdagi
718-sonli qarori bilan “Umumlashtirilgan sektordagi muassasalar, korxonalar
va tashkilotlar yuriskonsultlari (huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari)
to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan.
Mazkur Nizom 12 banddan iborat bo‘lib, unda yuriskonsult lavozimini
egallash tartibi, ulaming asosiy funksiyalari, javobgarligi, faoliyati ustidan
nazorat qilish hamda amaliy ishlarini birlashtirish, malakasini oshirish maqsadida
Respublika prokurori, joylarda shahar va tuman prokurorlar huzurida
tashkil qilinadigan kengashlar to‘g‘risidagi normalar belgilangan. Xususan,
Nizomning 2-bandida yuriskonsult lavozimiga O‘zSSR Konstitutsiyasiga
muvofiq sovetlarga saylanish huquqiga ega bo‘lgan quyidagi shaxslar:
a) maxsus oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lganlar;
b) umumlashtirilgan sektordagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarda
mas’ul siyosiy ishlarda ikki yillik stajga ega bo‘lib, O‘zSSR Adliya xalq
komissarligi tasdiqlagan dastur bo‘yicha prokurorlar huzurida tashkil qilingan
komissiyada sinovdan muvaflfaqiyatli o‘tganlar;
d) sovet adliya organlarida xalq sudyasi, tergovchi, prokuror yoki Oliy
sud kotibi lavozimlaridan quyi bo‘lmagan amaliy mas’ul ishlarda uch yillik
staji borlar tayinlanishi mumkinligi belgilangan.                   XX asming 50-60-yillarida korxonalarda yuridik xizmatning huquqiy
asosini belgilab beruvchi yagona me’yoriy hujjat mavjud emas edi. Ko‘pchilik
korxonalarda yuriskonsult lavozimining o‘zi joriy qilinmagan edi. Shu bilan
bir qatorda, yuriskonsult ishining hajmi katta bo‘lib, uning xizmat vazifalariga
qarorlar va farmoyishlaming huquqiy me’yorlarga mosligini tekshirish,
talabnoma va da’vo bilan bog'liq ishlar, mehnatga oid qonunchilikka rioya
qilinishini ta’minlash kabilar kiigan. Yuridik xizmat huquqiy holatining
noaniqligi uning ish samaradorligini pasaytirib yuborayotgan e d i.
Bu holat o‘z navbatida yuridik xizmat faoliyatini huquqiy tashkil etishni
zaruriyat qilib qo'ygan edi. Ushbu ehtiyojni inobatga olgan holda 0 ‘zbekiston
SSR Ministrlar Sovetining 1963-yil 20-sentabrdagi 551-sonli qarori bilan
“ Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yuridik (shartnoma-yuridik) bo‘limi
(byurosi), bosh (katta) yuriskonsulti, yuriskonsulti to‘g‘risida Namunaviy
nizom” tasdiqlangan.
Mazkur qarorda respublika vazirlik va idoralariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ministrlar Soveti, Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasiga mazkur
Namunaviy nizom asosida o‘zlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, Honing yuridik
xizmatlari to‘g‘risida Nizomlami tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Namunaviy nizomning 1-bandida yuridik xizmatning asosiy vazifalari
sifatida korxona, muassasa, tashkilot faoliyatida qonunchilikni mustahkamlash,
ulaming faoliyatini yaxshilashda va mulkni saqlanishini ta’minlashda
huquqiy vositalar yordamida faol ishtirok etishi o‘z ifodasini topgan.                   Shuningdek, unda yuridik xizmat xodimi lavozimiga oliy yuridik
ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi, alohida hollarda esabu lavozimga
o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lib, kamida 5 yil yurist
mutaxassisligi bo‘yicha ish staji bor shaxslar tayinlanishi ham mumkinligi
ko‘rsatilgan. Ularni lavozimlariga tayinlash va ozod qilish vazirlik va
idoralarda hay’at yig‘ilishlarida tegishli taqdimnomalar ko‘rib chiqilgandan
so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Soveti, viloyatlar,
Toshkent shahar ijroiya qo'mitalari qarorlari bilan, korxona, muassasa
va tashkilotlar rahbarlarining yuqori turuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan
holda chiqaradigan buyruqlari bilan amalga oshiriiishi belgilangan.
Bundan tashqari, mazkur Nizomda yuridik xizmat xodimlarining
majburiyatlari bilan bir qatorda ularning huquqlnri hum aniq ko'rsatilgan.
Xususan, Nizomning 7-bandiga muvofiq yuridik xizmat xodimi o‘ziga
yuklatilgan majburiyatlami bajnrish uchun znrur bo'lgan hujjatlar va
m;f lumotlarni korxonaning barcha tarkibiy tuzilmalaridan olish huquqiga
ega ekanligi nazarda tutilgan. Bu borada qonun hujjatlarining tadrijiy rivojlanishi asosida 
1967-yil 15-avgustda 0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti tomonidan “0 ‘zbekiston SSR
vazirliklar va idoralari yuridik xizmatlari faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” 434-sonli qaror qabul qilingan. Ushbu qaroming
ahamiyati shundan iboratki, tegishli vazirliklar va idoralarga yuridik xizmat
ishlarini yaxshilash, ularni faoliyati ustidan nazorat va rahbarlikni kuchaytirish
yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.                   Yuridik xizmat xodimlar Kengashi to‘g‘risidagi Nizom  7  banddan iborat
bo‘lib, unda Kengash yuriskonsultlar, korxona va muassasalarga xizmat
ko‘rsatuvchi advokatlar, hakamlik sudlari ishlarini birlashtiruvchi va tashkillashtiruvchi
jamoat tashkiloti ekanligi, Kengashning asosiy vazifasi va funksiyalari,
Kengash ishiga rahbarlik qiluvchi Rayosatni saylash va ish yuritish
tartibi hamda uning funksiyalari belgilangan.
0 ‘zbekiston KP MK va 0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1971-
yil 15-fevraldagi “KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 23-
dekabrdagi “Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlarni yaxshilash to‘g‘risida”gi 1025-
sonli qarori haqida”gi 60-sonli qarori qabul qilinib, unda yuridik xizmatning
asosiy vazifalari korxona, muassasa, tashkilot faoliyatida qonunchilikni mustahkamlash,
ulaming iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilashda va mulkning
saqlanishini ta’minlashda huquqiy vositalardan keng foydalanish, korxona,
muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish ekanligi e’tirof etilib, vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyat
organlari, korxonalarda huquqiy ishlar va yuridik xizmat faoliyatini yanada
jonlantirish, ulaiga rahbarlikni kuchaytirish, ularni normativ hujjatlar va
yuridik adabiyotlar bilan ta’minlash hamda yuridik xizmatlarga ega bo‘lmagan
vazirlik va idoralarga yuriskonsult lavozimlarini kiritish nazarda tutilgan. 0 ‘zbekiston SSR 
Ministrlar Sovetining 1972-yil 3-maydagi “Xalq
xo‘jaligida huquqiy ishlaming ahvoli va uni yanada yaxshilash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 187-sonli qarorida korxona va tashkilotlar rahbarlarining
e’tibori, qonunlarga qat’iy amal qilish muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb                   etishiga va xo‘jalik faoliyatida huquqiy vositalardan foydalanish ularning
og‘ishmaydigan burchi ekanligiga, bu ishlarda yuridik xizmat ulaming birinchi
yordamchilari bo‘lishi lozimligiga qaratildi.
Vazirlik va idoralarga, mahalliy ijroiya qo‘mitalarga ularga bo‘ysunuvchi
korxona va tashkilotlar shtatlariga yuriskonsult lavozimlarini kiritish, bunday
imkoniyat mavjud bo‘lmagan hollarda advokatlar yuridik maslahatxonalari
bilan shartnomalar tuzish, markaziy devonlarning yuridik xizmatlariga esa
quyi korxona va tashkilotlar yuridik xizmatlari faoliyati ustidan nazorat qilish
va ularga zarur yordam berish vazifalari yuklatilgan.
      Yuridik xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni rivojlanishida SSSR Ministrlar
Sovetining 1972-yil 22-iyundagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“ Vazirliklar, idoralar, mehnatkashlar deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitalari,
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar yuridik bo‘limi (byurosi), bosh (katta)
yuriskonsulti, yuris-konsulti haqidagi Umumiy nizom”ning alohida
ahamiyatga egadir.
0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1972-yil 10-iyulda mazkur nomdagi
285-sonli qarorini qabul qilib, unda respublika vazirlik va idoralariga tegishli
tarmoq ishlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda yuridik xizmat
to‘g‘risida Nizom ishlab chiqish va tasdiqlash, Adliya vazirligiga esa ijroiya
qo‘mitalar yuridik xizmati haqida Nizom loyihasini tayyorlab, hukumatga
tasdiqlash uchun taqdim qilish vazifasini yuklatilgan.
0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1973-yil  6 -iyuldagi “Sirdaryo
viloyati mehnatkashlar deputatlari Soveti ijroiya qo‘mitalarida huquqiy ishlaming                   ahvoli to‘g‘risida”gi 283-sonli qarorida mahalliy ijroiya organlar faoliyatida
yuridik xizmatning rolini oshirishga alohida e’tibor berilgan. Shu maqsadda
ijroiya qo‘mitalarga — Sovetlaming sessiyalari va ijroiya qo‘mitalar majlislarida
qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqiy ishlar ahvoli
masalalarini ko‘rish; amaldagi qonunchilikka zid chiqarilgan qarorlar va
farmoyishlami qayta  ко‘ rib chiqish; xodimlami doimiy yuridik o‘quvini tashkil
qilish; yuriskonsult lavozimini shtatlar jadvaliga kiritish yoki advokatlar
hay’atlari bilan yuridik xizmat ko‘rsatish haqida shartnomalar tuzish vazifalari
yuklatilgan.
0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1973-yil 13-sentabrda “Respublika
vazirliklari va idoralarida huquqiy ishlami kuchaytirish to‘g‘risida” 401-sonli
qaroriga ko‘ra vazirlik va idoralarga—markaziy devonda va quyi korxonalar
yuridik xizmatini yuridik bo‘lim va byurolar tashkil qilish yo‘li bilan mustahkamlash;
yuridik xizmat xodimlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishga
yo‘l qo‘ymaslik; xo‘jalik munosabatlarini tartibga soluvchi huquq normalaridan
keng va to‘g‘ri foydalanishda, shartnomalami tuzish va ijrosini
ta’minlashda yuridik xizmat xodimlarining ta’sirini kuchaytirish va mas’uliyatini
oshirish; ularni boshqa tarkibiy bo'linmalar (nazorat-taftish, ta’minot, xodimlar
bo‘limlari va buxgalteriya) bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
markaziy devon yuridik xizmati xodimlaridan tarmoqdagi huquqiy ishlar
holati, korxonalar yuridik xizmati ishlari ustidan nazorat qilish va ularga
yordam berishda talabchanlikni oshirish, ulaming bu boradagi olib borayotgan
ishlari bo‘yicha hisobotni hay’at yig‘ilishlarida muhokama qilish; barcha yuridik                   xizmat xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifalari
yuklatilgan.
0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 2-apreldagi “Respublika
qishloq xo‘jaligida huquqiy ishlaming ahvoli to‘g‘risida”gi 142-sonli qarori
qishloq xo‘jaligi sohasida huquqiy ishlarni va yuridik xizmat rolini oshirish
borasida muhim ahamiyatga egadir. 30-iyulda qabul qilgan “KPSS MK va SSSR 
Ministrlar Sovetining 1975-yil 25-iyundagi “Xo‘jalik qonunchiligini yanada 
takomillashtirish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 558-sonli qarori” 425-sonli qarotida yuridik
xizmat xodimlari uchun axborot materiallari to‘plamini nashr'ltish bilan
bog‘liq masalaga tegishli vazirlik va idoralarning e’tibori qaratilgan.
0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1976-yil  8 -dekabrdagi “Respublika
xalq xo‘jaligida xo‘jalik va mehnat qonunchiligiga rioya qilishni
ta’minlashda yuridik xizmatlar rolini oshirish to‘g‘risida”gi 677-sonli qarorida
vazirlik va idoralarning xo‘jalik va mehnat qonunchiligiga qat’iy amal
qilishi, bu ishga yuridik xizmat xodimlami faol jalb qilish, korxonalar rahbarlarining
shaxsiy javobgarligini oshirish, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish
dalolatnomalarida shartnoma, talabnoma-da’vo ishlari, shuningdek mehnat
qonunchiligiga rioya qilish ahvolini aks ettirish; yuridik xizmat mavjud
bo'lmagan vazirlik va idoralar hamda korxonalarda yuriskonsult lavozimlarini
shtatga kiritish; Adliya vazirligining huquqiy ishlar bilan tanishish
natijalari bo‘yicha tavsiyalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalari o‘z ifodasini
topgan.                   0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti tomonidan 1977-yil 11 -avgustdagi
"O'zbekiston SSR mehnatkashlar deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya
(qo‘mitalariga huquqiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash to‘g‘risida”gi 526-sonli
qarorida mahalliy ijroiya qo'mitalariga yuriskonsult lavozimlarini shtatga kiritish,
jamoatchilik asosida yuridik maslahatxonalar tashkil etish vazifalari
yuklatilgan. 1978-yil 21-dekabrda qabul qilingan “0 ‘zbekiston SSR Ministrlar
Soveti to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq Ministrlar Soveti
davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, birlashmalar va boshqa tashkilot va
muassasalarda huquqiy ishlarni tashkil qilishni ta’minlashi belgilangan.
0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1979-yil 29-avgustda “0 ‘zbekiston
SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 2-apreldagi “Respublika qishloq xo‘jaligida
huquqiy ishlarning ahvoli to‘g‘risida”gi 142-sonli qarori ijrosini KPSS MK
iyul (1978 y.) Plenumi talablari asosida borishi haqida” 609-sonli qaroriga
ko'ra, davlat va jamoa xo‘jaliklarida katta yuriskonsult lavozimlarini kiritish,
qishloq xo‘jalik boshqarmalarida ilgari tugatilgan yuridik xizmatlami tiklash;
viloyat va tumanlarda xo‘jaliklararo yuridik guruhlar tashkil etish va ular
tomonidan ko‘rsatiladigan huquqiy xizmat samaradorligini oshirish uchun
ulaming xodimlarini transport va zarur yuridik adabiyotlar bilan ta’minlash;
yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirishga alohida e’tibor berish;
xo'jasizlik, o‘g‘rilik, kamomad, mulkni talon-toroj qilishga qarshi kurashish; qishloq xo‘jaligi 
sohasi rahbarlari va mutaxassislarini
xo‘jalik, yer, mehnat qonunchiligi asoslarini doimiy tarzda
o‘qitishni tashkil qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlar nazarda tutilgan.                   0 ‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 10-fevraldagi 79-sonli
qarori bilan “0 ‘zbekiston SSR xalq deputatlari viloyat Soveti ijroiya qo‘mitasi
yuridik bo‘limi (byurosi) to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Nizom 11 banddan
iborat bo‘lib, unda yuridik bo‘limni tashkil qilish, uning asosiy vazifalari,
funksiyalari, huquqlari va mas’uliyati belgilangan. Shuningdek, Nizomda
yuridik bo‘lim viloyat Soveti tomonidan huquqiy ishlarni olib borish
uchun mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida tashkil qilinishi nazarda tutilgan.
     Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 1985-1990-yillarda respuolikamizda yuridik
xizmat va huquqiy ishlar to‘g‘risida maxsus normativ hujjatlar qabul
qilinmagan va davlat boshqaruv organlari va korxonalar ilgari qabul qilingan
normativ-huquqiy hujjatlar asosida faoliyat ko‘rsatganlar.
               O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIK 
               YILLARIDA YURIDIK XIZMAT TO‘G‘RISIDA QABUL QILINGAN
               NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR  
      Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarning
munosib hayot kechirishlarini ta’minlash va insonparvar demokratik huquqiy
davlatni barpo etish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Buning uchun mamlakatimizda bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga
o‘tish, davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama
ko‘maklashish, fuqarolarning huquq va erkinliklami himoya qilish,
konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash zarur. Mazkur vazifalami hayotga tatbiq 
etishda davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati muhim rol
o‘ynaydi.                   0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil  8 -yanvardagi
“ 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Farmoni yuridik xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni rivojlantirishda
muhim ahamiyatga egadir. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi
“ 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish
masalalari to‘g‘risida”gi 523-sonIi Qarori bilan Adliya vazirligi haqidagi
Nizom tasdiqlandi. Nizomda respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari,
idoralarining yuridik xizmatlariga uslubiy yordam ko‘rsatish, ushbu idoralarning
ularga qarashli respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining
tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy ta’minlash Adliya vazirligining asosiy
vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Shu munosabat bilan bu sohada Adliya
vazirligining huquq va vakolatlari kengaytirildi. Masalan, unga boshqaruv
idoralari va korxonalaming yuridik xizmatlari huquqiy ishi va faoliyati ahvolini
tekshirish huquqi berildi. Unda Adliya vazirligining yuridik xizmat faoliyatini
va huquqiy ishlarni yaxshilash borasidagi yo‘riqnoma va ko‘rsatmalari
majburiy xususiyatga ega ekanligi belgilab qo‘yildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
1993-yil 2-martdagi 118-son qarori bilan “0 ‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv 
organlari
va korxonalaridagi yuridik xizmat to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqladi.
Ushbu Nizom — mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasining yuridik xizmat
huquqiy maqomini tartibga soluvchi birinchi normativ-huquqiy hujjati bo‘lib,
12 bandni qamrab olgan quyidagi 3 bo‘limdan iborat:                   1 ) yuridik xizmat xodimlari lavozimini egallash tartibi;
2 ) boshqaruv organlari va korxonalar yuridik xizmatining vazifalari;
3) yuridik xizmatning huquqi va mas’uliyati.
Mazkur Nizom nafaqat davlat boshqaruv organlari va korxonalari yuridik
xizmatining, balki xo‘jalik boshqamv organlari va barcha mulkchilik
shakllaridagi korxonalar yuridik xizmatining huquqlari, burchlari va
mas’uliyatini belgilaydi.
1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarini
tayyorlash to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida qonun loyihalarini
tayyorlashga xalq xo‘jaligi tegishli tarmoqlarining yuridik xizmatlari jalb qilinishi
ko‘rsatib o‘tildi. Bu bilan yuridik xizmatning qonun ijodkorligidagi ishtiroki
qonun darajasida mustahkamlandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-apreldagi
“ 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun
mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 4-
martdagi PF-1938-son Farmonining bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlari
haqida”gi 177-son Qarorida 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi,
Oliy xo‘jalik sudi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi bilan
biigalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga
rioya qilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish yuzasidan joylarda
amaliy ishlar olib borilishini ta’minlash, bunda yuridik xizmatlar o‘rnini                   mustahkamlashni, barcha qonun hujjatlarining amal qilishini va xo‘jalik sudlari
qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini nazarda tutishlari lozimligi ta’kidlandi.
Yuridik xizmatning shartnomaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan
ta’minlanishini tashkil etish sohasidagi vazifalari va huquqlari  0 ‘zbekiston
Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunida aniq belgilab
qo‘yildi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga davlat
oiganlari tomonidan asossiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida bir
qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ularda ayniqsa nodavlat
notijorat tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan yuridfolzrnatga alohida
e’tibor qaratilgan.  Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-
yil 27-noyabrdagi 496-son Qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni o‘tkazish
Tartibi”da kichik va o‘rta biznes korxonalarining, Tovar ishlab chiqaruvchilar
va tadbirkorlar palatasi a’zolarining ishlab chiqarish va moliya faoliyatlarini
barcha tekshirishlar Palata va uning hududiy tuzilmalari yuridik xizmatlarining
majburiy ishtirokida amalga oshirilishi qayd qilingan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000-yil 14-dekabrda
qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi
qonunida normativ-huquqiy hujjatlaming loyihalari huquqiy ekspertizadan
o‘tkazilishi shartligi, huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat
loyihasini tayyorlagan oiganning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul
qiladigan oiganning yuridik xizmati, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi belgilangan.                   Ijro etuvchi hokimiyat bo‘lmish Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmati
“ 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik
bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tartibga solinadi. Mazkur Nizom
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi
“ 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional
boMimlari to‘g‘risidagi nizomlami tasdiqlash haqida”gi 564-son Qarori bilan
tasdiqlangan. Mazkur Nizomga muvofiq, yuridik bo‘lim o‘z faoliyatini
0 ‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi hamda
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga bo‘ysunadi.
Nizomda yuridik bo‘limning huquqiy maqomi va vakolatlari aniq va ravshan
o‘z ifodasini topgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yuridik xizmatining
faoliyati Qonunchilik palatasi Spikerining 2005-yil 7-apreldagi
73-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Devoni to‘g‘risida”gi Nizom asosida tartibga
solinadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yuridik xizmatining
faoliyati esa 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 18- apreldagi qarori 
bilan tasdiqlangan “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Senatining Devoni to‘g‘risida”gi 
Nizom asosida tartibga solinadi.0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari yuridik 
xizmati faoliyatini ularning Devonlari to‘g‘risidagi nizomlar asosida tartibga solinishining 
sababi yuridik xizmat mazkur Devonlar tarkibiga kirishidadir. Oliy Majlis palatalari 
faoliyatini tashkiliyhuquqiy jihatdan ta’minlash mazkur Devonlar tomonidan
amalga oshiriladi.                    “ 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Devoni to‘g‘risida”gi hamda “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining Devoni to‘g‘risida”gi Nizomlarda Oliy Majlis palatalari yuridik
xizmatining vazifalari sanab o‘tilgan bo‘lib, uning huquq va majburiyatlari
ko‘rsatib o‘tilmagan.
Qonun ijodkorligi jarayonida yuridik xizmatning rolini kuchaytirish
maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash
va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunida (2006-yil 11 -oktabrdan kuchga kirgan)
qonun loyihasini tayyorlash uchun qonunchilik tashabbusi huquqi
subyekti tomonidan tuziladigan ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga uning
yuridik xizmati va boshqa bo‘linmalarining vakillari, Adliya vazirligi, vazirliklar,
davlat qo‘mitalari hamda idoralarning tegishli tarmoqlar yoki
boshqaruv sohalarining holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan vakillari,
boshqa manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar, nodavlat tashkilotlaming
vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkinligi belgilangan.
Shuningdek, qonunning 24-moddasida muvofiq qonun loyihasi huquqiy
ekspertizadan qonun loyihasini tayyorlagan qonunchilik tashabbusi huquqi
subyektining yuridik xizmati, shuningdek 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Mannon
Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi PQ-128-son Qarori, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar                   Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari
tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda^zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2005-yil 10-avgustdagi “Toshkent shahar hokimligi
boshqaruv apparati tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorlari ham
mazkur toifadagi normativ-huquqiy hujjatlar sirasiga kiradi.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda amalda bo‘lgan yuridik xizmat,
huquqiy ishlar va unga uslubiy rahbarlik qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni
rivojlantirishga davlatimizning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlari
tomonidan katta e’tibor berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat haqidagi qonunchilikning rivojlanishi REJA 1. O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINING ASOSIY MANBAI SIFATIDA 2. YURIDIK XIZMAT TO‘G‘RISIDA 1920-1990-YILLARDA QABUL QILINGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR 3. O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIK YILLARIDA YURIDIK XIZMAT TO‘G‘RISIDA QABUL QILINGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI YURIDIK XIZMAT FAOLIYATINING ASOSIY MANBAI SIFATIDA Mamlakatimizda yuridik fanlarning asosiy manbai bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-yuridik xizmat faoliyatining ham bosh manbai bo‘lib hisoblanadi. Bir qarashda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yuridik xizmat faoliyatiga oid normalar mavjud emasdek tuyuladi. Biroq Konstitutsiyaning ayrim moddalarining mazmuni sinchkovlik bilan tahlil etiladigan bo‘lsa unda yuridik xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo'lgan normalarni uchratish mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat fanining predmetlaridan birini yuridik xizmat tizimi tashkil etadi. Yuridik xizmatni tizimga ajratish esa Konstitutsiya normalariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Misol uchun davlat hokimiyati oliy organlarining, davlat boshqaruvi organlarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy huquqiy maqomlari bevosita Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan. Aynan mazkur organlarga yuklatilgan vazifalardan hamda vakolatlardan kelib chiqqan holda ularning yuridik xizmati tomonidan bajariladigan ishlar belgilab beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasida O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan.

O ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari yuridik xizmatining asosiy vazifasi ular tomonidan chiqarilayotgan qonunlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida esa iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlash Vazirlar Mahkamasining vazifasi ekanligi belgilab qo‘yilgan. Vazirlar Mahkamasi yuridik xizmatining faoliyati bevosita mazkur vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizomda o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 bobi “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” deb nomlanadi. Mazkur bobning 53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan babbaravar muhofaza etilishini kafolatlashi o‘z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 54-moddasida esa mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qoidalar bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taalluqlidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming yuridik xizmati esa yuridik xizmat tizimining tarkibiga kiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyati asosan shartnomalarga asoslanganligi tufayli ulaming yuridik xizmati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri shartnoma hamda talabnoma-da’vo ishlarini huquqiy jihatdan ta’minlashdan iborat. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yuridik xizmat faqatgina ularning yuridik bo‘limlari tomonidan emas, balki ayrim davlat organlari, advokatura hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ham ko‘rsatiladi. Aynan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatadigan davlat organlaridan biri bo‘lmish prokuraturaning ham huquqiy maqomi bevosita 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118- 121 -moddalarida o‘z ifodasini topgan. Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar muayyan sabablarga ko‘ra nodavlat notijorat tashkilot bo‘lmish advokaturaning yuridik yordamdan foydalanishni afzal ko‘radilar. Shuning uchun Konstitutsiyaning 116-moddasida fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan. Demak, yuqorida aytib o‘tilganlardan 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi asosiy manba ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Yuridik xizmatga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Konstitutsiya asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul

qilingan. 0 ‘zbekistonda shakllangan yuridik xizmat to‘g‘risidagi qonui^Mikni quyidagi ikki guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir: ' 1) yuridik xizmat to‘g‘risida 1920-1990-yillarda qabul qilingan normativ- huquqiy hujjatlar; 2) 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida yuridik xizmat to‘g‘risida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar. YURIDIK XIZMAT TO‘G‘RISIDA 1920-1990-YILLARDA QABUL QILINGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik xizmat to‘g‘risidagi-qonunchilik, eng avvalo, RSFSR Adliya xalq komissarligining 1920-yil 26-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Adliya xalq komissarligi bo‘limlari to‘g‘risida”gi Nizom negizida yuzaga kelgan. U RSFSR Adliya xalq komissarligining umummaslahat bo‘limi RSFSRning barcha markaziy muassasalari yuridik boMimlari va ularning yuriskonsultlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishini va ulaming amaliyotida yuzaga keladigan huquqiy masalalar bo‘yicha majburiy xulosalar berishini ko‘zda tutgan. Sovet Ittifoqining dastlabki yillarida qabul qilingan yuridik xizmat to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarda yuriskonsiiltlarning vazifasi huquqiy maslahatlar berish hamda sud, ma’muriy va jamoat muassasalarida ish yuritish bilan cheklangan